Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


UZLUKSIZ TA’LIM JARAYONINI ISLOH QILISHNING SAMARADORLIGI



Download 27,87 Mb.
bet53/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

UZLUKSIZ TA’LIM JARAYONINI ISLOH QILISHNING SAMARADORLIGI
Sirdaryo viloyati xalq talimi boshqarmasi tasarrufidagi
1-sonli viloyat xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Normurodova Nargiza Alijon qizi

Har bir davlat kelajagi fuqarolarning intellektual salohiyatiga, madaniyati, bunyodkorligiga tayanadi. Zero, eski ta’lim-tarbiya asosida yangi jamiyatni qurib bo’lmaydi. Shu jihatdan mamlakatimiz kelajagi, shubhasiz kadrlar tayyorlash masalasiga bevosita bog’liq. Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarni egallagan barkamol, tashkilotchi va zukko kadrlarga ega bo’lish uchun ta’lim-tarbiya dargohlaridagi sharoitlarni tubdan o’zgartirish, hozirgi davr talabi darajasiga ko’tarish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bu borada O’zbekistonda mustaqillikdan so’ng barcha sohalar kabi, ta’lim tizimi ham tubdan isloh qilinmoqda. O’zbekistonda ta’lim tizimida olib borilayotgan sa’y-harakatlar, erishilayotgan natijalar xalqaro hamjamiyat tomonidan alohida e’tirof etilayotgani diqqatga sazovordir. Yosh avlodga xalqaro talablar darajasida zamonaviy bilimlarni berish, yetakchi va ilg’or o’qitish uslublaridan foydalanish, uzluksiz ta’lim jarayonining barcha sohalarida ushbu islohotlarni birdek amalga oshirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ta’lim sohasida o’tkazilayotgan islohotlarning natijasi sifatida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan kishilar, balki xalqimiz ongida ham ta’lim-tarbiya tizimiga nisbatan katta o’zgarishlar paydo bo’ldi, yoshlarimiz o’rtasida esa bilim olishga bo’lgan intilish va qiziqish kuchaydi. Ta’limning rivoji va barkamol avlod tarbiyasi uchun asosiy sharoit yaratib beradigan omil sifatida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bo’lib kelmoqda. Zamonaviy dunyoda yangicha texnologiyalar bilan uyg’unlashgan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Ishlab chiqarish rivojlanar ekan malakali mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoj ham kundan-kunga ortib bormoqda. Avvallari malakali mutaxassis deganda soha yuzasidan muayyan ma’lumotga ega, shu sohada bir qancha vaqt faoliyat yuritgan tajribali kishi tushunilsa, endilikda esa butun umri davomida sohada ro’y berayotgan o’zgarishlarni o’rganib, tushunib, rivojlantirib boradigan mutaxassislargina malakali mutaxassis deb qaraladigan bo’ldi. Oldinlari sohalarda yangiliklar har 20-30 yilda bo’lgani uchun ham eski avlod bilan yangi avlod bilimlari orasida deyarli farq sezilmas edi. Biroq hozirda sohalar yuzasidan har yili yangiliklar bo’lib turgani uchun ham eski avlod vakillari yangicha bilimlarni o’zlashtirishga ulgurolmay qolishyapti. Bu muammoni bartaraf etishning yagona yo’li bu uzluksiz ta’lim jarayonini tizimli ravishda bosqichma-bosqich isloh qilib borishdir.


Uzluksiz ta’lim – o’zaro mantiqiy izchillik asosida bog’langan, hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir-birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit ta’lim tizimi. Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyati davlat ta’lim standartlariga asoslanadi. Uzluksiz ta’lim tizimi har taraflama mukammal va davlatimiz taraqqiyoti uchun xizmat qilishga layoqatli malakali kadrlar tayyorlash uchun zaruriy muhitni yaratib beradi.
2018-yilning 5-sentabr kuni PQ-3931-sonli qaror asosida 2018-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi qabul qilindi. Ushbu dasturning ikkinchi bo’limi “Ta’lim sifatini yaxshilash va innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish” deb nomlanib, unda uzluksiz ta’lim tizimida yangicha o’quv dasturlari va darsliklarni, hamda STEAM ta’limini xalq ta’limi tizimida bosqichma-bosqich joriy qilish va takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari ko’rsatib o’tilgan. Unda uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan har bir bo’g’in rivojlangan xorij tajribalarini joriy qilgan holda rivojlanishlarining nazariy asoslari belgilab berilgan. Yoshlarga bilim berishda ular olgan bilimlarini hayotda qo’llash ko’nikmasi kompetensiyaga asoslangan holda berilishi, har bir o’quv topshiriqlarini chuqur mantiqiy fikrlaydigan va qiziqarli tarzda berilishi ta’limga bo’lgan qiziqishning yanada ortib borishiga olib keladi.
Uzluksiz ta’lim tizimining asosiy maqsadi – ijtimoiy–siyosiy jarayonda mustaqil fikrlaydigan, istiqbolli maqsadlarni aniqlaydigan va ularning yechimlarini topa oladigan, ijodkor, yuksak kasbiy madaniyatga ega bo’lgan yangi avlodni shakllantirishga yo’naltirilgan. O’zining oilasiga, xalqiga va vataniga sadoqatli, barkamol shaxslarni tarbiyalash muammolari doimo davlat va jamoatchilikning diqqat markazida bo’lib kelgan. Zotan, har bir mamlakatning buguni va kelajagi, tom ma’noda, ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligini, yosh avlodning kelajagi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Bugungi yoshlarimiz yurtimizdagi yangi, moddiy ta’minlangan, zamonaviy talablar asosida faoliyat yuritayotgan tarmoqlarda murakkab texnologiyalarni boshqarmoqda, ilm-fan, madaniyat, sport yo’nalishida turli yutuqlarni qo’lga kiritmoqda. Bu ham uzluksiz ta’lim tizimining barcha sohalari ularga yetarli bilim va tarbiyani berayotganining yaqqol natijasidir.
Xulosa qilib shuni e’tirof etish kerakki, mamlakatimizda qabul qilingan barcha ijtimoiy dasturlar, qonun va qarorlar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Abu Nasr Farobiy. “Fozil odamlar shaxri”.Toshkent, 1998.

  2. Yo’ldoshev J. “Ta’limimiz istiqloli yo’lida” – Toshkent:Sharq.1996.

  3. Sobirov B. “Ta’lim tizimi takomillashmoqda” // O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi. – Toshkent, 2008.N6son. –B.41-43.

  4. “Xalq so’zi” 2012-2019-yillar.

  5. www.uza.uz-O’zbekiston Respublikasi Axborot agentligi rasmiy sayti.




Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish