Reja: yunon shahar-davlatlarining shakllanishi


Xalq yig‘ini — eklessiyada



Download 0,52 Mb.
bet5/6
Sana31.12.2021
Hajmi0,52 Mb.
#255394
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AFINA VA KORINIF DAVLATLARINI PUL TIZIMI

Xalq yig‘ini — eklessiyada oddiy fuqarolar davlatning umumiy siyosatini belgilashda, mansabdor shaxslarni saylashga ta’sir ko‘rsatish, gelieini — maslahatchilar sudiga ishtirok etib mansabdor shaxslarni suiiste’molini yo‘q qilishlari mumkin edi.

Solon islohotlari bo‘lg‘usi Afina demokratiyasining kurtagi edi. Arxont, areopagning roli o'zgarmadi, Polisning urug‘, fillarga boiinishi saqlanib qoldi. Islohotlar fillarda urug‘ huquqini yemirilishiga olib keldi. Endilikda Afina fuqarosi o‘z mulkini erkin tfasiyat qilish huquqini oLi. Otasi hunar o‘rgatmagan o‘g‘il keksaygan otasiga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatidan ozod qilindi. Er. av. VI asr boshlaridagi islohotlar barcha ijtimoiy muammolarni yecha olmadi. Tez orada kuchli ijtimoiy ziddiyatlar Afinada Pisistrat tiraniyasini o'rnatilishiga olib keldi.

Eramizdan avalgi VI asrda Afinada demosning zodagonlarga qarshi uzoq kurashi natijasida demokratik tartib qoidalar g‘alaba qildi. Natijada Afina ko'ngilli qo‘shinlari tarkibi ham o‘zgardi. Uning asosiy qismini og‘ir qurollangan jangchi goplitlar tashkil etdi, ular ko‘p sonli uchinchi qism zevgitlardan toidirilgan. Fetlar yengil qurollangan jangchilami va harbiy flot matroslarini tashkil etdilar.

Afina siyosiy ustqurmasida zodagonlar taynchi areopagga qarshi turgan to‘rt yuzlar kengashi(Bule) tashkil etildi.Kengash a’zolari to‘rt fildan yuztadan fuqaro saylanadigan muntazam faoliyat ko‘rsatadigan organ boidi, to‘rt yuzlar kengashi xalq yiginida ko‘riladigan va tasdiqlanadigan masalalarni tayyorlar edi. Xalq yig'ini (ekklesiya) to ia qonli barcha vakolatlarga ega boigan boshqaruv organi boiib fuqarolarni barcha qatlamlari ovoz berish va uni ishiga qatnashish huquqiga ega boidilar. Xalq yigini muntazam yigiladigan boidi (Er. av. V asrda yilida 40 marta yoki 9 kunda I marta).

Solon davrida davlat tuzilmasining yana bir yangi organi maslahatchilar sudi (gelieya) joriy qilindi. Sudyalar barcha fuqarolardan saylangan. (Solon isiohotlari polis boshqaruvini demokratik shakllari asosini yaratdi, lekin izchil boimaganligi sababli zodagonlar hokimiyatini to ia tugata olmadi.

Afinada Pisistrat tiraniyasi er. av. 560-yil atrofida hokimiyatni zodagonlardan biri Pisistrat qattiq kurash natijasida bosib oldi va o‘zini tiraniya shaklidagi shaxsiy hokimiyatini o‘rnatdi. U dastlab eng muhtoj kichik yer egalariga davlat xazinasidan yordam ko'rsatdi. Qishloq kambag‘allari uchun soliqlar majburiyatini kamaytirdi, qishloq jamoalari huquqini yengillashtirdi. Yer egalarini Afinaga sudga qatnashishidan qutqarib, qishloq joylarida sudyalarni tayinladi. U fuqarolardan qurollarini tortib olib, o‘z hokimiyatini mustahkamladi, fuqarolar daromadiga soliq joriy qildi, bu o'rta hoi dehqonlami og‘ir ahvolga solib qo‘ydi.

Pisistrat dengiz savdosining rivoilanishiga shart-aharoit yaratdi. U Kichik Osiyoda Dardanei bo‘g‘oziga chiqadigan muhim nuqtani bosib olib, Afinani Qora dengizga boradigan dengiz yo‘llari ustidan nazoratini o‘matdi. Afinada savdo hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida bir qancha jamoat inshootlarni qurilishini amalga oshirdi, Akropolni bezadi, shoirlar, rassomlarga homiylik qildi. ' Uning farmoyishi bilan Afinada xalq qo‘shiqchilari to‘planib, ularning so‘zlaridan Gomerning mashhur poemalari «Iliada» va Odessiya»lari yozib olindi.

Pisistratning tadbirlari eski urug‘ zodagonlarining mavqeiga putur yetkazdi, ularning ko‘p vakillari Afinadan quvg‘in qilindi. Er. av. 527-yilda Pisistratning vafotidan keyin o‘g‘illari Gippey va (Gipparx)Afina hokimlari bo‘ldilar. Bu vaqtda kuchli fors davlati Kichik Osiyoni bosib olib, Egey dengizidan Qora dengizga boradigan yo'llarni egallab oldi. Afina dengiz savdosiga katta putur yetdi, natijada Afinaga chetdan g‘alla olib kelish vaqtinchalik uzilib qolib, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashdi. Tabiiyki, bu aholini noroziligini keltirib chiqardi. Aholi Pisistratning o‘g‘illari hokimiyatini ag‘darib tashladi.




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish