Рекомендательное письмо


Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati



Download 0,6 Mb.
bet33/60
Sana28.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#586826
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati:

1. Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. Toshkent. “O`zbekiston”. 1995 yil.


2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. “O`zbekiston”. 1998 yil.
3. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent. “O`zbekiston”. 1999 yil.
4. Volkov O.I. Ekonomika predpriyatiya. Moskva. “Infra-M”. 2001.
5. Dolan E.D. Rinok: mikroekonomicheskaya model.Sankt-Peterburg.1992.
6. Ismoilov A.Q., Murtazaev O. Qishloq xo`jalik iqtisodiyoti. Darslik. Toshkent. 2003.
7. Seddies Yu.,Raysh E.,Ugarov A.A. Ekonomika selskoxozyaystvennix predpriyatiy. Moskva. 2000.
8. Sharifxo`jaev M., Abdullaev Yo. Menejment. Darslik. Toshkent. 2001.
9. Hakimova M. Mikroiqtisodiyot. Toshkent. 1997.
Eslatma: Bundan tashqari har bir mavzu bo`yicha tegishli qonunlar, nlar,
yo`riqnomalar, ko`rsatmalar va boshqa me`yoriy hujjatlardan, shuningdek,
ilmiy jurnal va boshqa manbalardan ham foydalanish mumkin


8-MAVZU. KORXONANING AYLANMA MABLAG’LARI.
Reja.

  1. Aylanma mablag’lar tushunchasi va ularning iqtisodiy tabiati.

  2. Aylanma mablag’lar tarkibi.

  3. Korxona aylanma mablag’larini shakllantirish manbalari.

  4. Aylanma mablag’lardan foydalanish ko`rsatkichlari.

  5. Aylanma mablag’lar aylanuvchanligini tezlashtirish omillari va yo`llari.



Asosiy terminlar: aylanma fondlar, aylanma mablag`lar, aylanma fondlarning tarkibi, aylanma fondlardan foydalanishni baholash, aylanma mablag`lar aylanuvchanligi, aylanma mablag`lar aylanuvchanligini tezlashtirish,
aylanma mablag`larni shakllantirish manbalari.


1. Aylanma mablag’lar tushunchasi va ularning iqtisodiy tabiati.

Asosiy fondlar bilan bir qatorda korxona faoliyati uchun aylanma mablag`larning optimal miqdorini aniqlash ham katta ahamiyat kasb etadi. Aylanma mablag`lar o`zida aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlarini yaratish va uzluksiz doiraviy aylanishni avanslashtiradigan pul mablag`larini qamrab oladi.


Ishlab chiqarish aylanma mablag`lari o`zida quyidagilarni qamrab oladi: mehnat predmetlari (xom-ashyolar, asosiy materiallar va yarimfabrikatlar, yordamchi materiallar, yoqilg`i, idishlar, ehtiyot qismlar va boshqalar); mehnat vositalari(arzon baholi va tez eskiruvchi predmetlar va instrumentlar); tugallanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlari.
Muomala fondlariga esa quyidagilar kiradi: tayyor mahsulot zahiralarini yaratish uchun mo`ljallangan korxona mablag`lari; jo`natilgan, ammo puli to`lanmagan tovarlar, shuningdek, hisob-kitob schetlaridagi, boshqa schetlardagi va kassadagi pul mablag`lari.
Aylanma mablag`lar korxona mahsulotini ishlab chiqarish vasotishni uzluksiz bo`lishini ta`minlaydi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishga natural ko`rinishda ishtirok etadi va mahsulot tayyorlash jarayonida to`la iste`mol qilinadi. Ular o`z qiymatlarini to`la mahsulot qiymatiga o`tkazadi. Muomala fondlari tovarlar muomala jarayoniga xizmat qilish bilan bog`liq bo`ladi. Ular qiymatni shakllanishida ishtirok etmaydi, balki uni tashuvchilar hisoblanishadi. Ishlab chiqarish sikli tugaganidan so`ng aylanma vositalarning qiymati sotishdan kelgan pul tushumi tarkibida bo`ladi.
Aylanma mablag`lar o`z harakati davomida uch ko`rinishda bo`ladi: pul, ishlab chiqarish va tovar. Birinchi bosqichda pul mablag`lari ishlab chiqarish zahiralari shakliga keladi. Ishlab chiqarish bosqichini bevosita ishlab chiqarish jarayonini aks ettiradi va tayyor mahsulot yaratish bilan tugallanadi. Uchinchi bosqichda mehnat natijasi avanslashtiriladi. Bu mablag`lar mahsulot sotishdan kelgan tushum hisobiga qoplanadi.
Aylanma mablag`lar o`z harakati davomida quyidagi sxemaga mos holda harakat qiladi:
D – T … P … T` - D` ,
Bu yerda D – xo`jalik sub`ekti tomonidan avanslashtiradigan pul mablag`lari;
T – ishlab chiqarish vositalari;
P – ishlab chiqarish;
T` - tayyor mahsulot;
D` - o`zida sotilgan mahsulot bo`yicha foydani ham hisobga olgan sotilgan mahsulotdan kelgan pul mablag`lari.
(…) – vositalar muomalasi tugagan, ammo aylanish ishlab chiqarish sohasida davom etayotganligini bildiradi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish