Рекомендательное письмо


Tannarx - korxona ishlab chiqarish faoliyatidagi xarajatlarning muhim ko`rsatkichi



Download 0,6 Mb.
bet41/60
Sana28.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#586826
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

1. Tannarx - korxona ishlab chiqarish faoliyatidagi xarajatlarning muhim ko`rsatkichi.
Korxona moliyasining asosiy qismini xarajatlar va ularni shakllanishini ta`minlovchi jarayaonlar tashkil qiladi. Korxona o`z faoliyatini tashkil qilish davomida oddiy va takroriy shlab chiqarishni yo`lga qo`yish uchun, asosiy fondlar va aylanma mablag`larni shakllantirish uchun mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish uchun, mehnat jamoasining ijtimoiy rivojlantirish uchun va boshqa faoliyat turlari uchun xarajatlarni amalga oshiradi. Korxona barcha xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari asosiy salmoqni tashkil qiladi. Ishlab chiqarish uchun qilinadigan xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi. Korxona shuningdek, mahsulot sotishga ham xarajatlar qiladi, yani ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan, tijorat xarajatlarini(transport, qadoqlash, saqlash, reklama va boshqalar) ham amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish tannarxi hamda tijorat xarajatlari birgalikda to`la yoki mahsulotning tijorat tannarxini tashkil qiladi. Uni real aniqlash korxona faoliyati uchun quyidagi holatlarda ahamiyatlidir:

  • kam xarajatli mahsulot ishlab chiqarish uchun marketing tadqiqotlarini olib borish va uning natijasida yangi kam xarajatli mahsulot ishlab chiqarish uchun qaror qabul qilish;

  • alohida xarajat moddalarining mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga ta`sirini aniqlash;

  • baho belgilash;

  • qilinayotgan ishlarning moliyaviy natijalarini to`g`ri aniqlash va foydadan soliqni to`g`ri to`lash.

Mahsulot tannarxi – mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sarflanadigan tabiiy resurslar, xom-ashyo, materiallar, yoqilg`i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari, shunigdek, ishlab chiqarish va sotish bilan bog`liq boshqa xarajatlarning qiymat ko`rinishidir. Tannarxni shakllantiruvchi xarajatlar, iqtisodiy mohiyatiga ko`ra quyidagi elementlarga bo`linadi:

  • moddiy xarajatlar(chiqitlar hisobga olingach);

  • mehnat haqi xarajatlari;

  • ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalar;

  • asosiy vositalarning eskirishi;

  • boshqa xarajatlar.

Korxonada mahsulot tannarxini hisoblash uchun qilinadigan xarajatlar kalkulyasiya asosida hisobga olinadi va tannarx aniqlanadi. Korxonada kalkulyasiya uchun olinadigan xarajatlarning taxminiy guruhlanishi quyidagicha bo`lishi mumkin:

  1. Xom-ashyo va materiallar.

  2. Sotib olingan yarimfabrikatlar, jamlovchi buyumlar, kooperasiyalashgan korxonaning xizmatlari.

  3. Olinadigan chiqitlar ( hisobdan chiqariladi).

  4. Texnologik maqsadlardagi yoqilg`i va energiya.

  5. Ishlab chiqarish ishlovchilarining asosiy ish haqlari.

  6. Ishlab chiqarish ishlovchilarining qo`shimcha ish haqlari.

  7. Ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar.

  8. Ishlab chiqarishni o`rganish va tayyorlashga qilinadigan xarajatlar.

  9. Instrumentlarning eskirishi va maqsadli yo`nalishga moslashtirishga va boshqa ijtimoiy xarajatlar.

  10. Uskunalarni sotib olish va ishlatishga qilinadigan xarajatlar.

  11. Sex xarajatlari.

  12. Umumzavod xarajatlari.

  13. Nuqsonlar bo`yicha xarajatlar.

  14. Boshqa ishlab chiqarish xarajatlari.

  15. Noishlab chiqarish xarajatlari.

Korxonada xarajatlarning tasniflanishi ularning mohiyati, hisobga olish tartibi va boshqa bir qator belgilariga ko`ra amalga oshiriladi. Umuman olganda korxonada xarajatlar quyidagicha tarkibga ajratiladi:
1. Elementlar bo`yicha mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:

  • moddiy xarajatlar;

  • mehnat haqi to`lash bo`yicha xarajatlar;

  • ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalar;

  • asosiy fondlarning eskirishi;

  • boshqa xarajatlar.

2. Aralash xarajatlar:

  • kredit uchun foiz to`lovlari;

  • xizmat safari xarajatlari;

  • vakillik xarajatlari;

  • kadrlar tayyorlash bo`yicha xarajatlar;

  • reklama xarajatlari;

  • sug`urta fondlarini tashkil qilish va boshqalar.

3. Moliyaviy natijalarga olib boriladigan xarajatlar;

  • bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo`yicha qilingan xarajatlar, shuningdek, mahsulot bermagan ishlab chiqarish uchun qilinadigan xarajatlar;

  • to`xtatib qo`yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va va ob`ektlarini tiklash bo`yicha qilinadigan xarajatlar(boshqa manbalar hisobidan qoplanadigan xarajatlardan tashqarisi);

  • tashqi omillar ta`sirida sodir bo`lgan va aybdorlar tomonidan kompensasiya qilinmaydigan to`xtab qolishlar bo`yicha xarajatlar;

  • idishlar bo`yicha operasiyalardan keladigan zararlar;

  • sud chiqimlari va arbitraj xarajatlari;

  • hukm qilingan va tan olingan jarimalar, penyalar, neustoykalar va boshqa turdagi shartnomalari shartlarini buzganlik uchun sanksiyalar va shuningdek, keltirilgan zararlarni qoplash bo`yicha xarajatlar;

  • boshqa korxonalar bilan hisob-kitoblardagi shubhali qarzlar summasi, shuningdek, qonunchilkka mos holdagi alohida shaxslardagi zahirada turgan mablag`lar;

  • da`vo muddatti o`tgan debitorlik qarzlarini hisobdan chiqarish bo`yicha xarajatlar va boshqa undirish mumkin bo`lmagan qarzlar;

  • oldingi yillar operasiyalari bo`yicha bo`lgan, ammo, joriy yilda oshkor bo`lgan qarzlar;

  • tabiiy falokatlar natijasida kelgan, kompensasiyalashmaydigan xarajatlar (ishlab chiqarish zahiralarining, tayyor mahsulotlarning va boshqa moddiy boyliklarning yo`qotilishi va buzilishi, ishlab chiqarishning to`xtab qolishidan keladigan zararlar va boshqalar);

  • yong`inlar, avariyalar, va boshqa shu kabi shoshilinch vaziyatlarni keltirib chiqaradigan kompensasiyalashmaydigan yo`qotishlar;

  • sud qarori bilan aybdorlari aniqlanmagan o`g`irliklar bo`yicha zararlar;

  • bir qator soliqlar (mulk solig`i, reklama solig`i va boshqalar).

4. Sof foyda hisobiga olib boriladigan xarajatlar:

  • belgilangan meyyordan oshib ketgan aralash xarajatlar uchun to`lovlar;

  • muddati o`tgan ssudalar bo`yicha foizlar to`lash;

  • shahar obodonchiligi uchun quriladigan madaniy-maishiy ob`ektlarni barpo qilish xarajatlari;

  • o`quv yurtlariga bepul xizmat ko`rsatish bilan bog`liq xarajatlar;

  • moddiy yordamlar, sovg`alar, qo`shimcha ta`tillar, nafaqaga qo`shimchalar;

  • korxona qimmatli qog`ozlari bo`yicha daromadlar;

  • qimmatli qog`ozlar chiqarish bo`yicha xarajatlar;

  • bir qator mahalliy soliqlar;

  • korxonaning turli fondlarini shakllantirish.

Korxonada mahsulot ishlab chiqarish va sotish tannarxini asosan yuqorida sanab o`tilgan xarajatlar tashkil qiladi. Mahsulot tannarxi tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish