Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


BOSHLANG`ICH SINFLARDA INTEGRATSION YONDASHUV ASOSIDA KASBIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISH



Download 27,87 Mb.
bet48/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

BOSHLANG`ICH SINFLARDA INTEGRATSION YONDASHUV ASOSIDA KASBIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISH
Mamatkulova Nigora Sherbekovna, SVXTXQTMOHM katta o’qituvchisi
Xidirova Dildor O`ktamovna
Xovos tumani 6-umumta’lim maktabi I-toifali boshlang`ich sinf o`qituvchisi

Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.


Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Bu borada O‘zbekiston Respublikasida qo‘yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to‘g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishini misol sifatida keltirish mumkin.
Qariyib 60 yildan ko‘proq vaqt mobaynida IEA tashkiloti ta’limni qiyosiy o‘rganish sohasida yetakchi tashkilot bo‘lib kelmoqda. Mazkur tashkilot ta’lim tizimida davlat siyosati va amaliyotning ta’sirini chuqurroq o‘rganish maqsadida ta’lim sohasida keng miqyosli tadqiqotlar olib boradi. Bu tadqiqotlar ta’lim jarayonlari va natijalarini ko‘rib chiqib, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi o‘zaro bog‘liq omillarni qiyosiy tahlil qiladi.
«Intergratsiya» so`zi lotincha integratio-tiklash, to`ldirish, «integer»
butun so`zidan kelib chiqqan. “Integratsiya” atamasi – lotinchadan integration
tiklash, to`ldirish, integer – yaxlit so`zidan olingan bo`lib – quyidagi ma’nolarni anglatadi:
• Ikkita tushunchaga egamiz:
• Tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog`liqlik xolatini bildiruvchi tushuncha va shu xolatga olib boruvchi jarayon.
• Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni.
Integratsiya, integratsiyalash jarayonlari zamonaviy maktabga kirib kelib,
faqat uning mazmunini emas, balki kichik maktab o‘quvchilarini ekologik
ta‘limining tashkiliy shakl va uslublariga ham faol kirib boryapti.
O`qituvchi bilim olish jarayonini shunday tashkil etishi kerakki, unda
O`quvchilar ko`prok mustaqil izlanishlari, o`z xarakat va faoliyatlarining oqibatlarini oldindan bilishga o`rganishlari, bas-munozaralarda ishtirok etishlari, tabiiy va ijtimoiy muhitni obodonlashtirishning amaliy ko`nikmalarini egallashlari kerak.
Boshlang’ich sinflarda fanlarni integratsiyalash dars samaradorligini oshiradi, vaqtdan unumli foydalanishga olib keladi, darsni chuqur o`zlashtirishga yordam beradi, bo`sh vaqt orttiriladi va to`garaklarga jalb etiladi.Boshlang’ich ta'limda matematika ona tili, o`qish, tabiat,matematika , tasviriy san'at darslarini integratsiyalash mumkin. Masalan, O`zbekiston mening Vatanim mavzusini o`tish uchun mavzu tushuntiriladi, tabiiy boyliklari va ularni qadriga yetish ko`rib chiqiladi va mavzu asosida rasm ham chiziladi,Respublikamizdagi viloyatlar nomlari,ularning yer maydonlari,aholisi haqida ham qo`shib tushunchalar berib boriladi. Bu esa bolani mavzuni yaxshi tushunib olishiga yordam beradi, kengroq va chuqurroq tushunishiga imkon ortadi, uzoq vaqt yodda saqlab qolishiga yordam beradi.

O`qish darsida “Boshqotirma” beriladi,sonlarni o`sish tartibida harflar bilan almashtiring va bugungi mavzuni nomini toping.O`quvchilar sonlarni o`sish tartibida yozish orqali matematika darsiga bog’lab bugungi mavzu nima ekanligini bilib olishadi.Bu esa dars samaradorligini oshiradi.
Ona tili, o`qish, matematika, tabiatshunoslik,mehnat darslari integratsiya qilinsa
ham yaxshi natijaga erishiladi. Bunda ham o`quvchi darsni yaxshi tushunadi.
Masalan, “Maktab” mavzusi o`tilsa, mavzu o`qiladi, tushuntiriladi, joylashgan o`rni haqida ma`lumot beriladi,maktab qurilishiga doir masalalar yechiladi, mehnat darslarida maktabni har bir o`quvchi o`zi xuddi muxandis kabi chizmasini chizishi yoki rangli qog`ozlardan yasashi mumkin. Shunda esa darsni mukammal o`zlashtirib olishlariga imkon yaratiladi. Masalan;
Maktab qurilishiga birinchi kuni 6 tonna qum,ikkinchi kuni 13 tonna qum keltirildi.Quruvchilar bir kunda 8 tonna qumni ishlatishdi.Qurilish maydonida necha tonna qum qolgan? Natijani kilogrammda ifodalang.
6 t+13 t=19 tonna qum ikki kunda keltirilgan.19 t-8 t=11 tonna qum qolgan.
11 t=11000 kg qum. Javob: Qurilish maydonida 11000 kg qum qolgan.
Bu masala asosida maktab,uy rasmini chizishlari mumkin. Bola bir darsning
o`zida maktab ilm dargohi ekani haqida o`rganadi, maktab haqida biladi va rasm chizadilar, maktab haqida masala yechadilar,maktabning o`rni ,ahamiyati haqida bilib oladilar.. Shunday qilib o`quvchi birgina integratsiya darsida juda ko`p ma'lumotlarga ega bo`ladi va uzoq vaqt esda saqlab qoladilar deb o`ylayman. Matematika, jismoniy tarbiya, tabiat, musiqa darslari mujassamlashtirilsa foydadan holi bo`lmaydi. Musiqa eshitish, mavzu yuzasidan misol yechish, narsalar yasash bular hammasi darsni yaxshi chiqishiga olib keladi deb o`ylayman.
Fanlarni integratsiya qilib dars o`tilganda quyidagilarga e'tibor berish kerak.
-har bir dars muayyan maqsadga yo`naltirilgan bo`lishi kerak.
-fanlararo aloqalarga oid tanlangan qo`shimcha material o`tiladigan mavzu bilan bog’lanishi shart.
-sinf o`quvchilari faolligini oshirishga qaratilgan bo`lishi kerak.
Har bir dars mazmuni belgilanayotganda predmet ichidagi va predmetlararo
aloqalar hisobga olinadi. Darsning mazmunini belgilangach o‘qituvchi qanday tasavvur va tushunchalar unda o‘z rivojini topishini, o‘quvchi qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini aniqlaydi. Darsning maqsadi va mazmuniga mos ravishda o‘qituvchi ta‘lim metodlarini tan laydi. Darsda o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyatlari bir -biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi sababli, bu faoliyatlarning aniq bosqichlarini belgilab olish kerak. Butun dars davomida sinfning faol ishlashi uchun, usul va vositalarning to‘g‘ri almashinuvini aniqlab olish kerak.



Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish