Reja: Yuridik javobgarlik


Yuridik javobgarlik quyidagi belgilari va jihatlari bilan ajralib turadi



Download 26,76 Kb.
bet2/3
Sana01.07.2022
Hajmi26,76 Kb.
#724209
1   2   3
Bog'liq
Soliq sohasidagi jinoyatchiliklarni kriminologik tasnifi

Yuridik javobgarlik quyidagi belgilari va jihatlari bilan ajralib turadi.
1. Yuridik javobgarlik davlat tomonidan uning vakolatli organlari orqali tegishli huquqiy hujjatlar - asosan qonunlar, ayrim hollarda esa - qonun asosidagi hujjatlarni chiqarish yo’li bilan joriy etiladi;
2. U vakil qilingan organlar va mansabdor shaxslar tomonidan qattiq belgilangan protsessual tartibda qo’llaniladi;
3. Yuridik javobgarlik davlat tomonidan majbur qilishning bir turi bo’lib, javobgarlik huquqiy normalarning sanktsiyalari bilan joriy etilishida ifodalanadi va davlat, uning organlari va mansabdor shaxslarning o’z hukmini o’tkazishi, majbur qilishi vositasidagina amalga oshirilishi mumkin. Aybdor hatto chiqarilgan qarorni ixtiyoriy suratda bajargan yoki o’zi keltirgan zararni to’lagan taqdirda ham davlat ko’rgan choralarning majburiyligi o’zgarmaydi;
4. Yuridik javobgarlikka huquqbuzarlik, ya’ni sodir etganlik uchun qonunlarda, boshqa normativ hujjatlarda u yoki bu javobgarlik turi nazarda tutilgan aybli, qonunga xilof harakat yoki harakatsizlik sabab bo’ladi. Intizomiy javobgarlikka intizomiy nojo’ya harakat, moddiy javobgarlikka moddiy ziyon etkazish, ma’muriy javobgarlikka ma’muriy huquqbuzarlik, jinoiy javobgarlikka jinoyat, fuqaroviy-huquqiy javobgarlikka fuqarolik muomalasi sohasidagi mulkiy munosabatlarga, shuningdek, shaxsiy nomulkiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi huquqqa xilof harakatlar asos bo’ladi;
5. Yuridik javobgarlik hamma vaqt qonunbuzarga nisbatan muayyan salbiy oqibatlar keltirish bilan bog’liq bo’lib, salbiy oqibatlar deganda xar qanday noqulay natija - masalan litsen-ziya yoki erkinlikdan mahrum qilish, jarima yoki ishdan bo’shatishni va hokazolarni tushunmoq kerak. Soliq to’g’risidagi qonunlarni buzganlik uchun soliq to’lovchilar (xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, ularning mansabdor shaxslari, fuqarolar), ham davlat soliq organlari (ularning mansabdor shaxslari) ham yuridik javobgar bo’lishlari mumkin.
Bu hol O’zbekiston Respublikasining Davlat Soliq organlari to’g’risidagi Nizomda, O’zbekiston Respublikasining Davlat Soliq qo’mitasi to’g’risidagi Nizomda, respublikaning ayrim soliq turlari to’g’risidagi qonunlarda nazarda tutilgan. Biroq yuqorida aytilganlardan sanab o’tilgan sub’ektlar javobgarlikning barcha turlariga jalb qilinadilar, degan ma’no chiqmaydi. Masalan, intizomiy va jinoiy javobgarlik sub’ektlari faqat jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin. Ma’muriy javobgarlik sub’ekt faqat jismoniy shaxslar (fuqarolar va mansabdor shaxslar) gina emas, balki korxona, muassasa, tashkilotlar ham bo’lishi mumkin deb aytish uchun hamma asoslar mavjud.
Soliq to’g’risidagi qonunlar buzilishi munosabati bilan intizomiy, moddiy va fuqaroviy-huquqiy javobgarlik masalasi hal qilish chog’ida tegishlicha O’zbekiston Respublikasining Mehnati kodeksi, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, ba’zi boshqa qonun hujjatlari joriy qilgan umumiy huquqiy tartibot amal qilishini nazarda tutish kerak. Xususan, O’zbekiston Respublikasining davlat soliq organlari to’g’risidagi Nizomning 6-bandi ''i" kichik bandiga muvofiq mazkur korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolar qonunsiz bitimlardan va qonunda belgilanmagan asoslar bo’yicha olgan mablag’larini davlat daromadiga undirish haqida tegishli sudlarga da’vo bilan murojaat qilish huquqi berilgan. Bunday hol O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik protsessual kodeksi va O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining normalari qo’llanilishi kerak. Ma’muriy javobgarlik - yuridik javobgarlik turi bo’lib, vakil qilingan organ yoki mansabdor shaxsning qonunbuzarlik qilgan shaxsga nisbatan ma’muriy jazo chorasini qo’llashda ifodalanadi. Ma’muriy javobgarlik umuman yuridik javobgarlikka xos bo’lgan belgilarga egadir. Shu bilan birga, u bir qator o’ziga xos belgilarga ega bo’lib, ular ma’muriy javobgarlikni yuridik javobgarlikning boshqa turlaridan ajratib turadi. Davlat Soliq organlari ko’rib chiqadigan qonunbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikning xususiyatlarini hisobga olgan holda ana shu belgilarning ayrimlarini ko’rib chiqamiz:
1) Ma’muriy javobgarlik jinoiy javobgarlikdan farkli ularok faqat O’zbekiston Respublikasining qonunlari bilangina emas, balki Qorakalpogiston Respublikasining qonunlari, xalk deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan (jamoat tartibini saqlash masalalari, agar bu masalalar MJK bilan tartibga solingan bo’lmasa, shuningdek, tabiiy ofatlar va epidemiyalarga qarshi kurash masalalarida - MJK 56-moddasi) belgilanadi.
Bu umumiy qoida bo’lib, undan joylardagi davlat hokimiyati organlari soliq solish masalalarida ma’muriy javobgarlik belgilashga haqli emasligi kelib chiqadi, ayni vaqtda viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati mahalliy organlari 1993 yil 7 mayda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Mahalliy soliqlar va yig’imlar to’g’risida"gi Qonuni 6-moddasiga muvofiq bir qator mahalliy soliq va yig’imlarni joriy etishga haqli. Bundan tashqari joylardagi mazkur davlat hokimiyati organlariga ayrim savdo qoidalarini belgilash huquqi berilgan. Mahalliy soliqlar va yig’imlari, shuningdek, savdoga taalluqli qoidalarni buzganlik uchun aniq javobgarlik esa MJKning tegishli moddalarida nazarda tutiladi. Amaliyotda ma’muriy javobgarlikning ayrim masalalari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan hal qilinadi. Masalan, Prezidentning 1995 yil 12 maydagi "Xalq xo’jaligida hisob-kitoblarni o’z vaqtida o’tkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida"gi Farmonida soliq organlari debitorlik qarzi muddatida to’lanmaganligi uchun mulkchilikning hamma shakllariga mansub korxona va tashkilotlarning rahbarlariga, shuningdek mazkur korxonalarning bosh buxgalterlariga va bundan tashqari, korxonalarning hisob varaqlarida tegishli mablag’lari bo’lgani holda to’lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzgan tijorat banklari filiallarining rahbarlari va bosh buxgalterlariga eng kam ish haqining besh baravaridan to etti baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima solishi belgilab qo’yilgan.
2) Ma’muriy huquqbuzarlik, ya’ni shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g’ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik ma’muriy javobgarlik uchun amaliy asos bo’ladi (MJK 10-moddasi). Ushbu ta’rifda ma’muriy huquqbuzarliklarning umumiy ob’ekti ko’rsatilgan. Davlat Soliq organlari ko’rishga vakil qilingan huquqbuzarlik ob’ekti soliq solish, savdo va xizmat ko’rsatish sohasi, shuningdek, tadbirkorlik sohasidagi munosabatlardir. Muayyan shart-sharoitlarda ma’muriy huquqbuzarlik jinoyatiga, ya’ni jinoyat kodeksi tomonidan jazo qo’llash xavfi bilan taqiqlab qo’yilgan (JK 14-moddasining 1-qismi) aybli, ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ka aylanadi, Agar ma’muriy huquqbuzarlik ma’muriy jazo bajarilgan kundan boshlab bir yil mobaynida takror sodir etilgan bo’lsa, u jinoyatta aylanadi. Masalan, savdo yoki xizmat ko’rsatish qoidalarini buzish (MJK 164-moddasining 1-qismi) ana shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilsa,
JK 189-moddasi 1-qismi bo’yicha jinoiy javobgarlikka olib keladi. Etkazilgan ziyonning miqdori ham ma’muriy huquqbuzarlikni jinoyatdan farqlaydigan belgi bo’lishi mumkin. Masalan, foydani (daromadni) yoki boshqa soliq solish ob’ektlarini qasddan yashirish, kamaytirib ko’rsatish, shuningdek katga miqdordagi belgilangan soliqlar, yig’imlar, bojlar yoki boshqa to’lovlarni to’lashdan qasddan boshqacha bo’yin tovlash jinoiy tartibda JK 184-moddasi 1-qismi bo’yicha jazolanadi. Bu o’rinda katta miqdor eng kam ish haqining o’ndan o’ttiz barobarini tashkil etadi. Summa bundan kam bo’lganida aybdor MJK 174-moddasining 1-qismi bo’yicha ma’muriy javobgarlikka tortilishi kerak. 3) Ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazolar nazarda tugilgan. Ularning ba’zilari jinoiy fuqaroviy va mehnat huquqining normalarida belgilangan sanktsiyalar bilan bir xil nomlanishga ega, lekin miqdori va qo’llanish tartibi bilan ajralib turadi.
Masalan, MJK 25moddasiga muvofiq, fuqarolarga solinadigan jarimaning eng ko’p miqdori eng kam ish haqining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa o’n baravaridan ortiq bo’lishi mumkin emas (umumiy qoidaga ko’ra). Jinoyat kodeksining 44-moddasida jarima eng kam ish haqining besh baravaridan yuz baravarigacha qilib belgilangan. Mehnat intizomini buzganlik uchun korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati xodimga o’rtacha oylik ish haqining ko’pi bilan yigirma foizi miqdorida, mehnat intizomini muntazam buzganlik, uzrli sabablarsiz progul, ishga mast holda, narkotik yoki toksik sarxushlik holatida kelganlik uchun ko’pi bilan 40 foizi miqdorida jarima solishi mumkin.
Amaldagi qonunlarga muvofiq davlat soliq organlari ma’muriy jazo sifatida faqat jarima solishga haqli bo’lib, uning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davomli huquqbuzarlik uchun esa - u ma’lum bo’lgan paytdagi eng kam oylik ish haqiga qarab belgilanadi. 4) Ma’muriy jazoning qo’llanilishi sudlanishga va ishchdan bo’shatishga olib bormaydi.
Basharti, ma’muriy jazoga tortilgan shaxs shu jazoni o’tash muddati tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etmagan bo’lsa, mazkur shaxs ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi (MJK 37-moddasi). Shuni nazarda tutish kerakki, ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab ikki oydan kechiktirmay qo’llanilishi mumkin. Ozmi-ko’pmi uzoq vaqt mobaynida uzluksiz amalga oshirib kelinayotgan huquqbuzarlik davom etayotgan huquqbuzarlik deb hisoblanadi.
U yagona huquqqa xilof harakatning yagona tarkibini uzluksiz amalga oshirish bilan ajralib turadi. Masalan, foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarning hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda olib borish davom etayotgan huquqbuzarlikdir (MJK 175-moddasining 1-qismi).
Bunda ikki oylik muddatning o’tishi davlat soliq yoki boshqa vakolatli organning mansabdor shaxsi hodisani aniqlagan kundan boshlanadi. Ma’muriy javobgarlikni yuridik javobgarlikning boshqa turlaridan ajratib turadigan ayrim farqlar ana shulardan iborat bo’lib, davlat soliq organlarining qonunlarni qo’llash faoliyatida hisobga olish zarur.
O’zbekistan Respublikasining ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi 1985 yilgi Kodeksi (keyinchalik kiritilgan o’zgarish va qo’shimchalar bilan) davlat soliq organlarining HUQUQ doirasiga to’rtta modda bo’yicha: dori-darmonlar yoki tibbiyot buyumlarini sotish tartibini buzganlik uchun (167-modda 1-qism); foydani (daromadni) yashirish (kamaytirib ko’rsatish) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarni yashirish (hisobga olmaslik) va kassa operatsiyalarini yuritish tartibini buzish (175); tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish tartibini buzish yoki tadbirkorlik faoliyatining taqiqlangan turi bilan shug’ullanish (175 1); davlat soliq organlarining qonuniy talablarini bajarmaslik (176) bo’yicha ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rishni kiritgan edi.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi yangi Kodeks davlat soliq organlariga ko’rish uchun vakolat berilgan ishlar bilan bog’liq moddalar sonini ettitaga etkazib kengaytirdi. Unda tegishli huquqbuzarliklarning tarkibi yangicha ta’riflandi, ayrim toifadagi ishlarni ko’rib chiquvchi organlar o’zgartirildi.
Davlat soliq organlariga ko’rib chiqish uchun vakolat berilgan ma’muriy huquqbuzarlik ob’ektlarining turlari: a) soliq solish; b) savdo va xizmat ko’rsatish; v) tadbirkorlik faoliyati sohasidagi munosabatlardir. Shunga muvofiq holda davlat soliq organlari ko’rib chiqadigan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarning uchta guruhini ajratib ko’rsatish mumkin. "Soliqlar va boshqa to’lovlar to’lashdan bo’yin tovlash" deb ataladigan
174-modda ikki qismdan iborat. 1-qismda soliq solinadigan foydani (daromadni) yoki boshqa ob’ektlarni qasddan yashirganlik (kamaytirib ko’rsatganlik) yohud soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar to’lashdan qasddan bo’yin tovlaganlik uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan.
Ko’rib chiqilayotgan huquqbuzarlikning yuridik tarkibini tahlil qilishga o’tishdan oldin shuni aytish kerakki, soliq to’g’risidagi qonunlar muttasil rivojlanib bormoqda. Vaqti-vaqti bilan Soliq solinadigan ob’ektlarning ro’yxati o’zgartirilmoqda va tuldirilmoqda, soliq stavkalari o’zgartirilmoqda. soliqlar tizimining o’zi ham o’zgarmoqda - ba’zilari joriy etilmoqda, boshqalari bekor qilinmoqda. O’zbekistan Respublikasi Prezidentnning 1994 yil 30 noyabrdagi "O’zbekiston Respublikasida soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini kuchaytirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida"gi Farmoni bunga misoldir. Shu munosabat bilan davlat soliq organlarining mansabdor shaxslari mazkur o’zgartish va qo’shimchalarni doimo diqqat markazlarida tutishlari, soliq to’g’risidagi qonunlarni buzish hollarini baholashga doir aniq masalalarni hal qilishda ularni hisobga olishlari kerak.
Soliq solishdan ozod qilishniig amaldaga tartibini, soliqlar sohasidagi imtiyozlar ro’yxatini bilish ham muhimdir. Soliq qonunchiligi asoslari Xolis qaralganida 174-moddaning 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik soliq va boshqa majburiy to’lovlar tarzida belgilangan summalarni byudjetga o’tkazish uchun asos bo’lib xizmat qiladigan rasmiy hujjatlarda soliq solinadigan ob’ektlar to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirmaslik yoki to’la aks ettirmaslikda namoyon bo’ladi.
Ko’rib chiqilayotgan holatda daromadlar deganda, masalan, xususiy mulk asosida faoliyat olib boradigan tadbirkorlarning daromadi, mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan tushumlar, ko’rilgan ziyonni to’lash tarzida olingan summalar, korxonaga qarashli aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha dividendlar va h.k- tushuniladi. Boshqa to’lovlar deganda turli yig’imlar, shu jumladan, ro’yxatga olish haqi, bojlar, pul-buyum lotereyalari o’tkazishdan kelgan daromadlar va shu kabi soliqqa tortilmaydigan daromadlar tushuniladi.
Korxonalar ayrim fondlarga, shu jumladan ijtimoiy sug’urta fondiga, aholining ish bilan bandligiga yordamlashuvchi davlat fondiga, respublika yo’l fondiga, ba’zi boshqa fondlarga badallar to’lashga ham majburdirlar. Soliq solishdan yashiriladigan summaning miqdori (bu tushunchaga yig’imlar, bojlar to’lash, boshqa to’lovlarni to’lash ham kiritiladi) alohida ahamiyatga ega, chunki agar bu summa eng kam ish haqining o’n baravaridan oshmasa, ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
MJK 174-moddasining 1-qismi bo’yicha huquqbuzarlik sub’ektlari fuqarolar ham, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslari ham bo’lishi mymkin. Mansabdor shaxslar deganda soliq solish sohasida belgilangan qoidalarga rioya etish vazifasi zimmasiga yuklatilgan rahbarlar, bosh (katga) buxgalterlarni anglamoq kerak.
Bunda mulkning tsikli, xo’jalik yurituvchi sub’ektning kimga buysunishi huquqbuzarlikni baholash uchun ahamiyatga ega emas. Shuni ham nazarda tutish kerakki, buxgalteriya xizmatiga ega bo’lmagan korxona, muassasa, tashkilotlarda buxgalteriya hisobi va hisobot ishlarini ixtisoslashgan tashkilot yoki tegishli mutaxassis shartnoma asosida olib borishi mumkin.
Ushbu moddani qo’llash paytida ma’muriy javobgarlikka ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda o’n olti "yoshga to’lgan aqli raso shaxslar tortilishi haqidagi umumiy qoidani hisobga olish kerak (MJK. 14, 20-moddalar), O’zbekiston Respublikasi hududidagi ajnabiy fuqarolar (immunitetga ega bo’lganlaridan tashqari) va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim (MJK 17-moddasi).
Shunday qilib, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bulmagan shaxslar MJK 174-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sub’ekti bo’lishlari mumkin. Uni sodir etish fuqarolarga eng kam ish xaqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan etti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
174-moddannng ikkinchi qismiga muvofiq eng kam ish haqi-ning bir baravaridan uch baravarigacha miqdordagi jarima daromadlar to’g’risida deklaratsiya taqdim etishdan bo’yin tovlaganlik, deklaratsiyani o’z vaqtida takdim etmaslik yoki unda atayin noto’g’ri ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun solinadi. O’zbekiston Respublikasining qonunlarida daromadlar tutrisidagi deklaradiyalarni muayyan muddatlarda fuvarolar ham, korxonalar ham soliq organlariga takdim etib turishlari nazarda tutilgan.
Chunonchi, respublika Vazirlar Maxkamasining "Savdoni erkinlashtirish va iste’mol bozorini tovarlar bilan to’latish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarorida korxonalar, ulgurji va chakana savdo tashkilotlari, shu jumladan, umumiy ovkatlanish korxonalari, o’z daromadlari to’g’risida har oyda deklaratsiya (ma’lumotnoma), topshiradilar, deb belgilab qo’yilgan. 174-moddaning 2-qismi ushbu qismning dispozitsiyasida sanab ko’rsatilgan uch huquqbuzarlik: a) daromadlar to’g’risida deklaratsiya takdim etishdan bo’yin tovlash; b) deklaratsiyani o’z vaqtida takdim etmaslik; v) deklaratsiyada atayin noto’g’ri ma’lumotlarni taqdim etish hollaridan har qandayi sodir etilganida qo’llaniladi. Birinchi va uchinchi huquqbuzarlik hamma vaqt atayin, ikkinchisi ham atayin, ham extiyotsizlik orkasida sodir etiladi.
Deklaratsiyani o’z vaqtida taqdim etmaslik deklaratsiya belgilangan muddat tamom bo’lganidan keyin taqdim etilishida ifodalanadi Deklaratsiyaga atayin noto’g’ri ma’lumotlarni kiritish haqiqiy daromadlarni kamaytirib ko’rsatadigan, mavjud bulmagan xarajatlarni ko’rsatadigan va hokazo ma’lumotlarni berishdan iborat bo’ladi. Agar mazkur huquqbuzarliklar Soliq solinadigan ob’ektlarni yashirish maqsadida qilinsa, ular miqdoriga karab, MJK 174-moddasining 1-qismi bilan yoki JK 184-moddasi bilan ham baholanishi kerak. 174-moddaning 2-qismi buyicha Soliq organlariga tegishli deklaratsiyalarni takdim etishga majbur bo’lgan fuqarolar ham, mansabdor shaxslar ham javobgar bo’ladilar.
Xulosa
“Soliq solinadigan ob’ektlarning hisobini olib bormaslik yoki kassa operatsiyalarini yuritish tartibini buzish" deb ataladigan 175-modda uch qismdan iborat. Ushbu moddaning 1-qismiga muvofiq foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarning hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda olib borish, shuningdek, soliqlarni, byudjetta va byudjetdan tashqari foizlarga boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish va to’lash uchun zarur bo’lgan soliq hisobotlarini, hisob-kitoblarini va boshqa hujjatlarni taqdim etmaslik, o’z vaqtida taqdim' etmasligi yoki belgilanmagan shaklda takdim etish, basharti bu harakatlar to’lanishi lozim bo’lgan soliq yoki boshqa to’lovlarning miqdorini kamaytirishga olib kelsa, eng kam ish haqining bir barovaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Kimga buysunishidan va mulk shaklidan kati nazar yuridik shaxs bo’lgan korxonalar va tashkilotlar (shu jumladan, chet el investitsiyasi yordamida tashkil etilgan korxonalar), shuningdek asosiy faoliyati byudjet mablaglari hisobidan moliyaviy ta’minlanadigan muassasa va tashkilotlar uchun O’zbekiston Respublikasi hududida buxgalteriya hisobi va hisobotining yagona uslubiy (metodologik) asoslari O’zbekisshn Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risidagi Nizom bilan belgilanadi.

Download 26,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish