1
Yetakchi turdagi idrokni aniqlash testi yoxud “Reprezentativ – Olamni
qayta tasavvur etish” bo’yicha shaxs tiplarini aniqlash metodikasi
Tuzuvchilar: P.F.N, Dotsent – M.T.Isaqova
Psixolog-Profayler B.Sh.Butayev
“S.Yefremsevning – ushbu metodikasi shaxsdagi yetakchi xisoblangan idrok
turini (Audial, vizual yoki kinestetik) aniqlashga xizmat qiladi.
Ushbu metodika Farg’ona Davlat Universitetining, Psixologiya kafedrasida
Psixologiya fanlari nomzodi, Dotsent Isaqova Muazzamxon To’lqinovna hamda
Tadqiqotchi Psixolog, Profayler Butayev Baxromjon Sharofitdinovich tamonidan
o’zbek mentalitetiga moslashtirilib modifikatsiya qilindi. Metodika maktab
yoshidagi bolalar uchun mo’ljallangan. Pedagog va murabbiylarga ta’lim jarayonida
o’qitishning samarali usullaridan biri hamda “Ta’limdagi yangi innavatsion
uslublardan biri” sifatida qabul qilib uni amaliyotga keng joriy qilish mumkin.
Metodika natijalari tahlili asosida o’quv xonalariga maktab o’quvchilari va
ta’lim muassasalari talabalarini joylashuvini tartiblash hamda ularga idrok
xususiyatlarini imkoniyatlarini xisobga olgan xolda o’quv materiallarini
o’zlashtirishni tavsiya etish yuqori samara berishi amaliyotda isbotlandi.
Testni ishlash yo’riqnomasi. Har bir test qatordagi takidlar sizga mos kelsa “+”
va mos kelmasa “-” qo’yasiz!
So’rovnoma matni
1. Men bulutlar va yulduzlarni tomosha qilishni yaxshi ko'raman.
2. O'zim yolgiz qolganda qo’shiq xirgoyi qilaman.
3. Xarakatatlanishimga noqulay bo'lgan kiyimlarni kiymayman. Xatto yangi
“Urf”ga kirgan bo’lsa ham.
4. Cho’milishni yaxshi ko'raman.
5. Shaxsiy buyumlarim rangi men uchun muhim.
6. O’qishda dars yoki yig’ilish vaqtida kimdir kech qolib kelsa men xonaga
kirishidan oldin uning oyoq tovushlaridan tanib olaman .
7. Men so’zlaganda viloyatlar shevasiga va lahjalariga taqlid qilishni yoqtiraman.
8. Tashqi ko'rinish jiddiy ahamiyatga ega.
9. Dadam ishdan charchab kelganlarida qo’llarini va oyoqlarini massaj qilib
qo'yaman.
10. Bo’sh vaqtimda o’zim qiziqgan kasb egalarini ishini kuzatishni yaxshi ko'raman.
11. Biror ishni zavq-shavq bilan bajarmasam, qilgan ishimdan ko’nglim to’lmaydi.
12. Magazinlarda o’zimga yoqadigan kiyimlarni ko’rib qolsam ularni kiysam menga
juda ham yarashishini xis etaman.
13. Eski davrdagi musiqani eshitib qolasam, men o’zimni huddi o’sha davrda
yurgandek xis qilaman.
14. Ovqatlanib o’tirganda yangiliklarni o'qishni yaxshi ko'raman.
15. Telefonda gaplashishni jonu dilim.
16. Menda semirishga moyillik bor.
17. Men o'zim o'qishdan ko'ra boshqa biror kishi o'qigan hikoyani tinglashni afzal
ko'raman.
18. Kun bo’yi biror ish bilan band bo’lsam, kechga borib charchoqni xis qilaman.
19. Men juda ko'p suratga tushaman.
20. Uzoq vaqtdan keyin ham do'stlarim yoki tanishlarim menga aytgan so’zlari yoki
gaplarini yaxshi eslay olaman.
21. Gullar sotib olish uchun o’ylanmay pul sarflay olaman, chunki ular hayotni
bezatadi.
22. Uyqudan oldin issiq dush qilishni yoki oyog’imni vanna qilishni yaxshi
ko'raman.
23. Kundalik har bir ishlarimni yozib borishga harakat qilaman.
24. Men tez-tez ishlarimni taxlil qilib o'z - o’zimga savol beraman.
25. Uzoq vaqt davomida mashina bilan uzoq safarda bo’lsam charchoqlarim uzoq
vaqtdan so’ng tarqaydi.
26. Ovozning oxangidan men qarshimdagi inson haqida juda ko'p narsalarni bilib
olaman.
27. Men boshqalarni kiyinish uslubiga ahamiyat beraman.
28. Men jismoniy tarbiya bilan shugullanishni juda yaxshi ko’raman.
29. Menga uxlash uchun juda qattiq ham, juda yumshoq to'shak ham maqul
kelmaydi.
30. Meni didimga mos poyabzal topish oson emas.
31. Men tele va videofilmlarni tomosha qilishni yaxshi ko'raman.
32. Bir necha yil o'tgach ham, men avval uchrashgan insonlarimni yuzlarini eslay
olaman.
33. Yomg'ir tomchilari soyabonga mayin tegadigan va mayin yomg’ir yog’ayotgan
vaqtda sayr qilishni yaxshi ko'raman,
34. Atrofimdagilar gapirganda tinglashni maqul ko'raman.
35. Men sport bilan shug'ullanishni yoki har qanday xarakatli o’yinlarda
qatnashishni yoqtiraman. Ba'zan raqs tushib turaman.
36. Budilnik ovozidan uyg’ongach keyin men uxlolmayman.
37. Meni musiqa tinglash uchun zamonaviy musiqa qurilmalarim (Sambufer kabi)
bor.
38. Men musiqa tinglayotganimda oyoq bilan polda tovush chiqarib jo’r bo’lishni
yoqtiraman.
39. Dam olish paytida arxitektura yodgorliklarini tomosha qilishni yoqtirmayman.
40. Chalkashliklarni yoqtirmayman.
41. Sintetik matolarni yoqtirmayman.
42. Menimcha, xona ichidagi atmosfera - yorug'likka bog'liq.
43. Konsertlarga borishni yoqtiraman.
44. Qo'l berib ko'rishish - menga u odam haqida ko'p narsalarni aytib beradi.
45. Galereya va ko'rgazmalarga bajonidil tashrif buyuraman.
46. Menga jiddiy munozaralarda va intelektual o’yinlarda qatnashish yoqadi.
47. Biror narsa xaqida ming eshitgandan ko’ra uni o’z qo’lim bilan ushlab ko’rib u
haqida ko’p narsalarni bilib olaman.
48. Shovqin-suronni umumuman yoqtirmayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |