www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 338
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay ishlashni
taqozo etadi.Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni ko‘ngildagiday olib
borishda o‘sib kelayotgan yosh avlodni etuk va barkamol inson qilib tarbiyalashda
oila va mahalla hamkorlikda ish olib orishi lozim deb o‘ylayman. Chunki kelajak
avlod tarbiyalangan, uyushgan, axil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarosi
bo‘lishlari lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI;
1. Barkamol avlod — 0 'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: «Sharq», 1997.
2. Jumayev M . Bolalarda matematik tushinchalarni rivojlantirish nazariyasi va
metodakasi. — T.: «Ilm-Ziyo», 2009.
3. Jum ayev M. va boshqalar. Matematika o'qitish metodikasi. - T.: «Ilm-Ziyo», 2003.
4. Bikbayeva N. U., Sidelnikova R. I., Adambekova G. A. Boshlang'ich sinflarda
matematika o'qitish metodikasi. 0'rta maktab boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun
metodik qo'llanma. — T.: «0'qituvchi», 1996.
5. Жикалкина Т.К. Игровые и занимателные заданиya по математике- М.
"Просвещение", 1989.
www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 339
GEOGRAFIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARNING
QO‘LLANISHI
Quranboyeva Ugiljon Xusainboyevna
Xorazm viloyat Urganch shahar 24- sonli ixtisoslashtirilgan umumiy orta ta‘lim
maktabi o‘qituvchisi
Annontatsiya;
Ushbu maqolada geografiya darslarida interfaol metodlarning
qo‘llanishi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Dars,metod,fan,o‘quvchi,samara,tabiiy,interfaol,qo‘llash,bilim
.
Bugungi kunda geografiya fani talabalarga tabiat va Yer haqidagi bilimlarni
hamda ilmiy dunyoqarashini vujudga keltirib, yer yuzi tabiati, xo'jaligi va aholisi
haqidagi turli ma'lumotlar haqida bilim va ko'nikmalarni shakllantiradi. Bu esa yer
yuzining tabiiy manzarasi, tabiatdan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish, aholi turmush darajasini, atrof-muhit holatini yaxshilash
vositalari, insonlarda ekomadaniyatni shakllantirish usullari haqida mantiqiy
fikrlashga o'rgatadi.
Tabiiy geografiya kursi talabalarda yerga, atrof-muhitga bo'lgan munosabatni,
ekomadaniyatni vujudga keltirishda va shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.
Hozirgi pandemiya sharoyitida masofaviy ta'lim tizimida talabalarni mustaqil ishlashi
uchun keng imkoniyatlar yaratilgan bo'lib, bevosita talabalar o'zlari mustaqil kitob
o'qishlari hamda mustaqil o'rganishlari talab qilinmoqda. Chunki, har bir mavzuni
mustaqil o'rganishda talabalar o'z xotiralarida ma'lumotlarni ko'proq saqlay oladi lar
hamda ularda mustaqil fikrlash doirasi kengayib, turli innovatsion g'oyalarni vujudga
keltira boshlaydilar.
Tabiiy geografiya darslarini mustaqil o'rganishda talabalar quyidagi
metodlardan foydalanishi samarali hisoblanadi. Masalan, Materik va okeanlar tabiiy
geografiyasi kursidagi ma'lum turga oid ma'lumotlarni "Toifalash" grafik
organayzeridan foydalanib jadval shaklida jamlash va ularni tartiblab joylashtirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, materik va okeanlarning iqlim mintaqalari
hamda tabiat zonalari mavzularidagi ma'lumotlardan foydalanib yozuvsiz xaritaga
ulardagi asosiy ma'lumotlarni tushirib chiqishi ma'lumotlarni yodda qolishida katta
Do'stlaringiz bilan baham: |