Reja: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar predmeti,maqsad va vazifalari. Pedagogik texnologiyasining rivojlanish davri. Tayanch tushunchalar



Download 106,87 Kb.
bet12/13
Sana18.02.2022
Hajmi106,87 Kb.
#454004
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-mavzu Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda zamonavi

Noan’anaviy o‘qitish usullaridan foydalanishdan maqsad nima, uning afzalliklari darsning samaradorligini oshirish tamoyillari nimadan iborat degan savolga quyidagicha javob berish mumkin.

  1. Noan’anaviy o‘qitish eng sodda qulay usul.

  2. Mustaqil fikrlashni amalga oshiradi,

  3. Ko‘p tarmokli.

  4. Sodda va oson.

  5. Bilim boyligini oshiradi.

  6. Vaqtdan yutadi.

  7. Qiziqarli o‘tadi.

  8. Darsning samaradorligi oshadi.

  9. Dunyoqarashni kengaytiradi.

  10. Tafakkurni rivojlantiradi.

  11. O‘quvchilarining diqqat e’tiborini tortadi.

  12. Har bir o‘quvchi bilan individual munosabatda bo‘ladi.

  13. Xotirani kuchaytiradi.

  14. Izlanishga chorlaydi.

  15. O‘quvchilarni o‘z ustida ishlashga erishiladi

  16. Oldindan natija kafolatlanadi.

O‘qitishdan ko‘zlanadigan maqsad bu davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarini o‘quvchiiga etkazishdan iborat. Qachonki o‘quvchni tomonidan bilim qabul qilinsa va mohiyati tushunib etilsa, o‘quvchi uchun mo‘ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina shunda muvaffaqiyatli deb hisoblasa bo‘ladi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘qituvchilar tomonidan pedagogik texnologiya nazariyasi, uning mohiyati, ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash, boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini oldindan tashhislash, ular tomonidan tashkil etilayotgan o‘quv faoliyati mazmunini nazorat qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash, pedagogik faoliyat samaradorligini aniqlash borasidagi nazariy bilimlar amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bu tushuncha XX asrda paydo bo‘ldi va 1940-1950 yillarda “ta’lim texnologiyasi” tarzida qo‘llanilib, mazmunan o‘quv jarayonida audio- vizual texnika vositalaridan foydalanishni anglatgan. Atama dastlab AQSHda qo‘llana boshladi. Keyinchalik “ta’lim texnologiyasi” o‘rniga “dasturlashtirilgan ta’lim” atamasidan foydalanish keng yoyildi. So‘ngra pedagogik texnologiya- loyihalashtirilgan ta’lim va aniq maqsadga qaratilgan o‘quv jarayonini ifoda eta boshladi. O‘tgan asrning 80-yillarida pedagogik texnologiya kompyuterli va axborot texnologiyalari bilan sinonim tarzda ishlatila boshladi. Keyingi o‘n yilliklarda pedagog olimlar va o‘qituvchilar diqqatini jalb qilgan masalalardan biri pedagogik texnologiya (PT) hisoblanadi. Bu mavzuning ilmiy ishlarda, hisobotlarda, maxsus davriy nashrlarda qizg‘in o‘rganilayotganligi, bahs-munozaraga sababchi bo‘layotganligi ham ta’lim- tarbiyada uning o‘rni naqadar muhimligiga guvohlik beradi. Mavjud materiallarni jamlash, uning nazariy va amaliy jihatlarini O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tahlil qilish, pirovard natijada, qator konseptual texnologiyaning empirik asosini yaratishga harakat qilish, shuningdek, uni ilmiy bilimlar doirasiga o‘tkazish kabi ishlar ham jadal davom ettirilmoqda. Avvalo, nega bugunga kelib pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik kuchaydi, degan savol tug‘iladi. Aytish mumkinki, rivojlanayotgan davlatlarda, odatda, birinchi navbatda, pedagogik texnologiyaga ta’lim sohasidagi siyosatning bosh vazifasi sifatida qarab kelingan. Bunday yondashish YUNESKO tomonidan ham ma’qullandi va 1972 yilda «Ta’limni rivojlantirish masalalari» bo‘yicha Xalqaro Komissiya tashkil topdi. Bu komissiya zamonaviy texnologiya-ta’limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir, deb baholadi.
Xo‘sh pedagogik texnologiya nima? Uni amaliyotga qanday joriy qilish mumkin? Dastlab «Texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z fanga 1872 yilda kirib keldi va grekcha ikki so‘zdan - «texnos» -hunar va «logos»- fan, so‘zlaridan tashkil topib, «hunar fani» ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab bera olmaydi, texnologik jarayon deyilganda-mehnat qurollari bilan mehnat vositalariga ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish bo‘yicha qilingan mehnat va jarayonlar tushuniladi. Demak, bu ta’rifni istalgancha sharhlash mumkin, bunda: pedagogik texnologiya-bu o‘qituvchi tomonidan o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda muayyan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni, deb ta’riflasak xato bo‘lmaydi. Qator yillardan beri, pedagogik texnologiyaga o‘quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelindi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha yangicha talqin etila boshlandi. Texnologiya deganda, sub’ekt tomonidan ob’ektga ko‘rsatilgan ta’sir natijasida sub’ektda sifat o‘zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob’ektga yo‘naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. Ushbu tushunchalarni o‘quv jarayoniga ko‘chiradigan bo‘lsak, o‘qituvchi (pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchi-talabalarga muayyan sharoitlarda ko‘rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa, deb ta’riflash mumkin. Ta’riflar nazariyasi bo‘yicha bunday ijtimoiy hoidisani pedagogik texnologiya, desa bo‘ladi.
Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma’rifiy aloqalar o‘rnata boshladilar. Natijada yurtimizga ilg‘or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. SHular qatorida, jahondagi progressiv pedagogik texnologiya degan tushunchalar ham kirib, pedagogik jamoatchiligimiz fikrini chulg‘ab oldi. Oxirgi yillarda, Rossiya bilan O‘zbekistonda pedagogik texnologiyani o‘rganish yo‘lida ancha ishlar qilindi. SHu jumladan, O‘zbekiston olimlari
bilan hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida ham pedagogik texnologiyalarning loyihalarini tuzish bo‘yicha ancha ishlar qilindi.
Pedagogik texnologiyaga berilgan ta’riflarning qiyosiy tavsiflari keyingi paragrafda batafsil keltirilgan. SHu o‘rinda hamkasbimiz H. Abdukarimovning «Ma’rifat» gazetasida(1998 yil, 27 may) bosilgan «Zamonaviy pedagogik texnologiya nima?» maqolasini didaktik nuqtai nazardan baholashni kitobxonlar hukmiga havola etaylik-da, undagi bir-biriga zid va ilmiy asoslanmagan ikki ta’rifni keltirib o‘taylik:
1. «Milliy dastur»-bu yangicha pedagogik texnologiyaning o‘zi».
2.«Pedagogik texnologiya-pedagogik mahorat to‘g‘risida fan».
Bu boradagi ta’riflarning xilma-xilligi bir tomondan bu mavzuning u yoki bu jihati soxta echilganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan pedagogik texnologiyani ta’lim amaliyotiga joriy etishga bo‘lgan urinishlarni ifodalaydi. Qator yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir- biriga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rganib kelindi va u turli faoliyat doirasida edi. Bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga mamlakatimizda keng imkoniyatlar tug‘ildi. Nazariya va amaliyot birligining ta’minlanayotganligini zamonaviy pedagogik texnologiyaning asl mohiyatini aniqlashga yo‘l ochmoqda. Bizning fikrimizcha, yangi pedagogik texnologiyaga pedagogika fanining alohida tarmog‘i sifatida qarash yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tizim, deb qarash mumkin emas.
Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyat yo‘nalishlarini aniqlaydi. Bu erda izlanishning mohiyati - pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarni o‘rganish asosida modernizatsiya qilishdan iboratdir. Sababi, har qanday o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu pedagogik tizimni aks ettiradi. Demak, PT - amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasidir. Unda, pedagogik tizim mohiyati nimadan iborat? Pedagogik tizim o‘zaro bog‘liq bo‘lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, shaxsdagi muayyan sifatlarini shakllantirishga pedagogik ta’sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi. Binobarin, har bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud bo‘lishi kerak. Agar maqsad o‘zgarsa tizim ham o‘zgarishi shart.
«Kadrlar tayryolash milliy dasturi» jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Demak, milliy dastur bizda ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi sifatida qabul qilinayapti. Faqat davlat buyurtmasigina ta’lim va tarbiyaning aniq maqsad va vazifalarini belgilab beradi yoki oliy ta’lim uchun pedagogik texnologiyaning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Respublikamiz hukumati tomonidan ta’limni ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor sohasi deb e’lon qilinishi, ijtimoiy hayotning barcha sohalarining demokratlashuvi va insonparvarlashuvi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi ta’lim tizimining rivojlanishiga asos bo‘ldi va ta’lim tizimida tub islohotlar uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Ijtimoiy voqelik ta’limni boshqarish muammolarini ko‘rib chiqish va hal qilishni mustaqil yo‘nalish sifatida ajratib olish, ta’lim - tarbiya jarayonini boshqarishning asoslangan usul, vositalarini ishlab chiqish va joriy qilish zaruratini belgilab berdi. Uning o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish o‘rtasidagi tashkiliy - boshqaruv, axborot aloqalari; ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik shaxsni shakllantirishdagi yaxlit jarayonning tarkibiy qismlari sifatidagi ahamiyatini oshirdi.
Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy - siyosiy hayotda ongli ravishda va faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish- «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy ustuvor yo‘nalishidir. Bu esa mamlakatning ijtimoiy - siyosiy hayotiga demokratik asoslarni joriy etish, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni tezlashtirish imkonini beradi. Dastur ta’lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish orqali ta’lim boshqaruvini demokratlashtirishni o‘z ichiga oladi. O‘qish, o‘qitish – inson faoliyatining boshqa sohalari singari – ijtimoiy foydali faoliyatdir. Iqtisodiy tizimlar nima ishlab chiqarayotgani bilangina emas, balki qanday ishlab chiqarayotgani va qanaqa mehnat qurollari yordamida ishlab chiqarayotganligi bilan biri ikkinchisidan farq qiladi, degan g‘oya o‘qish-o‘qitish faoliyatiga ham taalluqlidir. Pedagogika fanida ta’lim usullari rivojlanishiga shu nuqtai nazardan qarab, uni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
1. Muallim «o‘z qo‘l kuchi» bilan o‘qitish bosqichi, ya’ni o‘quvchi uchun axborot manbai – o‘qituvchining o‘zi bo‘ladigan jarayon.
2. O‘quv kitoblari, darsliklar yaratilgan va keng qo‘llanilgan bosqich.
3. Audiovizual vositalar qo‘llanilgan bosqich.
4. O‘qitishni boshqarishda oddiy avtomatlashtirish vositalarini qo‘llash bosqichi.
5. O‘qitishni zamonaviy AKTlari vositasida boshqarishning avtomatlashtirilgan bosqichi.
Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda pedagogik texnologiyalar butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki pedagogik texnologiyalar keyingi davrlarga assotsiatsiya orqali fikran bog‘lanadi, yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo‘lib, kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon borgan sari tezlashib boradi. Kishilik tarixida :
1 - bosqich uzoq muddat davom etgan. Unda o‘qituvchi o‘z kuchiga, o‘z bilim va mahoratiga asoslanib ish bajargan. Keyinchalik dunyoviy va diniy mazmundagi qo‘lyozma kitoblar yaratildi, lekin o‘quvchi ularning mazmunini o‘qituvchi faoliyati vositasida o‘zlashtiradi.
2 - bosqich, ya’ni qog‘oz va o‘quv kitoblari davri hali nihoyasiga etkazilgani yo‘q, darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi esa hamon mukammal emas. Lekin o‘qitishning 1,2,3 - bosqichlariga xos ta’lim vositalari maktablarga jadal kirib bormoqda.
O‘quv adabiyotlarini joriy etish qarama - qarshiliklar kurashi natijasida sodir bo‘lgan. Keyingi davrlarda ham ta’lim sohasidagi jiddiy o‘zgarishlar kurashsiz amalga oshmagan, bunday o‘zgarishlar oson kechmagan. Bugungi kunda ham 1 - bosqich texnologiyasi ruhida shakllangan ayrim pedagoglarda keyingi davrlarda vujudga kelgan o‘quv vositalarini o‘zlashtirib olishga, ta’lim - tarbiya jarayonini shu asosda tashkil etishga intilish sust darajada. 1 – bosqich o‘quv vositalari o‘qituvchidan ko‘p mehnat talab etadi va o‘quvchining bilim, tayyorgarlik darajasi yuqori bo‘lmaydi. Bu pedagogik bosqichlarning har birida ta’lim metodlari takomillashtirila borganligi tufayli o‘qituvchi mehnatining samarasi ortib, zamonaviy texnologiyani qo‘llaydiganlar safi kengaya borgan.
Bugungi kunda respublikamizni rivojlangan davlatlar darajasiga chiqarish maqsadida bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi. Ta’lim O‘zbekiston davlati siyosatining ustuvor sohasiga aylandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida rivojlangan mamlakatlar darajasida raqobatbardosh, yuksak ma’naviy - axloqiy fazilatlarni egallagan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadi va vazifasi kun tartibiga qo‘yildi. Auditoriyalarga kirib o‘quv jarayonini kuzatgan kishi mavjud pedagogik tizim birinchi va ikkinchi bosqichlarga xos ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari quyidagilardan iborat:
1. Pedagogik muloqot texnologiyasida o‘qituvchi (pedagog)ning o‘quvchi talabalar bilan muloqoti.
Muloqotning vazifalari:
- shaxsni tanish, axborot almashish;
- kelgusi pedagogik muloqotni modellashtirish va tahlil etish;
- muloqotdan olinadigan tasavvurlar;
- muloqot yuzasidan fikrlash va fikr almashish;
- pedagogik muloqotni tashkil etishning texnikasi va texnologiyasi ;
- ishga ijodiy yondashish va boshqalar.
1.Pedagogik talab texnologiyasi.
- «pedagogik talab» tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari;
- xulq - atvor va ijtimoiy-madaniy qoidalarning namoyon bo‘lishi;
- o‘quvchi - talabaga bo‘lgan hurmat va talab;
- pedagogik talabning psixologik tamoyillari va mezonlari.
2. Baholash texnologiyasi, pedagogik baho va uni mezonlash.
- xatti - harakatlardan olingan taassurot, voqelikni, ob’ekt va sub’ektni
qabul qilish;
- baho berish usullarini tanlash, o‘qituvchi(pedagog)ning o‘z imkoniyatini
tahlil etishi va ta’sir samaradorligini oshirishi);
-pedagogik baholash texnologiyasi.
3. Axborotning ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi.
- nutqiy-axborot berish, «ratsional axborot berish» tushunchalari, demonstratsion va ko‘rgazmali vositalar-axborot olish vositalaridan biri sifatida;
- nutqiy ta’sir etish, suhbat, hamkorlik, tezis, argument, ko‘rgazmalar va obrazlar;
- nutqiy ta’sir etish texnologiyasi;
- demonstratsion va ko‘rgazmali vositalar, etik, iqtisodiy, estetik, gigienik materiallar;
- qabul qilishning fiziologik va psixologik xususiyatlarini demonstratsiya qilish texnologiyasi.
4. Pedagogik vaziyatlarni yaratish va uni yechish texnologiyasi.
- pedagogik konflikt tushunchasi – konflikt pedagogik texnologiya
elementi sifatida, konflikt sub’ektlari orasidagi qarama - qarshiliklar,
bo‘sh va mazmunli konflikt;
- holat tahlili (voqeani aniqlash);
- konflikt;
- konfliktning xilma - xilligi (norozilik, qarshi chiqish);
- konfliktni echish shakllari (yumor, hazil, mutoiba).
Zamonaviy pedagogik texnologiyaning qo‘shimcha elementlari:
1. Psixologik muhit yaratish texnologiyasi.
2. Guruh faoliyatini tashkil etish texnologiyasi.
3. Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz holatlarni tashkil etish texnologiyasi.
4. O‘quvchining xatti - harakatiga pedagogik reaksiya qilish texnologiyasi.
5. Xulqi va odobi yomon o‘quvchi - talabalar bilan ishlash texnologiyasi.
6. Etik himoya texnologiyasi.
7. Muammoli vaziyatlar yaratish texnologiyasi.
8. Pedagogik vosita texnologiyasi.
9. Pedagogik improvizatsiya texnologiyasi.
Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga to‘liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig‘i
SHuningdek, texnologiya deganda, sub’ekt tomonidan ob’ektga ko‘rsatilgan ta’sir natijasida sub’ektda sifat o‘zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob’ektga yo‘naltirilgan aniq maqsadli amallarni muayyan ketma -ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. YUqorida keltirilgan tushunchalarni o‘quv jarayoniga ko‘chiradigan bo‘lsak, o‘qituvchi(pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchi -talabalarga muayyan sharoitlarda ko‘rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa yoki boshqacha aytganda, o‘qituvchi tomonidan o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta’riflash mumkin.
Professor N.Sayidahmedovning fikricha, «Texnologiya – bu shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o‘zida jo qiladigan va yakuniy natijani ta’minlaydigan pedagogik faoliyatdir». Texnologiya tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta’sir etish kuchiga ega bo‘lib, erkin ijod qilishga undaydi:
- samarador o‘quv-bilish faoliyatining asoslarini topish;
- uni ekstensiv (kuch, vaqt, resurs yo‘qotishga olib keladigan samarasiz) asosdan ko‘ra intensiv (jadal), mumkin qadar, ilmiy asosda qurish;
- talab etilgan natijalarni kafolatlaydigan fan va tajriba yutuqlaridan
foydalanish;
- o‘qitish davomida tuzatishlar ehtimolini loyihalash metodiga tayangan holda yo‘qotish;
- ta’lim jarayonini yuqori darajada axborotlashtirish va zaruriy harakatlarni algoritmlash;
- texnik vositalarni yaratish, ulardan foydalanish metodikasini o‘zlashtirish va boshqalar.
Texnologiya murakkab jarayon sifatida qator o‘qitish bosqichlaridan, o‘z navbatida, bu bosqichlarning har biri o‘ziga xos amallardan iborat bo‘ladi. Amal – o‘qituvchining sinfda mavzu bo‘yicha o‘quv elementlarini tushuntirish borasidagi bajargan ishlar yig‘indisi bo‘lib, o‘qitish jarayonining shu bosqichida tugallangan qismini tashkil etadi. Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya-ta’lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, ta’lim - tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo‘li bo‘lib hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar etarli darajada. Zamonaviy pedagogik texnologiyani pedagogika fanining alohida tarmog‘i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. Zamonaviy pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Avvalo,zamonaviy pedagogik texnologiya nimani anglatadi?
1. Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘quv - tarbiya jarayoni uchun loyihalanadi va belgilangan maqsadni echishga qaratiladi. Har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniq belgilab beradi va shunga mos holda ma’lum bir pedagogik tizim mavjud bo‘ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z ta’sirini o‘tkazadi va ta’lim - tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsadi esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o‘z navbatida yangilash zaruratini keltirib chiqaradi.
2. Bugungi kunda fan - texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizual, audial vositalar ham mavjud bo‘lib, ular zamonaviy pedagogik texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya mohiyat - e’tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga egadir. Biroq zamonaviy pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi.Uning o‘ziga xos xususiyati – tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir.
Zamonaviy pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. O‘quv - tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish tarixiy voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy burilish va uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda, ta’lim tizimida axborot texnologiyasi – bu «o‘quvchi yoki talaba – kompyuter» o‘rtasidagi muloqotdir.
Axborotli texnologiya pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, u ta’lim jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qo‘llana boshlandi. Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan. Hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, «sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xom - ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ortiq bo‘ldi, ya’ni axborot texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar va xususan, yangi texnologiyalar orasida etakchi o‘rin egallamoqda.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishida aqliy mehnat vositalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq ikkita axborot inqilobi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdi. Birinchi inqilob kitob bosishning paydo bo‘lishi bilan ro‘y berdi va telefon, telegraf, radioning ixtiro qilinishi bilan chuqurlashdi. Ikkinchi inqilob elektron-hisoblash mashinalari (EHM)ning paydo bo‘lishi va tez tarqalishi, EHM lokal tarmoqlarining yaratilishi, axborot resurslarini boshqarish tizimlarining tashkil etilishi bilan bog‘liqdir. SHu bois yaqin kelajakda respublikamizdagi mavjud barcha o‘quv yurtlari dasturli mashinalar bilan etarli darajada ta’minlash muammosi paydo bo‘ldi. SHundagina axborotli texnologiya asosida talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug‘iladi va u o‘qituvchining yaqin ko‘makdoshiga aylanadi.
Ta’lim - tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash avvalo pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratizatsiyalashni talab etadi. CHunki pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratizatsiyalashni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday pedagogik texnologiya kutilgan samarani bermaydi. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama - qarshi bo‘lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, ta’lim oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e’zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod bilan shug‘ullanishi va o‘zini o‘zi rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi. Mazkur jarayonda talaba o‘z o‘quv faoliyatining sub’ekti sanaladi va pedagog bilan hamkorlikda yagona ta’lim jarayonining sub’ekti - ta’lim – tarbiya vazifalarini hal etadi. Umuman, pedagogik texnologiya o‘quv jarayoni va uning ishtirokchilari bilan bog‘liq barcha maqsadli sa’y-harakatlar yig‘indisini anglatishi lozim.
Hozirgi kunda uning mavjud ta’riflari juda ko‘p va xilma- xildir:
Texnologiya-biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar va yo‘llar yig‘indisidir (Izohli lug‘at).
Texnologiya-ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisi (V.M.SHepel).
Pedagogik texnologiya-o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi(joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iboratdir (B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya-o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.P.Bespalko).
Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I.P. Volkov)
Ta’lim texnologiyasi-didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismidir (M. CHoshanov).
Pedagogik texnologiya-o‘quv jarayonining o‘quvchilar va o‘qituvchi uchun so‘zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha hamma detallari o‘ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modelidir (V.M.Monaxov).
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodi bo‘lib, ta’limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir (YUNESKO).
Pedagogik texnologiya-pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy, uskunuli va metodologik vositalarning tizimli yig‘indisini va ularni amal qilish tartibini bildiradi (M.V.Klarin).
Pedagogik texnologiya, bu-so‘zsiz rioya qilish evaziga eng yuqori natijani kafolatlaydigan ko‘rsatmalar emas, balki qonuniyatlar bo‘lib, ularning amaliy ahamiyatidan iborat (V.YU. Pityukov).
Pedagogik texnologiya-bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir (T.Sakomoto).
Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilga o‘zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo‘lib, uni tatbiq etishni hisobga olgan holda ta’lim jarayonini ilgaridan layihalashtirishda namoyon bo‘ladi (U. Nishonaliev).
Pedagogik texnologiya-bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi(talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir (N.Sayidahmedov). Pedagogik texnologiya-bu jamiyat extiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan belgilangan sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tizim sifatida qarab, uni tashkil etuvchilar, ya’ni o‘qituvchi(pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko‘rsatilgan ta’sirini va ta’lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir (B.G‘.Ziyomuhamedov).
“Texnologiya” tushunchasi keng ma’noda insonning barcha antropogen faoliyati natijasida mahsulot yaratilishi jarayonlarini qamrab oladi. Texnika va texnologiya, sanoat va transport, mashinasozlik va aviatsiya, kimyo va metallurgiya, tibbiyot va farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik, umuman, yaratuvchanlik va ijodkorlik mehnati va metod, usul, vosita hamda jarayonlar majmuasini ifodalash uchun shu kungacha cheklanmagan miqyosda foydalanib kelinayotgan ushbu atamaning mazmun va mohiyati keng ko‘lamga ega bo‘lib qoldi. Pedagogik jarayonlar uchun tatbiq qilinuvchi texnologiyaning an’anaviy va noan’anaviy, tarixiy, klassik, yangi va zamonaviy turlari farq qilinmoqda. Asosiy maqsad - shaxsning ta’lim va tarbiyasi hamda uning aqlan va jismonan rivojlanishi bilan bog‘liq kasbiy faoliyat ekanligini nazarda tutsak, qanday nomlanishidan qat’iy nazar, pedagogik texnologiya komil inson tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim.
Ta’lim bosqichlariga innovatsion pedagogik texnologiyalarning jadal kirib kelganligi XXI asrning tezkor axborot texnologiyalari barcha jabhalarni qamrab olganligi bilan izohlanadi. Bugungi pedagogdan o‘z kasbiy malakasini muttasil takomillashtirib borish bilan birga innovatsion pedagogik texnologiyalar yaratish, ularni ta’lim jarayonida qo‘llashga layoqatli bo‘lish talab etilmoqda. Pedagogning innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasi kasbiy malakasining eng muhim ko‘rsatkichiga aylandi. Zotan, pedagogning innovatsion faoliyati ijodiy izlanishlari, ta’lim shakli va mazmunini takomillashtirish yo‘lidagi ilg‘or g‘oyalar yaratish, yangiliklar kashf etish salohiyatini namoyon qiladi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida o‘quvchi-talabalarda ham yaratuvchilik, ijodkorlik, mustaqil fikrlash ta’lim maqsadlariga o‘z izlanishlari, ongli ijodiy munosabat orqali erishish layoqatini tarkib toptirish ko‘zda tutiladi.
“Innovatsiya” lotincha so‘z bo‘lib, yangilanish, “yangilik” ma’nosini ifoda etadi. Innovatsion ta’lim-tarbiya jarayonining shakli va mazmunini takomillashtirishga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalar yaratishni ko‘zda tutadi. Innovatsion g‘oyalar bugungi ta’lim amaliyotiga jadal kirib bormoqda. Pedagogik innovatsiyalar ta’lim sifati va samaradorligi ortishiga xizmat qiladi. Ayni damda, jamiyatdagi har qanday yangilanish jarayonlari, islohotlar mohiyati bilan uzviy bog‘liq holda ro‘y beradi. Davlat ta’lim standartlarining yangilanib borayotganligi; o‘quv-metodik adabiyotlar, darsliklar, dasturlar, ta’lim sohalariga oid klassifikatorlar mazmun-mohiyati takomillashib borayotganligi yangi-yangi pedagogik konsepsiyalarga turtki bermoqda. Bu kabi yangilanishlar pedagogik innovatsiyalarning ta’lim sohalari va uzluksiz ta’lim tizimiga jadal kirib borishini taqazo etmoqda.
Zamonaviy pedagoglarning ayni jarayonlar ichida faol ish olib borishi qator kasbiy sifatlari qatori innovatsion faoliyatga tayyorlik darajasini talab etmoqda. Bunday faoliyatga layoqatlilik darajasi ta’lim texnologiyasi loyihasi va uning markazidagi pedagogik g‘oyada aniq namoyon bo‘ladi. Ta’lim texnologiyasining yaratuvchisi – pedagog nazariy bilim, amaliy tajriba, ilg‘or ta’lim metodlari va usullarini qo‘llash mahoratini egallagan bo‘lsa, ta’lim sifati bilan samaradorligi kafolatlanadi.
Har qanday o‘qitish texnologiyasi muayyan didaktik maqsadga yo‘naltirilar ekan, uning asosida aniq pedagogik g‘oya yotadi. Pedagogik texnologiyalar mohiyatini o‘quvchi shaxsini xilma-xil jihatlardan rivojlantirish g‘oyasi tashkil etgani uchun xilma-xil mavzular bo‘yicha ta’lim texnologiyalari asosida ham ayni shu g‘oya harakat qiladi. Biroq bu g‘oyani qanday shaklda, qaysi usullar yordamida va qanday qilib amalga oshirish kerak? – degan savolga har safar yangi, original javob topishga harakat qilinadi. Ana shu “javob”dan texnologiyani harakatga keltiruvchi pedagogik g‘oya mohiyati tushuniladi.
Uzluksiz ta’lim bosqichlarida ta’lim texnologiyalari samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi interfaol usullardan keng foydalanilmoqda. “6x6x6”, “aqliy hujum”, “qarorlar shajarasi”, “tarmoqlar”, “tarozi”, “zinama-zina”, “burchaklar”, “elpig‘ich” kabi o‘nlab usullar nomi barchaga tushunarli va tanish. Ta’lim amaliyotida o‘qituvchi ulardan foydalanishni rejalashtirar ekan didaktik maqsadni asos qilib oladi. Ayni damda bu maqsadni qanday amalga oshirish ustida bosh qotiradi. Muammoni echish uchun muayyan g‘oya yaratish zarurati kelib chiqadi. Xo‘sh, didaktik maqsad aniq, uni amalga oshirish bosqichlari, ta’lim usullari belgilandi, ammo ta’lim texnologiyasi nima asosiga quriladi?
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”da “G‘oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va odamlarni maqsad sari etaklaydigan fikr. Unda olamni bilish va o‘zgartirish maqsadlari, ularga erishish yo‘llari va vositalari mujassam bo‘ladi”– deb izohlangan. Ushbu ta’rifni pedagogik texnologiyalarga tadbiq qiladigan bo‘lsak, “Ta’lim berish va o‘zlashtirish usullarini yaratish, qo‘llash, ularni yagona tizimga keltirish”1ning optimal variantlarini tadqiq etish degan ta’rif kelib chiqadi. Pedagogik texnologiyalarning o‘quvchilar nutqini o‘stirishga yo‘naltirilgan variantlari uni ishlab chiqqan o‘qituvchi-pedagoglar yaratuvchilik faoliyati natijasidir. Ayni faoliyat asosida ham muayyan qarash, ta’lim samaradorligini ta’minlash haqidagi g‘oya turadi.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalari bo‘yicha qiziqarli kuzatishlar olib borgan Anatoliy Gin so‘zlari bilan aytganda: “Bunday texnologiyalar o‘quvchilarni yagona fikr doirasidan ozod qilib, tafakkur osmonida erkin parvoz qilishlariga imkon yaratadi”. Bunday sharoit yaratishda olim “ochiq topshiriqlardan foydalanishni maslahat beradi. Bunday usulda o‘quvchilar kreativ (ijodiy) tafakkur yuritishga, muammo echimiga turli yo‘llar, izlanishlar orqali etib borishga yo‘llanadi. “Ochiq topshiriqlar”ning esa echimi ko‘p bo‘ladi.
Bilamizki, o‘tgan asrning 60-yillaridan ta’lim jarayonida texnik vositalardan foydalanishga kirishilgan. O‘qitishning texnologik asoslarini nazariy va amaliy jihatdan ilmiy sharhlashga kirishildi. 1961 yilda AQSHda “Pedagogik texnologiya” jurnali; 1964 yildan Angliyada “Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim”; 1965 yildan YAponiyada, 1971 yildan Italiyada “Pedagogik texnologiya” jurnallari chop etila boshlangan. Rossiyada ham ana shu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar yaratilgan. V.M.Klarinning “Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom protsesse”; V.P.Bespalkoning “Slagayomыe pedagogicheskoy texnologii” kabi qo‘llanmalari yaratildi. 1997 yildan “Maktab texnologiyalari” jurnali nashr qilingan.
Demak, har qanday pedagogik texnologiya yangilanishga, takomillashishiga yo‘naltirilgan pedagogik g‘oyalarni taqazo etadi. Ta’lim tizimiga xos innovatsiya jarayonlari ana shu zarurat natijasidir.
Ta’lim maqsadi, o‘quv jarayoni mazmuni, tashkiliy shakllar, o‘qitish metodlari, usul va vositalari o‘qituvchilar tajribasi bilan mahoratiga, izlanishlariga, yangilik yaratish salohiyatiga ko‘ra muntazam takomillashib, yangilanib boradi. Jamiyatimizning har jihatdan sog‘lom, barkamol yoshlarni shakllantirishga bo‘lgan talab va ehtiyoji tufayli bugungi ta’lim-tarbiya maqsadlari yangi mazmun kasb etdi. Pedagogik texnologiyaning yaxlitlik, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni loyihalash; natijalarni oldindan kafolatlash; tasxishlash tamoyillari texnologiya qismlarining ketma-ketligi, uzviyligi, aloqadorligi, o‘quv materiallari o‘zlashtirilishining individual darajasi o‘quv-biluv bosqichlariga muvofiq izchil sur’atda o‘sib borishini ta’minlaydi. Pedagogik texnologiya tamoyillari umumdidaktik prinsiplar (onglilik, faollik, ko‘rgazmalilik, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi, ta’lim-tarbiyaning uzviyligi hamda uzluksizligi, tushunarliligi, bilimlar puxtaligi va h.k) bilan uyg‘unlikda o‘rganiladi.



Download 106,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish