– kino reklamalari;
– radio-reklamalari;
– yoritish reklamalari.
Ko‘rgazma reklamalari – reklama turlari ichida eng keng tarqalgan
hisoblanadi. Ko‘rgazma reklamasining asosiy vazifasi, savdoda mavjud
bo‘lgan,
sotish
uchun
mo‘ljallangan
tovarlar
assortimentini
iste’molchilarga
tanishtirish, iste’molchilarga hali yaxshi tanish
bo‘lmagan yoki ma’lum bo‘lmagan tovarlarni keng targ‘ibot qilish,
iste’molchilarga yaqinlashib kelayotgan ma’lum bir mavsumga mos
tovarlarni o‘z vaqtida sotib olish zarurligini eslatib turishdan iboratdir.
Tijorat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga ko‘rgazma
reklamalarini quyidagi talablar asosida joylashtirishlarini talab qiladi:
1. Ko‘rgazmalar ko‘cha yuzida yaxshi ko‘zga tashlanadigan,
tushunarli ravishda joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
2. Ko‘rgazmada faqat sotuvda
mavjud va sotish uchun
mo‘ljallangan tovarlar bo‘lishi, vaqtincha bo‘lmagan yoki sotib bo‘lingan
tovarlar bo‘lmasligi kerak.
3. Ko‘rgazmada namoyish qilinayotgan tovarlar namunasi aniq va
to‘liq qilib yozilgan narx yorliqlari bo‘lishi zarur.
4. Ko‘rgazmalarni hech bo‘lmaganda oyida ikki marta almashtirib
turish kerak.
Ko‘rgazma maydonlarining hajmi, ko‘rgazma uchun tavsiya
etilayotgan tovarlarning xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi: –
nooziq-ovqat tovarlari joylashtiriladigan ko‘rgazma maydonlarining
hajmi 1 metrdan 2 metrgacha tavsiya etiladi;
–
yirik savdo tarmoqlari, supermarket, univermag va savdo
markazlarida 3 metr va undan ortiq;
– kichik hajmdagi tovarlar, suvenirlar, atir-upa, zargarlik buyumlari
bilan savdo qiluvchilarga 0.80 metrdan 1
metrgacha;
– oyna ko‘rgazma maydonlarining balandligi binoning asosiy
bo‘yiga hisoblaganda 0.80 metrdan 1 metrgacha bo‘lishi tavsiya etiladi.
Tovarlarni namoyish qilish uchun qo‘llaniladigan texnik
vositalarning turlariga quyidagilar bog‘liq bo‘ladi:
• harakatlanuvchi ko‘rgazmalar, qo‘yilgan jihozlarda o‘rnatilgan
tovarlarning asosiy qismi doimiy ravishda aylanib, harakatlanib turadi;
• qo‘zg‘almaydigan ko‘rgazmalar, bunda tovarlarni ko‘rsatish,
namoyish qilish uchun qo‘llaniladigan maxsus moslama va jihozlar
ishlatiladi;
• ovoz tarqatuvchi ko‘rgazmalarga
turli qurilma va moslamalar
tanlab olinadi, ular mavzular orqali ifodalab berishga qaratiladi.
Tovarlarni ko‘rgazma reklama qilishda qo‘llanilish joyiga, bezatish
xususiyatlariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Tor ixtisoslashgan ko‘rgazmalar.
2. Ixtisoslashgan ko‘rgazmalar.
3. Umumlashtirilgan ko‘rgazmalar.
4. Aralash ko‘rgazmalar.
Matbuotdagi reklama. Matbuotdagi reklama mamlakatimiz
hududida nashrda chop etilgan turli xil reklama materiallarini o‘z ichiga
oladi. Ularni asosan ikki guruhga ajratish mumkin:
Reklama e’lonlari – bu mavjud nashrga joylashtirilgan pullik
reklama bildirishidir. Reklama e’lonlari reklama beruvchining tijorat
taklifining maqsadini va afzalligini qisqa shaklda ifoda etadi.
Reklama
e’lonining asosiy mavzusi kichik harflarda yozilib, reklama murojaati
maqsadini to‘liq ifodalaydi, xaridor
uchun mahsulotning foydali
tomonlarini va afzalliklarini ta’kidlaydi. E’lonning oxirida xaridorlar
murojaat qilishi uchun manzili, telefon, faks yoki boshqa reklama vizitlari
keltiriladi.
Reklama e’lonini tasviriy bezash iloji boricha uning mazmuniga
mos kelishi kerak. Tadbirkorlik faoliyatining timsollari asosiy elementlari
(mahsulot belgisi) ajratib ko‘rsatilishi lozim.
Sharh – reklama ko‘rinishidagi maqola va boshqa nashrlar material
shakliga ega bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati haqida sharh beruvchi shaklda
yoki uning rahbarlari, ish bo‘yicha hamkorlari va xaridorlari bilan bo‘lgan
suhbat (muloqot) shaklida yoziladi. Bu kabi materiallar yaxshi
illustratsiyalangan bo‘lishi kerak, chunki illustratsiyasiz
katta samara
bermaydi.
Reklama e’lonlari va sharh – reklamalarini chop etishda gazeta, jur
nal, bulleten, turli ma’lumotnomalar, yo‘riqnomalar kabi nashr turlaridan
foydalaniladi. Mavzusiga ko‘ra barcha matbuotdagi reklama nashrlarini
ommaviy-siyosiy va ixtisoslashganligiga ko‘ra turlarga ajratish mumkin.
Ommaviy-siyosiy nashrlarda iste’molchilarning keng qatlamiga
mo‘ljallangan mahsulotlar va xizmatlar haqidagi reklama e’lonlari asosan
chop etiladi.
Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulotlar haqidagi reklama
e’lonlari
fan va texnika, ishlab chiqarish tarmoqlari mutaxassisliklari
o‘qishiga mo‘ljallangan bo‘lsa, maxsus nashrlarda chop etilishi maqsadga
muvofiqdir.
Tezkorligi va keng tarqatilishiga ko‘ra matbuotdagi reklama boshqa
reklama vositalari ichida eng samarali hisoblanadi.
Iqtisodi rivojlangan davlatlarda matbuot reklamalariga ketgan sarf-
xarajatlar reklamaga sarflangan xarajatalarning katta qismini tashkil etadi.
Mamlakatimizda ham reklamaning bu turi ancha rivojlanayapti. Reklama
e’lonlarini chop etish uchun buyurtma oluvchi ommaviy-siyosiy va
ixtisoslashgan nashrlar soni yildan yilga ortib bormoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Do'stlaringiz bilan baham: