MAVZU: YOSHLIK, YЕTUKLIK VA KEKSALIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.
Reja:
Yoshlik davri va uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlar.
Etuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari.
Etuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari.
4.Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha.
5. Biologik keksayish.
6. Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi.
7. Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari.
8. Uzoq umr koruvchilarning psixologik xususiyatlari
8.1Yoshlik davri va uning oziga xos psixologik xususiyatlari
Yoshlik davri 2328 Yoshlarda bolib, bu davrning oziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalt oishrishdan iboratdir. Yoshlarning mehnat faoliyati quyidash uchta muhim belshsi bilan boshqa Yosh davrlaridan farkdanadi: 1) mutaxassislikning mohiyatiga, ishlab chikrrish shart-sharoitiga va mehnat jamoasi azolarining xususiyatiga moslashish (konikish) mehnat faoliyatining dastlabki yillari (taxminan 1 yildan 3 yilgacha) yoki jamoada oz ornini topish va qadr-qimmatga erishish; 2) mutaxassis sifatida ozini takomillashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish (mehnat faoliyatining ikkinchi pallasi 3 yildan 8 yilgacha ish staji nazarda tutiladi) yoki kasbkorlik mahoratini egallash; 3) mahorat sirlaridan foyda- lanish, tashabbus korsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy etuklikni namoyish qilish yoki mehnat faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli mahsulot yaratish namunasini korsatish.
YUqoridagi bosqichlar barcha kasbkor egalariga xos bolsa-da, lekin ishlab chiqarishga ertaroqva kechroq kirib kelgan odamlar ortasida Yosh jihatdan tafovut mavjud boladi. Masalan, kasb-hunar kollejini tamomlagan yigit-qizlar oz mehnat faoliyatini oliy malumotli Yoshlardan oldin boshlaydilar, biroqular ham mazkur bosqichlarni bosib otishlari shart.
Hozirgi mutaxassislarning kopchiligi oquv yurtlaridagi nazariy bilimlar bilan amaliy konikmalar ortasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshlab qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar oz mohiyatiga kora uch xildir; ular: a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhit shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlar, mehnat jamoasining saviyasi, undagi kishilarning xarakger xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari, manaviyati, ananalari va hokazo; b) bilim va bilishga oid qiyinchiliklar: maxsus oquv yurtida olgan bilimlardagi uzilishlar, saviyaningcheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning etishmasligi va boshqalar; v) mutaxassislik bilan bogliq oziga xos qiyinchilik- lar; ishlab chikdrishning mohiyash, xususiyash, texnologiya, quriyamalar, asboblar, amaliy konikmaning boshliga yoki ular bilan etarli darajada tanishmaganlik, kasbningiqgasodiy negazini tola anglab etmaslik, xavfsizlik texnikasi, mahsulot ishlab chiqarishning chizma-yoyilmasi va grafik ifodasini taqqoslash murakkabligi, muammolar oldida esankirab qolish. Bu qiyinchiliklarni enshsh davrida insonning ruhiy holatlari, jarayonlari va xususiyatlarida miqsor hamda sifat ozgarishlari roy beradi.
Psixofiziolog P.PLazarevning fikricha, eshitish, korish, periferik va kinestetik sezgirlikning ozgarishi 20 Yoshdan boshlanadi. Bu malumotni chet el psixologlari Fulds, Raven, Pako kabilar yanada rivojlantirib, aqliy va mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 Yosh deb hisobladilar. B.G.Ananev ozining ilmiy- tadqiqotlarida Yoshlik davrida yigit va qizlardagi ozgarishlarni murakkab shaxs jihatlaridan umumiy ruhiy holat, verbal va noverbal aqliy (mantiqiy va mnemik funkdiyalar) sodda jarayonlargacha (organizmda issiklik paydo bolishidan metobolizm modda almashinuvgacha), hatgo shaxsningxususiyatigacha bolgan holatlarni oz ichiga qamrab olishini matematik usullarga asoslangan ilmiy malumotlar va ularning chuqur sifat tahlili orqali korsatib otadi.
Kozlarning farqlashdagi sezgirlish inson Yoshiga qarab ozgarishini tadqiq qilgan S.V.Kravkov sezgirlikning ortishi 25 Yoshgacha davom etishini, barqarorlashuvi esa 25 Yoshdan keyin ham davom qiliishni takidlaydi. B.G.Ananev laboratoriyasida olingan natijalar inson funksional darajasining oshishi 2327 Yoshdaga yigit va qizlarda 44 foiz, funksional holatining barqarorlashuvi 19,8 foiz, funksional darajaning pasayishi 36,2 foizga tengdir. Bu malumotlar kamolot bosqichining turli mikrodavrlarida osish jihatlarining ozaro munosabata har xil kechishini korsatib turibdi. YU.N.Kulyutkin katga kishilarningdiqqat, xotira, tafakkur, bilish jarayonlarini birgalikda organgan. YU.N.Kulyutkin oz tadqiqotida 0130 shkalagacha oraliqni tekshirib, 2225 Yoshlarda diqkdt va xotira 100,5, tafakkur 102,5 ballga tengligini, 2629 Yoshlarda esadiqqat 102,8, xotira 97,0, tafakkur 95,0 ball ekanligini isbotlab berdi. Amerikalik olim V.SHevchuk voyaga etgan odamlarda ijodiy faoliyatning boshlanish nuqgasini tadqiq kilib, 1120 Yoshlar oralishda u 12,5 foiz, 2130 Yoshlarda esa 66 foiz ekanini aniqladi. Ziyolilarning ilmiy mahsuli dinamikasini organgan Z.F.Esareva uning boshlanishi matematiklarda 1823, fiziklarda 2427, biologlarda 2531, psixologlarda 2730, tarixchilarda 2732, filologlarda 2833 Yoshlarni tashkil qilishini korsatib otadi.
Yoshlarning ijtimoiy hayotda qatnashuvini organgan V.SHevchuk ijtimoiy faoliyatga kirishishning eng yuqori choqqisi 25 Yosh ekanini aniqlab, bu hol odamlarning 45,4 foizida bolishini malum qiladi. Uning fikricha, qolgan Yosh davrlarida insonning jamoatchilik faoliyati nisbatan juda kichik birlikni tashkil qiladi, hatto, u 45 Yoshda 3 foizga teng boladi.
Kishilarda korish maydoni chegarasi (idrok) xususiyatini organgan L.N.Kuleshova va M.D.Aleksandrova 1835 Yoshlardagi haydovchilarda uning uch xil: normadan ortiq 11 foiz, normada 47 foiz, qolganlarida etalon boyicha normadan kam bolishini takidlaydilar.
2328 Yoshgacha davrda qator funksiyalar darajasining ozgarishi, takomillashuvi: korish maydonining kolami, koz bilan masofani chamalash, fazoviy tasavvur, bilish darajalari; anglash, diqqat va idrokning yaxlitligi hamda ozgarmasligining osishi boshqa fao- liyat va korish tasirchanliga, qisqa muddatli korish xotirasi yoki mustahkamlanishi namoyon boladi: 2225 Yoshlarda ikki xil omillar doirasi vujudga keladi va ular mnemologik (xotira, tafakkur) va atgensional (diqqat xususiyati va xossasining) majmuasidan iborat boladi.
Yoshlikdavrida yigit-qizlar kamolotigauchta muhim psixoloshk mexanizm, yani mehnat jamoasi, oila mikromuhiti va norasmiy ulfatlar tasir korsatadi. Masalan, mehnat jamoasidagi psixologik muhit, manaviyat olami, barqaror maslak, ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, muayyan ananalar va odatlar yansh azoning xarakgerida ijobiy yoki salbiy ozgarishni vujudga keltirishi mumkin. Mazkur tasir natijasida asga-sekin umuminsoniy fazilatlar tarkib topishi yoki muayyan shaxsiy nuqgai nazar yoqolishi mumkin. Mehnat jamoasit yanga qoshilgan azo unda oz orni va qadr-qimmatini kdror toptirish uchun bir qator yon berishga, oz maslagidan sal bolsa-da chetlashishga majbur boladi. Bu yol jamoadagi psixologik muhitga moslashishi maqsadida ichki ruhiy ziddiyatlarga, murakkab kechinmalarga, unsiz tugyonga qarshi quyilgan qadam hisoblanadi. Shuning uchun yakka shaxs xarakgerini shakllantiruvchi yoki uning mustaxqam ichki rishtalarini emiruvchi omil mehnat jamoasidagi ijgimoiy fikrdir. Jamoaga boysunish har bir azoning burchidir.
Ayrim hollarda kopchilikning tazyiqiga uchragan shaxsda prinsipiallik, adolatlilik singari hislar, shaxsiy nuqgai nazar boshashib qoladi, natijada unda ikkilanish tuygusi paydo boladi. Yoshlik gashtini surayotgan yigit va qizlar ota-onasiga, buva- buvisiga, opa-singillariga, aka-ukalariga, turmush ortogiga, farzandlariga oqilona munosabatda, oila azolarining har biri bilan togri muloqotda bolipsh, muayyan qoidaga asoslangan muomala qilishi shart. Oiladagi shaxslararo munosabatning kolami kengligi sababli bir nechta bosqichli muloqotga asoslanish kerak. Lekin oila tinchligi, totuvligi va ahilligiga halal bermaslik niyatida Yosh yigit va qizlar (kelinlar) vijdon amriga qarshi xatti-harakat qilishga ham majbur boladilar, oz maslaklari, fikrlari, shaxsiy qarashlariga xilof yol tutadilar. Dilkashlik uchun har bir oila azosi bilan umumiy "til" topishga intiladilar. SHunga kora, oila muhiti ham yigit va qizlarning ruhiyati hamda manaviyatini ozgartiradigan omil vazifasini otaydi.
Inson uchun psixologik mexanizm rolini bajaruvchi yana bir omil ulfatlar davrasidir. Ulfatlar odatda shaxsiy mayli, qiziqishi, intilishi, orzu-istaga, maqsadi, qarashlari, Yoshi va xulqi bir-biriga mos tengdoshlardan iboratdir. Kongilchanlik, dostlar rayiga qarshi bormaslik tufayli Yoshlar xarakterida ozgarishlar yuzaga keladi. YUksakhislar, barqaror etiqod, ilmiy dunyoqarash, ichki kechinmalar, mustaqillik va tashabbuskorlik tuygulari poymol boladi, yani "Dostinguchun zahar yut" qabilida ish tutiladi. Natijada masuliyatsizlik, yuzakilik, loqaydlik, ikkiyuzlamachilik, bevafolik singari illatlar tarkib topa boshlaydi. SHuni alohida takidlash kerakki, ulfatlar davrasida yangi fazilatlarni, ishbilarmonlikni, amaliy konikmalarni egallash imkoniyati ham boladi. SHu boisdan ulfatchilikka faqat maishat nuqgai nazaridan yondashmay, uning mazkur imkoniyatlaridan foydalanishga ham harakat qilish ayni mudsaodir.
Yoshlik davri insonning kuch-quvvatga, orzu-havasga, ijodiy rejalarga, izlash va izlanishlarga, aqliy imkoniyatlarga boy davridir. Kelajak taqsiri, mol-kolchiligi, farovonlish, qudrati, madaniyati Yoshlarga bogliq, Shuning uchun ularning istiqbol rejalari, yaratgan loyihalari, shakllanayotgan manaviy va ruhiy olami hech kimni befarqqoldirmaslik kerak.
8.2. Etuklik davrining birinchi bosqichida shaxsning psixologik xususiyatlari
Kamol topishning bu bosqichiga 2835 Yoshlardagi erkak va ayollar kiradilar. Etuklik davrida odam ozining barcha kuch-quvvati, qobiliyati, aql-zakovati, ichki imkoniyatlarini oz kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga tola safarbar qila oladi. Erkak va ayollarning bu davrda mehnat va ijtimoiy faoliyatda muayyan tajribaga egaliga ularni istiqbol sari etaklaydi. Etuk shaxsning boshqalarga munosabati, ularni baholashi, dinamik stereotipida sezilarli ozgarishlar boladi. U endi faqat ozining xatti-harakati uchun emas, balki boshqa odamlarning qilmishlari uchun ham javobgarligini anglay boshlaydi, ayniqsa, hayot tajribasiga ega bolmagan Yoshlarning oz farzandlarining xulq-atvori, yurish-turishi uchun ham kuyadi, ularga imkoniyat boricha erdam berishga intiladi.
Etuklik kattalik, donishmandlik, rahnamolik, gamxorlik, homiylik davridir. Boshqa Yosh davrlaridagi kabi mazkur davrda ham muayyan darajada inqiroz boladi. Bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirishga, kdysi imkoniyatlardan foydalanmagani, ayrim xatolar, tushunmovchiliklar sababli kongilsizliklar vujudga kelganlishni anglay boshlaydi. Oziga ozi hisob berish shu davrning muhim psixoloshk xususiyatlaridan biridir. Organizmdash ayrim ozgarishlar, umrning tez otishi kishini qattiq tashvishga va iztirobga soladi. U bundan keyingi hayotninghar bir daqiqasidan unumli foydalanishga qaror qiladi. Ayrim orzu-istaklarini amalga oshirish uchun jismoniy va ruhiy imkoniyatlari etishmaslishni anglash uning psixikasida "turgunlik" tuygusini vujudga keltiradi. Buning asosiy sababi 3335 Yoshlarda mnemologik attension majmua tubdan qayta qurilishidir. YAxlit mnemologik markazning mnemik (xotira) va mantiqiy (tafakkur) qismlarga ajralishi roy beradi. Attensional holatning omillari saqlanib qoladi, lekin katga Yoshdagi inson intellekti tarkibida xotira va tafakkur muhim orin tutadi. Biroq ozgarishlar uning ruhiy dunyosida, kechinma- larida, his-tuygularida chuqur iz qoldirmaydi, etuk shaxs xotirasida illyuzion xususiyatga ega bolgan tasavvur obrazlari (Yoshlik tuygusi, kayfiyati, orzusi, xom xayoli) saqlanib qolaveradi.
Etuklik bosqichida jismoniy va aqdiy imkoniyatlardan tolaroq foydalanish konikmasi paydo boladi. Bu hol butun kuch-quvvat, aqdiy zoriqish, iroda kuchi, asab taranglashuvi hisobiga emas, balki muayyan konikma, malaka va mahorat asosida roy beradi.
Etuklikning turli davrlarida kamol topish jabhalarining ozaro munosabatini tadqiqqilgan B.G.Ananev laboratoriyasi xodimlari 2932 Yoshlarda funksional darajaning oshishi 46,2, barqaror lashuvi 15,8, funksional darajaningpasayishi 38,0, 3335 Yoshlarda mos ravishda 11,2; 33,3 va 55,5 foizni tashkil qilishini aniqlashgan.
YU.N.Kulyutkin tadqiqotining natijasiga qaraganda, 3035 Yoshlarda diqqat 102,8, xotira 99,5, tafakkur 102,3 birlikka baravardir. Etuklik davri faoliyatining mahsuldorligini organgan G.Leman uning choqqisi kimyogarlarda 30 Yosh, matematiklarda 30 34, geologlar va astronomlarda 3035 Yosh ekanligini va ortacha mahsuldorlik choqqisi 37 Yoshda bolishini qatsd qilgan.
Psixofiziolog S.V.Kravkov kozning farqiash sezgirligi Yoshga qarab ozgarishini 4 Yoshdan 80 Yoshgacha bolgan odamlarda tekshirib, sezgirlikning ortishi 25 Yoshgacha, sezgirlikning barqarorlashuvi 2550 Yoshgacha davom etishi mumkinligini aniqlagan.
Z.F. Esareva oliy maktab oqituvchilari aqliy faoliyatining mahsuldorligi muammosini tadqiq qilib, nomzodlik dissertatsiyasiniyoqlashni matematiklar 26, psixologlar 32, filologlar 34, tarixchilar 31, fiziklar 30, biologlar 32 Yoshda amalga oshirishi mumkinlishni aniqlagan. Kamolotning birinchi bosqichidaga etuk kishilarda ijtimoiy faoliyatda qatnashish istaga 30 Yoshda 18,3 foiz, 35 Yoshda 6,2 foizni tashkil etadi. Demak, ijtimoiy tashkilotlar faoliyatida qatnashish kolami torayib boradi.
Bu davrda erkak va ayollarning tafovutlari namoyon boladi: jismoniy, jinsiy, ruhiy kamolotda ayollar ilgarilab kelgan bolsalar, endi erkaklar oldinga otib oladilar va bu hol inson umrining oxirigacha saqlanib qoladi.
Etuklik davrida ijodiy faoliyatning mahsuldorligini Z.F.Esareva quyidagi mezonlar bilan olchashni lozim topadi: 1) elon qilingan ilmiy ishlarning miqdori; 2) chop qilingan asarlar ichida oquv qollanma, darslik va monografiyalarning mavjudligi;
3) ilmiy tadqiqotda yangi yonalishning ochilishi;
ilmiy muammoni hal qilishda yangi usulning kashf etilishi;
ilmiy makgabning tashkil qilinishi; 6) boshqa mualliflarning ishlariga murojaat qilish va ilova berish miqsori; 7) oqituvchining ilmiy malumotlaridan talabaning mustaqil ishlarida foydalanish kolami; 8) oqituvchi rahbarligidagi diplom va dissertatsiya ishlarining miqdori va sifati; 9) oqituvchining ilmiy faoliyatdagi muvaffaqiyati mukofot bilan taqdirlanishi; 10) dotsent va professor degan ilmiy pedagogik unvonlarga sazovor bolish kabilar.
Mazkur Yoshda shaxsiy hayotdagi yutuqlar, galabalar yoki muvaffaqiyatsizliklar kishining ruhiy dunyosiga qattiqtasir etadi. Natijadaunda takabburlik, magrurlikhislari paydo boladi, ozini boshqalardan ustun qoya boshlaydi yoki, aksincha, hayot zahmatlari uning pessimist, narsa va hodisalarga nisbatan loqaydlik tuygusini vujudga keltiradi. Lekin har ikkala korinishga ega bolgan ruhiy holat ham oila azolari, tengqurlari, mehnat jamoasi azolarining tasiri orqali asta-sekin muayyan yonalishga tushib qoladi.
Umuman, kamolot bosqichidagi odamlar istiqbol rejasi bilan yashashga harakat qiladilar, voqelikka, turmush ikir-chikirlariga, tabiat, jamiyat, koinot hodisalariga befarq qaramaydilar, imkoni boricha xotirjamlik, topguvlik, tinchlik, dosglik, dunyo lazzatlaridan oqilona foydalanish tuygusi bilan yashaydilar.
8.3. Etuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari
Etuklik davri 3655 (60) Yoshlardaga erkak va ayollarni oz ichiga oladi. Mazkur davrda ijodiy faoliyatni qaytadan baholashda oz ifodasini topuvchi yangi xislat namoyon boladi. Ular shu kungacha mehnat faoliyatida miqdor ketidan quvib yurgan bolsalar, endi mehnat mahsulining sifati ustida bosh qotira boshlaydilar. Oilaviy turmushga, ijtimoiy hayotga, yashashning maqsadiga, inson qadr-qimmatiga, tevarak-atrofga, ozlariga va boshqa odamlarga yansh mezon bilan qaray boshlaydilar. Turmushning ikir-chikirlari, ijtimoiy hodisalarga vazmin, sabr-toqat bilan hayot tajribasiga suyangan holda munosabatda boladilar, har bir narsaning nozik tomoni yoki yomon oqibati haqida oz fikrlarini bildiradilar. Hayotda qoldan boy bergan imkoniyatlari, xato va kamchiliklari ularda etti olchab, bir kes qabilida ish tutish tuygusini vujudga keltiradi. Shuning uchun ular umrning biror daqiqasi behuda otishiga achinadilar, Yoshlik yillarida yoqotganlarini aqya-zakovat, donishmandlik bilan toldirishga intiladilar.
Etuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari koproq orin egallay boradi, uning boshlanish nuqgasi 4550 Yoshlardir. Lekin odamlarning oziga xos xususiyatlariga kora, bu chegara turlicha, masalan, bu bir kishida 60 Yoshda, boshqa birida esa 70 Yoshda bolishi mumkin. SHu sababli Yosh davrining chegaralari fakli shartli belgilanadi. Bu omil odamlar yashayotgan oila muhitiga, tarixiy-ijtimoiy shart-sharoitga, jugrofiy iqlim va hokazolarga ham bogliqdir. Mazkur Yosh davrining ozgaruvchanligini insonning biologik, ijtimoiy va tarbiyaviy omillari (irsiy alomat, ijtimoiy muhit, uzluksiz tarbiyaviy tasir) belgilaydi.
YU.N.Kulyutkin bir xil Yosh davridagi odamlarda har xil jarayonlar, holatlar, xossalar, xususiyatlarningosishi, ozgarishi baravar emas, balki ularning birovda oldin xotira, keyin tafakkur, boshqa birovda, aksincha, rivojlanishini, bir psixik jarayonning zaiflashuvi, ikkinchisining jadal surat bilan ostirishini uqgiradi.
SHaxsningoz ichki imkoniyatlarini royobga chiqchrishga intilishi faoliyatning barcha turlarida manaviy va ruhiy jihatdan ozini anglashini yanada takomillashtiradi. Etuklik davridagi erkak va ayollarning ozligini anglashdagi "Men" uch xil korinishda ifodalanadi: "Men" kopincha "Men obraz" shaklida ozi tomonidan talqin qilinadi. SHaxsning "Men obrazi": 1) retrospektiv "Men"dan iborat bolib, otmishdagi ozligini aks ettiradi; 2) aktual "Men" sifatida tasavvur etilib, ozining hozirgi davrini ifodalaydi; 3) ideal "Men" obrazi esa yaqin kelajakda ozining qanday tasavvur qilish tuygusi bilan bogliq holda yaratiladi. Shuning uchun oz imkoniyatlarini hayotda tola safarbar qilish istagi ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida ozining otmish obrazini hozirgisi bilan solishtirib, shaxsiy ideal modelini vujudga keltiradi, shaxs mazkur modelga asoslanib, turmush rejalarini, xatti-harakat maqsadini, usul va vositalarini tanlay boshlaydi. Insonning otmishidan hozirgi kunga, hozirgi kundan kelajakka intilishi ozini anglashning bosh mezoni hisoblanadi. Ozligini anglashning boshqa mezonlari ham mavjud bolib, ular ozini ozi baholash, nazorat qilish, tekshirish, qolga olish, oziga buyruq berish kabilarda aks etadi. Ozini anglash kopincha, oziga boshqa kishilar: a) Yoshi ulug odamlar; b) tengdoshlari; v) ozidan kichik odamlar nuqtai nazaridan qarashda korinadi.
Mazkur Yosh davridagi odamlarning korish maydonini organgan L.N.Kuleshova va M.D.Aleksandrova 3650 Yoshli erkaklarda korish chegarasi quyidagicha ekanini aniqlaganlar: normadan ortiq4 foiz, normada 53 foiz, qolganlari normadan kam. YU.N.Kulyutkin 3640 Yoshli sinaluvchilarda diqqat, xotira, tafakkurning 0130 gacha shkalada 94,8; 93,7; 99,0 birliklarga ega ekanligini isbotlab berdi. B.G.Ananev esa mazkur Yoshdagilarda shaklni idrok qilishni binokulyar va monokulyar yollarida muayyan darajada tafovutlar yuzaga kelishini aytadi.
Qator olimlar (Klapared, Mayls, Bellis, Filip) mazkur Yoshdagilarning tovush va yoruglikdan tasirlanish vaqgi ozgarishini organganlar. Olingan malumotlar amaliy ahamiyatga ega bolib, oz qimmatini hozirgacha saqlab kelmokda. Fulds, Raven, Pako kabi tadqiqotchilar intellektning mantiqiy qobiliyatini tekshirib, 30 Yoshda 96, 40 Yoshda 87, 50 Yoshda 80, 60 Yoshda esa 75 foiz bolishini aniqlaganlar. Ularning ijtimoiy faoliyatga kirish xususiyatini faollik nuqtai nazaridan organgan V.SHevchuk 35 Yoshdagi odamlar- ning 6,2 foizi bu faoliyatda qatnashish istagini bildirsa, 40 Yoshda 2,2 foizi qatnashishni xohlaydi, 2,8 foizi esa undan chiqishga qaror qiladi. Bu holat shu tarzda davom etadi.
Z.F.Esareva oliy makgab oqituvchilarining ijodiy faoliyati xususiyatlarini organib, doktorlik ishlarini yoqlashni matematiklar 33, psixologlar 46, filologlar 46, tarixchilar 47, fiziklar 37, biologlar 40 Yoshda amalga oshirishini aniqlagan.
Umuman, etuklik davrining ikkinchi bosqichiga mansub kishilar bir tomondan, bugun imkoniyatini mehnat va ijtimoiy faoliyatlarga bagishlagani bilan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy faolliklari susayib borishi bilan farqlanadi. CHunki insonning keksayishi ham quvonchli, ham okinchli damlarga, kechinmalarga, his-tuygularga serobliga bilan boshqa Yosh davridaga odamlardan ajralib turadi. Xotirjam dam olish istagi bilan ijtimoiy faoliyatdan uzoqlashish tuygusi ortasida inqiroz vujudga keladi. Qanday qarorga kelish, yani mehnat jamoasi bilan alokdni uzmaslik yoki muglaqo ijtimoiy faoliyatdan chetlashish muayyan holatlardagi motivlar kurashiga bogliqdir.
Hozirgi zamon kishilarining ortacha umr korishi XX asr boshlaridashga nisbatan kdriyb bir yarim ikki marta uzayganlish, etuklik davridagi erkak va ayollarning jismoniy baquvvatligi, manaviyati va ruhiyati tetikligi ijtimoiy faollikni susaytirish haqida soz bolishi mumkin emasligini korsatmokda. Demak, ularning ishchanliga, aqliy qobiliyati, kasbiy mahorati, turmush tajribasi, onshning yuksakligi, manaviyatining boylish, ruhiyatining soflish yangi zafar, mehnat kuvonchlari sari dadil qadam tashlashga tola kafolat beradi.
9.5. Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha
Gerontopsixologiya psixologiya fanining tarkibiy qismi ekanini ilmiy jihatdan S.Xoll asoslagan bolsa-da, lekin bu yonalishning oziga xos xususiyatlari togrisida Mark Tulliy Sitseron ("Katta Katon yoki keksayish haqida" asarida), I.I.Mechnikov ("Optimizm etyudlari" kitobida), Orta Osiyo allomalari donolik, donishmandlik haqidagi durdonalarida falsafiy fikr va muyaohazalarni bildirganlar. Amerikalik psixolog S.Xoll (1846 1924) "Keksayish" monografiyasida amaliy va metodologak ahamiyatga molik qator goyalarni ilgari surgan. Osha asar keng ilm ahli ichiga tez yoyilishiga qaramay, uning izdoshlari birdaniga kopaymadi.
Yigirmanchi asrning 30-yillaridan boshlab keksalik davriga oid tibbiy-bioloshktadqiqotlarning kopayishi, Shuningdek, inson kamolotiga shaxs sifatida yondashishning paydo bolishi psixoge- rontologiyaningrivojlanishiga birmuncha tasir korsatdi. Ana shu tariqa keksayishga tibbiy, ijtimoiy jihatdan yondashish bilan bir qatorda psixologik jabha jihatidan yondashish ham vujudga keldi va psixogerontologiyaning tadqiqot sohasi kengayib bordi, shu soha boyicha ingliz tilida maxsus jurnallar chiqa boshladi. Ilmiy izlanishlarning aksariyati keksayish davridagi odamlar shaxsining xususiyatlari, diqqati, xotirasi, tafakkuri, aql-zakovatiga bagishlangan bolib, boshqa psixik holatlar, jarayonlar juda kam tadqiq qilingan. Hozir keksayish psixologiyasi ham gerontologiyaga, ham ongogenez psixsshogiyasi sohasiga taalluqli degan ikki xil ilmiy nazariya mavjud, vaholanki, ular ozaro bogliq bolib, bir-birini doimo ilmiy axborot va malumotlar bilan boyitib turadi.
Psixogerontologiya fanida gerontologiya, involyusiya, geriatriya, gerogigiena, geteroxronlik kabi ilmiy tushunchalar mavjud. Gerontologiya grekcha soz bolib, keksayishning, keksalikning kelib chiqishi demakdir. Geriatriya sozi keksaygan inson shaxsini davolashni bildiradi. Involyusiya tushunchasi evolyusiyaning teskarisi bolib, osishdan orqaga qaytishni ifodalaydi. Gerogigiena keksaygan odamning salomatligini saqlash va mustahkamlash sohasidir. Gerogigiena keksa odamlarda asab, ruhiy kasalliklarning oldini olish uchun xizmat qiladi. Geteroxronlik bir xil Yoshdagi odamlarda ruhiy jarayonlarning turlicha (har xil vaqg va muddatda) namoyon bolishidir.
Psixogerontologiya fanida gerontogenezning evolyusion omillari qatoriga I.V.Davidovskiy nasliy, ekologik, biologik, ijtimoiy alomatlarni kiritadi. D.Bromley insonning kidirish sikli uchta bosqichdan iborat bolishini takidlaydi: 1) "ishdan, xizmatdan uzoqlashish" (istefo) 66-70 Yosh; 2) keksalik (70 va undan katta Yosh), 3) munkillagan keksalik (hasta keksalik va olim) maksimum 110 Yosh. SHu bilan birga (keksayishning qonuniyatlari ham kashf qilingan, ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) geteroxronlik (har xil vaqglilik) qonuni; 2) oziga xoslik qonuni; 3) xilma-xillik qonuni.
I.V.Davidovskiy "Keksayish nima?" nomli asarida takid- laganidek, inson 5060 Yoshga tolganda yoki undan oshgan chogida etuklikning kechikkan davriga kirib keladi. SHu Yoshdagi odamlarningolimini XVIII asrdagi tengdoshlari bilan taqqoslansa, ularning yashash va mehnat qilish imkoniyati 75 Yoshgacha uzayishi mumkin. CHunki hozirgi kunda nafaqani belgilash haqiqiy bioloshk qarish Yoshidan 1520 yil ilgarilab ketgan. Bu hol aqliy mehnat bilan shugullangan ziyoli odamlarda yaqqol kozga tashlanadi. I.V.Davidovskiyning fikricha, uzoq umr koruvchilar asosan ozshn, faol, harakatchan odamlar bolib, havodan erkin nafas olishni juda yoqgiradilar, organizm faoliyatiga daxldor tinka quritar kasal- liklardan holi boladilar.
Tadqiqotchi P.P.Lazerev 1928 yilda umr otishi bilan koruv apparati markaziy etnologiyasining xiralashuvini aytgan edi. Keyinchalik, 1967 yilda amerikalik psixolog Gregori bu fikrni tajribadan otkazdi va inson keksayishi bilan retseptor appa- ratining optik funksiyasi zaiflashadi, koruv sezgasi va idrokini xiralashtiradi, dedi. Kozningranshi sezishi Yoshi ulgayishi bilan ozgarib boradi, hatgo, rangni ajratish qobiliyati sezilarli darajada pasayadi. SHuni alohida takidlash kerakki, rang ajratish, spektr nurlarining yoyilishi Ibn Sino tomonidan tushuntirib berilgan, fan olamida esa bu kashfiyot Gelmgolsga qiyos beriladi. Korishning pasayishi geteroxron xususiyat kasb etib, spektrning qisqa va tokis qismida (kok va qizil rangda) aniqroq aks etadi.
Psixogerontologik nuqgai nazardan sezish vaqgini tadqilgan E.N.Sokolov, E.I.Boyko, A.R.Luriya sezish vaqti Yosh davrining informatsion stimul funksiyasidan boshqa narsa emas, deya xulosa chiqaradilar. Ular sezish vaqgining egri chiziqli korsatkichlarini sxema tarzida ishlab chiqib, keksalik davriga xos ikkita xususiyatni chuqur tahlil qildilar. Xuddi shunga oxshash malumotlar D.Birron, D.Botvinnik tajribalarida ham olingan.
Psixogerontologiyada keksa erkak va ayollarning psixologak xususiyatlarini organishda koproq test (sinov) dan foydalaniladi. Testlar oz maqsadi, mohiyati hamda tizimiga binoan bir nechta korinishga ega: 1) maqsadga yonaltirilgan, bilim hajmini aniqlovchi standart testlar imtihon sinov varaqasi; 2) insonning aql-zakovatini olchashga moslashtirilgan aql testlari; 3) inson shaxsining fazilatlarini tekshirishga moljallangan testlar; 4) inson istedodi, iqgidori hamda qobiliyatining darajasini aniqlashga qaratilgan testlar.
Keksayish davrida odamlar psixologiyasini organish testlar yordamida amalga oshirilishi sinaluvchilarda irodaviy kuch-quvvat sarflash, aqliy zoriqish, asabiy tanglik holatlarini kamaytirish uchun xizmat qiladi, tajribada vaqgdan tejamli foydalanish imkoniyatini yaratadi. SHu bilan birta testlar kishilarda (rang-barangligi uchun) qiziqish, tabiiy mayl, shugullanish his-tuygusini uygotadi. Testlar bilan ishlashda vaqg cheklanganligi sababli ayrim nuqsonlarga yul qoyiladi, lekin ularni aynan osha sinaluvchilarda muayyan vaqg otgandan keyin takror otkazilsa, kamchiliklar barham topishi mumkin. Keksalar psixologiyasini tadqiq qilishga oid tajribalarda psixogerontologiyaning ayrim usullaridan keng foydalanilmokda.
8.6. Biologik keksayish
Nafaqa Yoshiga tolgan kishilarning ishni davom etgirish istash va ulardan foydalanish ehtiyoji tibbiyot va ruhiyat ilmi oldiga bir qancha talablar qoyadi. Bu talablar M.D.Aleksandrova va uning shogardlari takiddaganidek, 60 Yoshdan oshgan odamlarning somatik sihatliligi ularning ishlab chiqarishda qatnashishiga qanchalik imkon berishini, insonning ruhiy salomatligi ishlashda qay darajada yordamlashishini, soglom keksa odamning psixo- fiziologik funksiyalari, psixik jarayonlari, shaxsiy xususiyat- lari va kasb-korlik uchun zarur talablarga mos kelish-kelmas- ligini aniqlashdan iboratdir. SHularning songgi qismini tadqiq qilish bevosita psixologlarning zimmasida bolib, Yosh ulgayib borishiga qarab fiziologik funksiyalarning ozgarishi psixometriya malumotlariga tayanib muayyan usulda organilishi lozim. Bu usulda bir qancha elat, jamoa hududning xuddi shu Yoshdagi aholisi bilan solishtiriladi. Tadqiqotning bu usuli ayrim ruhiy jarayonlarning Yosh dinamikasini aniqlashga xizmat qiladi.
Asab sistemasining qarishi V.D.Mixaylova-Lukasheva, M.M.Aleksandrovskaya kabi olimlarning fiziologak va gistologak tadqiqotlarida keksalarning asab sistemasi, bosh miya tuzilishi ozgarishi organilgan bolib, bu hol makroskopiya va mikroskopiya malumotlari asosida ifodalangan.
Makroskopiya malumotlariga kora: a) keksalik davrida miyaning ogirliga 20-30 foiz engallashadi: b) bir davrning ozida miya bilan kalla suyagining hajmi ortasida disproporsiya kuchayadi; v) keksayish davrida miya burmalari kamayadi va ariqchalari kengayishi kuzatiladi, bular ayniqsa miya qobigining peshona qismida yaqqol korinadi va etuk Yoshdagi odamlarga qaraganda 34 ta yol qisqaradi; g) miyaning zichligi ortadi.
Mikroskopiyaning natijalariga binoan: 1) nerv hujayra- larining umumiy miqsori kamayadi, bu ozgarish qobigining III-V zonalarida aniq bilinadi; 2) Purkine hujayralarining mikdori keskin kamayadi, hujayralarning yoqolishi etuk kyshilart nisbatan 25 foiz kop boladi; 3) nerv hujayralari ajinlashadi: yadro esa notogri korinishga ega bola boshlaydi; 4) nerv tolalari yogon- lashadi; 5) xabar olib boruvchi yolda mielin tolalarining miqdori ozayadi.
Sensor-perseptiv funksiyalarning qariish. Korish funksiyasining Yosh davri dinamikasiga bagishlangan qator tadqiqotlar mavjud bolib, amerikalik psixolog Kruk tadqiqotining malumotlariga qaraganda, agar vaqg hech bir cheklanmasa, koruv stimullarini idrok qilish 2050 Yoshli odamlarda bir tekis, aniq va togri amalga oshishi mumkin. Mabodo vaqg cheklangan bolsa, idrok qilinayotgan jism qisqa vaqg namoyish qilinsa, qozgatuvchining kuchi ozgarib tursa, Yoshlar bilan kattalar ortasida keskin farq vujudga keladi. Oddiy turmushda bu hol jismlarga uzoq muddat termulish imkoniyati va suniy yorugliqdan foydalanish koruv idroki pasayishining oldini oladi va muvaqqat uzilishni barham toptiradi. L.E.Birron va L.Botvinnik quyidagicha xulosa chiqardilar: sensor axborotni qayta ishlash va stimullarni baholash uchun keksa kishilarga kop vaqg kerak. Korish pasayishining ikkita sababi bolib, biri koz gavharining torayishi, ikkinchisi koz akkomodatsiyasining yomon- lashuvidir.
S.Pakoning fikricha, idrok qilinayotgan obekt va uning stimullari qanchalik murakkablashib borsa, tajribada Yosh davrining farqlari shunchalik ortib boradi.
Bir guruh psixologlarning uqdirishicha, idrok funksiyasidagi Yosh davriga bogliq pasayishning asosiy sabablaridan biri miya postining gnostik zonasidagi neyronlar miqdorining kama- yishidir. U.Mayls va A.Uelford uning pasayishini aytganlar.
Eishtish. Eshitish qobiliyatining eng yuqori darajasi 1415 Yoshlarga togri keladi, undan keyingi kamolot davrlarida biroz pasayish yuz beradi. Kopgina olimlarning fikricha, inson Yoshining ulgayishi bilan eshitishning zaiflashuvi motadil holat hisoblanib, organizmning biologik qarishi bilan uzviy bogliq ravishda kechadi. Ishlab chiqarishdaga kuchli shovqin odamning eshitish qobiliyatini yomonlashtiradi. Eshitish uquvini yuqotish erkaklarda ayollarga qaraganda kup uchraydi.
Tam bilish sezgisida ham Yosh ulgayishi va keksalik tufayli ayrim ozgarishlar vujudga keladi. Masalan, nordon, shirin va achchiq- ni sezish 50 Yoshgacha keskin ozgar- masa-da, lekin undan keyinsh osish davrida maza surgichlari miq- dorining kamayishi evaziga sezsh chegaralarining kengayishi sodir boladi.
Hid sezgirligining ozgarishiga asosiy sabab nerv uchlari va tolalarida karaxtlikning boshlanishidir. Bundan tashqari, hid bilish sezshrligi kamayishining sabablari havoning ifloslanishi, zaharli va kolansa hidsh moddalar bilan nafas olish, chekish, oziq-ovqatda A vitamini etishmas- ligidir.
Keksayganda ogriq va teri-tuyush sezgirligi ham pasayadi. Tebranish sezshrlish ham Yosh otgan sari yomonlashadi, orqa miyaning orqa qismlaridagi degenativ ozgarish ana shu holatni keltirib chiqaradi.
8.7. Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi
Keksayish davriga 61(56)74 Yoshli erkak va ayollar kiradilar. Bu davrdagi kishilar xilma-xil xususiyatlari, shaxslararo munosabatlari bilan boshqa Yosh davrlardagilardan ajralib turadi. Mazkur Yoshdagilarni shartli ravishda ikkita katta guruhga ajratish mumkin: a) mutlaqo istefoga chiqqan, ijtimoiy faol bolmagan erkak va ayollar; b) nafaqaxor erkak va ayollar, lekin ijtimoiy hayotning u yoki bu jabhalarida faoliyat korsatayotgan keksalik alomatlari bosayotgan odamlar. Ularninghis-tuygulari yashash tarziga muvofiq namoyon boladi. Ularning his-tuygulari vujudga kelishi jihatdan ikki xildir: 1) barqaror kayfiyat, hotirjamlik tuygusiga ega bolgan, oz qadr-qimmatini saqlayotgan, nufuz talab erkak va ayollar; b) kayfiyati barqaror, osoyishta xulq-atvorli, oila muhitining sardoriga aylangan, tabiat va jamiyat gozalliklaridan bahramand bolayotgan, ijtimoiy faoliyatdan qariyb uzoqlashgan, qarilik gashtini surayotgan kishilar. Ularning bir guruhi moddiy boylikni manaviyat bilan qoshib olib borishga intilsalar, boshqalari toplangan moddiy boylik bilan qanoat hosil qiluvchilar, qolgan umrini xotirjam, zahmat chekmay otkazishga ahdu paymon qilgan erkak va ayollardan iboratdir. Mazkur Yoshda yuzaga keladigan inqiroz ham mana shu ikkala omilning mahsuli hisoblanadi.
Keksayish davrida biologik organning zaiflashuvi psixik jarayonlarning ham ozgarishiga olib keladi. Ruhiy keksayish alomatlari ayollarda ertaroq paydo boladi. Erkak va ayollar orta- sidagi farqlar borgan sari yaqqol kozga tashlana boshlaydi. Bu farqlar bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira, tafakkur), axloqqacha (farosatlilik, hushyorlik, hozirjavoblik, topqirlik) va aql-zakovat (aql, bilim, ijtimoiy tajriba, mahorat, ijodiy faoliyat, barqaror malaka) kabi ruhiy holatlarda oz aksini topadi. Ayollarning zaifa deb nomlanishi ham bejiz emas, chunki jismoniy zaifliqdan tashqari boshqa ruhiy kechinmalarda ham beqarorlik sezilib turadi (koz Yoshi quvonchdan bolsa irodaning zaifligini korsatadi, gam-gussa, okinish, tugyon sababli bolsa his-tuyguni boshqarish imkoniyati yoqligini korsatadi). Ayollarning tabiiy azobdan (tugish, bola tarbiyasi) tashqari xizmat, oila tashvishi, yumushi, mehr-muhabbatga otashligi, nozik qalbi tashqi qozgatuv- chilarga tez javob beruvchanligi jihatdan ertaroq qarishga olib keladi (asab sistemasining buzilishi, irodaviy zoriqish, aqliy tanglik holatlari).
Psixologlar keksayish davridagi erkak va ayollarning ruhiy dunyosini organish boyicha tadqiqot ishlari olib borganlar. Amerikalik V.SHevchuk mazkur Yoshdagi odamlarning ijtimoiy faoliyatda qatnashishi xususiyatini tekshirib, 65 Yoshlilarning 24,1 foizi, 70 Yoshlilarning 17,4 foizi, 75 Yoshlilarning 7,7 foizi ijtimoiy faoliyatdan voz kechganligini aniqlagan. Oliy maktab muallimlarining ilmiy mahsuldorligi dinamikasini tadqiq qilgan M.D.Aleksandrova matematika, fizika, biologiya, psixologiya va boshqa sohalarning vakillari ortasida keksayishning birinchi bosqichida (6166 Yoshlarda) bir oz farq mavjud bolsa-da, uning ikkinchi bosqichida (67-72 Yoshlarda) osha tafovut ham yoqolib borishini takidlavdi. L.I.Zaxarova esa keksayish davridagi erkak va ayollarning oliy nerv faoliyatini tekshirib, ularda ranglarni korish maydonining chegarasi uchun quyidagilar muhim rol oynashini uqtiradi: 1) korish yollari analizatori chekka qismlarining holati; 2) markaziy nerv sistemasining umumiy faolligi; 3) insonning Yoshi; 4) korish analizatorining faoliyat korsatish sharoiti; 5) insonning jinsi.
Amerikalik psixolog D.Veksler keksayishda aqlni olchash uchun 1939 yilda maxsus test ishlab chiqqan va "Katta kishilar aqlini olchash va baholash" nomli kitobida test otkazish usuliyatini batafsil bayon qilgan.
D.Veksler tavsiya qilgan formulaga binoan har qanday Yoshdagi shaxsning akdiy kamolot darajasini mazkur Yoshga munosib tarzda ishlab chiqsa bo‘ladi. Buning uchun muallif aql koeffitsienti atamasidan foydalanadi:
AK= ─×100
D.Veksler shkalasi bo‘yicha AV — shaxsning aqliy ko‘rsatkichini, KV (keksayish darajasi) esa kalendar Yoshini anglatib keladi.
"Veksler batareyasi" 11. ta subtestdan iborat bolib, ulardan 7 tasi verbal (sozlardan tuzilgan), 4 tasi noverbal (alomatlardan iborat)dir. Barcha korsatkichlar boyicha eng yuqori natijaga 1525 Yoshlilar, boshqa malumotlarga kora 2629 Yoshlilar erishadilar; keyin 4045 dan asta-sekin pasayish boshlanadi; 60 65 Yoshlarda bu korsatkich yanada quyiga tushadi.
D.Veksler keskin ozgaruvchan va kam ozgaruvchan Yosh davri funksiyalariga alohida etibor beradi. Birinchisiga qiskd muddatli xotira, oxshashlik, simvollar, Koss kubchalari; ikkinchisiga lugat boyligi, umumiy malumotlilik, rasm tuzish (tartibga keltirish manosida), tugallanmagan rasmlarni vdrok qilish kiradi. Mazkur variatsiyalardan foydalanib, eksperimental psixologiyaga yangi korsatkich kirigishni taklif qiladi, uni deterioratsiya koeffitsienti deb ataydi (deterioratsiya yomonlashuv, buzilish, demaqdir):
DK = ──×
bu erda BKX — barqaror ko‘rsatkich, BK2 — beqaror ko‘rsatkichni bildiradi.
Yosh odamlarda mazkur koeffitsient 5 foizdan oshmaydi, keksalarda esa 20 foizga yaqinlashadi. Ko‘rinib turibdiki, Yosh ulg‘ayishi bilan nomutanosiblik darajasi o‘sib boradi.
D.Veksler testi togrisida har xil tanqidiy mulohazalar mavjud bolsa-da, lekin muallifning Yoshlarga tatbiq qilgan testi ularning aqliy tayyorgarligi darajasini, oqishga uquvliligini bildirsa, keksalarda u hayotiy tajribalarga asoslangan donishmandlikni anglatadi, degan fikr togridir.
8.8. Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari
Keksalik davriga 7590 Yoshdagi erkak va ayollar (buva va buvilar) kiradi va bunday odamlarning boshqa Yosh davrlaridagi odamlardan keskin farqlanadigan xususiyatlari yaqqol kozga tashlanadi. Keksalarni jismoniy va aqliy faollikka moyil hamda passiv turmush tarziga konikkan qariyalar guruhlariga ajratish mumkin. Ijtimoiy faollik faxriylar jamoasida, kasbiy jamoalar faoliyatida qatnashishda oz ifodasini topadi.
Keksalik davrida foniy dunyodan umidsizlik tuygusi paydo boladi va bu hol faollikni, istiqbol rejalarini tuzishga intilishni susaytiradi. Lekin "Oglimni uylantirsam, dunyodan armonim yoq" qabilidagi mulohazalar doimiy odatga aylanib qolgan. Keksalikning ikkinchi muhim xususiyati betobliqda vasiyat qilish, qarindosh-uruglardan rozi-rizolik tilashidir. Jismoniy harakat imkoniyatiga ega bolgan qariyalar mehnat qilishga intila- dilar, biroquning mahsulidan kongillari sira tolmaydi. Ular tarixiy voqealarni tirik guvoh sifatida batafsil bayon qilib beradilar. Nutqdagi juziy kamchiliklarni hisobga olmaganda (ayrim mantiqiy boglanishdagi nuqson, talaffuzning buzilishi) keng kolamdagi axborotlarni ozgalarga uzatish imkoniyatiga ega.
Biologik qarish psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar va xatti-harakatlarda keskin ozgarishlarni vujudga keltiradi. Aksariyat sezgi organlari zaiflashadi, asab sistemasi kuchsizlanadi, malumotlarni qabul qilish (xotira) va ularni qayta ishlash, mohiyatini anglash (tafakkur), u yoki bu holatlarga nigohini toplash va unda muayyan muddat tutib turish (diqqat) qiyinlashadi... Irodaning kuchsizlanishi ogriq sezgidariga nisbatan bardoshlilik tuygusini emira boshlaydi. Natijada tashqi tasirni qabul qilishda dikqatni saralash xususiyati oz ahamiyatini yuqotib borishi sababli qari odam bola tabiatli arazchan, kongli bosh, hissiyotga beriluvchan xarakterli bolib qoladi. Shuning uchun ular bilan muloqotga kirishishda mazkur shaxsning sifatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Xotiraning zaiflashuvi qariyalarda xayolparastlik illatini keltirib chiqaradi, kopincha esda olib qolish, esda saqlash va esga tushirish ortasida kopgina sabablarga kora nomutanosiblik tugiladi, natijada unugish jarayoni kuchayadi. Diqqatni muayyan obektga toplay olmaslik oqibatida biron faoliyat turi ustida uzoq mashgul bola olmaslik vujudga keladi. Narsa va jismlarni notogri idrok qilish, yani illyuziyalar koproqorin egallaydi. Monokulyar va binokulyar korishda xilma-xillik yuzaga keladi. Xarakger xislatlarida chekinish, hadiksirash, ishonchsizlik hislari etakchi rol oynay boshlaydi.
Psixologlardan I.Baylash va D.Zabek keksalarda xotira, idrok, mantiqiy tafakkur, eruditsiya, nutq surati kabilarni tadqiq qilib, ular ortasidagi korrelyasion boglanishni (xotira 0,20, idrok 0,28, mantiqiy tafakkur 0,37, eruditsiya 0,33, nutq tezligi 0,40 ligini) aniqlaganlar. Amerikalik psixologlar Frend va Zabek keksalik davrida tafakkurning tanqidiyligini organishda deduksiya va sillogizmlardan foydalanib, keksalikda tafakkurning obekti torayishi va keskin rad qilish kuchayishini aniqlaganlar. D.Bromley qariyalarda ijodiy tafakkurning pasa- yishi, ota qiyinchilik bilan yangi sharoitga moslashuvini va dog- matizmga asoslanishini topgan.
B.A.Grekov soz assotsiatsiyasi metodi asosida keksalarda xotira jarayonining xususiyatini tekshirgan. Uning malumotlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
7080 Yoshlardagi keksalikda xotira (ayniqsa mexanik esda olib qolish) zaiflashadi;
7089 Yoshlarda mantiqiy-manoli xotirada miqdorning ahamiyati saqlanadi;
obrazli xotira zaiflashadi;
7089 Yoshlarda xotiraning barqarorlik negizida manoning ichki aloqdsi yotadi;
uzoq muddatli xotira kuchsizlanadi;
90 Yoshda nutqning ichki boglanishi buziladi;
xotiraning obrazli, hissiy turlari nutqning tuzilishiga boysunmay qoladi.
Psixologiyada qariyalarda aqdiy faollikni organishda korrek- sion sinov va Krepylin sinovidan foydalaniladi. Kamolotning umumiy modeli U.SHayening uch omilli variantlari yordamida yaratiladi.
Hozirgi zamon psixologiya fanida keksalikni uchta tomondan: ontogenez psixologiyasi, psixogerontoloshya va tibbiyot psixoloshyasi yonalishlarida organish zarur malumotlar toplash imkoniyatini bermoqda.
Soglom qariyalarda donishmandlyk umrning oxirgi nafasiga qadar saqdanishi tajribaLarda qayd qilindi. Psixopatologik qolatlar barcha qariyalar uchun majburiy bosqich emasligi ham tasdiqdangan.
Keksalik davrida, umuman aellar bilan erkaklar orgasidagi donishmandliqda farq mavjud bolsa ham, lekin qariyalar orasidash donishmandlik, donolik xislatlari ham ikkala jinsga xosdir. Shuning uchun ikkala jins ortasida bIologik qarishda tafovut mavjud bolsa-da, lekin ruhiy jihatdan zaiflashuv jarayonida ozaro yaqinlik hukm suradi.
Psixogerontoloshyada yuksak ijodiy faoliyatning oziga xos korinishlarini tadqiq qilish rassomlar, yozuvchilar va basta- korlarning ijodini, huquqshunoslarniig qobiliyati va mahoratani, hisobchilarning kasbiy malasalarini organish yonalishlarida amalga oshirilgan.
G. Leman oz tadqiqotlarida turli sohalardagi mutaxassislar faoliyatini tahdil qilib, ularning oziga xos xususiyatlarini atroflicha ifodalagan. Masalan, fransuz rassomi Klod Mone 50 Yoshdan 86 Yoshigacha ijodiy quvvatini sira boshapggirmay, sermahsul mehnat qilgan. Uning ijodida hech qanday tushkunlik roy bermagan. Ijodiy mahsuldorlik evolyusiyasi Titsian, L.Kronax, O.Tian, Mikelanjelo kabi onlab ijodkorlarga xosdir.
G.Leman oz tadqiqotlarida ijodiy faollikning oziga xos korinishlarini yozuvchi misolida organgan. Muallif hind yozuvchisi R.Tagorning ijodiyotini tahlil qylib, uning ijod choqqisi 69 Yoshda bolganini aniqdagan (yozuvchilar ijodiyot choqqisi 34 Yoshda, 43 Yoshda ham uchraydi). R.Tagorning 25 Yoshida yozgan "Kslin" sheri bilan 78 Yoshida yozgan "Sarob" asari ortasidash oxshashlik va ustushtik chuqur ifodalangan.
G.Leman bastakor I.S.Bax (1685-1750) ijodiyotini tekshirib, uning durdona asarlari keksalikda yaratilganini aniqdagan. G.Leman oz tajribalarida huquqshunoslik, hisobchilik kasblaridagi shaxslarni organib, ular ijodiyotining muhim jihatlarini ochib bergan.
A.R.Luriya xotiraning oziga xos xususiyatini jurnalist misolida organib, keksa kishilar psixikasi boyicha ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bolgan malumotlar toplagan.
Keksalik Yoshidagi chol va kampirlarda oz shaxsiyatiga yangicha munosabatlar paydo boladi. Kopincha ular ozlarini kamroqbezovta qilishga, jismoniy kuch-quvvatni ayashga, ehgiyotkorlik bilan harakat qilishga odatlanadilar, organizmlarining toliqishiga yol qoymaydilar, iloji boricha nutq faoliyatiga kamroq murojaat qiladilar, ortiqcha axborotlarni qabul qilmaydilar. Shuninguchun keksayganda "jon shirin bolib qoladi".
Keksalikda er-xotin ortasidagi munosabat yanada mustah- kamlanadi, yangi shakl va yangi sifat kasb etadi. Muloqot kezida barcha taassurotlar, malumotlar, kechinmalar, his-tuygular yuzasidan fikr almashadilar. Bir-birlarini qumsash, hamdardlik kabi yuksak tuygular totuvlikni yanada mustahkamlaydi.
Keksalik davrining yana bir xususiyati boshqa kishilarga, begonalarga ham xayrixohlik bildirishdir. Ana shu yuksak inson- parvarlik hissi tufayli ular er yuzidagi jamiki inson zotiga yaxshilik tilaydilar. Bu songgi yuksak tuygu baynalmilalchilikning tabiiy korinishidir. Qariyalardagi rahmdillik, poklik, orasgalik, muloyimlik, samimiylik singari tuygularning ifodalanishi boshkd Yosh davridagi odamlar tuygusiga aslo oxshamaydi. Shuning uchun "qari bilganni pari bilmas", degan naql bor.
Uzoq umr koruvchilarning psixologik xususiyatlari
Yirik jahon psixologlari S.Pako, G.Offre, L.Bine, U.Maynot, E.Medavir, A.Komfort, I.V.Davidovskiy, B.G.Ananev, N.V.Nagorniy, E.D.Aleksandrova va boshqalar uzoq umr korish sirlarini ekologak omillar orqali tushuntirishga harakat qila- dilar. Aksariyat olimlarning fikricha, ekologik omillar insonning yashash sharoitiga, kamol topishiga, bevosita yoki bilvosita tasir qiladigan omillardir. Insonning ijtimoiy muhiti sharoitlari ichiga kasb mehnati, turmush tarzi, madaniyati va manaviyati kabilar kiradi.
Jahon fani toplagan malumotlarga kora, ochiq havoda ortiqcha zoriqishsiz jismoniy mehnat bilan shugullangan odamlarda harakatningtezligi, qad-qomatning tikligi, manaviy tetiklik, ruhiy faollikuzokroq saqlanadi. Mana shu holat jismoniy tarbiya bilan doimiy shugullanuvchi kishilarda ham boladi.
"Umrni uzaytirish muammolari" nomli (1952) kitobda dogis- tonliklarda uzoq umr korishnipg asosiy sabablary quyidagilar ekani takidlangan: 1) Respublikaning togli qismidagi iqlim sharoiti va jogrofiy omillar; 2) sutkasiga 34 marta istemol qilinadigan goshtli, osimlik moyli va sutli oziq-ovqatlar, chekishning, ichish va ortiqcha jinsiy aloqaning taqiqlangani; 3) avloddan-avlodga asrlar davomida otib kelayotgan madaniy ananalar, oziga xos turmush tarzi va uning xususiyatlari; 4) gigiena- ning barcha qonun va qoidalariga rioya qilinishi va butun umr boyi jismoniy mehnat bilan shugullanish; 5) bir maromda ham passiv, ham aktiv hordiqchiqarish; 6) aholi turmush darajasining moddiy-maishiy jihatdan yaxsh ilanishi va hokazolar.
S.Pako va uning izdoshlari takidlaganidek, keksayish jarayonida ayrim psixofiziologik va psixologik jarayonlarning barqarorlashuvi inson umrining uzayishiga, unda ijodiy faollik uzluksiz davom etishiga yordam beradi, aqliy mehnat bilan doimo shugullanuvchi keksa odamlarda mantiqiy xotira saqlanadi. SHu bilan birga iqgidorli va akdni peshlash mashqlari bilan shugullangan kishilarda ham intellektning yuksak darajasi saqlanib, boshqa bilish funksiyalarining faoliyati bir tekis harakatni vujudga keltiradi.
Uzoq umr korishning, umr uzayishining muhim omillaridan yana bittasi kasb-korlik faoliyatiga bogliq psixik holatning barqarorlashuvidir. Ana shu holatga insonning korish idrokida fazoni farqlash (fazoviy tasavvur) qobiliyati kiradi. Fransuz gerontologi va oftalmologi G.Offre ozining "Gerontologiya asoslari" (1960) kitobidan joy olgan "Kozning keksalarga xos ozgarishi" asarida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bolgan malumotlar keltiradi. Uning fikricha, keksalikda presbioniya (grekcha, qarilikda korishning zaiflashuvi) hodisasi roy berib, yaqinni korish yomonlashadi. G.Offreningfikricha, 10 Yoshdan korish akkomo- datsiyasining kuchi pasayishi kuzatiladi, agar 10 Yoshda akkomodatsiya kuchi 16 dioptriyaga (grekcha optik olchov) teng bolsa, 4045 Yoshda 4, keyinchalik esa 1 dioptriyaga tushib ketishi mumkin. 5060 Yoshlarda aqqomodatsiya ozining eng quyi darajasiga tushadi, biroq shundan keyingi Yosh davrlarida barqarorlashib boradi. Jahon psixologiyasi fani malumotlariga qaraganda, akkomodatsiyaning kuchi shunchalik kamayib boradiki, yaqinni faqat kozoynak bilan koriladigai boladi.
Bazi manbalarda mayda narsalar bilan shugullanmaydigan, kozi uzoqni korishga organgan odamda akkomodatsiya yuksak darajada saqpanishi, koz xiralashuvi juda sekin, goho butunlay roy ber- masligi mumkin.
M.YA.Lojechnikova va L.N.Kuleshovaning aniqlashicha, haydovchi- lar, temiryolchilar, ovchilarningkorish sezshrligi Yoshligada 1 yoki 1,5 birlikka teng bolsa, uzoq yillardan keyin ham ozgarmasligi mumkin.
I.V.Davidovskiy va B.G.Ananev takidlaganidek, qarish va uzoq umr korish oziga xos xususiyatlarga ega. Binobarin, umrni uzaytirishning juda kop omillari bor. YUqorida uzoq umr ko- rishning ekologak omillari ifodalandi, lekin uning psixologik, ijtimoiy-psixologak omillari, manbalari va mexanizmlari ham mavjuddir. Umuman aytganda, insonning umrini uzaytirish uchun shaxslararo yaxshi munosabat, shirin muomala, samimiy muloqot, oilaviy totuvlik, asab sistemasini asrash, barqaror his-tuygu, hamdardlik, psixik faollik, irodaviy tetiklik bolishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |