Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


BOSHLANG‘ICH SINF O’QUVCHILARINING O’QISH SAVODXONLIGINI ANIQLASHDA PIRLS TADQIQOTINING O’RNI



Download 27,87 Mb.
bet306/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

BOSHLANG‘ICH SINF O’QUVCHILARINING O’QISH SAVODXONLIGINI ANIQLASHDA PIRLS TADQIQOTINING O’RNI
X.S.Beknazarova Qashqadaryo VXTXQTMOHM Maktabgacha,
boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi xadicha@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu tezis boshlang‘ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini aniqlashda PIRLS Xalqaro baholash dasturi xususida bo’lib, unda PIRLS xalqaro tadqiqotining mazmun-mohiyati, o’qish savodxonligini baholashga oid asosiy tushunchalar hamda topshiriq keltirilgan.
Annotation
This thesis defination of elementary school students in reading literacy in PIRLS international assessment program, which PIRLS International Study in essense, to assess reading literacy, basic concepts and tasks
Aннотация
Этот тезис связан с Международной программой оценки PIRLS в области чтения в раннем детстве, в которой изложены основные концепции и задачи международной оценки грамотности PIRLS.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da maktabgacha ta’lim davlatimizning uzluksiz ta’lim tizimida ilk pog’ona ekanligini ko’rsatib berilgan bo’lib, uning asosiy vazifasi yosh avlod shaxsiyati asoslarini shakllantirishdan iboratdir. Mustaqillikka erishgan kundan boshlab o’tgan vaqt mobaynida o’zbek xalqi siyosiy – ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi. Tezlik bilan o’zgarayotgan dunyo qiyofasini oldindan bashorat qilish mumkin bo’lgan bir davrda, xalqimiz ertangi kuniga ishonch bilan intilayotgan, to’g’ri tanlangan taraqqiyot yo’li samarasini ko’rsatayotgan bir pallada kelajagimiz davomchilari bo’lgan yoshlarimizning ijodiy g’oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg’or xorijiy tajribalar , xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo’lda xalqaro tajribalarni o’rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo’nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar ilmiy tadqiqot muassalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo’lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o’rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Bu borada O’zbekiston Respublikasida qo’yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to’g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo’lga qo’yilishini misol sifatida keltirish mumkin.
Qariyb 60 yildan ko’proq vaqt mobaynida IEA tashkiloti ta’limni qiyosiy o’rganish sohasida yetakchi tashkilot bo’lib kelmoqda. Mazkur tashkilot ta’lim tizimida davlat siyosati va amaliyotning ta’sirini chuqurroq o’rganish maqsadida ta’lim sohasida keng miqyosli tadqiqotlar olib boradi. Bu tadqiqotlar ta’lim jarayonlari va natijalarini ko’rib chiqib, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi o’zaro bog‘liq omillarni qiyosiy tahlil qiladi. 1958-yildan buyon ushbu tashkilot ta’lim sohasiga oid ko’plab mavzular bo’yicha o’ttizdan ortiq qiyosiy tadqiqotlarini o’tkazdi. Jumladan, matematika va tabiiy fanlar (TIMSS), o’qish (PIRLS), fuqarolik va fuqarolik ta’limi (ICCS), kompyuter va axborot texnologiyalari bo’yicha savodxonlik (ICILS) kabi yo’nalishlarda o’quvchilarning bilim va ko’nikmalari, umuman olganda ta’lim olish jarayonida erishgan yutuqlarini baholab kelmoqda.
Yuqorida qayd etilgan tadqiqotlardan PIRLS xususida so’z yuritadigan bo’lsak, PIRLS - (inglizcha –Progress in International Reading Literacy Study – matnni o’qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot ) mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo’lgan davlatlarni boshlang‘ich maktab o’quvchilarining matnni o’qish va qabul qilish bo’yicha tayyorgarligi hamda o’quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo’luvchi ta’lim tizimidagi o’ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi xodimlar, olimlar, metodistlar, o’qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.
Bundan ko’rinib turibdiki, PIRLS -- boshlang‘ich sinf o’quvchilarining o’qib tushunish ko’nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o’qish va o’qitishni yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma’lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi. O’quvchilarning o’qish savodxonligi – jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo’llay olish qobiliyatidir. Ushbu nuqtayi nazar o’quvchilarning o’qishdan olingan ma’lumotlardan foydalanish qobiliyatiga tobora ko’proq e’tibor qaratadigan zamonaviy jamiyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy e’tibor tushunishni namoyon qilishdan o’zlashtirilgan ma’lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo’llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda.
PIRLS yosh o’quvchilarning sinfdan va sinfdan tashqari o’qishining ikkita keng qamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy tajriba orttirish hamda ma’lumot olish va ulardan foydalanish uchun o’qishdir.
Quyida sizlarga tavsiya etadigan topshiriqda o’quvchilarga badiiy to’qimaga asoslangan ertakdan namuna sifatida taqdim etsak: 4-sinf . 1-topshiriq. О‘qish texnikasini tekshirish.
Bir bor ekan, bir yо‘q ekan, bir qizcha yashar ekan. Qizcha bir kuni о‘rmonga maymunjon olib kelish uchun boribdi. U yerda bir kampirni uchratib qolibdi va unga salom beribdi.
– Vaalaykum assalom, – debdi kampir qizchaga. – Menga maymunjoningdan bersang-chi!
– Marhamat, – debdi qizcha. Kampir maymunjonni yeb bо‘lib:
– Sen menga maymunjon berding, men senga biron narsa sovg‘a qilaman. Mana senga xurmacha, sen faqat shuni aytishing kerak: Bir, ikki, uch, xurmachada shavla pish. Shunda u shirin, mazali shavla pishira boshlaydi. Shundan sо‘ng aytasanki: Bir, ikki, uch, pishirishdan kech. Shundan sо‘ng xurmacha shavla pishirishdan tо‘xtaydi.
– Rahmat, buvi, – debdi qizcha va xurmachani olib, uyiga – onasining oldiga ketibdi.
Onasi bu xurmachani kо‘rib juda suyunibdi. Bir kuni qiz uydan qayoqqadir ketibdi. Onasi bо‘lsa xurmachani oldiga qо‘yib: Bir, ikki, uch, xurmachada shavla pish, – debdi. Xurmacha shavla pishira boshlabdi. Kо‘p shavla pishiribdi. Onasi tо‘yib-tо‘yib, yebdi. Ammo u xurmachani shavla pishirishdan tо‘xtatadigan sehrli sо‘zni unutib qо‘yibdi. Xurmacha esa shavlani hadeb pishiraveribdi. Uy ham shavlaga tо‘libdi, uyning tomi, hovli, hatto kо‘chalar ham shavlaga tо‘lib ketibdi, u hamon tо‘xtamay shavla pishiraveribdi. Onasi juda ham qо‘rqib ketib, qizchasi huzuriga yugurib ketibdi. Lekin yо‘lda issiq shavla daryo bо‘lib oqqani uchun о‘tish juda qiyin ekan. Yaxshiyam qizchasi uzoqda emas ekan. Qizcha kо‘chadagi voqeadan xabardor bо‘lib, darrov uyga yugurubdi. Juda qiyinchilik bilan kelib, eshikni ochibdi va : Bir, ikki, uch, Pishirishdan kech, – deb qichqiribdi.
1-topshiriq. 1-vazifa. Ertak matnini sekin, yarim ovozda о‘qib chiqing. О‘qituvchining ishorasi bilan о‘qiyotgan joyingizni belgilab qо‘ying.
2-topshiriq. 1-vazifa. Matnning bu qismida sehrli xalq ertagining qanday xususiyatlarini uchratish mumkin:
a) sehrgarlik ishlari
*b) sehrli buyumning mavjudligi
v) sehrgarning harakatlari
2-vazifa. Matndan sizning oldingi javoblaringizni tasdiqlovchi gaplarni belgilab chiqing. (– Sen menga maymunjon berding, men senga biron narsa sovg‘a qilaman. Mana senga xurmacha, sen faqat shuni aytishing kerak: Bir, ikki, uch, xurmachada shavla pish.)
3-vazifa. Boshqa ertaklarda ham qahramoni sehrli buyumga ega bо‘lgan shunga о‘xshash voqealar uchraydimi? Qaysi ertaklarda? Javobingizni yozing. («Ur tо‘qmoq!», «Uch og‘ayni botirlar» ertaklari)
O‘quvchilarning o’qish savodxonligini rivojlantirishda dars va darsdan tashqari o’qish soatlarida, to’garak mashg’ulotlarida, takrorlash darslarida yuqorida qayd etilgan topshiriqqa o’xshash vazifalardan foydalanish muhim omil sanaladi.

Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish