Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


MAKTABGACHA TA’LIM TIZMIDA JANUBIY KOREYA ILG’OR TAJRIBALARINING QO’LLANISHI



Download 27,87 Mb.
bet82/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

MAKTABGACHA TA’LIM TIZMIDA JANUBIY KOREYA ILG’OR TAJRIBALARINING QO’LLANISHI
M.A.Yo’ldosheva
Guliston davlat universiteti, maftun1996@mail.ru
magistrant
Chet mamlakatlarda o’sayotgan avlodning qay tarzda tarbiyalanishga qiziqish qadim davrlardayoq mavjud edi. Yunon tarixchisi Gerodot Bobil va Misrda yoshlar tarbiyasiga oid hikoyalar aytgan bo’lsa, Rim tarixchisi Tastit qadimgi german qabilalariga oid o’ziga xos xususiyatlarni qayd etib o’tgan edi. O’sha davrlardayoq, mamlakatlarning yosh avlodni tarbiyalash ishlarini yaxshilashda qo’shni mamlakatlar tajribasidan foydalanish maqsadi tez-tez ko’rilib turgan. [2]
Vatanimiz ta’lim tizimi, ayniqsa maktabgacha ta’lim sohasida keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirmoqda. Ulardan ko’zda tutilgan maqsad – maktabgacha ta’lim faoliyatini tubdan yaxshilash, uning insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish, shu asosda o’quv-tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takomillashtirishdan iboratdir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishning muhim shartlaridan biri rivojlangan mamlakatlar maktabgacha ta’lim tajribalariga munosabatni tubdan o’zgartirishdan iborat ekanligini hayotning o’zi ko’rsatmoqda. Bu tajribalarni sinchkovlik va qunt bilan o’rganish orqali biz ta’limda xato va yanglishishlardan, shubhali xulosalardan o’zimizni saqlashimizdan tashqari, ta’lim-tarbiyada qotib qolgan, eskirgan, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan ish shakli va uslublaridan tezroq xalos bo’lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ham ega bo’lamiz.
Ko’plab dunyo davlatlarida o’ziga xos madaniyati va rivojlanish yo’li bo’lishiga qaramay deyarli o’xshash bo’lgan ta’lim tizmidagi muammolarni hal qilib kelmoqdalar. Jumladan, maktabgacha ta’limda amalga oshirilayotgan ta’lim va tarbiya jarayonida samarali hamda innovatsion metodlarni ishlab chiqish, bolani garmonal, psixofiziologik va sotsiologik rivojlanishi, bolani madaniy-etnik tarbiyalanishini takomilashtirish, bolani salomatligi va yashash sharoitlarida sog’lom muhitni yaratish shular jumlasidandir. Rivojlangan mamlakatlarning maktabgacha ta’lim tizimilari ham o’ziga xos ravishda tuzilgan. Yaqin yillarda rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalarini mamlakatimiz maktabgacha ta’lim tizmiga tadbiq etilishi natijasida tizimda ko’plab yangilanishlar bo’lishiga olib keldi. Jumladan, birgina Janubiy Koreya tajriblariga asoslanib bog’chalarning ta’lim dasturlari va ish shakllari tubdan o’zgardi. Ayni vaqtda maktabgacha ta’lim tashkilotlarimizda asosiy dastur hisoblangan”Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi Koreya hukumatining “Nuri” (koreys tilida “dunyo” degan ma’noni anglatadi) ta’lim dasturi asosida tuzildi. Nuri ta’lim dasturi 3-5 yosh oralig’idagi bolalarning har tomonlama rivojlanishini qo’llab-quvvatlash va ularda jamiyatning mas’uliyatli fuqarosi bo’lishga yetaklovchi tamoyillarni shakllantirishga qaratilgan.[3] “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi esa 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga qamrab oldi. Har ikkala o’quv dasturlarini maqsad va vazifalarida o’xshash jihatlar ko’p uchraydi. Jumladan quyidagi yo’nalisharda ularni yaqqol ko’rish mumkin:
- Bolalarni jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish va ularda hayot davomida sog’lom turmush tarziga rioya qilish odatini shakllantirish;

  • O’zgalar bilan muloqot qila olish va munosabatlar o’rnata olish;

  • O’zini va o’zgalarni hurmat qilishni o’rgatish;

  • Bolalarning estetik qiziqishini rag’batlantirish hamda ularda san’atkorlik qobiliyatini uyg’otish;

  • Bolalarni ularni o’rab turgan atrof-muhitni, borliqni ilmiy tomondan tushinishga qiziqishini uyg’otish;

  • Ta’lim va tarbiyaning bola shaxsiga yo’naltirilganligi va o’yinli metodlarga asoslanganligi. [4]

Nuri ta’lim dasturi 5 ta asosiy jabhani qamrab oladi, bular: jismoniy tarbiya va sog’lom turmush tarzi, nutq va muloqot, san’at, ijtimoiy munosabatlar, tabiat va kashfiyotlar. Janubiy Koreyaning “Nuri” dasturida qamrab olingan bu 5 yo’nalishning maktabgacha ta’lim tashkilotlarimizda 5 ta faoliyat markazlari asosida mashg’ulotlarni olib borilishiga olib keldi.
Koreya bog’chalarning o’ziga xos jihatlari qo’llanilayotgan ta’lim berish uslublari, moliyalashtirish va to’lov tizimlari, pedagogik xodimlarning malaka darajasi va xizmat sharoitlari, oziq-ovqat va moddiy-texnik ta’minot hamda sohalariga tegishli dasturlar va uslublari hisoblanadi.Pedagoglar faoliyati uchun maksimal qulay sharoitlarning yaratilgani, pedagogning ijodiy erkinligi, katta hajmdagi hisobotlarning yo’qligi, davlat bog’chalari pedagoglari ijtimoiy statusining yuqoriligi, bolalar o’zlarini namoyon qilishlari uchun yaratilgan ijodiy muhit, jumladan xonalarning hatto kichik detallarigacha qulay dizayni va jihozlangani, ular uchun boy adabiyotlar va rivojlantiruvchi o’yinlarning mavjudligi, erta bolalikdan jamiyatda o’zini tutish va shaxsiy gigiena ko’nikmalarini tarbiya qilish kabi alohida jihatlar Koreya maktabgacha ta’lim tizimi muvaffaqiyatining asosini tashkil etadi.[5] Tajriba sifatida milliy maktabgacha ta’lim tizmimizda yuqoridagi ta’lim printsiplari ijobiy natijalar berayotgani tahsinga sazovordir.

Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish