O’zbekiston tarixi 16. Nechanchi yilda Rossiya imperiyasi tarkibidagi Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilgan?
A) 1856-yilda B) 1875-yilda
C) 1881-yilda D) 1867-yilda
17.. O‘zbekiston hududidagi qaysi manzilgohda ilk shahar alomatlari ko‘zga tashlangan?
A) Jarqo‘ton B) Selengur
C) Ko‘lbuloq D) Оbishir
18. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan 2001-yildan boshlab qaysi kun Respublikamizda "Qatag'on qurbonlarini yod etish kuni" sifatida o'tkaziladigan bo'ldi?
A) 9-may B) 31-avgust
C) 1-sentabr D) 22-mart
19. Nechanchi yilda Respublikamizda Alisher Navoiy nomida Davlat mukofoti ta’sis etilgan?
A) 1991-yil B) 1994-yil
C) 1996-yil D) 1993-yil
20. Qaysi madrasa XVI asrda Buxoroda barpo etilgan?
A) Farjak madrasasi B) Ixlosiya madrasasi
C) Mir Arab madrasasi D) Qutbiddin Sadr madrasasi
21. Nechanchi yilda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan?
A) 1995-yilda B) 1989-yilda
C) 1985-yilda D) 1992-yilda
22. Toshkent shahrini podsho Rossiyasining kim boshchiligidagi qo‘shinlari egallagan?(1865-yil)
A) fon Kaufman B) M.Chernyayev
C) F.Romanovskiy D) M.Skobelev
23. Qaysi davlat milodiy III asrda parchalanib ketgan?
A) Xorazm B) Turk xoqonligi
C) Qang‘ D) Yunon-Baqtriya
24. Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi qachon tashkil etilgan?
A) 1995-yilda B) 1993-yilda
C) 1996-yilda D) 1994-yilda
25. Arxeologlar tomonidan topib o‘rganilgan qadimiy shahar xarobalari — Yerqo'rg'on va Uzunqir O‘zbekistonning qaysi viloyati hududida joylashgan?
A) Surxondaryo B) Buxoro
C) Qashqadaryo D) Xorazm
26. Buxoro qachondan boshlab “Qubbat ul-islom”— Islom dinining gumbazi nomi bilan shuhrat topgan?
A) XII asrdan В) X asrdan
С) XI asrdan D) IX asrdan
27. “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” nomli asarning muallifini aniqlang.
A) Ibn Sino B) Beruniy
C) al-Farg‘oniy D) Abu Nasr Farobiy
28. Toshkent vohasidagi qaysi manzilgohdan toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari topilgan?
A)Ko‘lbuloq B)Selungur
C)Teshiktosh D) Machay
29. Noyob me’morchilik obidasi bo'lgan Ichan qal’a nechanchi yilda alohida muhofazaga olingan muzey-qo'riqxonaga aylantirilgan?
A) 1969-yil B) 1961-yil
C) 1993-yil D) 1990-yil
30. To’ng yabg’u nechanchi yillarda hukmronlik qilgan?
A) 617-629-yillarda B) 618-630-yillarda.
C) 619-631-yillarda D) 620-632-yiIlarda