Рекомендательное письмо


Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati



Download 0,6 Mb.
bet37/60
Sana28.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#586826
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati:

1. Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. Toshkent. “O`zbekiston”. 1995 yil.


2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. “O`zbekiston”. 1998 yil.
3. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent.“O`zbekiston”. 1999 yil.
4. Volkov O.I. Ekonomika predpriyatiya. Moskva. “Infra-M”. 2001.
5. Dolan E.D. Rinok: mikroekonomicheskaya model.Sankt-Peterburg.1992.
6. Ismoilov A.Q., Murtazaev O. Qishloq xo`jalik iqtisodiyoti. Darslik. Toshkent. 2003.
7. Seddies Yu.,Raysh E.,Ugarov A.A. Ekonomika selskoxozyaystvennix predpriyatiy. Moskva. 2000.
8. Sharifxo`jaev M., Abdullaev Yo. Menejment. Darslik. Toshkent. 2001.
9. Hakimova M. Mikroiqtisodiyot. Toshkent. 1997.
Eslatma: Bundan tashqari har bir mavzu bo`yicha tegishli qonunlar, farmonlar,
yo`riqnomalar, ko`rsatmalar va boshqa me`yoriy hujjatlardan, shuningdek,
ilmiy jurnal va boshqa manbalardan ham foydalanish mumkin.


9-MAVZU. KORXONADA KADRLAR VA MEHNATGA HAQ TO`LASH.
Reja.

  1. Bozor munosabatlari sharoitida xodimlarni tanlash tamoyillari.

  2. Mehnat unumdorligi kontseptsiyasi va uning korxona hayotidagi ahamiyati

  3. Mehnatga haq to`lashning alohida muhim shartlari va korxonada ish xaqini tartibga solish.



Asosiy terminlar: Xodimlar, xodimlarni tanlash, xodimlar tarkibi, rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar, mehnat unumdorligi tushunchasi, mehnat unumdorligi konsepsiyasi, mehnatga haq to`lash.


1. Bozor munosabatlari sharoitida xodimlarni tanlash tamoyillari.

“Xodimlarni boshqarish” tushunchasi ko`proq kadrlar bilan tezkor ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondoshuv davlat miqyosida bandlik va uni muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondoshuv bevosita korxona darajasidagi mehnat munosabatlari va ularni muvofiqlashtirishdan kelib chiqadi.


Xodimlarni boshqarish deganda korxonada band bo`lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal faoliyat ko`rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo`yicha o`zaro bog`langan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi.
Kadrlarni tanlashda quyidagilarga e`tibor berish lozim:

  • uning topshirilayotgan ishni bajara olishiga;

  • zarur bo`lib qolganda kasbiy ma`lumotni oshira bilishiga;

  • texnikaga nisbatan e`tiboriga;

  • fe`l-atvoriga;

  • halolligi, mulohazaliligi, turmushda hozir-nozirligi va to`g`riligiga;

  • tashabbuskorliligi, hayotga talabchanliligiga;

  • ishga va ish kunining davomiyliligiga;

  • og`ir sharoitda o`zini tutishiga;

  • salomatliligi, tashqi ko`rinishi, vaqtni taqsimlay bilishiga;

  • hunari va bo`sh vaqtlardagi mashg`ulotlariga diqqat qilish lozim.

Korxonada kadrlar tarkibi va ularning o`zgarishini quyidagi mutlaq va nisbiy ko`rsatkichlar orqali ifodalanadi va o`lchanadi:

  • korxona va uning ichki bo`linmalaridagi, alohida kategoriyalar va guruhlarning ma`lum davrdagi ro`yxatdagi va haqiqatda ishlagan xodimlar soni;

  • korxona va uning alohida bo`limlarida ma`lum davrda ishlovchilarning o`rtacha ro`yxatdagi soni;

  • korxona umumiy ro`yxatdagi soniga nisbatan alohida bo`linmalar ishlovchilarining solishtirma hissasi;

  • ma`lum bir davrda korxona ishlovchilari sonining o`zgarish darajasi;

  • korxona ishchilarining o`rtacha razryadi;

  • korxona umumiy ishchilarining soniga nisbatan oily va o`rta-maxsus ma`lumotga ega bo`lganlarning hissasi;

  • rahbar va mutaxassislarning mutaxassisliklari bo`yicha korxonada o`rtacha ishlash davrlari;

  • kadrlar qo`nimsizligi;

  • korxona xodimlari va ishchilarining fond bilan qurollanishi.

Korxonada xodimlarning tarkibi asosan uning ish faoliyatlarining xususiyatlariga qarab bir qator kategoriya va guruhlarga bo`linadi. Bevisita ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan ishlovchilar korxonaning nosanoat tarmog`i personali hisobalanadi va ular sirasiga korxona balansida bo`lgan savdo va umumiy ovqatlanishdagi, uy-joy xo`jaligi, tibbiyot va sog`lomlashtirish muassasalari, o`quv yurtlari va kurslari, shuningdek, maktabgacha tarbiya va madaniyat muassasalari xodimlari hisoblanadi.
Korxonaning bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog`liq bo`lgan ishlarda band bo`lganlar sanoat–ishlab chiqarish personali deb ataladi va ular sirasiga quyidagilar kiradi:

  • asosiy, yordamchi, yondosh va xizmat ko`rsatuvchi sexlarning barcha ishchilari;

  • korxona balansidagi ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik, texnologik tashkilotlari va laboratoriyalarining ishlovchilari;

  • barcha bo`limlar va xizmatlarning xodimlari;

  • kapital remont va uskunalarni joriy remont qiluvchilar;

  • korxona transportida xizmat qiluvchilar.

Sanoat-ishlab chiqarish personali xodimlari o`z navbatida ikkita asosiy guruhga ajratiladi: ishchilar va xizmatchilar. Ishchilarga bevosita moddiy ne`matlar yaratish bilan mashg`ul bo`lgan, asosiy vositalarni remont qiluvchi, yuk tashuvchi, passajir tashuvchi, moddiy xizmat ko`rsatish bilan band bo`lgan xodimlar tushuniladi. O`z navbatida ishchilar ham asosiy va yordamchi ishchilarga bo`linadi.
Xizmatchilar guruhiga rahabarlar, mutaxassislar va aynan xizmatchilar kiritiladi. Xodimlarni qaysi guruhga kiritilishi ishlovchi mutaxassisligining klassifikatori, xizmatchining mansabi va tarif razryadi va boshqa shu kabilar bilan aniqlanadi. Rahbarlarga korxona rahbarlari, ularning bo`linmalari rahbarlari kiritilib ular asosan quyidagilar bo`lishi mumkin: direktorlar, menejerlar, boshliqlar, boshqaruvchilar, bo`lim boshliqlari, ularning o`rinbosarlari, bosh mutaxassislar (bosh buxgalter, bosh injener, bosh mexanik, bosh texnolog, bosh iqtisodchi va boshqalar). Mutaxassislarga injener-texnik xodimlar, iqtisodiy, buxgalteriya, huquqiy va boshqa shu kabi ishlar bilan band xodimlar kiritiladi. Aynan xizmatchilar sirasiga esa hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish bilan, hisob va nazorat, xo`jalik xizmati va ish yuritish bilan bog`liq faoliyatdagi xodimlar (agentlar, kassirlar, kontrolyolar, ish yurituvchilar, hisobchilar, chizmachilar) kiritiladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish