Bog'liq Respublika o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi markazi qashqadary
10-Mavzu: Yassi shakllarning aksonometrik proyeksiyalarini yasash, texnik rasm haqida tushuncha. Reja: 1. Yassi shakllarning aksonometrik proyeksiyalari.
2. Texnik rasm haqida tushuncha.
3. Aylananing texnik rasmini izometriyada chizish.
Yassi geotermik shakllarning aksonometriyasi. Ko'p hollarda aksosnometrik proeksiyalar yasashni asosiy shaklni yasashdan boshlash qo'laydir. Shuning uchun aksonometriyada gorizonial joylashgan yassi geometrik shakllarning qanday tasvirlanishini ko'rib chiqamiz.
Kvadratning aksonоmetrik proeksiyasining yasash 36 —rasm, a va b da ko’rsatilgan.
x o'qi bo'ylab kvadratning a tomoni olib qo'yiladi, u o'qi bo'ylab esa frontal dimetrik proeksiya uchun kvadrat tomonini yarmi (a/2 ), izo proyeksiya uchun a tomoni olib qo'yiladi. Kesmalarning uchlari to'g'ri chiziqlar vositasida birlashtiriladi.
Uchburchakning aksonometrik proeksiyasini yasash 37 —rasm, a va b da ko'rsatilgan.
0 nuqtaga simmetrik qilib x o'qi bo'ylab uchburchak tomonining yarmi (a/2)olib qo'yiladi, u o'q bo'ylab esa uning balandligi h (fronatal dimetrik proeksiyalar uchun h/2) olib qo'yiladi. Hosil qilingan nuqtalar to'g'ri chiziq kesmalari bilan birlashtiriladi.
To'g'ri oltiburchakning aksonometrik proeksiyasi 38 —rasmda ko'rsatilgan. x o'q bo'ylab О nuqtadan ung va chap tomonlariga oltiyoqlik - tomonlariga teng kesmalar olib qo'yiladi. U o'qi bo'ylab О nuqtaga simmetrik qilib oltiburchakning qarama — qarshi tomonlari orasidagi masofaning yarmiga teng kesmalar S/2 olib qo'yiladi (Frontal dimetrik proeksiyalarda bu kesmalar ikki marta kichraytiriladi). U o'qda olingan m va n nuqtalardan o’ng va chap tomonlarga x o'qqa parallel kesmalar o'tkaziladi; bu kesmalarning uzunligi - oltiburchak tomonining yarmiga teng bo'lishi kerak.
Hosil bo'lgan nuqtalar to'g'ri chiziq kesmalari bilan birlashtiriladi. Aylanalarning izometrik proeksiyalari. Kvadrat izotermik proeksiyada romb tarzida proeksiyalanadi. Kvadratlar ichiga chizilgan aylanalar, masalan (39 —rasm) izotermik proeksiyada ellipslar tarzida tasvirlanadi. Amalda ellipslar ilovallar bilan almashtiriladi; bunda ovallar aylananing turtta yoyi bilan chiziladi.
1. Tomoni aylana diametriga teng bo'lgan romb yasalad (40- rasm, a). Buning uchun О nuqtadan x va u izo с qlar o'tkaziladi va ularga О nuqtadan boshlab, tasvirlanayotgan aylana radiusiga teng kesmalar olib qo'yiladi. Sungra а, v, s va d nuqtalardan parallel to'g'ri chiziqlar o'tkazilib romb hosil qilinadi.
Ovalning katta o'qi rombning katta dioganaliga joylashadi.
2. Romb ichiga oval chiziladi. Buning uchun utmas burchaklari uchidan (A va V nuqtalardan) R radiusli yoylar chiziladi; R radius utmas burchaklar uchlaridan (A va V nuqtalardan) tegishlicha a, v yoki s,d nuqtalargacha bo'lgan masofaga teng bo'lishi kerak. V va a, V va v nuqtalar orqali to'g'ri chiziqlar o'tkaziladi. (40 —rasm, b), bu to'g'ri chiziqlar bilan rombning katta dioganali bilan kesishgan nuqtalar S va D kichiq yoylar markazlar bo'ladi. Kichik yoylaming R radiusli Sa (Dv) ga teng. Bu radius yoylari bilan ovalning katta yoylari tutashtiriladi. Z o'qiga perpenduklyar tekislikda joylashgan oval (40-rasmdagi oval I) shunday yasaladi, x o'qqa (oval 3) va u o'qka (oval 2) perpendukulyar tekisliklarda joylashgan ovallar ham oval I ga o’xshash yasaladi faqat bu yerda oval 3 u va z o'qlarda (41 —rasm, a) oval 2 esa (41— rasmga qarang) x va u o'qlarda (41 — rasm, b) yasaladi.