Reje: Kirish


Litiy ning +1 oksidlanish darajasidagi birikmalari



Download 30,74 Kb.
bet3/4
Sana04.07.2022
Hajmi30,74 Kb.
#738423
1   2   3   4
Bog'liq
Kumush

Litiy ning +1 oksidlanish darajasidagi birikmalari
Litiyning binar birikmalari rangsiz kristall moddalar bo‘lib, kimyoviy tabiati, suvda eruvchanligi va gidrolizlanishi jihatdan kalsiy va magniy birikmalariga o‘xshash. LiF, Li₂C0₃, Li₃P0₄ lar suvda qiyin eriydi.
Litiyning peroksidlari kam uchraydi. Kislorod bilan asosan oksid hosil qiladi.
Litiy oksid Li₂0 oq rangli qattiq modda boiib, oddiy moddalardan olinadi. Suv bilan ta’sirlashib gidroksid, kislotalar va amfoter gidroksidlar bilan ta’sirlashib, tuz hosil qiladi:
Li₂0 + H₂0 —> 2LiOH,
Li₂0 + H₂S0₄ —> Li₂S0₄ + H₂0,
3Li₂0 + 2A1(0H)₃ + 3H₂0 —> 2Li₃ [Al(OH)₆].
Litiy gidroksid LiOH rangsiz, juda gigroskopik, suvda yaxshi eriydigan modda. Uning eritmasi kuchli ishqoriy muhitga ega (KB=6,75 10_1). Lekin LiOH boshqa ishqoriy metallar gidroksidlaridan qiyin eriydi. Uning ishqoriy metall gidroksidlaridan yana bir farqi qizdirilganda oson parchalanadi:
2LiOH —> Li₂0 + H₂0
LiOH ni LiCl eritmasini elektroliz qilib olinadi va asosan litiy-ion akkumulyatorlarda ishlatiladi.
Litiy tuzlari berilliy tuzlaridan farqli ravishda erit- malardan kam holatda kristallogidrat (LiClH₂0, LiC10₄-3H₂0 v.b.) holida ajraladi. Uning birikmalari asosan suvsiz holida mavjud boladi.
Natriy kimyoviy xossalari jihatidan nisbatan faol metall. Ochiq havoda bir zumda oksidlanib g‘ovak oksidlanish mahsulotlarini hosil qiladi. Litiy singari ftor va xlor atmosferasida oddiy sharoitda alangalanib ketadi.
Natriyning litiyga nisbatan peroksidli birikmalari barqaror.
Oddiy sharoitda azot N₂ gaz. Uning suyuqlanish ( 210°C ) va qaynash (-195,8°C) haroratlari juda past. Suvda va boshqa erituvchilarda yomon eriydi. Oddiy sharoitda azot faqat litiy bilan ta’sirlashib, litiy nitrid Li₃N hosil qiladi:
6Li + N₂ —> 2Li₃N
Birinchi guruh metallaridan natriy, litiy va mis birikmalari ko‘proq o‘rganilgan:
СНз-Li C₆Hₛ-Na C₆HₛCH₂-Cu
metillitiy fenilnatriy benzilmis
Litiy va natriyning organik birikmalari. Litiyorganik birikmalar litiy metalini galogenug- levodorodlar bilan ta'sirlashishidan hosil boiadi:
R-X + 2Li —> R-Li + LiX (X = Cl, Br, I)
Natriyorganik birikmalar galogenuglevodorodlami natriy bilan reaktsiyasida olinishi mumkin (Vyurs sintezi). Toza holda natriyorganik birikmalar natriyni simoborganik birikmalar bilan ta'sirlashishidan olinadi:
CH₃-Hg-CH₃ + 2Na —> 2CH₃-Na + Hg
Natriy organik birikmalar natriyni ayrim CH- kislotalar (atsetilen, trifenilmetan, siklopentadiyen) bilan reaksiyalarida ham hosil boiadi:
2R-H + 2Na —> 2R : Na+ H₂
Fizik xossalari. Toza holda litiyorganik birikmalar qaynash harorati yuqori boigan rangsiz suyuqlik yoki kristall moddalar ko‘rinishida boiadi. Organik erituvchilarda eriydi.
Litiy organik birikmalar odatda toza holda olinmaydi va ishlatilmaydi, chunki ular havo kislorodi, C0₂, suv bilan .shiddatli ta’sirlashadi, o‘z- o‘zidan alangalanishi mumkin. Shuning uchun ular eritmalarda olib ishlatiladi.


Download 30,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish