B.Xurramov – Surxondaryo viloyati XTXQT va UMOHM “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedra kata o’qituvchisi
Z.Shukurova – Surxondaryo viloyati Termiz shahri 8-umumiy o’rta ta’lim maktabi fizika fani o’qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada o’quvchilarni mantiqiy fikrlashishini oshirishga xizmat qiluvchi iSpring QuizMaker 6.0 test topshiriqlarini tuzishga mo’ljallangan kompyuter amaliy dasturidan foydalanishning avfzalliklari haqida amaliy tushinchalar keltirilgan.
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi.
Sohadagi islohotlar natijasida ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi.
Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida barcha tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi ta’minlash Davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘layotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz.
Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar qo‘yildi.
Ayniqsa, ta’lim sohasiga oid milliy qonunchiligimizning yanada takomillashuviga va tizim oldiga qo‘yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash alohida etibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablarida fanni chuqur o’rganish va zamon talablari asosida baholashni yo’lga qo’yish bo’yicha jahon tajribalari o’rganilmoqda.
Jumladan, aniq fanlar blok-modulida o’quvchilar mantiqiy fikrlashini va amaliy ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan, talablarga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo’ljallangan amaliy mashg’ulotlar hamda mustaqil va ijodiy fikrlashga undovchi amaliy topshiriqlar bilan ishlashga mo’ljallangan xalqaro baholash dasturilari (PISA, TIMSS), O‘zbekiston ta’lim tizimida 2021-yilda 3 ta (o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik) yo‘nalish bo‘yicha ishtiroki etishi ko‘zda tutilmoqda.
Hozirda, o’quvchilarning fanlarni chuqur o’zlashtirishi, qiziqishlari rivojlantirish, o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo’llash, kasbga yo’naltirishni amalga oshirish, qo’shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarni shakllantirish, internet tizimi yordamida axborot izlash, olish va qayta ishlashni o’rgatish bilan birga ularni nazorat etishning yangi mexanizmlarini amaliyotga tadbiq etish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Oʻzbekiston taʻlim sohasida islohatlarning yangi bosqichi hisoblangan PISA dasturida ishtirokiga tayyorgarlik bosqichi ustozlardan oʻz ishlariga yangicha yondashishni talab etadi. Bu tizim mamlakatimizda yangi, bu borada ishlar endi boshlanganini nazarda tutsak, birinchi navbatda oʻqituvchilarni bu tizim bilan tanishtirish, tizim talabi va imkoniyatlarini ularga tushintirish kerak boʻladi.
Ushbu maqolada, nazorat ishlari olish bo’yicha test hamda PISA testlarini tuzish va ular bilan ishlash boʻyicha koʻnikma hosil qilish maqsadida iSpring QuizMaker dasturi yordamida sinov materiallari tayyorlash imkoniyati haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |