Mavzu: Xlorogranik birikmalar bilan zaharlanishlar
Reja:
1.Zaharlar haqida tushuncha
2.Xlorogranik birikmalar haqida tushuncha
3.Xlorogranik birikmalar bilan zaharlanishdagi yuzaga keladigan sabablar va davolash
Zaharlarni qollash, tayyorlash odamzod paydo bolgandan keyin boshlangan. Odamlar hayot kechirishi uchun, ozini boqish uchun har xil osimliklardan foydalanganlar, shu vaqtda qaysi zaharli, qaysisi foydali ekanligini istemol qilish natijasida asta-sekinlik bilan ajrata boshlaganlar, qaysi osimliklardan foydalansa zaharlanish hollari bolganlarini zaharli deb atay boshlaganlar.
Lekin zaharlar qaysi paytda paydo bolganligi haqida malumotlar yoq
Dorishunoslik qaerda rivojlangan bolsa, taraqqiy etgan bolsa, toksikologiya ham osha joyda taraqqiy etgan.
Zahar moddalari haqida malumot qoldirganlardan biri Dioskarid, u De materia medica va Alexipharmaca degan qollanmalarda zaharli moddalar haqida malumotlar bergan.
Qadimgi arablar ham zaharlar togrisida malumotga ega bolganlar. Ular qamoqda saqlanayotgan jinoyatchilarni oldirish uchun zaharlar qollagan.
Zahar va unga qarshi moddalar togrisida Abu Ali Ibn Sino ham katta hissa qoshgan, uni Zaharlar kitobida zaharlanishlarni davolash haqida malumotlar berilgan.
Shvetsariya vrachi va ximigi Paratselsni aytgan fikrlari diqqatga sazovar.U hech nima zaharlilikdan holi emas va hamma narsa dori, lekin dorining miqdori uni dori yoki zahar qilishi mumkin.
Keyinchalik eksperimental toksikologiyani rivojlanishida Evropa olimlari Orfil va Klod Bernarlar katta hissa qoshdilar. Ular zamonasida mavjud bolgan zaharlar tasirini hayvonlarda organdilar.
Rossiyada toksikologiyani rivojlanishida Pelikan, Bokarius, Kosorotov, Popov,Soshestvenskiylar katta hissa qoshdilar.
Hozirgi zamon veterinariya toksikologiyasini rivojlanishiga Gusinin, Bajenov, Medved, Lazarev, Xmelnitskiy, Mozgov va boshqalar xizmatlari katta.
Endi zaxarlar haqida malumotlarga toxtaladigan bolsak, quyidagi fikrlar mavjudligi malum boldi. Zaxar ozi nima degan savolga quyidagi terminlar ishlatiladi masalan, otravlenie, intoksikatsiya, toksikoz uchchalasi ham bir manoni anglatadi, yani zaxarlanish.
Zahar togrisida Paratsels fikri: zaharni ziyonli tomoni bolsa - bu zahar, bolmasa - bu dori.
Klod Bernar aytadiki, zaharni 3 narsa uchun ishlatamiz:
Oldirish uchun;
Davolash uchun
Fiziologik, bioximik ozgarishlarga tasir qilish uchun.
Pavlov aytadiki, zahar eng yaxshi asbob, bu bioximik ozgarishlarni bilish uchun tajribalarda ishlatish mumkin.
Kravkov aytadiki, zaxar bu hayotning analizatori.
Engelgardt zahar bu instrument.
Ibn Sino aytadi, tiriklikni oldirishga olib boradigan dorilar zahar deydi.
Anichkov, Kosoratovlar aytadilarki zahar eng kichik dozada bolsa ham organizmda bioximik, fiziologik ozgarishlar chaqirsa, bu zahar deydi.
Hosh,zahar ozi nima?
Zahar debbu aniq xususiyatlarga ega bolgan moddalar bolib, eng kichik dozada organizmda tez, kuchli patologik ozgarishlar yoki ulim, chaqiradigan birikmalarga aytiladi. Toksikologiya haqida Bokarius D.P., Kosorotov N.A., Soshestvenskiy, F.T.Popov, Govorovlar kopgina kitoblar, oquv qollanmalar yozishgan, 1914-1918 yillarda birinchi jahon urushida kopgina zaxarli moddalar qollaniladi (BOV). Shundan keyin zaharli moddalarga qiziqish boshlanib VIEV da maxsus laboratoriya tashkil etiladi, shu zaxarli moddalar bilan ishlaydigan, N.A.Soshestvenskiyni Qozon shaxridan Moskva harbiy vet.akademiyaga olib kelib shu erda zaxarli moddalar bilan ishlash uchun maxsus laboratoriyalar tashkil etiladi.
Toksikologiya fanining rivojlanishida professor I.A.Gusыnning (1896-1970) katta xizmatlari bor, zaxarli o‘simliklar haqida fundamental monografiyasi «Zaxarli o‘simliklar toksikologiyasi» nomi bilan chiqarilgan hozirgi kunda ham foydalanilmoqda.
Veterinariya toksikologiyasining rivojlanishida toksikolog olimlardan P.YA.Rыbak, Yu.Gornыy, Z.P.Skorodinskiy, N.I.Sereda, P.E.Radkevich, A.V.Nikolaev, A.N.Kosobryuxov, S.G. Sidorova va boshqalar katta xissa qoshdilar.
Keyingi yillarda veterinariya toksikologiya fanining rivojlanishida akademik I.E.Mozgov, G.A.Xmelnitskiy, V.N.Loktionov, D.D.Poloz va boshqalarning xizmatlari juda katta.
Oxirgi yillarda bizda ham va boshqa mamlakatlarda ham statistika boyicha aniqlanishicha ximiyaviy moddalarni qishloq xojaligida notogri qollash natijasiada qishloq xojalik hayvonlarida zaxarlanishlar kuzatilmoqda, bularning natijasida korilayotgan iqtisodiy zarar juda katta bolayotir, shuning uchun vetvrachlarning, zootexniklarning, entomolog agronomlarning vazifalaridan biri shularning oldini olishda katta bolishi kerak.
Shuning uchun ham toksikologiya boshqa fanlar bilan bogliq, jumladan, farmakologiya, patanatomiya, terapiya, zoogigiena, pat.gistologiya, oziqlantirish, pat.fiziologiya, bioximiya, molekulyar biologiya, analitik ximiya, botanika, zoologiya, parazitologiya, klin.diagnostika, vet.san.ekspertiza, osimliklar himoyasi va boshqalar.
Veterinariya va meditsina toksikologiya fanining vazifalari asosan 2 qismdan iborat:
1.Zaharlanishning oldini olish;
2.Zaharlangan hayvonlarga birinchi yordam korsatish (organizmni har xil yollar bilan zahardan tozalash.
Zaharli moddalar davolash maqsadida qollanilmaydiganlari zaharli moddalar guruhlariga kiradi va bularning dozalarini toksikologik usullar bilan aniqlanadi. Zaharli moddalarning tasiri organizmga tushgan moddalarning miqdoriga qarab aniqlanadi, yani dozasiga (lotin tilida - dosis). Farmakologiyada belgilangan moddalarning qollanilishi davolash maqsadlarida eng yuqori, bir martalik va sutkalik dozalar ishlatiladi. Bu dozalarni ozroq oshirilishi bilan ularning zaxarligi oshadi. Organizmda zaxarlanish bolishi mumkin. Buni dosis toxica yoki oldirish dozasi dosis letalis deyiladi.
Veterinariya toksikologiyasi ham boshqa fanlar singari 2 ga bolinadi:
1. Umumiy toksikologiya.
2. Xususiy toksikologiya.
Umumiy toksikologiya - zaharlarga xos bolgan umumiy qonun qoidalarni orgatadi:
Xususiy toksikologiya zaharlarni alohida guruxlarga bolingan xolatda organadi.
Olimlar pestitsidlar haqida quyidagi tasniflanishni beradi.
OD0 bunda maksimal dozadagi zaxarli modda mg/kg bir marta ichga yuborilganda u erdagi zaxarli effekt hech qanday oldiruvchi tasir etmaydi va keyingi 2 haftalik kuzatishda ham ozgarish bolmaydi.
OD50 ortacha oldiruvchi dozada zaxarli modda mg/kg ichga yoki teri ostiga yuborilganda 50 % hayvonlar olganligi kuzatilgan 2 hafta ichida.
Shulardan kelib chiqib quyidagi klassifikatsiyani zaxarli moddalarning tasiri boyicha taklif etadi. (L.I.Medved, Yu.S.Kagan, E.I.Spinu 1986).
Zaxarli moddalar oshqozonga yuborilganda (OD50 , mg/kg).
Kuchli zaxarli tasir - 50 dan past
Yuqori zaxarli 50-200.
Ortacha zaxarli 200-1000.
Kam zaxarli 1000 dan kop.
Shuning uchun ham chetdan olinadigan moddalar shu gruppalarning qaysisiga kirishi toksikologik usullar bilan tekshirib olinadi.
Qollaniladigan dorilarning umumiy nomi pestitsidlar deyiladi.
Pestis-oldirmoq, citus-oldiruvchi degan sozlaridan olingan.
Zaxarlarning organizmga ziyonli tasiri fizik-ximik xossalariga bogliq va ularning 3 agregat holatida ham tasi etadi.
Qattiq, suyuq, gazsimon holatlarida tasiri. Bu moddalarning suvdagi eruvchanligi katta ahamiyatga ega.
Masalan Sulema suyuqlikda eriydi, shuning uchun ham kuchli zaxar.
Kalomel suvda erimaydi, shuning uchun ham zaxarli tasiri past, buni kopchilik vaqtlarda surgi modda sifatida qollaydi.
Bir xil vaqtlarda organizmda moddalarning ozgarishi natijasida ularning zaxarligi oshib ketadi.
Masalan. Fosfid sink har xil kemiruvchilarni oldirish uchun, bu organizmda fosfinga otadi bu bir necha marotaba kuchli zaxarli hisoblanadi.
Biz zaxarli moddalarni, yani pestitsidlarni qollashda tozaligiga, saqlash vaqtiga va boshqalarga etibor beramiz, agar toza bolsa aytgan tasirni beradi.
M. Ilgari Xitoydan xlorofos olar edik, juda yaxshi toza edi. Hamma olar edi. Ozimizda ham ishlab chiqariladi. Lekin toza emas, veterinariya vrachlari aytadi xlorofosni kanalar, chivinlar eb quyadi deb, bir xil vaqtlarda zaxarlarga organib qolish xollari ham boladi.
Zaxarlarning tasiri nimaga bogliq?
Hayvonlarning sezuvchanligiga (ilon zahariga, qoraqurtga);
Organizmning umumiy holatiga;
Organizmga tushadigan yoliga;
Zaxarning toplanib qolishiga va uning tarqalishiga.
Zaxar qaysi organga tanlab tasir etishiga.
Biz kop vaqtlar DDTni ishlatdik, bu organizmda qancha kop yog bolsa shuncha kop tarqaladi, bu sut bilan chiqadi, shuning uchun ham bolasi zaxarlanishi mumkin.
Organizmga zaxar eng kop ogiz orqali, ayrimlari teri orqali shilimshiq parda orqali, nafas olish organlari orqali, jarohatlangan joylar orqali tushadi.
Zaxarlar oksidlanib, yangi birikmalar hosil qiladi. Masalan: Nitrat- Nitritga, aldegid kislotaga, Morfin Oksimorfinga eng kuchli zaharli moddaga aylanadi.
1.Zaxarlanishning kechishi.
2.Juda tez, yashin tezligida, juda otkir.
3.Otkir kechishi.
Surunkali, bu eng xavfli sekinlik bilan zaxarlanadi.
Sabablari.
1. Vetvrachlar, zootexniklar, agronom, entomolog, bular bir-biri bilan aloqada bolishi kerak. Qachon qollaydi, qaysi osimlikni davolash uchun qaysi paytda.
2. Qaysi joylarda, qanday holatda saqlanadi, idishlar, xaltalarda va boshqalar.
3. Bir xil vaqtlarda uruglik bolsa agarda dorilangan bolsa, «zaxar» dorilangan deb yozib qoyiladi, bunda uruglar dorilangan boladi.
Zaxarlanishlarga umumiy diagnoz qoyish usullari.
Bular yuqumli va yuqumsiz kasalliklardan farq qiladi.
1.Favqulodda bolish;
2.Ogir tez kechishi;
3.Olim bilan tugashi;
4.Sogorgan paytda, yaylov ozgarsa qaerda zaxarli otlar bor bolsa;
5.Bir necha hayvon yoki otar qoy zaxarlanishi mumkin;
6.Zaxar yuqumsiz, bir-biriga otmaydi;
7.Kopincha harorat oshadi, lekin pasayib ketishi mumkin;
8.Klinik belgilari bir-biriga oxshash, ana shular bilan yuqumli kasalliklardan farqlanadi.
Kopchilik vaqtlarda markaziy nerv sistemasining ish faoliyatining buzilishi, vegetativ nerv sistemasining ishi buziladi, siydik ajralish kuchayadi, koz qorachigi torayishi yoki kengayishi va boshqalar kuzatiladi.
Diagnoz qoyish:
1. Anamnez etibor qilinadi, shu xojalikda pestitsid va zaxarli osimliklar bormi-yoqmi.
2. Klinik belgilariga qarab bularda nafas olish organlari faoliyati buzilishi, ovqat hazm qilish sistemasi buzilishi.
3. Patologik ozgarishlar, yorib korganda bunda yalliglanish hollari.
4. Ximiyaviy va toksikologik analiz.
5. Patogistologik analiz qilish.
6. Zaxarlanishdan olgan hayvonlarni tekshirib korish, yaxshi jixozlangan, maxsus kiyimlarda, protivogaz, qunchli etik, nam otmaydigan fartuk, iloji boricha tashqi muhitni ifloslantirmaslik kerak.
Ichak, oshqozonlarni 4 joyidan boglab laboratoriyaga yuboriladi va boshqa organlardan ham olinadi. Iloji bolsa butunlay yuborish mumkin. Mayda hayvonlarni butunlay, katta hayvonlardan 300-500 g. Turli organlaridan olib yuborsa boladi, bularni spirtda, laboratoriyaga yuboriladi va spirtning ozi ham yuboriladi idish shishada, agar kombikorma bolsa qogoz xaltalarda yuboriladi, metall idishlarda yuborish man etiladi, chunki reaksiyaga kirishadi. Ayrim vaqtlarda sud orqali tekshirish boladi, kerak bolsa komissiya asosida tekshiriladi.
Zaxarlanishlarda birinchi yordam 2 qismdan iborat:
1. Zaxar organizmga tushgan bolsa, shu manbani yoq qilish va toza havoga chiqarish kerak.
2. Mexanik tozalash, teridan, oshqozonni yuvish, qustiradigan moddalar, surgi, dori moddalar, ximiyaviy dorilar bilan neytrallash, fiziko-ximyaviy birikmalar aktivlangan komir, oq gel, siydik ajralishini kuchaytiruvchi moddalar.
1.Antidototerapiya bilan davolash.
2.Qaysi organ sistema buzilgan bolsa.
M. M.N.S. buzilgan bolsa kofein qollaymiz, agarda vegetativ nervlar zararlangan bolsa xolinomimetik, xolinolitiklar qollaniladi.
Xlororganik birikmalarni zaxarlari yoki pestitsidlari dastlab qollanila boshlagan birinchi jahon urushida xlorpikrin zahari (Soshestvenskiy, keyin Mozgov). Xlororganik birikmalarning, ayniqsa aerozol sifatida, dustlarini qollay boshlaganlar.
TARIXI:. . Xlororganik pestitsidlar jaxon boyicha qollanishi SHvetsiya ximigi Myuller 1939 DDT ni sintez qilgan, ularni qollagan har xil osimliklarni dorilash, mahsulotlarni dorilash maqsadlari.
1942 yilda Geyt odamlarga qollaydi, keyin urushning oxirida Mediklar qollaydi, soldatlar bitlab ketgan vaqtida.
Keyinchalik bularni ham insektitsid, akaritsid, fungitsid, ektoparazitlarga qarshi qollay boshlashdi. 1940-1970 yilgacha 1,5 mln.tonna DDT ishlatilgan. Hozirgi paytda 1/3 qismi beziyon holatga otgan.
Hozir ham dengizlarda, bular delfin, pingvinlar tarkibida bor, bular kop yil yashaydi. 1970 yilda dunyo boyicha bekor qilindi. Lekin YAponiya, Tayvand, Fillipinda qollayapti.
XOBlarni hayvonlarda bitni oldirish uchun, bundan tashqari agronomlar gallalarga ishlatadi.
Birinchi universal zahar, hamma hashorot xillarini oldiradi.
Ikkinchi, otkir zaxarlanish kam boladi, uy hayvonlarida.
Uchinchi, tasirotlarga chidamli, organizmda kumulyasiya boladi, ayniqsa yog toqimasida, MNS bezlarda, keyin zaxarlaydi, sut bilan ajraladi, mahsulotlarda, osimliklarda uzoq vaqt saqlanib qoladi, keyinchalik kamaytira boshlaydi, ruxsat beriladi faqatgina uruglarni dorilash uchun, hosil yigishdan 2-3 oy oldin qollash toxtatiladi.
Organizmga tushgan XOB lar hayvonlarni saqlash va oziqlantirish sharoiti qandayligiga qarab 6 oygacha saqlanishi mumkin. Tuproqda 9 oy saqlanadi. Organizmdan sogin sigirlar suti orqali, tezak va siydik orqali ajralib chiqadi. XOBlardan dixloretan kop qollaniladi. Dixloretan rangsiz, engil harakatlanuvchi suyuqlik, hidi xloroform xidiga oxshaydi. Suvda erimaydi, uchuvchan organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Suv ishtirokida gidrolizlanib, vodorod xlorid ajratadi. Yuqori zaharli.
Nemagon kuchli hidli, sariq rangli ogir suyuqlik. Suvda yomon eriydi, yogda va organik erituvchilardan yaxshi eriydi. Organizmda kuchli kumulyasiya bolish xususiyatiga ega teri va shilliq pardalarga kuchli tasir qiladi.
Geksoxlorbutadien, geksaxlorbenzol, keltan, Dilor, DDT, DDD va boshqalar. Xoblar saqlovchi zaxarlar
PATÀGENEZI: Juda murakkab, XOBlar teri va shilliq pardalarga mahalliy tasir qilib qichishtiradi. Organizmga kumulyasiya bolish xususiyatiga ega, ayniqsa teri osti va ichki yoglarda koproq hamda markaziy nerv sistemasida, jigarda, buyraklarda, ichki sekretsiya bezlarida toplanadi. XOBlar bilan qayta kontaktda bolish (xronik) surunkali zaxarlanishga olib keladi.
XOBlar MNS va jigarga tasir etuvchi zaxarlarga kiradi. XOB bosh miya toqimasini qitiqlab unda nerv mediatorlari miqdori kopayishiga olib keladi, buning oqibatida MNS va pereferik nerv sistemasida buzilishlar paydo bolib, qaltirashlar va nafas markazi zararlanishi kelib chiqadi.
XOBlar jigarga tushib u erda toplana boshlaydi. Gepatotsit-jigar xujayralari biomembranalari orqali shimilib butun organ faoliyati buzilishiga olib keladi.
XOBlar tasir mexanizmida ularning metabolitlarining ahamiyati katta. Buni dixloretan misolida korib chiqish mumkin. Dixloretan qonga tushib MNS, jigar, buyrak usti bezida va yog toqimasida toplanadi. Jigarda dexlorlanib undan kuchli zaxarli metabolit xloretanol va monoxloruksus kislota hosil boladi. Barcha XOBlar uchun oqsillar ayniqsa lipoprotendlar,glikoproteidlar va albuminlar bilan birikib tabiiy antioksidantlar zaxirasi kamayishiga, tiol fermentlari faolligi susayishiga, xujayra biomembranalari otkazuvchanligi buzilishiga olib kelishi xarakterlidir.
DDT-DDDning yarim mahsuloti kam zaxarli unchalik tashqi muhitda hayvon organizmida kumulyasiya bolib qolmaydi, xamma XOBlar kristall, amorf shaklidagi kukunlar suvda erimaydi.
Emulsiya, suspenziya qilib ishlatiladi.
Diagnoz:
1. Anamnez
2. Klinik belgilar
3. Pat.anatomiya
4. Pat.gistologiya
5. Ximiko-toksikologik analizlarga asoslanadi.
KLINIK BELGILARI: . Organizmga tushgan zaharning miqdoriga qarab otkir va surunkali kechishi mumkin.
Otkir kechganda: hayvonlarda umumiy qozgalish, reflektor sezuvchanlikning oshishi keyinchalik susayishi, solak ajralishi, nafas olish, burnidan suyuqlik ajralishi tezlashishi, boyin, oyoq muskullari qaltirashi kuzatiladi. Korish qiyinlashib harakat koordinatsiyasi buziladi, kavsh qaytaruvchi hayvonlarda xansirash va oshqozon oldi bolimlari timpaniyasi kuzatiladi. Hayvon bezovtalanib kop yotadi. Qonda atsetilxolin miqdori 80% gacha kopayib, atsetilxolinesteraza faolligi 35-50 % kamayadi.
Surunkali zaxarlanishlarda hayvonlarda xolsizlanish, ishtaxa pasayishi, ariqlash, muskul tonusi kuchsizlanishi, tez-tez siydik va tezak ajratishi kuzatiladi. Reflektor sezuvchanligi pasayadi. Ogir hollarda ataksiya, qaltirash parez va paralichlar roy beradi.
PATANATOMIK O'ZGARISHLAR: : Otkir zaxarlanishda oshqozon-ichak trakti shilliq pardalari kataral yalliglanishi, parenximatoz organlar qonga tolganligi, bronx va bronx yollari kopik bilan tolganligi, opka toqimasi shishganligi, nafas olish sistemasi shilliq pardalarida qon quyulishlari kuzatiladi. Epikard, endokard, jigar va buyraklarda ham qon quyulishlar aniqlanadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar katta qorinda gaz toplanadi.
Surunkali zaxarlanishda qorin boshligi organlari va opkada qon tolganligi va yogli distrofiya kuzatiladi. Jigar qonga tolgan, hajmi kattalashgan boladi. YUrak muskulli va jigarda nekrotik ochoqlar kuzatiladi. Miya toqimasi shishganligi aniqlanadi, ayrim hollarda qon quyulishlarida kuzatiladi.
DAVOLASH: XOBlar bilan zaxarlanish aniqlanganda avvalo zaxarni oshqozon va ichaklardan zaxarni yuvib chiqarishga harakat qilish kerak. Buning uchun tuz surgi dorilar, adsorbentlar, qustiruvchi dorilar qollaniladi.
Teri va koz shilliq pardalaridan XOBlar tompon orqali olib tashlanadi. Tamponni 2 % li natriy gidrokarbonat eritmasiga botirib qollash kerak.
Venaga gipertonik 5-10 % li natriy xlorid eritmasi, 40 % li glyukoza, 10 % li kalsiy xlor qollaniladi.
Qaltirashlar kuzatilganda otlarga 7 % li xloralgidrat 100-200 ml, sigirga 50-75 ml miqdorda qollaniladi. Mayda hayvonlarga barbituratlar va trankvilizatorlar qollaniladi. Zaxarning oziga qarshi metionin 25 mg/kg miqdorida qollaniladi.
I.V.Sidorov hayvonlar polixlornipen bilan zaxarlanganda kokarbaksilaza 2-4 mg/kg dozada qollashni tavsiya qiladi.
XOBlar bilan zaxarlanganda sulfanilamid preparatlari qollash taqiqlanadi, chunki ular XOBlar tasir kuchini 1,5 2 martagacha oshirib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |