1-ma’ruza. Oliy maktabda o‘qitish usullari. Universitet va kafedra xaqidagi
asosiy ma’lumotlar. Talabalarning o‘quv va ilmiy ishlarini tashkil etish
Reja:
1. Yo„nalishning o„quv rejasi. O„quv rejasi va uning asosiy mazmuni.
2. Universitetning tuzilishi mutahassislik kafedrasi va uning ishlashi.
3. Talabalarning o„quv va ilmiy ishlarini tashkil etish.
Davlat ta‟lim standartlariga binoan talaba o„qish davri mobaynida xizmat
ko„rsatish texnikasi va texnologiyasi bo„yicha ishlab chiqarish-texnologik,
tashkiliy-boshqaruv, loyiha-konstruktorlik va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tegishli
bilimlar olishi kerak.
O„qish davrida talaba asta-sekin xizmat ko„rsatiladigan qishloq xo„jalik
mashinalarining tuzilishi va nazariyasini egallab boradi. Bundan tashqari talaba
xizmat ko„rsatish sohasiga tegishli bilimlar bilan tanishadi va ularni o„zlashtiradi,
ya‟ni qishloq xo„jalik texnikasiga texnik xizmat ko„rsatish texnologiyasi bilan
nafaqat nazariy o„rganishda, balki bevosita texnikaga xizmat ko„rsatishga
ixtisoslashgan ishlab chiqarish korxonalarida ko„zda tutilgan malakaviy amaliyot
davrida tanishadi.
Talabalarning bilim doirasiga yana asosan o„qishning birinchi va ikkinchi
kurslarda o„qitiladigan umumnazariy va umumtexnik fanlar kiradi. Bularga oliy
matematika, nazariy mexanika, materiallar qarshiligi, fizika va boshqa fanlar
kiradi.
Ko„rsatilgan fanlar bilan bir qatorda birinchi kursning birinchi semestridan
boshlab o„qiladigan «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» faniga alohida
e‟tibor berish lozim, chunki bu fan texnikaning tili bo„lgan – chizmalarni o„qishga
o„rgatadi. Chizmalarni chizish va o„qishni bilmay turib, har qanday mashinani,
unga xizmat ko„rsatadigan asbob va jihozlardan to„g„ri foydalanishni xatto
hayolga ham keltirib bo„lmaydi. Har qanday mashinaning tuzilishini so„zlar bilan
yozish yoki hikoya qilib tushuntirish mumkin emas. Mashinaning tuzilishi faqat
chizma orqali o„rganiladi. Shuning uchun «Chizma geometriya va muhandislik
grafikasi» fanini chuqur o„rganishga alohida e‟tibor berish zarur.
Yana shunday holatga ham e‟tibor qaratiah kerak. Siz deyarli to„rt yil
davomida o„rganadigan barcha fanlar o„zaro bog„liqdir, ya‟ni birinchi kurs
fanlarini bilmasdan (yoki yaxshi o„zlashtirmasdan) turib, Siz keyingi kurs fanlarni
tushuna olmaysiz. Masalan, chizmachilikni o„rganmasdan turib kurs loyihalarini
bajarib bo„lmaydi; oliy matematikasiz nazariy mexanika bo„yicha bilimlarni
egallay olmaysiz; fizika fanini o„qimasdan turib mashina va mexanizmlar
nazariyasini tushuna olmaysiz va hokazo.
XXI asr kompyuter va informastion texnologiyalar asridir. Bugungi kunda
kompyuter va axborot texnologiyalari, Internet axborot tizimisiz biror bir sohaning
rivojlanishini tasavvur qilib bo„lmaydi. Shu sababli Informatika faniga ham katta
e‟tibor berishingiz kerak bo„ladi. Siz ma‟lumotlar bazasidan, kompyuter
grafikasidan foydalanib kompyuterda axborot bilan erkin ishlay olishingiz talab
etiladi.
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bo„yicha bilimlar barcha yo„nalishlar
uchun asosiy hisoblanadi. Oliy o„quv yurtlarida talabalarning zamonaviy
dunyoqarashga ega bo„lishi va bozor iqtisodiyoti asoslarini o„rganishiga katta
ahamiyat beriladi.
Talaba-yoshlarni chuqur vatanparvarlik, fidoyilik, milliy g„oya va mustaqillik
mafkurasi ruhida tarbiyalash Oliy ta‟lim oldiga qo„yilgan ustivor yo„nalishlardan
biridir. Shuning uchun ham to„rt yil mobaynida uzluksiz ravishda O„zbekiston
tarixi, huquqshunoslik, falsafa, ma‟naviyat asoslari, iqtisodiyot nazariyasi,
sotsialogiya, milliy g„oya, siyosatshunoslik kabi ijtimoiy-iqtisodiy fanlarni
o„rganasiz.
Yuqoridagilarni umumlashtirib shuni aytish mumkinki, qishloq xo„jaligi
texnikasi bo„yicha zamonaviy bakalavrning bilim doirasi ushbulardan tashkil
topgan:
1. Matematika va tabiiy-ilmiy fanlar: matematika, fizika, kimyo, nazariy
mexanika va boshqalar.
2. Umumkasbiy fanlar: Chizma geometriya va muhandislik grafikasi,
materiallar
qarshiligi,
mashina
va
mexanizmlar
nazariyasi,
o„zaro
almashuvchanlik, standartlashtirish va texnikaviy o„lchovlar, materialshunoslik va
konstrukstion materiallar texnologiyasi, mashina detallari, issiqlik texnikasi,
gidravlika, elektrotexnika va elektronika asoslari va boshqalar.
3. Ixtisoslik fanlari: Traktorlar, qishloq xo„jalik mashinalari va jihozlari;
texnik diagnostika; mashinalar puxtaligi; texnik xizmat ko„rsatish, ta‟mirlash va
boshqalar.
Ko„rsatilgan fanlarni puxta va sifatli egallab olgandagina hurmatga loyiq
yaxshi mutaxassis bo„lib yetishish mumkin.