Reja: Yerda hayot belgilari qachon paydo bo’lgan?



Download 359,64 Kb.
bet1/3
Sana20.02.2022
Hajmi359,64 Kb.
#460991
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu. biosfera docx

Mavzu: Yerning geografik qobig’i. biosfera


Reja:

  1. Yerda hayot belgilari qachon paydo bo’lgan?

  2. Yer yuzida odam qachon paydo bo’lgan?

  3. Qanday hayvonlar o’txo’r hayvonlar deyiladi?

  4. Tabiatda o’simliklarning qanday ahamiyati bor?





Biosfera (bio... va yun. sphaira—shar) — Yerning tirik organizmlar tarqalgan qobigʻi. Biosferaning tarkibi va energetikasi undagi tirik organizmlarning faoliyati bilan bogʻliq. Biosfera "hayot qobig'i", toʻgʻrisidagi dastlabki fikrni Lamark bildirgan. "Biosfera" terminini esa fanga avstraliyalik geolog E. Zyuss (1875) kiritgan. Biosfera toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotni rus olimi V. I. Vernadskiy (1926) ishlab chiqqan.
Biosfera atmosferaning ozon ekranigacha balandlikda boʻlgan qismi (20–25 km), litosferaning sirtqi qismi va gidrosferani toʻliq oʻz ichiga oladi. B.ning quyi chegarasi quruqlikda 2–3 km, okean tubida 1–2 km chuqurlikkacha boradi.Yerdagi hayot murakkab va xilmaxil organizmlar kompleksidan iborat. Tirik organizmlar va ular yashaydigan muhit oʻzaro chambarchas bogʻlangan bir butun dinamik sistema—biogeotsenozlarni hosil qiladi. Yerda hayotning rivojlanishi davomida organizmlarning bir guruhi ikkinchisining oʻrnini olib turgan boʻlsada, u yoki bu geokimyoviy funksiyalarni bajarib turadigan organizmlar nisbati oʻzgarmasdan qolgan. Shu tufayli turli geologik davrlarda moddalar bir xil tezlikda Yer qobigʻida toʻplanib borgan. Shunday qilib, tirik organizmlar hayotning muhim sharti boʻlgan anorganik muhitning doimiyligi (gomeostaz holati)ni sakdab turadi.
Inson faoliyati Yer yuzini tubdan oʻzgartirishga qodir boʻlgan hozirgi davrda B.ning rivojlanishi yangi pogʻonaga koʻtarildi. Soʻnggi yillarda insonning B.ga biokimyoviy taʼsiri boshqa barcha tirik organizmlarga nisbatan juda katta kuchga aylandi. Lekin tabiiy resurelardan foydalanishni B.ning rivojlanishi va funksiyasi qonuniyatlarini nazarpisand qilmasdan amalga oshirilishi (mas, oʻrmonlarning kesilishi, yerlarning oʻzlashtirilishi, shaharlar, zavod, fabrikalar, sunʼiy suv havzalari, yoʻllar qurilishi va boshqalar) B.dagi biokimyoviy jarayonlarga katta taʼsir oʻtkazmoqda. Yer osti boyliklarini qazib olib, juda kup miqdorda yoqilgʻi yoqilishi moddalar almashinuvini tezlashtirib, B. tarkibi va uning gomeostaz holatiga taʼsir koʻrsatadi. Shu tufayli B.ni bir butun, muayyan darajada tartibga solingan murakkab dinamik sistema deb qaralishi unda kechadigan jarayonlarni toʻgʻri tushunib olishga yordam beradi. Biosfera toʻgʻrisidagi taʼlimot ekologiya, biotsenologiya va boshqa fanlarning rivojlanishida, tabiat va jamiyatning rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan juda koʻp oʻta murakkab muammolarni xal etishda katta ahamiyatta ega. Insonning biosferaga salbiy ta’siri. Turli tabiiy ofatlar, ocharchilik insonlar soni kamayishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, 1975-yilda Xitoyda bo’lgan yer silkinishidan 600 mingdan ortiq odam o’lgan bo’lsa, 1985-yilgi Mexikodagi yer qimirlash 20 ming, Kolumbiyadagi vulqon 26 ming, Armanistondagi yer qimirlash 25 ming, Tojikistonda esa 100- mingdan ortiq odamlar o’limiga sabab bo’ldi, 2001-yil yanvar oyi oxirida Hindistondagi yer silkinishida 40000 ga yaqin kishi halok bo’lgan. Yerda hayotning paydo bo‘lish vaqti — evolyusiyaning eng hayajonli lahzalaridan biri. Olimlar ilk hayot nishonalarini anchadan beri astoydil izlashmoqda. Qariyb 40 yil muqaddam Avstraliya manbalarida 3,5 milliard yillik jonivorlarning toshga aylangan qoldiqlari topilishi jahon sensatsiyasi darajasiga yetdi. Bir qancha olimlar o‘shandayoq ularda tirik tanalarning qoldiqlari saqlanib qolganini ma’lum etishgandi. Bundan chiqdi, sayyoramizda hayot ilm-fan taxminidan kamida 600 million yil erta boshlangan. Biroq raqiblar bunday shov-shuvli xabarni e’lon qilish uchun yetarli dalillarga ega bo‘lish kerak deb hisoblashadi. Bahs-munozaraga nuqta qo‘yish uchun tegishli texnologiyalar paydo bo‘lishini, bir necha o‘n yil kutishga to‘g‘ri keldi. Hozirgi kunga kelib avstraliyalik olimlar toshga aylangan qoldiqlarni oltita zamonaviy asbob-uskunada tekshirib ko‘rishdi.
Har taraflama olib borilgan bunday konsilium ushbu qadimiy qoldiqlarda hayot belgilari borligiga oydinlik kiritib berdi. Qoldiqlar asosan mayda teshikli mineral piritdan iborat. Ularda tarkibiga ko‘ra zamonaviy bakteriyalar membranasi devoriga o‘xshash organik iplar bor. Bundan tashqari, piritda mikroorganizmlarning hayotiy faoliyati mahsulotlari hisoblangan organik materiallar aniqlangan. Avstraliya topilmasi bir qancha sabablarga ko‘ra qiziqarli. Birinchidan, hayotning paydo bo‘lish muddati endi 600 million yil ortga surildi. Ikkinchidan, Yerda hayot okeanning sho‘r suvida emas, quruqlikdagi termal chuchuk manbalarda yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligini tasdiqlovchi dalil topildi. Negaki hozirgacha «dengiz» versiyasi yetakchilik qilayotgandi. Uchinchidan, Avstraliya topilmasi Marsga yangi missiyalar uchun asos bo‘lishi mumkin: endi hayot nishonalarini qanday va qayerdan izlash ma’lum. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Qizil sayyoradagi tuproq ayrim joylarda juda Avstraliyani eslatadi. Yoshi ham yaqin. Ta’kidlash joizki, Yerda hayot bo‘lgan muddatni yanada ortga suruvchi juda ko‘p dalillar mavjud. Mana, masalan, 2017-yili tadqiqotchilar guruhi Kanada yaqinida okeanning geotermal manbalarida Yer yuzida 4,28 milliard yil muqaddam yashagan tirik jonzotlarning qoldiqlarini topishdi. Biroq bu ko‘pgina noroziliklarni keltirib chiqardi. Mutaxassislar ular topgan qoldiqlarning biologik yoshidan gumonsirashmoqda. Biroq Avstraliya topilmasiga qariyb yarim asrdan beri shubha qilib kelishgandi.


Download 359,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish