- Aziz gazetxon! Kaykovus o'zining “Qobusnoma” asarida “So'zingizga xaridor bormi, bor bo'lsa, so'zlang!” deydi. Aytmoqchi bo'lganimiz, gazeta ham yuksak minbar. Unda munosib so'z aytib, xalqqa yuzlanmoq, odamlar qalbiga ma'naviyat epkinlari, ma'rifat nurlarini olib kirmoq ham sharafli, ham o'ta mas'uliyatli vazifadir. Ana shunday olijanob vazifa zimmamizda ekan, ezgu so'zimizning siz kabi xaridorlari ko'p bo'lishini, shuning ilhomidan yonib, jo'shib yozish va yozganlarimizni qo'lingizga tutishni behad istaymiz. Siz ham gazetamizning xaridori bo'lib, uning chinakam egasiga aylansangiz, har sonini intiq kutib, sahifalarda yoritganlarimizga o'z munosabatlaringizni bildirib borsangiz, bizga cheksiz ijodiy quvvat bergan, yuz yilki siz bilan mudom dillashayotgan “Farg'ona haqiqati”ning zabardast yuragiga yanada barkamollik olovini solgan bo'lasiz. Zero, gazetxon mehri va e'tibori bilan bu qutlug' nashrning ko'zi yorqin, so'zi o'tkir bo'lib boraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |