TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu maqolaning nazariy va uslubiy asosi bo‘lib mamlakatimiz televideniyesi hamda xorijiy telekanallar orqali efırga uzatiladigan iqtisodiy yo‘nalishdagi turli dasturlar, xorijiy iqtisodchi olimlarning televizion dasturlar orqali aholi moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari bo‘yicha izlanishlari, mutaxassislarning fikr-mulohazalarini tahlil qilish asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar xizmat qiladi. Shuningdek, tadqiqot jarayonida ekspert baholash, jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyosiy tahlil o‘tkazish orqali tegishli xulosalar chiqarishga imkon beruvchi usullardan foydalanilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
Tadqiqot davomida amalga oshirilgan tahlillar hamda ular orqali qo‘lga kiritilgan natijalarga ko‘ra qator nazariy qoidalar va amaliy takliflarni ilgari surish mumkin.
Ushbu maqolaning asosliligi nafaqat ko‘plab nazariy va amaliy tadqiqotlar, balki aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha milliy loyihalarni amalga oshirish tajribasi bilan ham tasdiqlanadi. Shu bilan birga, bugungi kunda ommaviy, kasbiy bo‘lmaganlar uchun moliyaviy va iqtisodiy ma'lumotlarning asosiy manbai bo‘lgan ijtimoiy va siyosiy ommaviy axborot vositalarining jurnalistlarni tayyorlash va bilim darajasi etarli emas. Fuqarolarning moliyaviy ta'limida jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarining rolini o‘rganishga hech qanday e'tibor berilmagan.
Olib borilgan tahlillar natijalari ommaviy axborot vositalari orqali efırga uzatiladigan televizion dasturlar, bosma nashrlarda chop etiladigan va internet nashrlarida e’1on qilinadigan materiallarning kamligi, bu yo‘nalishdagi kam sonli dasturlarda beriladigan ma'1umotlar va informatsiyalarning etarli emasligi, shuningdek, iqtisodiy jurnalistika sohasida faoliyat olib boruvchi jurnalistlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish barobarida aholining moliyaviy savodxonlik darajasiga ta'sir ko‘rsatuvchi ma'lumot1ar bilan ishlash ekanligini ko‘rsatdi.
Moliyaviy savodxonlik yo‘nalishi bo‘yicha televizion o‘quv dasturlari va ommaviy auditoriya uchun kasbiy faoliyat doirasidagi moliyaviy-iqtisodiy mavzulardagi jurnalistik materiallar yaratish g‘oyat dolzarb ahamiyatga ega.
Tadqiqot natijalari yurtimiz bozor iqtisodiyotiga doimiy moslashuvi va moliya tizimining doimiy murakkablashuvi sharoitida fuqarolarning universal moliyaviy
ta'limi davlatning barqaror rivojlanishining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. SHuningdek fuqarolarning shaxsiy iqtisodiy xavfsizligini ta'min1ash kafolati va davlatlararo samaradorlikka ta'sir qiluvchi parametr ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqarishimizga imkon beradi. Shu bilan birga, O‘zbekiston aholisining moliyaviy savodxonligini oshirish jarayonida ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarni jalb qilish, o‘zgaruvchan iqtisodiy voqeliklar va iqtisodiy tizimning ayrim elementlariga aholining ommaviy moslashuvi uchun eng samarali va qulay mexanizmiga aylanadi.
Bu ommaviy axborot vositalari jamiyatning har bir a'zosiga, shu jumladan ta'lim tizimidan tashqarida bo‘lganlarga qo‘shimcha vaqt va moliyaviy resurslarni jalb qilmasdan yordam berish, asosiy moliyaviy va iqtisodiy bilimlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, doimiy murakkab iqtisodiy va pul munosabatlari dunyosida innovatsion g‘oya1arga tayanish, doimiy ravishda o‘sib borayotgan moliyaviy tendensiyani tushunishga yordam beradi. Mahsulotlar va xizmatlar, noto‘g‘ri moliyaviy qarorlar sonini minimallashtirish, moliyaviy xizmatlar bozorida ishonchni oshirish va fuqarolarning jamiyatning moliyaviy hayotiga jalb qilinishini rag‘bat1antirish va shuning barobarida O‘zbekistonning moliyaviy tizimini rivojlantirishga va aholining turmush darajasini oshirishga turtki beradi.
Shu bilan birga, jurnalistning moliyaviy savodxonligi kasbiy faoliyat doirasida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha amaliy ishlarni amalga oshirishga imkon beradigan bilim, ko‘nikma va qobiliyat bilan bir qatorda muhim umumiy kasbiy kompetensiya ekanligini ta'kidlaydi. Ushbu vazifani samarali bajarish uchun jurnalistlar etarli iqtisodiy bilim darajasi, voqea yoki faktning aholi uchun foydaliligini baholash va murakkab mavzularni o‘quvchilar uchun jozibali shaklga aylantirish kabi malakaga ega bo‘lishi kerak. SHu bilan birga, ma'lumot bu soha mutaxassisidan farqli o‘laroq keng aholi qatlamiga qaratilgan bo‘lib, eng sodda tilda taqdim etilishi kerak.
Kuzatishlarimiz natijalariga ko‘ra O‘zbekiston milliy teleradiokanallari va tijorat telekanallari orqali efirga uzatiladigan “M-faktor” (Toshkent telekanali), “Biznes- hafta” (O‘zbekiston telekanali), “Sturt up club” (Yoshlar telekanali), shuningdek, “O‘zbekiston-24” telekanalining Axborot dasturlari va “Uzreport” telekanalidagi yangiliklarida moliyaviy savodxonlik masalalariga muntazam ravishda to‘xtalib o‘tilib, yoritib borilmoqda. Aholining moliyaviy savodxonligi va iqtisodiy bilimlarini oshirish borasida internet nashrlari va blogerlar ham juda faol ishtirok etishmoqda. Masalan, Bankers.uz, The bakiroo, BiznesRivoj, Biznes Qadamlar, Motivatsiya HD, Biznes Ta’1im kabi telegram kanallarni misol tariqasida keltirish mumkin. Biroq ular
orasida ommaviy tarzda tomoshabinni va o‘quvchilarni qamrab oladigan moliyaviy dasturlar yetishmasligini kuzatish mumkin.
Ta'kid1ash joizki, keyingi yillarda mamlakatimizda ushbu yo‘nalishdagi ishlarga katta e'tibor qaratilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 iyuldagi qaroriga muvofiq, “O‘zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi ijrosiga kirishilgani bunga misol bo‘la oladi. Bundan tashqari O‘zbekiston Savdo- sanoat palatasi Jahon Banki Guruhi moliyalar va bozorlar bo‘yicha departamentining Markaziy Osiyo va Ozarbayjonda moliyaviy infratuzilmani mustahkamlash bo‘yicha loyihasi (ACAFI) hamkorligida SSP trenerlari va xodimlarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha dastur, 2018 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi va «Norma» professional rivojlanish markazi tomonidan «Tadbirkorlar va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish» dasturi yo‘lga qo‘yilgan. 2018 yi1 17 avgustida O‘zbekiston Markaziy banki Boshqaruvi Moliyaviy ommaboplik alyansiga (Alliance for Financial Inclusion) a'zo bo‘1ish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mazkur alyans 2008 yili a'zo mamlakatlarga moliyaviy ommaboplik siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, tajriba almashish uchun maydon yaratish orqali bank xizmatlarining dolzarb masalalari bo‘yicha ishchi guruhlarini tashkil etish va o‘qitish, iste'mo1chilarning huquqlarini himoya qilish va kichik biznesni moliyalashtirishda ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan.
Shu bilan birga Markaziy bank tomonidan aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida Fin1it.uz axborot-ta'lim resursini ishga tushirildi. Mazkur loyiha oldiga mamlakat aholisi tomonidan moliyaviy xizmatlarni tanlash va ulardan foydalanish, shuningdek, oqilona va mas'uliyat bilan moliyaviy qarorlar qabul qilish hamda moliya bozoridagi imkoniyatlarni to‘g‘ri baholashga yordam beruvchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish vazifalari qo‘yilgan. Materiallarda berilgan ma'lumotlar tavsiyaviy xarakterga ega bo‘1ib, ular moliyaviy savodxon shaxsning xulq-atvori va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |