Bolalarda yoshga qarab bo'yining o'zgarishi. Yangi tug'ilgan bolaning bo'yi 48-50 sm bo'ladi. Bolaning bir yoshigacha bo`yining uzunligi har oyda 2 sm dan o`sib bir yosh oxirida 75 sm ga yetadi. 2,3 yoshida bo’yi har yili 8 sm dan cho’ziladi. 4; 5; 6 yoshlarda har yili 5; 7 sm ga ortadi. Jinsiy yetilish munosabati bilan qizlarda 12 yoshdan, o`g`il bolalarda 15 yoshdan boshlab bo`yiga o`sish tezlashadi. Bo`yiga o`sish qizlarda asosan 18 yoshda, o’g’il bolalarda esa 20 yoshda to`xtaydi. Butun rivojlanish davrida oyoqlarning uzunligi 5 marta, qo`l uzunligi 4 marta, gavda uzunligi 3 marta ortadi. Jinsiy jihatdan voyaga yetish davrida o’smirning bo’yi har yili 7-8 sm dan o`sadi.
Tana vaznining yoshga qarab o`zgarishi. Tana vazni yoshga qarab quyidagicha o`zgaradi. Yangi tug`ilgan qiz bolalarning o`rtacha vazni 3 kg, o`g`il bolalarniki esa 3,4 kg bo`ladi. Bolaning vazni tug`ilganidan keyingi birinchi oyda 600 g, ikkinchi oyda 800 g ortadi. Bir yashar bolaning vazni tug`ilganidagi vaznidan uch marta ortib 9-10 kg ga yetadi. 2 yoshda bolaning vazniga 2,5-3,5 kg qo`shiladi. 4; 5; 6 yoshlarda bola vazniga har yili 1,5-2 kg qo`shilib boradi. 7 yoshdan boshlab uning vazni tez ortib boradi. 10 yoshgacha o`g`il bolalar bilan qiz bolalar tana vazni bir xilda o`zgaradi. Jinsiy yetilish boshlanishi bilan qizlarning vazni 10-13 yoshlarda tez ortib yiliga 5-8 kg-dan qo’shilib boradi. O`g`il bolalarda esa 12-15 yoshdan vazniga oshishi tezlashib yiliga 7-8 kg-ga ortib boradi. 15 yoshdan boshlab ularning vazni qizlarning vaznidan ortib ketadi.
I.1.1-rasm. Yoshga bog\liq holda tana proportsialarining o’zgarishi.
I.1.2-rasm. Ontogenez davomida tananing o’zgarishi.
Aqliy rivojlanishning notekisligini barcha sinf o`quvchilarida ko`rish mumkin. Bu notekislik ayrim hollarda bolaning aqliy jihatdan orqada qolishi bo`lsa, boshqa holda shaxsning nisbatan tez o`sib ketishi sabab bo`ladi. Birinchi holda bu hususiyatning ustunligi kichik maktab yoshidagi bolalarga xos bo`lsa, boshqa holatda o`qituvchining dars berish mahoratiga ham bog`liqdir. Ikkinchi holatda o`quvchi o`z sinfdoshlaridan o`zib ketgan holda, u mustaqil bo`lishga va o`zbilarmonlikka berilib o`qituvchiga ham buysinmay qoladi. Bunday o`quvchilar o`qituvchiga nisbatan tenglashishga harakat qilib, o`z sinfdoshlariga hurmatsizlik bilan qarab hayot tajribasidan orqada qoladi. Shuning uchun bolalarni nisbatan o`zib ketishiga nisbiy munosabatda bo`lish kerak bo`ladi. Bolalarni individual o`sish va rivojlanishini e'tiborga olmasdan turib ta'lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish mumkin emas. Bolalarning yoshlariga nisbatan aqliy kamol topishi ularning shaxsiy qobiliyatiga va atrof muhit sharoitiga ham bog`liqdir. Ularning aqliy va psixologik rivojlanishi bolalarni o`rab turgan muhitga va o`quv-tarbiyaviy ishlarga ham bog`liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bolalarning nisbatan bir necha yil bir xil sharoitda yashashi ularning shaxsiy o`sish tempiga ta'sir etadi. Shu bilan birga kichik maktab yoshidagi bolalar orasida o`ta qobiliyatlilari ham uchrab turadi. Bularni vunderkinddar (nemis tilida sexrli bolalar) deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |