Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati:
1. Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. Toshkent. “O`zbekiston”. 1995 yil.
2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. “O`zbekiston”. 1998 yil.
3. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent. “O`zbekiston”. 1999 yil.
4. Volkov O.I. Ekonomika predpriyatiya. Moskva. “Infra-M”. 2001.
5. Dolan E.D. Rinok: mikroekonomicheskaya model.Sankt-Peterburg.1992.
Ismoilov A.Q., Murtazaev O. Qishloq xo`jalik iqtisodiyoti. Darslik. Toshkent. 2003.
Seddies Yu.,Raysh E.,Ugarov A.A. Ekonomika selskoxozyaysvennix predpriyatiy. Moskva. 2000.
Sharifxo`jaev M., Abdullaev Yo. Menejment. Darslik. Toshkent. 2001.
Hakimova M. Mikroiqtisodiyot. Toshkent. 1997.
Eslatma: Bundan tashqari har bir mavzu bo`yicha tegishli qonunlar, farmonlar,
yo`riqnomalar, ko`rsatmalar va boshqa me`yoriy hujjatlardan, shuningdek,
ilmiy jurnal va boshqa manbalardan ham foydalanish mumkin.
12-MAVZU: KORXONANING IQTISODIY XAVFSIZLIGI VA TIJORAT SIRI.
Reja.
Korxona xavfsizligini ta`minlashning maqsadi va vazifalari.
Korxona tijorat siri mohiyati.
Tijorat sirini himoya qilish mexanizmining asosiy elementlari.
Raqobatchilar to`g’risida axborot olish uslublari.
Tayanch iboralar:
1. Korxona xavfsizligini ta`minlashning maqsadi va vazifalari.
Xavfsizlik bu murakkab va serqirra kategoriyadir. U asosan va ko’pincha ishlab chiqarishda foydalanilayotgan vositalarning xavfsizligi nuqtai nazaridan baholanadi va ko’rib chiqiladi. Shu sababli hozirgacha biz texnika xavfsizligi, piyoda xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi yoki zararsizligi kabi tushunchalarni uchratsakda, korxona xavfsizligiga hali duch kelganimiz yo’q.
Mahsulotlarning zamonaviy namunalari, ishlab chiqarish texnologiyasi, investitsiya rejalari va boshqalar sanoat ayg’oqchiligining diqqat markazida turib, korxona va mamlakat uchun ma’lum bir xavf tug’diradi. Shu sababli xavfsizlik va tijorat sirlari muammolari hozirgi bozor va raqobatchilik sharoitlarida iqtisodiyot fanining, jumladan, zamonaviy korxonalar iqtisodiyotining muhim bo’limlaridan biri hisoblanadi.
Korxona xavfsizligini ta’minlashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
korxona va uning barcha bo’linmalari, mehnat jamoasining davlat tuzilmasi, xorijiy hamkorlar va raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda qonuniy huquqlarini himoya qilish;
korxona mulkini saqlash, undan oqilona va unumli foydalanish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish;
tashkiliy va ishlab chiqarish barqarorligiga erishish, butlovchi qismlar etkazib beruvchilarga yordamchi va hamkorlarga bir tomonlama qaram bo’lishga yo’l qo’ymaslik;
barcha tuzilmaviy bo’g’inlardagi xodimlar orasida mehnat intizomini mustahkamlash;
mehnat unumdorligini oshirish uchun moddiy va ma’naviy manfaatdorligini ta’minlash;
ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlaridan foydalanish, samarali axborot bazasini rivojlantirish;
korxona obro’sini oshirish.
Ko’rsatilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda korxona xavfsizligini ta’minlash vazifalari belgilanib, ular korxonaning ichki tartib-qoidalari va ish tartibida hamda maxsus ishlab chiqilgan chora-tadbirlarda o’z aksini topishi mumkin. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Korxona ichida hamda tashqi tashkilotlar - hukumat idoralari, boshqaruv strukturasidagi qoidabuzarlik omillari, vakolatni oshirish hollari va hokazolarni aniqlash;
2. Korxonaning barqaror ishlashiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan xavf-xatar hamda bozor kon’yunkturasidagi noqulay o’zgarishlarni aniqlash va zarur choralarni qo’llash;
3. Bo’lajak hamkorlarni o’rganish, ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish va baholash;
4. Iqtisodiy ayg’oqchilikka qarshi chora-tadbirlarni tayyorlash;
5. Korxona sirlaridan xabardor bo’lgan malakali xodimlarni boshqa korxonalarga jalb qilishning oldini olish;
6. Nosog’lom raqobatchilikni engish;
7. Korxona hududi va moddiy resurslarini himoya qilish;
8. Tijorat sirlarini muhofaza qilishni tashkil qilish;
9. Mehnat jamoasi a’zolari orasidagi salbiy fikrlarni aniqlash;
10. Favqulodda hodisalarning oldini olish va xavfsizlikning boshqa choralari.
Ma’lumki, ko’rsatilgan maqsad va vazifalar o’z-o’zidan avtomatik ravishda hal qilinmaydi. Buning uchun, avvalo, o’z ishini yaxshi bilishdan tashqari mohir va yuqori malakaga ega bo’lgan hamda o’zlari ishlayotgan korxona uchun “jon kuydiruvchi”kadrlar zarur. Ularsiz muvaffaqiyatga deyarli erishib bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |