“Renessans” intellektual loyihasi uch bosqichni o‘z ichiga oladi. 1-bosqich: "Renessans" intellektual mobil ilovasi (hozirda ushbu ilova uchun aniq loyiha ishlab chiqilgan). Ushbu ilovada mantiqiy, qiziqarli test savollarga to‘g‘ri javob berish orqali foydalanuvchilar sms, daqiqa va ko`plab internet trafik paketlariga ega bo‘lish bilan birga ilm-fan va tarixga oid bilimlarini boyitib borishadi.
2-bosqich: "Renessans" radio dasturi (hozirda Xorazm MTRK bilan hamkorlikda radio orqali "Renessans" loyihasi doirasida muzokaralar olib boriladi). Ushbu dastur doirasida radio orqali barcha tinglovchilarni ilm-fan yutuqlari va ajdodlarimiz merosi, tariximizga bo‘lgan qiziqishi va bilimlari boyitib boriladi.
3-bosqich: "Renessans" intellektual teleo‘yin yaratish (ushbu loyiha bo‘yicha Xorazm MTRK bilan muzokaralar olib borilmoqda). Renessans intellektual TV dasturi jamoaviy o`yin bo‘lib, unda jami 5 ta ishtirokchi belgilangan vaqt davomida berilgan savollarga jamoa bo‘lib javob topishlari talab etiladi. Ushbu intellektual o‘yini orqali TV tomoshabinlarini turli turk seriallari va yengil yelpi dasturlar ta'siridan saqlab, kreativ fikrlash qobiliyatini, kitobxonlik va ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun juda samarali loyiha hisoblanadi.
* "Renessans" intellektual mobil ilovasi ajdodlar merosini targ’ib qilish, eng sara ilmiy-ijodiy meros namunalarini yoshlarga sodda va tushunarli tarzda yetkazish, bugungi kun innovatsiyasida ajdodlarimizning qo’shgan xissasini aniq misollarda yetkazishni ko’zda tutuvchi, yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullaridan biri xisoblanadi. Ushbu mobil ilova orqali aholining barcha qatlamlari qamrab olinadi va qisqa muddatda yuqori samara beradi. * Ushbu loyihaning afzal jihatlaridan biri, ilova ishga tushirilishi bilanoq butun mamlakat bo‘ylab bir vaqtning o‘zida foydalanila boshlanadi va ilovani yuklab olish hisobiga tezda sarflangan mablag‘ni qoplash bilan birga, katta miqdorda daromad ham ishlash mumkin.