Mavzu: Qoramol go’shtini yetishtirish
Reja:
1). Yosh buzoqlarning boqish guruhlarini bir xil ritmik shakllantirish;
2). Yil davomida mahsulotlarning yagona ishlab chiqarilishi;
3). Hayvonlarning yosh xususiyatlariga ko'ra texnologik davrlarga bo'lish;
Qoramollar va ularning tavsifi Qoramollar o'zining yetishtirib beradigan yuqori sifatli go'shti, go'sht mahsulotlari, suti, sut mahsulotlari, tibbiyot uchun qimmatli mahsuloti va poyabzal sanoati uchun nihoyatda zarur hisoblangan terisi bilan barcha turdagi chorva mollar orasida alohida o'rin egallaydi. Qoramollar dunyoning deyarli barcha o'lkalariga keng tarqalgan. Ular o'zlarining mahsulot yo'nalishiga ko'ra asosan uchta yirik guruh (sut, go'sht va qo'sh mahsuldor - sersut-go'shtdor va gO'shtdor-sersut yo'nalish)ga bo'linadi. Bu guruh hayvonlari o'zlarining tashqi ko'rinishi, tana tuzilishi, vazni, ranglariga ko'ra bir-birlaridan ajralib turadi. Masalan, go'sht yo'nalishiga mansub zotIarning boshi kichikroq, bo'yni yo'g'on, ko'kragi keng va yumaloq, qovurg'alari qalin go'sht qatlami bilan qoplangan, yelkasi keng, tekis va go'shtdor, oyoqlari yo'g'on va kalta, sonlari semiz, yumaloqlashgan va go'shtdor bo'ladi. Yelka yuzasi qorin qismiga parallel holda ko'rinishga ega. Suyaklari ingichka, muskulaturasi va moy to'qimasi yuqori darajada taraqqiy etgan va bu to'qima ichki 18 organlarida ozroq bo'lsa-da asosan go'sht to'qimasi oralig'ida va teri ostida ko'proq uchraydi, bu esa go'sht to'qimasining yanada mazali va lazzatli bo'lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Go'shtdor zotli mollaming go'shti binnuncha nozik, mazasi nihoyatda yoqimli bo'lgani holda chiqim darajasiga ko'ra sut va qo'sh mahsulot yo'nalishidagi mollar go'shtidan ancha ustun turadi. Go'shtdor zotli mollar tez yetiluvchan bo'ladi. Masalan, ular 1,5-2 yoshligida 400 kg tosh bosadi. Go'shtdor zotli qoramollar asosan Qozog'iston, qirg'iziston, sibir va quyi povolje o'lkalarida boqiladi. Q'zbekistonda esa 4-5 foizni tashkil etadi. Boshqa o'lkalarda qoramollaming sut va qo'sh mahsulotga ega bo'lgan zotlari ko'paytiriladi. Shu jumladan, mamlakatimizda yetishtiriladigan qoramol go'shtining deyarli 95-96 %i sut va qo'sh mahsulotli zotlar hisobiga am alga oshiriladi. Mollarning go'shtdorlik belgilari. Mollaming eng asosiy go'shtdorlik belgilari ulaming so'yim vazni va so'yim chiqimi bilan belgilanadi. Shuningdek, go'sht nimtalari va navlarining bir-biriga bo'lgan nisbati muhim o'rin tutadi. So'yim vazni, deb so'yilgan hayvonning terisi, kalla-pochasi va ichki moyidana tashqari barcha ichki organ (ichak-chavaq)lari olib tashlangach, qolgan to'shining og'irligi hisoblanadi va u «kg)) ifodasi bilan belgilanadi. So'yim chiqimi, deb so'yim vaznining so'yishdan oldingi vazniga bo'lgan nisbatiga aytiladi va u foiz hisobida belgilanadi. Xorij mamlakatlarida so'yim chiqimini hisoblashda hayvon buyragi moyi bilan qo'shilgan holda so'yim chiqimiga kiritiladi. Hayvonlaming go'sht mahsuldorligi bir qancha omillarga bog'liq bo'lib, ulaming orasida oziqlantirish, zoti, zotdorligi, jinsi va yoshi salmoqli o'rin egallaydi. 19 Agar go'shtga boqiladigan hayvonlarga barcha sharoit (to'ydirib boqish, yaxshi parvarishlash va to'g'ri saqlash) yaratilsa, ular tez semirib, go'sht mahsuloti ortadi va uning sifati yuksak darajada bo'ladi. Shuningdek, bunday hayvonlar sog'lom, baquvvat va chidamli bo'ladi. Yoshligida yomon (tub an) boqilgan hayvonlar sust o'sadi, nimjon va kasalmand bo'ladi. Keyinchalik ular har qancha yaxshi (to'ydirib) sifatli boqilmasin, semirish darajasi past bo'ladi va o'z tengqurlariga yeta olmaydi. Hayvonlaming semizlik darajasi ko'p jihatdan so'yim chiqimiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Binobarin, hayvonlaming semizlik darajasiga ko'ra go'sht nimtalarini eng yuksak navining miqdori ortadi. Shuningdek, teri, ichak-chavoq, kalla-pocha chiqimi kamayadi. Hayvonlar semizligiga ko'ra turli tashqi ko'rinishga, go'shtdorlik belgisiga, teri osti moy qavatiga, ichki moyi va muskullar -oraliq moyiga ega bo'lishi aniqlangan. Hayvonlaming jinsi ham ulaming go'sht mahsuldorligiga o'z ta'sirini kO'rsatadi. Jumladan, axtalangan novvoslaming go'sht mahsuldorligi g'unajin (tanacha)lamikiga ko'ra binnuncha yuqori va nozikroq bo'lishi tajribalar asosida sinab ko'rilgan. Qoramollarning asosiy zotlari Go'shtdor zotiar. Qozoqi oqbosh zoti. Bu zot Qozog'iston jaydari sigirlarini gereford zotli go'shtdor zot buqalari bilan chatishtirish asosida yaratilgan. Zotning asosiy tarqalgan va boqiladigan zonalari Qozog'iston viloyatlari, rossiyaning orenburg va volgograd viloyati hisoblanadi. O'zbekistonning jizzax, samarqand viloyatlarida va qoraqalpog'iston respublikasi xo'jaliklarida uchraydi. Bu zot issiq va sovuq iqlimga, cho'l va turli xiI yaylov sharoitiga yaxshi moslashgan. Rangi qizil, gilos rangida, boshi, 20 peshonasi keng, bo'yni kalta va yo'g'on. Yelkasi keng va tekis. Ko'kragi keng hajmli. Tanasining old qismi kuchli rivojlangan va yumaloqlashgan. Oyoqlari kalta va yo'g'on, gavdasiga nisbatan tik joylashgan. Muskulaturasi yaxshi rivojlangan. Teri ostidagi moy qismi dumi tanaga birikkan yerida, son qismida va qobirg'alarida yaxshi ifodalangan. Yirik nasldor buqalari I 100 kg, sigirIari esa 540 kg tosh bosadi. Qalmoqi zot. Bu zotning rangi qizil, qizil-ola, malla, targ'il, qo'ng'ir va turli ranglardan iborat bo'lib, qattiq sovuq va issiq haroratIi zonalar sharoitiga yaxshi moslashgan. Bu zot ko'chmanchi qalmoq xalqi tomonidan tanlash va saralash ishlari natijasida bundan 370 yil muqaddam yaratilgan. Yirik nasldor buqalari 650-800 kg go'sht beradi. Sutidagi yog' miqdori - 4,2--4,4%. Keng tarqalgan zonalari: qalmoq o'lkasi, astraxan, rostov, aktyubinsk va jambul viloyati xo'jaliklari bo'lib, ba'zan boshqa viloyatlarda ham boqiladi. Shuningdek, qoraqalpog'istonning orol dengiziga yaqin xo'jaliklarda ham llochraydi. Gereford zoti. Bu zot Angliyadan keltirilgan. Rangi qizil, boshi, ko'krak osti, qorin va oyoqlari oq. Yirik buqalari 800-850 kg, sigirIari 490-580 kg. So'yim chiqimi 65-68%. SigirIari bir laktatsiyada 1200-1400 kg sut beradi. Sutining yog'dorIigi 3,9--4,0%. Keng tarqalgan zonasi: rostov viloyati, stavropol o'lkasi, Qozog'iston va markaziy osiyo davlatlari xo'jaliklari hisoblanadi. Gereford zotli mollaming boshi kichik, bo'yni kalta va yo'g'on, oyoqlari tanasiga ko'ra tik joylashgan va kalta, hamda yo'g'on ko'rinishda. Iste'mol qilgan ozig'i asosan go'sht tayyorlashga sarflanadi. Go'shti nihoyatda sifatli, lazzatli va mayin. Go'shtining marmarlik xususiyati yuqori darajada rivojlangan. Aberdin-angus zoti. Bu zot ham Angliyadan keltirilgan. Rangi qora va shoxsiz bo'ladi. Nasldor buqalari 21 800-900 kg, sigirlari 450-500 kg. Go'sht chiqimi 63-65%. MolIaming tanasi yumaloq, bo'kchasimon. Oyoqlari kalta va yo'g'on. Ko'zlari katta, biroz bo'rtib chiqqan. Bo'yni kalta va yo'g'on. Tanasi, ayniqsa, son qismi nihoyatda go'shtdor. Ular kam harakat qiladi. Iste'mol qilgan oziqlari asosan go'sht tayyorlash uchun sarflanadi. Sigirlari bir laktatsiyada yog'dorligi 4,0-4,5% bo'lgan 1000-1200 kg sut beradi. Bu zot O'zbekistonda asosan boysun tumanida va qoraqalpog'istonning qo'ng'irot tumani xo'jaliklarida boqiladi. Santa-gertruda zoti. Bu zot aqshdan keltirilgan bo'lib, issiq va quruq iqlim sharoitiga yaxshi moslashgan. Rangi to'q qizil. Sigirlari 500-550 kg, buqalari 800-900 kg. So'yim chiqimi 60-65 foiz. Keng tarqalgan zonalari, asosan Qozog'iston, Ukraina va Rossiyaning ayrim o'lkalari hisoblanadi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida kam uchraydi. O'zbekistonda asosan jizzax va samarqand viloyatlarida hamda qoraqalpoq respublikasi xo'jaliklarida boqiladi. Sigirlarining sutdorligi 1000-1200 kg. Sutining yog' darajasi 4,6-5%. Bulardan tashqari go'shtdor qoramolIaming shortgom, shorole, kian va boshqa zotlari bo'lib, ular O'zbekistonda deyarli uchramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |