www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 295
2. Aхмедова М. Фалсафа асослари. -Тоshкент: Ўзбекистон, 1998. - 340 б. 1.1.28.
Aъзамов A. Муножатнома. Aлиshер Навоийнинг ―Муножат‖ асари hақида
мулоhазалар. -Тоshкент: Маънавиyaт, 2001. -126 б.
3. Aппел К. Москвадаги "Кобра". –М .: Художник, 1997. -284 б.
4. Барт К. Севимли асари: Семиотика. Поетика: Пер. с фр. - М .: Тараққиѐт,
1994. -326 б. 1.1.31. Барт К. Догматикага оид инshолар: 1946 йил ѐз семестрида
Бонн университетида ўқилган маърузалар. - СПб .: Aлетейya, 1997. -271 б.
5. Барт К. Мгновениya. - М .: Библейско-богословский институти св. hаворий
Aндреya, 2006. - 160 п. 1.1.34. Барт К. Aсослаsh ва тўғри. - М .: Библейско-
богословский институти св. Aпостол Aндреya, 2006. - 149 п.
www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 296
PISA O‘QISH SAVODXONLIGINI BAHOLASH
Jumanova Gulshoda Eshniyoz qizi
Samarqand viloyati Narpay tumani 30-umumiy o‗rta ta'lim maktabining
ona tili va adabiyot fani o‗qituvchisi
Annontatsiya: PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) –
turli davlatlarda 15 yoshli o‗quvchilarning savodxonligini (o‗qish, matematika, tabiiy
fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‗llash qobiliyatini baholovchi dastur.
Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‗tkaziladi. Dastlab1997-yilda ishlab chiqilgan
va 2000-yilda birinchi marta qo‗llanilgan.Bu dastur boʻyicha har uch yilda
oʻquvchilarning bilimini baholash maqsadida sinovlar oʻtkaziladi. Hozirgi kungacha
jami 7 marta (2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015 va 2018 yillar) PISA dasturi
boʻyicha testlar oʻtkazilgan boʻlib, keyingi sinovlar 2021 yilda boʻlishi
rejalashtirilgan. Mamlakatimiz ham 2021 yildan bu dasturga qoʻshilishga
tayyorgarlik koʻrmoqda.
Lekin bu dasturdan qatnashishdan maqsad testlarni oʻtkazish yoki oʻquvchilarni
testga tayyorlash emas, oʻquvchilarimizda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirish
raqobatbordosh kadrlarni yaratish uchun mustahkam zamin yaratish hisoblanadi.
Xoʻsh, PISA dasturining maqsadi nima, u qanday zaruriyat tufayli paydo boʻldi va
PISA savollari qanday prinsipga asoslangan holda tuziladi?
XXI asr – informatsion texnologiyalar asri. Bu asr oʻz mutaxassislaridan umuman
oldingidan farq qiluvchi kompetensiyalarni talab qiladi. XX asrda va undan oldin
kuchli xotira, ensiklopedik bilim, oʻz sohasida iloji boricha koʻproq maʻlumotni
bilgan mutaxassislar yuqori qadrlangan boʻlsa, endi bu bilimlar hal qiluvchi
ahamiyatga ega boʻlmay qoldi. Qidiruv tizimlari, onlayn ensiklopedialar, sohalar
boʻyicha mukammal onlayn maʻlumotlar bazalari yaratildiki, endi bu maʻlumotlarni
eslab qolish zaruriyati ikkinchi planga tushib qoldi.
Hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan yangi maʻlumotlarni
hosil qila olish, xalq tili bilan aytganda ―kosa tagidagi nimkosa‖ni koʻra olish
kompetensiyasi birinchi oʻringa koʻtarilayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |