Rejasi 7-Mavzu: Suitsid. Uning ijtimoiy-psixologik sabablari. 1-Mashg‘ulot



Download 0,67 Mb.
bet2/5
Sana26.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#581670
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-1 мавзу ХПП 2022

Texnik o‘qitish vositalari


Kirish qismi – 5 daqiqa.
-guruhning mashg‘ulotga tayyor ekanligi haqida guruh sardoridan bildiruv olaman;
-shaxsiy tarkibni sonini va mashg‘ulotga tayyor ekanliklarini tekshiraman;
-o‘tgan mavzuni takrorlab, yangi mavzuni nomini va o‘quv savollarini e’lon qilaman.
II. Asosiy qismi – 70 daqiqa.
1-O‘quv savoli: Suitsid. Uning ijtimoiy-psixologik sabablari. - 15 daqiqa.

Suitsid. Uning ijtimoiy-psixologik sabablari haqida talabalarga tushuncha beraman.




2-O‘quv savoli: Ruhiy bemor kishilardagi suitsidal xulq-atvorlar. – 15 daqiqa.
Ruhiy bemor kishilardagi suitsidal xulq-atvorlar to‘g‘risida tushancha berib uning mazmun mohiyatini yoritib o‘taman.


3-O‘quv savoli: Ruhan sog‘lom shaxslardagi suitsidal xulq-atvorlar. – 15 daqiqa.
Ruhan sog‘lom shaxslardagi suitsidal xulq-atvorlar haqida tushuncha berib o‘taman.


4-O‘quv savoli: Suitsidal xulq-atvorlar aniqlash usullari. – 15 daqiqa.
Suitsidal xulq-atvorlar aniqlash usullari to‘g‘risida tushuncha beraman.


5-O‘quv savoli: Bo‘linmada suitsidni oldini olishda komandirning amalga oshiradigan tadbirlari. – 10 daqiqa.
Bo‘linmada suitsidni oldini olishda komandirning amalga oshiradigan tadbirlari to‘g‘risida tushuncha beraman.
III. Yakuniy qism –5 daqiqa
- mavzuni, va o‘quv savollarini eslatib o‘taman;
- mashg‘ulotni maqsadiga erishilganlik darajasini aytaman;
- mustaqil tayyorgarligiga vazifalar belgilayman.



proyektor va slaydlar



MASHG‘ULOT RAHBARI:
leytenant
F.Raximov
1-o‘quv savoli. Suisid, uning ijtimoiy-psixologik sabablari
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga xos bo‘lgan muammolar umumjamiyat muammolarining bir qismi hisoblanadi. Chunki, Qurolli Kuchlar jamiyatning bir qismi ekan, ushbu muammolardan chetda, alohida mavjud bo‘lishi mumkin.
Professor A. Ambrumova o‘zini-o‘zi o‘ldirishni ijtimoiy (qisman tibbiy) muammo sifatida hisoblab, unga quyidagicha ta’rif bergan edi: suisid, bu shaxsning ijtimoiy va psixologik jihatdan o‘zi boshidan kechirayotgan mikroijtimoiy kelishmovchiliklarga moslasha olmasligi.
Suisidal xulq-atvorga ega bo‘lgan kishilarni quyidagi uch (3) guruhga ajratish mumkin:
1. Ruhiy kasallar;
2. Ruhiy jihatdan stressga uchragan;
3. Sog‘lom kishilar.
Suisidning ikki xili farq qilinadi:
1. Oxirigacha etkazilgani (o‘zini o‘ldirish)
2. Oxirigacha etkazilmagani.
Suisidning bosqichlari:
1. Dunyoqarash bosqichi (suisid haqida bilish);
2. Fikrlashning zaifligi (o‘limga rozi bo‘lish);
3. Faollik (o‘lish uchun nimadir qilish).
Suisidal hatti-harakat-bu o‘zini o‘ldirishga intilish bo‘lib, lekin o‘lim bilan tugamaydi.
Suisidal xulq-atvor ikki xil bo‘ladi:
1. Haqiqiy
2. Namoyish etish - yolg‘on (shantaj)
B a’zi holatlarda inson o‘lishga emas, balki, o‘z muammolariga boshqalarning e’tiborini qaratishga harakat qiladi, shuningdek, stress holatidan chiqishni xohlaydi.
Juda ko‘p harbiy xizmatchilarda suisidga aloqador fikrlar xizmatgacha bo‘lgan davrda tug‘ilgan bo‘lib, harbiy xizmatdagi qiyinchiliklar ushbu fikrlarni amalga oshirishga turtki vazifasini o‘taydi, xolos. Kichik yoshdagi kishilarda suisidal hatti-harakatlar qiyin vaziyatlar ta’sirida paydo bo‘ladi. Suisid oldi holatlari bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi.
Ko‘pincha o‘z-o‘zini o‘ldirishga olib keladigan bahonalar haqiqiy sabab bilan mos keladi.
O‘z muammolariga echim topa olmaslik, umidsizlik kabilar suisidga olib keladi.
Qiyin vaziyat bilan bog‘liq his-tuyg‘ular inson ongida ustunlik qiladi, bu esa atrofdagi voqelikni to‘g‘ri idrok qilishni cheklab qo‘yadi, tanqidiy fikrlashni va muqobil echim topishni qiyinlashtiradi. Natijada inson o‘zi kelib qolgan vaziyatni ilojsiz deb qabul qiladi.
Jangovar vaziyatlarda har kungi xavf-xatar ta’sirida ba’zi bir harbiy xizmatchilarda hayotni qadrlash tuyg‘usi zaiflashadi, shuningdek, xavf-xatarni his qilish pasayadi (o‘tmaslashadi). O‘zini saqlash instinkti zaiflashadi, bu esa suisidal fikrlarning amalga oshishini engillashtiradi. Urush vaqtida ba’zi askarlarning o‘zlarini o‘limga olib keluvchi qaltis harakat qilishlarini shu bilan izohlash mumkin. Ma’lumki, urush shaxsda agressivlikni, shafqatsizlikni (dushmanga nisbatan) tarbiyalaydi. Ulardagi ushba sifatlar muammoli vaziyatlarda atrofdagi kishilarga ham qaratilishi mumkin.
Olimlar tomonidan shunday faktlar ham aniqlanganki, insondagi boshqa kishilarga qaratilgan o‘ch olish, norozilik bildirish va tovlamachilik qilish kabi intilishlar ba’zi bir vaziyatlarda o‘z yunalishini o‘zgartirib, ushbu insonning o‘ziga qaratilishi ham mumkin.
Harbiy xizmat sharoitida amalga oshiriladigan suisidal hatti-harakatlarning 80 foizi muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan amalga oshiriladi. Ularning 2/3 qismi esa xizmatning birinchi yarmini o‘tayotgan askar va serjantlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, o‘q otish qurollari vositasida amalga oshirilayotgan suisidlar soni yildan- yilga oshib bormoqda. Ularning 75 foizi esa bevosita postlarda yoki qorovullik xizmatini o‘tash jarayonida amalga oshirilmoqda.
Harbiy xizmatchilar tomonidan suisid hodisalarining sodir etilishida alkogolli ichimliklar ichish ham katta rol o‘ynaydi.
Inson spirtli ichimliklar iste’mol qilganda o‘zini o‘ldirish haqidagi fikrlarning kelishi osonlashadi.
Jami suisid xodisalarining 2/3 qismi shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarning etarli darajada olib borilmasligi oqibatida yuz bermoqda.
Suisidga intilgan harbiy xizmatchilarning 50 foizi jamoatchilik tadbirlarida umuman ishtirok etmas ekan. Demak, askarlarni jamoatchilik ishlariga faolroq jalb qilish yo‘li bilan ham suisidning oldini olish mumkin bo‘ladi.
Odatda, suisid qilish ehtimoli bor askarlar quyidagi belgilarga ega bo‘ladilar:
1.Hech kimga qo‘shilmasdan, o‘zi bilan o‘zi bo‘lishlik;
2. Hissiyotga o‘ta beriluvchanlik;
3. Xudbinlik, o‘zini-o‘zi yaxshi ko‘rish;
4. Omadsizlik;
4.Boshqalardan ajralib qolish; atrofdagilarning hurmati va mehribonchiligidan mahrum bo‘lish va hokazo.
2-o‘quv savoli. Ruhiy bemor va sog‘lom kishilardagi suisidal xulq-atvorlar
Ruhiy bemor kishilarda suisid hodisalari ko‘proq depressiyalar vaqtida yuz beradi. Ammo, shuni aytib o‘tish kerakki, ruhiy kasallik belgilari va suisid hodisasi o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud emas. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, jami suisid hodisalarining bor-yo‘g‘i 10% foizigina ruhiy kasallar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bunday kishilar tomonidan sodir etiladigan suisid xulq-atvorlarning aksariyati depressiya, ruhiy tushkunlik vaqtlariga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘proq kasallarning stasionarlardan davolanib chiqqan vaqtlarida sodir bo‘ladi.
Ruhiy jihatdan suisidga moyil shaxslarni aniqlashda, oila shifokorlari yaxshigina yordamchi bo‘lishlari mumkin. Ular oiladagi ahvol to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lib, vaziyatni to‘g‘ri baholaydilar. Shuningdek, qiyin vaziyatlarda psixiatr va davolovchi psixologlar yordamini ham inkor qilmaslik kerak. Agar, zarurat bo‘lsa, ularning maslahati bilan bemorni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizish maqsadga muvofiq.
Bemor - suisidentga nisbatan atrofdagilar tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amho‘rlik va qo‘llab quvvatlash bir maromda saqlanishi, ushlab turilishi lozim. Undagi kritik-xavfli vaziyat o‘tgandan so‘ng ham unga qaratilgan e’tibor kamaymasligi maqsadga muvofik. Chunki eng qiyini keyin sodir bo‘lishi mumkin.
3-o‘quv savoli. Ruhan sog‘lom shaxslardagi suitsidal xulq-atvorlar.
Sog‘lom kishilar o‘rtasida emosional zo‘riqishga uchragan shaxslar ko‘proq suisidga moyil bo‘ladilar. Bunda, asosan muammoli vaziyatlar katta rol o‘ynaydi. Sog‘lom kishilarda suisid xulq-atvorning paydo bo‘lishiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
1. Emosional zo‘riqishlarga nisbatan chidamlilikning pasayishi;
2. Intellekt(aql)ning o‘ziga xosligi (maksimalizm, dunyoqarashning torligi va hokazo);
3. Kommunikasiya tizimlaridagi kamchiliklar;
4. O‘z imkoniyatlarini noto‘g‘ri baholash;
5. Psixologik himoyaning zaifligi;
6. Hayotdan lazzatlanish (hayot ne’matlaridan) hissining pasayishi yoki butunlay yo‘qolishi va hokazo.
Suisidni amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar quyidagilar:
1. Atrofdagilarga emosional bogliqlik;
2. Ota-onalik majburiyatlari;
3. Burch va majburiyatlarni yuksak darajada his qilish;
4. O‘z salomatligi haqida doimiy g‘amxo‘rlik;
5. Jamoatchilik fikri bilan hisoblashish;
6. Uyat hissining kuchli bo‘lishi;
7. O‘z-o‘ziga suiqasd qilishni og‘ir gunoh deb bilish;
8. Hayotda ijodiy rejalarning mavjudligi;
9. O‘zida hali ishga solinmagan imkoniyatlarning mavjudligiga ishonish.
10. Muammoli vaziyatdan suisidga o‘tish quyidagi ikkita omilga bog‘liq bo‘ladi:
11. Ushbu muammoni hal qilish imkoniyatlarini juda kam yoki yo‘q, deb hisoblash;
12. Muammoni hal qilishning mavjud variantlari hech qanday natija bermaydi, deb hisoblash.
Shuni aytib o‘tish kerakki, askar hali o‘z-o‘zini o‘ldirishdek dahshatli fikrga kelishidan oldin o‘z atrofidagi xizmatdoshlaridan yupanch, taskin, madad va uni tushunish, qo‘llab-quvvatlash kabilarni kutadi. Bu kutilgan narsalar bo‘lmagandan keyin esa u boshqalardan ajralib, suisidga tayyorlanadi.
Ushbu vaziyat suisidning oldini olishda katta ahamiyatga ega. Ammo, ushbu soatlarda harbiy xizmatchidagi bunday o‘zgarishlarga hech kim e’tibor bermaydi. Suisidga moyil har biy xizmatchilarga yordam ikki xil shaklda olib borilishi mumkin:
1.Ularni psixologik jihatdan chiniqtirish;
2.Ularga ushbu vaziyatdan chiqib olish uchun psixologik yordamni tashkil etish.
Misol tariqasida shuni aytib o‘tish kerakki, ikkinchi jahon urushi arafasida Germaniya qo‘l ostidagi hududlarda yashagan, yoki fashistlarga asrga tushgan yahudiylar taqdiri bunga misol bo‘la oladi. Ma’lumki, Gitler, bu millatni butunlay yo‘q qilib tashlashga intilgan. YAhudiylar orasidagi o‘zini-o‘zi o‘ldirish, 1940 yildan oldin har 100 000 aholiga 71,2 kishini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 1940 yilning may oyida (nasistlar bosqinidan keyin) 371 tani tashkil etadi. Konslagerlarga tushish xavfidan dahshatga tushgan kishilar, o‘zlarini o‘ldira boshlaganlar. O‘zlarini o‘ldirmagan yahudiylar esa, dastlabki daqiqalarda ozodlikka chiqish va o‘z oilalarini topish umidi bilan yashaydilar. Jilla qursa, ozgina umidning bo‘lishi ham suisidni keskin kamaytiruvchi omil vazifasini o‘tagan.
U rush davri, cho‘zilgandan cho‘zilib, gitlerchilarning millionlab odamlarni o‘ldirayotganliklari haqidagi mish-mishlar etib kelgandan so‘ng, mahbuslar orasida o‘zini o‘ldirishlar epidemiya shakliga kirdi. Suisidning so‘nggi avj pallasi, urushning oxiriga to‘g‘ri keladi. O‘z yaqinlarining o‘limidan va ular chekkan azob-uqubatlardan xabar topganlarning juda ko‘plari hayotdan voz kechishgan.
O‘lim oldidan yozib qoldirilgan xatlar, bunday odamlar uchun kelajakdan umid qolmaganligidan dalolat beradi. Agar insonda eng so‘nggi umid uchquni so‘nsayu, buni yaqin kishilari qandaydir darajada tasdiqlashsa, u o‘zini qurbon qiladi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, umidvorlik real vaziyatdan kelib chiqishi lozim.
Suisident uchun, dindor kishi yaxshigina yordamchi bo‘lishi mumkin. Taniqli psixolog olim Uilyam Jeyms suisidni diniy kasallik, deb hisoblaydi. U Xudoga bo‘lgan ishonch, bu dardni davolashiga ishonadi. Juda ko‘p dindor kishilar, ziyrak, tushunadigan va ishonchga munosib maslahatchi, yordamchi bo‘la olishadi.
4-o‘quv savoli. Suisidal xulq-atvorlarni aniqlash usullari
Suisidal hatti-harakatlarni oldindan ko‘ra bilish, bashorat qilish juda ham qiyin muammo hisoblanadi. Shaxs tomonidan aytilgan suisidal fikr-mulohazalar va qilingan hatti-harakatlar prognostik ahamiyatga ega.
Shaxsiy tarkib bilan ishlaydigan ofiser va komandirlar 18-20 yoshdagi yigitlarning ruhiy xususiyatlarini yaxshi bilishlari kerak. Ular quyidagilar:
1. Shaxs sifatida hali to‘la shakllanmaganlik, ushbu jarayonning jadal sur’atda davom etayotganligi:
2.Emosional jihatdan qo‘zgaluvchanlikning yuqoriligi, o‘ta sezuvchanlik;
3.Bir yoqlama fikr yuritish;
4.Hayotiy tajribaning yo‘qligi va hakozo.
Harbiy xizmatchining qanday oilada voyaga etganligi ham muhim ahamiyatga ega:
To‘la qonli oila yoki muammoli oila.
Ushbu oilada yoki qarindoshlar orasida suisid sodir etilganmi yoki yo‘qmi? Bu ham katta ahamiyatga ega.
Xizmat jarayonida harbiy xizmatchilarga qo‘yiladigan jismoniy va ruhiy yuklamani asta-sekin oshirib borish lozim. Odatda, suisidni aniqlashda va oldini olishda quyidagi kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi:
O‘z-o‘zini o‘ldirishning oldini olish muammosiga etarlicha e’tibor qaratmaslik;
Askarlariing harbiy xizmatga chaqirilishidan to zaxiraga bo‘shatilgunlarigacha bo‘lgan davr ichida ularni uzluksiz ravishda psixologik kuzatishning yo‘lga qo‘yilmaganligi;
Komandirlarning o‘z qo‘l ostidagilarni yaxshi bilmasliklari, tarbiyaviy tadbirlarning nomigagina o‘tkazilishi;
Suisidga sabab bo‘luvchi haqoratlash, qiynash kabi faktlarni o‘z vaqtida o‘rganmaslik va chora ko‘rmaslik;
Sog‘lom turmush va maishiy sharoitlarning yo‘qligi, spirtli ichimliklar ichish holatlarining tez-tez bo‘lib turishi, komandirlarning o‘z qo‘lostidagi harbiy xizmatchilar oilalaridagi ahvolni bilmasligi;
Harbiy xizmat sharoitida yuz beradigan suisid hodisalarining asosiy sababi, ijtimoiy omillar va profilaktika ishlarining yomon yo‘lga qo‘yilganligi.
Suisidga etaklovchi ijtimoiy omillar quyidagilar:
- xizmatdagi qiyinchiliklar;
- harbiy jamoalarda sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitning yo‘qligi;
- komandirlarning o‘z qo‘lostidagilar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilmasliklari;
- harbiy xizmatchilar uy va maishiy sharoitlarini yaxshilash sohasidagi ishlarning etarli darajada emasligi;
-muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi nizomga zid o‘zaro munosabatlar;
- alkogolli ichimliklar va narkotik moddalarni is- te’mol qilish va hokazo.
Suisidni oldindan aniqlashning yana bir necha turlari mavjud bo‘lib, bugungi kunda g‘arb davlatlari ruhshunoslari tomonidan keng o‘rganishlar va kuzatishlar natijasida aniqlangan. Quyida ushbu usullardan bir nechtasini ko‘rib chiqamiz:
Suratdan ko‘rinib turibdiki, o‘spirin o‘z joniga qasd qilishga moyilligi sababli ruhiy zo‘riqish va kechinmalar natijasida, tana a’zolariga jarohatlar etkazadi.

Suisidga moyil o‘spirinning qo‘lidagi jarohatlar



12 yoshli o‘spirin tomonidan “Bu men” deb chizilgan rasm.
Autoagressiv hatti – harakatga ega 12 yoshli o‘spirin tomonidan ixtiyoriy surat chizish amalga oshirilada. Suratda inson qiyofasiga o‘xshash jihatlari bo‘lgan kinofilmlardagi dahshatli “ZOMBI” qayd etilib, o‘spirin unda o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Bu chizilgan rasm orqali o‘spirin, o‘zida suisid, ya’ni o‘z joniga qasd qilishga moyilligini bildiradi. Rasmdagi “ZOMBI” qiyofali mavjudot orqali o‘spirin, o‘zining boshqalarga agressiv qarashlarini, jonidan to‘yganini namoyon qilmoqda.
Nosog‘lom muhitda tarbiyolanib o‘z joniga qasd qilgan bola tomonidan chizilgan suratlar, shaxsiy bloknotidagi yozuvlar o‘rganilganda, o‘smir doimiy ravishda yaqinlariga nisbatan agressiv holatda bo‘lgani, uni hech kim yaxshi ko‘rmasligini takror va takror qayd qilib borganligi aniqlangan.

Nosog‘lom oilada o‘z joniga qasd qilgan o‘smirning yozuvlari.



Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish