“REKLAMANING IQTISODIY, IJTIMOIY JIHATLARI”
MA’RUZACHI: UMAROVA AZIZAHON ILHAMBABAYEVNA
azizakhon_umarova@mail.ru
TOSHKENT-2021
“REKLAMA” FANIDAN
REJA: REJA: 1. Reklama tushunchasi,uning mohiyati va vazifalari. 2. Reklama turlari. Reklama atamasi lotincha “reklamare” — “qattiq qichqirmoq yoki xabar qilmoq” so‘zidan kelib chiqqan (qadimgi Yunoniston va Rimda e’lonlar qattiq qichqirib e’lon qilinar yoki xalq to‘planadigan maydonlar va boshqa joylarda o ‘qib berilar edi). Reklama atamasi lotincha “reklamare” — “qattiq qichqirmoq yoki xabar qilmoq” so‘zidan kelib chiqqan (qadimgi Yunoniston va Rimda e’lonlar qattiq qichqirib e’lon qilinar yoki xalq to‘planadigan maydonlar va boshqa joylarda o ‘qib berilar edi).
Mashhur marketolog Filip Kotler, reklamaga quyidagicha ta’rif beradi: “Reklama kommunikatsiyaning shaxsan b o im ag an shakllaridan boiib , u mablag’ bilan ta’minlash manbai aniq ko‘rsatilgan holda, haq to’lanadigan axborot tarqatish vositalari orqali amalga oshiriladi”.
1. REKLAMA TUSHUNCHASI, UNING MOHIYATI VA VAZIFALARI.
O’zbekiston Respublikasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 1998 yil 25 dekabrda O’zbekiston Respublikasining “Reklama to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi.
Ushbu Qonunning asosiy maqsadi reklamani tayyorlash va tarqatish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Reklamaga oid asosiy talablar: - qonuniylik;
- aniqlik;
- ishonchlilik;
- reklamadan foydalanuvchiga zarar shakl va vositalardan foydalanish;
- ma’naviy zarar etkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish.
Reklamada quyidagilar taqiqlanadi: - ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot to’g’risida axborot tarqatish;
- jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeiga qarab, boshqa holatlarga ko’ra kamsitish yoki o’zga shaxslarning mahsulotini badnom etish;
- qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan, fuqarolarning sog’lig’i yoki hayotiga va atrof muhitga zarar yetkazuvchi yoxud zarar yetkazishi mumkin bo’lgan, shuningdek xavfsizlik vositalariga e’tiborsizlik tuyg’usini uyg’otuvchi harakatlarga da’vat qilish;
- majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo’lgan yoki ishlab chiqarilishi yoxud realizatsiya qilinishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bo’lishi talab etiladigan mahsulotni tegishli sertifikati, litsenziyasi bo’lmay turib reklama qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |