Reja: Yosh xivaliklarning o‘ziga xos yoli



Download 329,32 Kb.
Sana18.09.2021
Hajmi329,32 Kb.
#177794
Bog'liq
Topshiriq 3


Mavzu: Yosh xivaliklar faoliyati.

Reja:


1. Yosh xivaliklarning o‘ziga xos yoli.

2. Maorif sohasida olib kirgan yangiliklari.

3. Yosh xivaliklarga qarshi kurash va uning taqiqlanishi

Yosh xivaliklar» tashkiloti 1917-yilda Xiva jadidlarining so‘l qanotidan ajralib chiqdi. Uning tashkilotchi va asoschilari Xusaynbek Matmurodov, Bobooxun Salimov, Poliyoz Hoji Yusupov, Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov va boshqalar edilar. Ular m s podshosi istibdodi bilan uyg‘unlashgan mustabid xon zulmi, mutaassiblik, xurofot, xilma-xil soliqlaming ko'pligidan azoblanayotgan xalqni erkin va farovon turmushga olib chiqish, Vatanni iqtisodiy va madaniy taraqqiy ettirish y o ‘lida bosh qotirdilar va demokratik islohotlar o ‘tkazish, mamlakatda hayotni yo'lga quyishda xon hokimiyatiga muxolifatda b o ‘ldilar. Bu muxolifatda taraqqiyparvarlar orasida xonlikdagi yirik ulamo va amaldorlar vakillari ham bor edi. Jumladan, Bobooxun Salimov islom homiysi - Shayxul-islom, y a’ni qozikalon mansabida edi.





U o ‘z lavozimidan foydalanib Xiva xoni Asfandiyorxonni adolatparvar, xalqqa mehr-shafqatli b o ‘lishga chaqirdi. «Turon» gazetasining yozishicha, 1917-yilning 4-aprelida Xiva shahridagi ms askarlari, deputatlari sho'rosi va Bobooxun Salimov rahbarligidagi «Yosh xivaliklar» namoyish o'tkazdilar. Bundan cho'chigan Asfandiyorxon 5-aprelda «Yosh xivaliklar» qo'mitasi tomonidan yozilib unga taqdim etilgan manifestga imzo chekishga majbur b o ‘ldi. Xon mulozimlardan Ibrohim X o 'ja o 'g 'lin i, Ashir Mahram Ali o'g'lini, Ro‘zimuhammad Mahram Muhammad Amin o ‘g ‘lini va Ota Mahram Mamatmahram o ‘g ‘lini Yosh xivaliklar qo‘liga topshirdi1.Yosh xivaliklar tomonidan tayyorlangan va Said Asfandiyor Bahodirxon imzolagan 7 moddadan iborat manifestning birinchi moddasida, jumladan, quyidagilar yozilgan edi: «... tarix hijriy ming uch yuz o ‘ttiz beshinchi jum adilaw alning yigirma beshinchi kuni erdikim, milodiy yilning bir ming to ‘qqiz yuz o ‘n yettinchi yil aprel oyining beshinchi kunida men Xiva xoni Said Asfandiyor Bahodirxon tubanda yozilgan o ‘zimni xohishimni e ’lon qilaman. A w alo mening sodiq fuqarolarimga «Idorai Mashrutiya» berdim, toki ular o ‘zlarini xohlaganicha mamlakatni shariatga muvofiq ham zamon taqozosiga muvofiq idora qilsinlar. Chunonchi, o ‘zlari xohlagancha fuqarolaming maslahati bilan saylov qilib, hukumat ishlariga o ‘zlari xohlagan odil odamlarni tayin qilsinlar».Mazkur manifest asosida mamlakatni boshqaruvchi «Idorai Mashrutiya» tuzildi. Uning rahbarlari etib Yosh xivaliklaming vo'lboshchilari Polvonniyoz Hoji Yusupov, Husaynbek Muhammad- murodovlar saylandilar. 1917-yil 6-apreldan o ‘z faoliyatini bosh-lagan «Idorai mashrutiya» shu kuni Xiva shahrining K o‘hna Ark maydonida shahar fuqarolarining ko‘p ming kishilik mitingini tashkil etdi. Ushbu mitingda Xiva xoni tomonidan tan olingan manifest xalqqa o ‘qib eshittirildi. Unda Xivada xonlik tuzumi ag'darib tashlanganligi va uning o ‘m iga Xiva xoni boshchiligida Konstitutsiyaviy monarxiya tuzumi qaror topganligi xalqqa m a’lum qilindi. Saylov yo ‘li bilan deputatlar majlisi va Nozirlar kengashi tashkil topdi. 8-aprelda bo‘lgan Majlisning birinchi yig‘ilishida deputatlar majlisining raisligiga Bobooxun Salimov, Nozirlar (vazirlar) kengashi raisligiga esa Husaynbek Matmurodov saylanadilar. Ana shundan so'ng majlis va hukumat butunlay «Yosh xivaliklar» qo‘liga o ‘tdi. Majlis nomidan e ’lon qilingan Manifestga ko‘ra, xonlikda vaqf, mulk (xususiy) va podshohlik erlari daxlsizligicha saqlanib qoldi, xazinaning kirim va chiqimlari ustidan nazorat o'm atildi, shariat sudlari davlat ta ’minotiga o ‘tkazildi, yangi usuldagi jadid maktablari ochilishi belgilandi. Majlis deputatlari orasida dastlab turkman millatining vakillari v o'q edi. Keyinroq ulaming talablari ham qondirildi, turkman millati vakillaridan 7 kishi majlis deputatlari tarkibiga kiritildi. Qoraqalpoqlaming vakillari ham Majlisda o ‘z o'm iga ega b o ‘ladi. Bular, albatta, jadidlar rahbarligida boshlangan ozodlik va erk uchun kurashning dastlabki yutuqlari edi.Ammo bu g'alaba uzoqqa bormadi. U bor yo‘g ‘i 7 oy umr ko‘rdi, xolos. Asfandiyorxon Rossiya muvaqqat hukumatining Xivadagi vakili general M irbadalovga suyangan holda 1917-yil iyun oyining boshlarida jadidlar boshliq majlisga qarshi fitna uyushtirdi.General Mirbadalov Xiva xonligidagi reaksion kuchlarga tayanib Yusuf Oxun, Jalol Oxun, Davlat Oxun, Tavdiy afandi, Mulla Ramazon va boshqalar rahnamoligida ko‘hna Ark yaqinida maxsus miting tashkil qildi.



Miting qatnashchilari Yosh xivaliklami «dindan qaytgan kofirlar» deb e ’lon qildilar va deputatlar majlisini tarqatib yuborishga da’vat etdilar. Bu paytda Bobooxun Salimov va «Yosh xivaliklar»ning boshqa yirik namoyandalari Toshkentga Sho‘ro hukumatidan yordam so‘rash uchun jo ‘nab ketgan edilar. Xon Nozirlar kengashining raisi H.Matmurodov boshliq jadidlam ing 17 vakilini qamoqqa oldi. Keyinchalik ularning juda oz qismi qamoqxonadan qochishga muvaffaq bo‘ldi. Qolganlari esa otib tashlandi. Jadidlar «Shariatga xiyonat qilgan»likda ayblanib ta ’qib ostiga olindilar va quvg‘in qilindilar. Xiva xoni majlisga yangidan «saylov» o'tkazdi. Uning raisi qilib Ortiq Oxun saylandi. Nozirlar kengashining raisi lavozimi esa Bosh vazir deb qayta nomlandi va unga Isoqxo‘ja tayinlandi. Bu amalda o ‘ziga xos davlat to ‘ntarishi edi. Bu ishni amalga oshirishdagi xizmatlari uchun xon Mirbadalovga 40 000 so‘m pora berdi. B.Salimovning boshi uchun katta miqdorda pul v a’da qilindi. Uning singlisi Ullijonbiy tutib olinib, qiynab o ‘ldirildi. Shundan so‘ng B.Salimov va boshqa jadidlar yashirin faoliyat yuritishga majbur bo‘ldilar. Ularning ko‘pchiligi Amudaryoning narigi tomonidan, sho‘ro hokimiyati o'm atilgan o ‘ng sohilidan boshpana topdilar. Asfandiyorxon mamlakatda xalq noroziliklarini bostirish va jadidlam i «tartib»ga chaqirishda m s askarlaridan foydalandi. 1917- yil iyulda Rossiya muvaqqat hukumati Xiva xonligida maxsus harbiy m a’muriyat tashkil etdi. Harbiy komissar Zaysev xon yordam uchun jazo otryadlarini tashkil etib, shahar va tumanliklarga uqsimlandi. Xalq ommasining haq-huquqlari rus askarlari tomo- indan toptaldi va oyoq osti qilindi. Bu ham yetmagandek, 1917- yiIda xonlik hududida ocharchilik avj olabordi. May oyida Xiva shahrida «ochlik isyoni» ko‘tarildi. Bu to ‘g ‘rida 1917-yil 27- avgustda Toshkentda chop etiladigan «U lug‘ Turkiston» gazetasi quyidagilami yozgan edi: «Hozirgi paytda Xivada dahshatli ochlik' kuchaydi, mamlakat shaharlarida och qolganlaming qo‘rqinchli isyoni avj oldi» Mamlakatda ana shunday og‘ir bir sharoitda 1917-yil sentabrda Junaidxon o ‘z qurolli to ‘dalari bilan Xivaga qaytib keldi. U 1916- yildagi qo‘zg‘olon davrida A fg‘onistonga o ‘tib ketgan edi. Junaidxon xonlikda juda katta o ‘zgarishlar yasashga muvaffaq b o ‘ldi.Junaidxon murakkab shaxs. Uning tarixda tutgan о ‘m i haqida turli manbalarda turlicha fikrlar mavjud. Sho‘rolar tarixida u «o‘g ‘ri», «turkmanlaming qahramoni» deb ko‘rsatilgan. Sho‘ro tarixchilari voqea va hodisalami soxtalashtirishda ustasi farang b o ‘lsalar, albatta aksilsho‘roviy muxoliflar ham ulardan qolishmaydilar.Junaidxon turkmanlaming yovmid um g‘idan, junaid naslidan chiqqan. Uning asl nomi G ‘urban M amed (ya’ni Qurbonmamad) bo‘lgan. U dastlab o ‘z ovulida qozi boMgan, miroblik qilgan. Qoraqum sahrosida o ‘z yigitlari bilan bir necha savdo karvonlarini talab, «sardor» nomini ham olgan, bir necha kichik «sardor»lami o ‘ziga tobe qilgan va shu tariqa nom chiqargan. So‘ng u o‘zini Xiva taxtiga da’vogar deb e ’lon qiladi. Shu bois uni yovmidlaming junaid nasli xoni - «Junaidxon» deb ataganlar. Junaidxon o ‘z yigitlari bilan to‘g ‘ridan-to‘g‘ri Xiva xonligiga xavf solib turgan kommunistik bosqinga, ya’ni sho‘ro hokimiyatiga qarshi bosh ko‘tardi. Uning bu maqsadi nafaqat Asfandiyorxonga, balki Chor Rossiyasining Xivadagi barcha aksilsho‘roviy harbiylariga va umuman milliy mustaqillik uchun kurashayotgan kuchlarga ayni muddao edi. Asfandiyorxon 1918-yil yanvarida Junaidxon bilan aloqa o‘matdi va xonlikni birgalikda idora qilish hamda bolsheviklarga qarshi kurashish maqsadida Xivaga taklif qildi.Junaidxon va uning tarafdorlari xonning oliy amaldorlari oldida eski qabila va urug‘chilik asoslaridagi adovatlami unutib, sidqidildan O‘sha joyda.xizmat qilishga qasam ichdilar. Shundan so'ng Asfandiyorxon Junaidxonni «sardori karim» (qo'shinlar qo'm ondoni) qilib tayinladi. Junaidxon bu bilan cheklanmay oradan sal vaqt o'tgach, 1918-yil 30-sentabrda xon saroyiga katta o 'g 'li Eshixon rahbarligida harbiy qo'shin yubordi. Qabul marosimi vaqtida Asfandiyorxon o'ldirildi, uning o‘rniga tog'asi, irodasiz Sayid Abdulla To'raxon xon deb e ’lon qilindi. Abdullaxon nomigagina xon edi, butun hokimiyat to'laligicha Junaidxon qo'liga o'tdi.Junaidxon ruslarga, kofirlarga «sotilgan» Yosh xivaliklami vatan xoinlari sifatida y o'q qilishni o 'z oldiga bosh maqsad qilib qo'ydi. U 1918-yil may oyida Xivada Yosh xivaliklaming ko'zga ko'ringan arboblaridan Husaynbek Matmurodov, Isoq X o'ja Xo'jayev, Abdusalim Hoji Islomxo'jayev, Hoji Avazberdi Eshonov va yana Yosh xivaliklar partiyasi a ’zolaridan 24 kishini odamlar k o 'zi oldida Xiva bozorida otib o 'ld ird i1.Bu paytda Turkistonda sho'ro hukumati inqilob bayrog'i ostida Moskvaning to 'g 'rid a n -to 'g 'ri ko'rsatm asi bilan Xivaga qarshi «harbiy-inqilobiy» tajovuzkorlikni kuchaytirib yuborgan edi. Sho'ro tarixida bu «Inqilobiy tayyorgarlik» deb nomlandi. Aslida esa, bu tayyorgarlik Xiva xonligini batamom bosib olish va Sho'ro mustam- lakasiga aylantirishni bosh maqsad qilib qo'ygan edi.Sho'rolam ing Xiva xonligini batamom tugatish xavfi kuchaydi. Shu bois Junaidxon va Q o'g'irchoq Sayid Abdullaxonning Sho'­ro bosqiniga qarshi harbiy tayyorgarlikni kuchaytirishini tari­xiy obyektiv zaruriyat deb qaramoq kerak. Ammo urushga tayyorgarlikning barcha og'irligi zahmatkash xalq elkasiga tushdi. Quroli yoki oti bo'lgan har bir kishi navkarlikka (askarlikka) chaqirildi, oti yoki quroli bo'lm agan har uch xonadon esa bitta otliq navkami qurollantirib, uning barcha xarajatlarini berib turishga majbur qilindi. Uch yoki undan ko'p navkar bergan xonadonlaming erlarini batraklar tekinga ishlab berishi joriy etildi. Oldingi soliqlar saqlanib qolingani holda dehqonlar qo'shim cha 10-12 tillo pul va 10-12 pud don solig'i to'lashi shart qilib qo'yildi.Bu ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida Junaidxon tez orada o 'z otliq askarlari sonini 4000 taga va «o'ljachilar» sonini esa 6.000 tagayetkazdi. 1919-yilning kuziga kelganda uning askarlari 15 ming kishini tashkil etdi2.Junaidxon vaqtdan foydalanish uchun 1919-yilning aprelida sho'ro hukumatiga sulh tuzish to ‘g ‘risida taklif kiritdi. 9 aprelda I'axtaqal’ada RSFSR bilan Xiva xonligi o ‘rtasida sulh shartnomasi im zolandi. Unda ikkala tomon ham har qanday harbiy harakatni to ‘xtatishi, Rossiya Sho‘ro hukumati Xiva xalqining o ‘z taqdirini o‘zi belgilashini tan olishi; har ikki tomon bir-biriga erkin va x a v fsiz suv va quruqlik orqali bordi-keldi, savdo v a iqtisodiy aloqalami yaxshilashga harakat qilishi qayd etildi. Bolsheviklaming m illa tla m in g o ‘z taqdirini o ‘zi belgilash huquqi to ‘g ‘risidagi eng jozibador shiori tashviqot-targ‘ibotchilik maqsadini k o ‘zlar edi. Shartnom aga asosan Rossiya ana shu shior asosida Xiva xonligi Aalqlarining o ‘z taqdirini o ‘zi belgilashini rasman tan oldi. Xiva xonligi Rossiya vassalligidan chiqdi. 1873-yilgi Gandimiyon shartnom asi o‘z kuchini y o ‘qotdi. Lekin Sho‘ro hukumati nafaqat X iva xalqiga, balki umuman Rossiyaga tobe b o ‘lgan barcha m am lakatlar xalqlariga ham o ‘z taqdirini o ‘zi belgilash huquqini am alda bermadi. Aksincha, bu xalqlar o ‘z taqdirini o ‘zlari «inqilobiy yo‘l» bilan hal qilsin, degan bahonada bu davlatlaming ichki ishlariga aralashdi, qurolli harbiy yurishlar qildi va ulami bosib oldi. Huddi ana shu yo‘l Xiva xonligida ham qo‘llanildi: birinchidan, bosqinchilik va mustamlakachilikdan iborat bosh maqsad «inqilob» pardasi bilann iqobland i, targ‘ibot va tashviqot ishlari kuchaytirildi. Bolsheviklar o ‘zlarining asl maqsadlari Xivada davlat to ‘ntarishi yasashdan iborat bo‘lsada, uni «xalq inqilobi» nomi bilan niqobladilar.Ikkinchidan, bolsheviklar millatlar, urug‘lar va tabaqalararo kelishmovchilik va nizolardan ustalik bilan foydalandilar. Ular o'rtasida qurolli to ‘qnashuvlami keltirib chiqardilar, bunday to ‘qnashuv va qarama-qarshiliklarga sinfiy kurash va inqilobiy harakat tusini berdilar. Aslida esa butun Turkistonda b o ‘lganidek, xususan Xiva xonligida sinflar ham, sinfiy kurash ham b o ‘lmagan, Xiva xonligi tipik agrar mamlakat edi. U tashqariga (asosan Rossiyaga) paxta chiqarar edi, xolos. Ana shu obyektiv ijtimoiy- iqtisodiy sharoit va siyosiy tarixiy borliqqa qarama-qarshi o ‘laroq,rus bolsheviklari Xiva xonligida «qo‘lbola proletar inqilobchi»ni tayyorlash uchun barcha jirkanch, noqonuniy, nodemokratik va noxalqchil xatti-harakatlami ishga soldilar. Ular turli nayranglar bilan taraqqiyparvar jadidlar va oddiy mehnatkash xalqdan «inqi- lobchilar» yasadilar.Ana shu nuqtai nazardan qaraganda «Taxtaqal’a sulhi» Xiva xonligi uchun o ‘ziga xos tuzoq rolini o ‘ynadi. Chunki bu sulh Xiva xalqiga o ‘z taqdirini o ‘zi belgilashini rasman e ’lon qilishi bilan uni chalg‘itdi va Sho‘ro hukumatining go‘yo tinchliksevar b o ‘lganligini soxtakorlik bilan ko‘rsatib xalq ongini zaharladi. Bu sulh kuch to‘plab olish va nafasni rostlash uchun Sho‘ro niqobidagi bosqinchilarga juda zarur edi. 1917-yil dekabr va1918-yil yanvarida Sho‘rolar Amudaryoning quyi oqimi va o ‘ng qirg‘og‘idagi To‘rtko‘l (Petro Aleksandrovsk), Nukus, Chimboy, Qizil Arvot, Bayram Ali, Tejen, Krasnovodsk, Kazanjikda o ‘z hokimiyatlarini o ‘matdilar. 3 dekabrda Ashxobodda Kaspiy orti viloyati Xalq komissarlari kengashi tashkil topdi. Chunki, bu hududlarda ruslar boshqa joylardagiga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etar edi. Kommunistlar o ‘zlarining razil maqsadlarini amalga oshirish uchun ‘rtko‘l shahrini «Inqilob markazi»ga aylantirdilar. To‘rtko‘l siyosiy va strategik jihatdan juda qulay ahamiyatga ega joy edi. Shu boisdan ham RSFSR va uning Markaziy Osiyodagi asosiy tayanchi - Turkiston Xalq Komissarlari Kengashi bu shaharga katta e ’tibor berdi. Bu yerga zudlik bilan Kaspiy orti frontidan bir necha harbiy bo‘limlar tashlandi. Ular maxfiy ravishda xonlikning ichkarisiga - Xiva va boshqa shahar va tumanlarga doimiy ravishda o ‘z «inqilobchi»larini - josuslarini yuborar edilar.

Kommunistik tashviqotga aldanib Qalandar Odinayev, Bozorboy Suyarqulov, Shallazatdin Faxretdinov va boshqalar bolsheviklar partiyasi safiga kiradilar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar.Sho‘ro hukumati va kompartiyaning Turkistonda cheklanmagan m a’muriy va partiyaviy vakolatga ega bo'lgan «Turkkomissiya», «turkbyuro» kabi tashkilotlari xonga qarshi undan jabrlangan alamzadalardan partiya tashkil etish, turli xil guruhdagi qo'poruvchi- lami tayyorlash, zamonaviy harbiy texnika bilan qurollangan Qizil askarlar sonini ko‘paytirish uchun kuch va m ablag‘lami ayamadi.Rossiya sotsial-demokratik partiyalari, ayniqsa bolsheviklar o'zlarining asosiy diqqat-e’tiborlarini Xivaga qaratdilar. Jadidlaming yirik namoyondalaridan Jumaniyoz Sultonmurodov 10-15 kishidan iborat «Yosh xivaliklar»ning To‘rtko‘l qo'm itasi (komiteti)ni tashkil etdi. 1919-yilning boshida bu tashkilot a ’zolarining soni 600 ga vetdi, 200 kishilik o 'z harbiy qismiga ham ega bo‘ldi. Asli jadidlardan bo'lgan bu «Yosh xivaliklar»ning dasturiy talablari ham Rossiya mustamlakachiligi va shovinizmi foydasiga o'zgardi. Agar ilgari ular Xivada xonning mutloq monarxiyasini konstitutsiyaviy monarxiya bilan almashtirish, Xivaning mustaqilligi va xususiy mulkchilikni saqlab qolish uchun kurashgan bo'lsalar, ularning yangi dasturida bu talablaming aksi qayd etildi. Jumladan, unda xon hokimiyatini ag'darib tashlab Xivani Rossiya Sho'ro Kcderativ Respublikasiga butunlay birlashtirish g'oyasi bosh maqsad qilib qo'yiladi.

Xullas, «Yosh xivaliklar»ning bolsheviklar ta ’sirida inqilo- biylashuv jarayoni kuchaydi. Bu ularning quyidagi amaliy dasturida o'z aksini topdi:

1. Mustabid xon hokimiyatini tugatish.

2. Xiva mulklarini (yerlarini - muall.) Turkiston bilan birlashtirib, ulami Rossiya Sho'ro Respublikasiga kiritish.

3. Xiva xoni shahzodalari, beklari va vazirlariga tegishli mulklar qanday bo'lishidan qat’i nazar musodara qilinishi.

4. Yirik pomeshchik (dehqon)laming yerlarini kam bag'allarga tortib olib berish.

5. Vaqf mulklardan keladigan daromadlaming hammasini masjidlarga sarflash.

6. Xivaning hamma joyida bolalami tekin o'qitadigan maktablar ochish.

7. Xivaning shahar va aholi yashaydigan boshqa joylarida tekin tibbiy yordam beradigan kasalxona va davolash xonalarini tashkil etish.

8. Xiva xoni tomonidan tortib olingan yer va boyliklami kambag‘al aholiga qaytarish.

9. Yo'llam i yaxshilash va ko'priklar qurilishiga kirishish.

10. Majburiy mehnat turlarining hammasini bekor qilish.

11. Xon hukmronligini tugatib yuqorida ko'rsatilgan tadbirlami hayotga tadbiq eta oladigan xalq hokimiyatini tashkil etish, sho'ro hokimiyatining dushmanlari bilan shafqatsiz kurash olib borish Ana shu holda «Yosh xivaliklar»ning inqilobiy dastur»ini amalga oshirishdan Rossiya sho‘ro hukumati va kommunistik par­tiya manfaatdor edi. Sho‘rolar o'zlarining qora maqsadlarini amalga oshirishda har doim «baynalminal burch» deb atalmish g ‘oya pardasiga yashirindilar. Buning uchun ular o'zlarini mahalliy xalqni xon, beklar, boy va feodallar zulmidan ozod bo‘lishiga «yordam» beruvchilar qilib ko‘rsatib, amalda «harbiy inqilobiy» harakatni kuchaytirdilar.





Bu borada ular «Yosh xivaliklar»ning islohotchi tashkilotini kompartiyaga aylantirish va mahalliy «inqilobchi»lami ko'paytirish zarur deb hisoblaydilar. Shuning uchun To‘rtko‘ldagi g ‘ayrimusulmon kommunistik partiya qoshida «Yosh xivaliklar bo‘limi» tashkil etildi. 1919-yilning o ‘rtalarida bu kommunistik guruh Turkiston va Rossiya kompartiyalari Markaziy Q o‘mitalariga murojaat qilib, Rossiya Kommunistik partiyasi tarkibiga kirishi uchun ruxsat so‘radi. Shu yil 15-iyulda kompartiyaning To‘rtqo‘l qo‘mitasi va «Yosh xivaliklar» inqilobiy qo‘mitasining birlashgan yig‘ilishi bo‘ldi. Unda qabul qilingan maxsus qarorda qo'm ita a ’zosi bo‘lish uchun faqat Rossiya kompartiyasi safida b o ‘lish shart qilib qo‘yildi. Shundan ham m a’lumki, hamma ish, y a’ni xon hokimiyatini ag‘darish markaz tuzgan reja asosida amalga oshirilishi kerak edi. Boshqa yo‘ldan borish mumkin emas edi.Sho‘ro davrida yozilgan manbalarda 1919-yilning kuzi va oxirlariga kelib Xivada «inqilobiy harakat» yangi bosqichga ko‘tarildi, «inqilobiy vaziyat yetildi», «Xivada inqilob boshlandi», deb Leninga kommunistik bosqinni teskari talqin qilindi. Bu sho‘ro tarixchiligiga xos soxtakorlik edi, albatta. Xivada bundan oldin va keyin ham inqilob u yoqda tursin, hatto, uning sharpasi ham b o ‘lgan emas. To‘g ‘ri, bu davrda xalq ommasining xon zulmidan noroziligi kuchaygan, sho‘ro hokimiyati va kompartiyaning bosqinchilik harakati hamda mustamlakachilik siyosatiga qarshi ozodlik kurashi boshlangan edi. Bu harakatlar sho‘ro tarixchiligida «xalq inqilobi» deb ko‘rsatildi. Har ikki tomon ham shu paytgacha goh oshkora va goh yashirin tarzda bir-biriga qarshi qurollandi, harbiy kuch to'pladi, targ'ibot- tashviqot ishlarini olib bordi. Nihoyat bu harakatlar sho‘ro hukumati bilan xonlik o ‘rtasida o‘zaro harbiy to ‘qnashuv boshlanishiga olib keldi. Bu urush rus sho‘ro hukumati tomonidan bosqinchilik urushi, Xiva hukmdori Junaidxon tomonidan esa mustaqillik uchun, istiqlol uchun urush bo‘ldi.
Download 329,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish