Bog'liq Mustaqil ish Kompyuter turlari tarmoqlar va viruslari
Tarmoq xizmatlari. ―Ochiq – tizim va standartlash muammolari xaqida tushuncha‖ Tarmoq avvalam bor, uning foydalanuvchilarga informatsion xizmat ko`rsatish uchun yaratilgandir. Xizmat turlari nihoyatida ko`p va xilma xil bo`lib, ularni quyidagi guruxlarga ajratish mumkin. · WWW- elektron saxifa xizmati · Elektron-pochta xizmati.
· Telekonferentsiya
· Fayllarni uzatish
· Telnet xizmati
· Ma`lumotlarni izlash xizmati
World Wide Web (WWW- jahon o`rgimchak turi) – Internetning eng yaxshi xizmatlaridan bo`lib, matn, grafik axborot, tovushli fragmentlardan tashkil topgan xujjatlar bilan ishlash imkoniyatini yaratib beradi. WWW tizimi Internet tarmog`ining istalgan qismida joylashgan serverdagi xujjatni topib foydalanuvchi kompyuteriga chaqirib berishni ta`minlaydi. WWW ning muhim xossalaridan biri xujjatlarga gipermatn ishoratlari (jo`natmalari) kiritilishi mumkunligidir.
Elektron pochta (E-mail) Internetdagi keng foydalanadigan xizmatlardan biri hisoblanadi. Bunda axborotlarni jo`natish, ukish, xatlarga javob berish va ma`lumotlar uzatish jaryonlarini bajarish ancha engil bajariladi.
E-mail kompyuter tarmog`idagi tarqoq foydalanuvchilar orasidagi eng qulay vositadir. Internet global tarmog`ida elektron pochta INTERNET EXPLORER brauzeriga o`rnatilgan OUTLOOK EXPRESS dasturi asosida amalga oshiriladi.
Telekonferentsiya xizmati tarqoq holda joylashgan ko`p foydalanuvchilarni o`zaro o`zluksiz ―mulokot‖ qilish uchun mo`ljallangan tizimidir. Internetdan foydalanuvchilar uchun telekonferentsiya deb nomlangan guruxiy munozaralarda ishtirok etish imkoniyatini yaratuvchi tizimidir. USENET konferentsiya ro`yxati minglab mavzularni o`z ichiga oladi, shuning uchun undan foydalanish uchun, konferentsiya mavzularining ierarxik nomlarini qoidalarini bilish va unga mos holda ularni o`rnatish lozim.
Fayllarni uzatish- FTP (File Transfer protocol) protokoliga asoslangan axborot xizmati internetida birinchi yaratilgan tizimlaridan hisoblanadi. Bu xizmat kompyuterdagi FTP – dasturidan foydalangan holda masofadagi kompyuterga ulanib, kirish mumkin bo`lgan fayllar ro`yxati bilan tanishadi, hamda ulardan o`z kompyuteriga nusxa kuchiradi. FTP tarmoq bo`yicha istalgan shakldagi (matn, tasvir, bajariluvchi dastur, tovush-yozilgan va x.k.) fayllarni yuborishi mumkin.
FTP ―mijoz – server‖ arxitekturali tizimlarga misol bo`la oladi. Bunday tizimlarda bir kompyuterda ―mijoz‖ deb nom oluvchi maxsus dasturdan foydalaniladi. Foydalanuvchi shu dastur yordamida masofadagi server deb nomlangan kompyuterdagi boshqa dastur bilan bog`lanadi.
Telnet- xizmati (boshqa kompyuterlar bilan o`zaro aloqa).
Telnet boshqa kompyuter bilan aloqaga kirishni ta`minlaydi. Telnet orqali aloqani o`rnatib, foydalanuvchi boshqa kompyuterda guyoki o`ziniki bilan ishlayotgandek.
Amalda Telnet kirishni ochib beradi, ammo o`zaro aloqani tagkil etish chet kompyuter orqali belgilanadi. Telnet programmasi foydalanishga juda qulay. Uning yordamida tarmoqka ulangan biron-bir kompyuter bilan aloqa o`rnatish uchun uning
Internetdagi tulik manzilni bilish kifoya. Kerakli kompyuter bilan ulanishda komandada uning manzili ko`rsatiladi. Ulanish jarayonida xost-kompyuter foydalanuvchining nomini suraydi. CHet tizim bilan ishlash uchun foydalanuvchi unga kirish xukukiga ega bo`lishi shart.