Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


Qaysarboyning o‘zga sayyoraga borgani (Ertak) Erkin Madolimov



Download 27,87 Mb.
bet291/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

Qaysarboyning o‘zga sayyoraga borgani (Ertak) Erkin Madolimov
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, atrofni ko‘m-ko‘k yaylov qoplagan qir-adirlarga tutashgan obod bir qishloqda chorvachilik bilan tirikchilik o‘tkazadigan er-xotin yasharkan. Ular keksaygan paytda o‘g’il farzand ko‘rishibdi. Yolg‘iz o‘g‘ilni yer-u ko‘kka ishonmay haddan ortiq erka qilib o‘stirishibdi. Bolaning xarxashasi ko‘pligi uchun atrofdagilar uni qaysarboy deb ataydigan bo‘lishibdi.
Qaysarboy maktabga qatnay boshlabdi. Darsdan keyin, otasi uyda qoldirib ketgan yaylovga borolmaydigan qo‘zilar va kasal qo‘ylarga qarashni unga yuklagan ekan. U esa qo‘ylarning suv va ozuqasini vaqtida bermas, “Hadeb suv ichaveradimi”, der ekan.
Ota-onasi va o‘qituvchilari salom berish fazilati haqida nasihat qilishsa, “Bir kunda bir marta salom bersa yetadi”, deb o‘ylarkan.
Bora-bora Qaysarboyga dars tayyorlash va boshqa ishlarni takrorlash yoqmay qolibdi. Ayniqsa, jismoniy tarbiya darsidagi mashqlarni qaytarish juda malol kelarkan. U bu darsdan ozod bo‘lish uchun onasiga hamma yog‘i og‘riyotganligini bahona qilibdi. Shifokor unga og‘riq qoldiradigan dori va vitaminlar tavsiya etibdi.
Qaysarboy shifokor yozib bergan dorilar ro‘yxatini o‘qituvchisiga ko‘rsatib, o‘zining kasal ekanligini bildiribdi. O‘qituvchi unga yengillik beribdi. U endi stadion atrofidagi tomoshabinlar uchun o‘rnatilgan kursilarning biriga o‘tirib mashq bajarar ekan. Qaysarboyning bahonasi to‘liq ish bermaganidan xafa bo‘libdi. U o‘qituvchisi ko‘rsatganday o‘tirgan holda qo‘lini to‘g‘riga, yuqoriga, yon tarafga juda sekinlik bilan uzatibdi. “Bir, ikki, uch, uch, bir”, deb sonlarning o‘rnini o‘zgartirib aytibdi.
U esnabdi, juda zerikibdi. Shunda osmondan likopcha shaklidagi uchuvchi moslama kelib uning oldiga qo‘nibdi.Uning eshigi ochilib, mitti bir odam tushib, Qaysarboy bilan tanishibdi. Nima uchun yolg‘iz o‘tirganligini so‘rabdi.
Qaysarboy mashqlarni hadeb takrorlash yoqmayotganligini mitti odamga ham aytibdi. Mitti odam unga: “Eh, tanbal do’stim, xo‘p desang seni hech narsani takrorlamaydigan odamlar yashaydigan sayyoraga olib boraman”, debdi. Qaysarboy bu taklifga jon deb rozi bo’libdi. U mitti odam bilan osmon-u falakka ko‘tarilibdi. Uchar likopcha son-sanoqsiz katta yulduzlar orasidagi kichkina bir sayyoraga qo‘nibdi.
Ular tep-tekis muz maydonidagi tosh binolar qurilgan joyga tushishibdi.
Mitti odam Qaysarboyni yetaklab, tosh binolarning biriga olib kiribdi. U yerda havo siyrak bo‘lganidan mitti odamlar burunlariga havo to‘ldirilgan sharlarni qistirib olisharkan. Qaysarboy ham o‘sha kichkina havo sharidan burniga taqib olibdi. Mitti odam Qaysarboyni bir parcha non va mitti odamlar uchun mo‘ljallangan shisha idishdagi bir qultum suv bilan mehmon qilibdi.
U o‘z uyida takror-takror to‘yib suv ichgani va ovqatlangani sababli och qolibdi, chanqabdi. Qo‘y-qo‘zilarni suvsiz qoldirganini eslab afsuslanibdi. Hammadan yomoni kichkina shardagi havo tugab, juda qiynalibdi. Mitti odamdan yana shar so‘rabdi. Mitti odam havo shari bir kunda bir marta berilishini aytibdi. Qaysarboy havosizlikdan har tomonga yuguribdi. Nafasi battar qisilibdi. “Havo-havo”, deb baqirgancha uyg‘onib ketibdi. U kursida mashq bajarayotib uxlab qolgan ekan. Quvonchdan sakragancha “Xayriyat, tushim ekan”, debdi.
Qaysarboy xuddi o‘ngida ro‘y berganday, ko‘rgan tushi haqida o‘ylanib qolibdi. “Darhaqiqat, har kuni to‘yguncha takror nafas olaman, suv ichaman va ovqatlanaman. Demak, hayotdagi boshqa ish va harakatlarni o‘z vaqtida takrorlash va bajarish zarur ekan”, degan xulosaga kelibdi. Qilgan bahonasidan uyalib o‘qituvchisidan kechirim so’rabdi. Qaysarboy o‘rtoqlari safiga qo‘shilib, turli mashqlarni bajaribdi, turnikda takror-takror tortilibdi. Abjirlik bilan futbol o‘ynay boshlabdi. O‘rtoqlari uni G‘ayratboy deb chaqiradigan bo‘lishibdi.
Darslar tugab, maktabdan qaytayotganida yo‘lda uchraganlarga salom berib o‘tibdi. Ortidan “Rahmat, barakalla” kabi iliq so‘zlarni eshitibdi. Uyda esa qo‘ylarning suv va ozuqasidan tez-tez xabar olibdi. Keksa onasiga ko‘maklashibdi. Keyin maktabda olgan bilimlarini mustahkamlash uchun o‘tgan darslarni takrorlabdi. Ota-onasi G‘ayratboyning o‘zgarib qolganidan juda xursand bo‘lishibdi.

Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish