V BOSHQA SHARTLAR
23.
Aksiyada qatnashayotgan Ishtirokchi Aksiyani o‘tkazishning barcha
Qoidalari
va ishtirok etish shartlari bilan tanishganligini va ularga roziligini, shu jumladan,
agar u Aksiya G‘olibi deb e’tirof etilsa, uning familiyasi, ismi, mobil telefon
raqami (uyali telefon raqami “dastlabki to‘rtta va oxirgi ikkita raqam” formatida
qisman ko‘rsatiladi) Tashkilotchi tomonidan Saytda va ( yoki) boshqa
manbalarda e’lon qilinadi.
24.
Aksiyada qatnashayotgan Ishtirokchi shu bilan Tashkilotchi/Buyurtmachi tomo-
nidan Alpen Gold savdo belgisini reklama qilish/e'lon qilish maqsadida o'zining
surati, intervyular va uning ishtirokidagi boshqa materiallardan haq to'lamasdan
foydalanishga roziligini tasdiqlaydi. Ishtirokchi bunday materiallarni efirga uzatish,
ommaviy
namoyish qilish, shu jumladan, boshqa nomutlaq mualliflik huquqlarini,
ommaviy reklama qilish/e'lon qilish va uning natijalarini,
shuningdek, Alpen Gold
savdo belgisini e'lon qilishdan foydalanish huquqini Tashkilotchiga o'tkazadi;
25.
Tashkilotchi Ishtirokchiga tegishli materiallarni OAVda joylashtirishdan oldin
Ishtirokchi bilan oldindan kelishilmagan holda ularni tahrirlash huquqini o‘zida
saqlab qoladi.
26.
Tashkilotchi ham, Buyurtmachi ham quyidagilar uchun javobgar emas:
Ishtirokchilar tomonidan Aksiyada ishtirok etish va Sovrinlarni olish bilan
bog‘liq majburiyatlarni bajarmaslik (o‘z vaqtida bajarmaslik);
Ishtirokchilarni Aksiyada qatnashish qoidalari va shartlari bilan tanishtirmaslik,
shuningdek, ularni Aksiya natijalari bilan tanishtirmaslik;
Ishtirokchilar
yuborgan xatlar, qo‘ng‘iroqlar va/yoki elektron xabarlarni, shu
jumladan pochta aloqasi, aloqa tashkilotlari aybi bilan,
texnik nosozliklar
va/yoki Internet va/yoki Aksiya o‘tkazilishda foydalaniladigan aloqa kanallari-
dagi firibgarlik natijasida kelib tushmasligi;
Ishtirokchilardan Aksiya Sovrinlarini olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va/yoki
ma’lumotlarni olmaslik (o‘z vaqtida olmaslik);
Ishtirokchilardan Aksiyani o‘tkazish va Aksiya sovrinlarini topshirish uchun
zarur bo`lgan to‘la emas va/yoki noto‘g‘ri aloqa va/yoki boshqa ma’lumotlarni
olish;
Mobil operatorlar, Internet-provayderlar ishi davomida
SMS-xabarlarning ke-
chikishi va/yoki etkazilmasligi, shuningdek, Aksiya Tashkilotchisining aybisiz
yuzaga kelgan boshqa
har qanday texnik nosozliklar, profilaktika va h.k. uchun;
Saytdagi ko‘p sonli kirish so‘rovlari, jumladan DDoS-hujumlari bilan bog‘liq
har qanday texnik nosozliklar uchun;
Yengib bo‘lmas kuch (fors-major), shu jumladan favqulodda holat va/yoki
cheklovchi choralar, COVID-19 bilan bog‘liq taqiqlar joriy etilganda;
27.
Mobil telefon raqami, elektron pochta manzilini u yoki bu shaxsga tegishli
ekanligi haqidagi nizolar yuzaga
kelganda Tashkilotchi ham, Buyurtmachi ham
munozaraga kirishmaydi. Shu kabi barcha munozaralar nizolashayotgan tomonlari
o‘rtasida mustaqil ravishda va o‘z mablag‘lari hisobiga hal qilinadi.
28.
Ushbu Qoidalarni noaniq talqin qilinishiga yo‘l qo‘yadigan vaziyat, har
qanday bahsli masalalar va/yoki ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalar
yuzaga kelganda yakuniy qaror Buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq qabul qilinadi.
29.
Aksiya qoidalari, shartlari va o‘tkazilish muddati Tashkilotchi/Buyurtmachi
tomonidan Aksiyaning butun davri davomida o‘zgartirilishi/to‘ldirilishi/bekor
qilinishi mumkin. Bunday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular Saytda e’lon qilingan
paytdan e’tiboran kuchga kiradi va Aksiyada
ishtirok etgan sanadan yoki
Ishtirokchilar G‘olib sifatida aniqlangan sanadan qat’i nazar, agar boshqa qoidalar
to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qoidalarga kiritilgan o‘zgartirishlar/qo‘shimchalar bilan maxsus
belgilanmagan bo‘lsa, Aksiyaning barcha Ishtirokchilariga tegishli bo‘ladi.
30.
Mazkur Qoidalarda bevosita tartibga solinmagan barcha masalalar O‘zRning
amaldagi qonunchiligi asosida tartibga solinadi.