Reja: Yer yuzidagi ilk yakkaxudolik ta’limoti



Download 36,01 Kb.
bet1/2
Sana18.01.2022
Hajmi36,01 Kb.
#390822
  1   2
Bog'liq
8 Zardushtiylik


Mavzu: Yer yuzidagi ilk yakkaxudolik ta’limoti - Zardushtiylik dini va uning mukaddas kitobi «Avesto»

Reja:


    1. Yer yuzidagi ilk yakkaxudolik ta’limoti Zardushtiylikning vatani xakida.

    2. Zardushtiylikning vujudga kelishi va tarkalishi

    3. Zardushtiylik ta’limoti. Avesto.

    4. Zardushtiylikning Urta Osiyo xalklari ma’naviyati va madaniyatida tutgan urni.

1.Zardushtiylikning vatani xakida.

Zardushtiylik dini dastlabki va eng kadimiy jaxon dinlaridan biri.

Utmishda Zardushtning va «Avesto» ning vatani kayerda bulganligi tugrisida baxs-munozaralar bulib ikki xil fikr ilgari surilgan. Birinchisi «Garb nazariyasi» bulib, bu nazariya tarafdorlari xozirgi eron teritoriyasida joylashgan Media Zardusht vatani, Zardushtiylik dini ana shu yerda yuzaga kelgan va boshka ulka xalklari urtasida tarkalgan, degan fikrni ilgari surib kelmokdalar.

Ikkinchi fikr «Shark nazariyasi» deb yuritilib, bu nazariya tarafdorlari Zardushtining vatani va Zardushtiylik dinining yuzaga kelgan, ilk tarkalgan joyi kadim Xorazm bulgan deb e’tirof etadilar.

Kup yillik baxs-munozaralardan sung pirovardida uttizdan ortik xorijiy avestoshunos olimlar va uzimizning tadkikotchi olimlarimiz Zardushtning va «Avesto» ning vatani Uzbekiston, kadim Xorazm bulgan degan kat’iy bir fikrga kelganlar. Tadkikotchi olimlarning bunday yakdillik bilan chikargan xulosalarini BMTning fan, maorif va madaniyat bulimi – YuNESKO xam tasdiklangan.

Shunday kilib, Zardushtiylik Markaziy Osiyoda shakllanib, keyinchalik Eron va boshka ulkalarga tarkalgan.1

Shu urinda yana shuni ta’kidlash joizki, ayrim tadkikotchilar Zardushtiylikni milliy dinlar katoriga kiritib kelmokdalar. Ammo, kupchilik Avestoshunos olimlar Zardushtiylik dastlab Xorazmda vujudga kelib, sungra Parfiya, Baktriya, Sugdiyona, Parkana (Fargona), Ozarbayjon, Eron, Xuroson, Irok, Suriya, Xabashiston, Xitoy, Muguliston, Shimoliy Xindiston kabi mamlakatlar xududlarida keng tarkalib yetgan jaxon dini degan fikrni e’tirof etib kelmokdalar.

Shularga asoslanib Zardushtiylikni yakka xudolikni targib etgan birinchi jaxon dini deyishimizga asos bor.

Jaxon dinlari deb esa, ma’lum bir xududda yashovchi xalk orasida yuzaga kelib, sung kuplab xududlarda yashovchi xalklar orasiga tarkalib ularning e’tikodiga aylangan dinlarga aytiladi.

Zardushtiylik xakida uchinchi baxs-munozara, muammo Zardushtning kachon yashagani va uning tarixiy shaxsmi yoki afsonaviy shaxsmi degan savol tevaragida davom etgan.

Ayrim tadkikotchilar Zardusht afsonaviy shaxs, u tarixda yashamagan degan fikrni ilgari surib kelmokdalar. Ammo kupchilik olimlar Zardusht tarixiy shaxs bulganligini ta’kidlab kelmokdalar. Chunonchi, ayrim tadkikotchilar Zardusht miloddan avvalgi XIII-XII asrlarda yashagan, boshkalari esa miloddan avvalgi XII-VIII asrlar oraligida, Yana boshka olimlar esa miloddan avvalgi VII-VI asrlarda yashagan tarixiy shaxs degan fikrni ilgari surib kelmokdalar.

Kadimgi mashxur Yunon tarixchilari Gerodot, Pliniy, buyuk faylasuf Platon (Aflotun) Zardusht miloddan oldingi 6400 yillarda yashagan deb yozib ketganlar.

Yukoridagilarga asoslanib Zardusht tarixiy shaxs bulgan degan xulosaga kelishimiz mumkin.1


  1. Zardushtiylikning vujudga kelishi va tarkalishi

Zardusht suzining lugaviy ma’nosi turlicha izoxlanib kelinadi. Bir ta’birga kura «Sarik, tilla rang soxibi (egasi)»; boshka bir ta’birga kura «Zarin yoruglik egasi»; yana bir ta’bir buyicha «Ok tuyalik, tuya bokuvchi» demakdir. Ba’zi tarixiy manbalarda bu nomning ma’nosi – «yulduz ugloni» deb ta’riflangan.

Zardushtiylik din va uning mukaddas kitobi «Avesto» ning yuzaga kelishi u shakllangan davrda ulkamizda yashagan xalklarning ijtimoiy xayoti va kup-xudolilikka e’tikod kilishlari bilan boglikdir. Zardushtiylik vujudga kelgan davrda Urta Osiyoda yashagan kkabilalar uzaro nizo va urushlar natijasida parokandalikka uchrayotgan edilar. Boskinchilik, zuravonlik, bexuda kon tukishlar tez-tez sodir bulib turar edi. Yuksillarga nisbatan adolatsizlik, aldamchilik, kishilarning mol-mulkini, chorvalarini ugirlash avj olgan edi. Eng achinarlisi, bu davrlarda bolalar, kizlar va yosh yigitlarni, gala-gala kuy, koramol, yilkilarni kuyosh xudosi Moloxning raxmini keltirish uchun uning sharafiga kkurbonlik kilish, suyib yuborish kabi yovuz urf-odatlar xukm surardi. Bunday yovuz urf-odatlar usha davrlarda odamlarni turli ma’bud (xudo) va ma’budalarga, narsalarga, but-sanamlarga, xullas kup xudolikka siginishi okibatida yuz berardi.

Tarixning ana shunday chirkin, daxshatli davrlarida Zardusht insoniyat xaloskori sifatida maydonga chikdi. U insoniyat tarakkiyoti uchun goyat zararli bulgan kup xudolik e’tikodlarini gayriinsoniy moxiyatini anglab, kishilarni yakayu yagona Oliy Tangri – Axura Mazdaga e’tikod kilish goyasini ilgari surdi.

Shunday kilib, Zardusht vaxdoniyat – yakka xudoga e’tikod kilish goyasini ilgari surgan paygambar sifatida insoniyat tarixi saxnidan urin oldi.

Barcha paygambarlar singari Zardusht xam uzi tugilib usgan yurtda kadr-kiymat topmaydi. Uzliksiz ta’kib, tazyik, taxdidlardan bezib, uz muxlislari va tarafdorlari Bilan Eronga – axmoniylar shoxi Gushtasi (Vishtasp) xuzuriga ketadi. Shox va malika Xutaosa butun saroy ayonlari Bilan birgalikda Zardushtning yangi dinini kabul kiladilar va uning keng yoyilishiga yordam beradilar. Natijada Zardushtiylik uzil-kesil karor topadi.


  1. Zardushtiylik ta’limoti. Avesto.

«Avesto» suzining lugaviy ma’nosi «urnatilgan, kat’iy kilib tayin etilgan konun-koidalar» demakdir. «Avesto» Allox tomonidan vaxiy kilingan samoviy, iloxiy kitoblar katoriga kirmaydi. Ammo Zardushtiylik dini shakllangan davrda va undan keyingi ming yillar davomida bu dinga e’tikod kiluvchilar uchun mukaddas kitob sanalgan.

«Avesto» uzok davrlar mobaynida – miloddan oldingi 3 ming yillikning oxirlaridan boshlab ogzaki tarzda shakllanib avloddan-avlodga utib kelgan. Ana shu davrlar mobaynida «Avesto» tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axlokiy, xukukiy konun-koidalar va boshkalar kushilib borgan.

«Avesto» ni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan, xamda uzi xam uning «Goxlar» (Gotlar) kismini yozib kitobat kilgan. Kup manbalarida Zardushtni iloxiyotchi, paygambar, buyuk faylasuf, notik, shoir, tabiatshunos olim bulgan deyiladi.

«Avesto» xakida buyuk olim Abu Rayxon Beruniy shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan… Podshox Doro ibn Doro xazinasida (Abistonning) un ikki ming koramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron kilib, ularda xizmat etuvchilarni uldirgan vaktda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun usha vaktdan beri Abistoning beshdan uchi yukolib ketdi». Xozir bizgacha yetib kelgan «Avesto», Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki kismi, xolos. «Avesto» uttiz «nask» (kism) edi, majusiylar kulida un ikki nask (kism) chamasi koldi.1

«Avesto» avloddan-avlodga, ogizdan-ogizga utib, asrlar davomida yashirin saklanib kelingan. Keyinchalik Sosoniylar xukmdori Ardasher Papakan (227-243) davrida yozib olingan. Ayniksa, Shopur (243-273) davrida astrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid kimlari yozib olinib, xamma kismlari tartibga keltirilgan va bu asosiy matn tuldirib borilgan. Arablar Eronni 7 asrda bosib olgach, Zardushtiylarning bir kismi Xindistonga kuchib utgan. Kuchib utgan Zardushtiylarning kulida «Avesto» ning tuldirilgan nusxasining ikki tulik kulyozmasi xozirgacha saklanib kelinmokda. Ulardan biri Bombayda Zardushtiylarning madaniy markazi bulmish Koma nomidagi institutda, ikkinchisi Kalkuttadagi Davlat kutubxonasida saklanib kelinmokda.

«Avesto» - «Yasna», «Goxlar», «Visparad», «Yashtlar», «Vandidad» va «Kichik Avesto» dan iborat.

- «Yasna» - toat, ta’zim, salovatga loyik, munosib ma’nolarini ifodalaydi. U «Avesto» ning eng kadimgi muxim kismi bulib, 72 bobdan iborat bulgan xamdu sano, kurbonlik duolaridan tashkil topgan.

- «Goxlar» - ma’nosi kushik-gimn demakdir. U xam «Yasna» ning 72 bobi sirasiga kiradi. «Goxlar» Zardusht tomonidan ijod kilingan beshlik kushik-gimnlaridir. Ularda yakka xudolik ta’limoti, ikki karama-karshi kuchlar – ziyo va zulmat, ezgulik va yovuzlik, xayot va ulim urtasidagi kurashda xar bir inson yakayu-yagona oliy Tangri – Axura Mazda amriga kura ezgulik kuchlari tomonida bulishi kuylanadi.

- «Visparad» 24 bobdan iborat ibodatga doir kushiklar, xukmdorlarga karatilgan munojaatlar va jamiyki radlar madxidir.

- «Yashtlar» - maktovlar, kutlovlar, e’zozlar kabi ma’nolarni bildrib, u Zardushtiylarning ukib yuradigan duolari va aloxida iloxlarni madx etuvchi kushik-oyatlardan iborat.

- «Vandidad» ning ma’nosi yovuz kuchlarga, devlarga karshi konun ma’nosini bildiradi. U 22 bobdan iborat.

- «Kichik Avesto» (Xurda Avesto – deb xam yuritiladi.) «Avesto» xajmi katta kitob, ya’ni buyi 120 sm, eni 70 sm dan iborat bulganligi sababli undan dindorlar kundalik faoliyatida froydalanishga kiyinchilik tugdirgan. «Avesto» dan dindorlarning kundalik xayoti uchun zarur va axamiyatli bulgan duolar, olkishlar, kushiklar tanlab olinib, shu asosda «Kichik Avesto» tuplami yaratilgan.

Zardushtiylik ta’limoti Urta Osiyo ibtidoiy davrida mavjud bulgan tabiat kuchlarini iloxiylashtiruvchi e’tikodlarga nisbatan progressiv, monoteistik ta’limotdir. Uning mukaddas kitobi «Avesto» - koinot va zamin, inson va xayot, ulim va abadiyat singari butun insoniyatga tegishli bulgan jumbok, savol, savob ishlar xakida xikoya kiladi. Bu kitobda koinotning dastlabki unsuri – yer, suv, xavo, olov uluglanadi. Tabiatni bulgash katta gunox ekanligi ta’kidlanadi. Olov – gunoxlarni poklovchi, yovuz ruxlarni daf etuvchi sexrli kuch, deb ta’kidlanadi. Xatto yerni, suvni ifloslantirmaslik maksadida mayit (ulgan kishining jasadi) ni yerga kumish, suvga tashlash gunox deb xisoblangan. Mayitni gushtini kushlarga yedirib, suyaklarini etdan tozalab uni maxsus sopol kuti (ossuariy) larga solib, ayrim binolarda saklaganlar yoki maxsus kudukka sochib yuborganlar.

Bu din bexuda kon tukuvchi, kurbonliklar, xarbiy tuknashuvlar, boskinchilik xujumlarini koralab, utrok, osoyishta xayot kechirishga, mexnatga, dexkonchilik, chorvachilik bilan shugullanishga da’vat etadi. Moddiy xayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka karshi kurash deb xisoblab, xayrli ishni, axlokli, odobli bulishni targib etgan. Zarbushtiylik dinida kurik yer ochib uni bogu-rogga aylantirgan odam iloxiyat raxmatiga sazovor buladi, aksincha, boglar, ekinzorlar, sugorish inshoatlarini buzganlar kata gunoxga koladilar, deb ukdiriladi.

Insoniyat tarixida birinchi bulib Zardusht yaratgan dinda insonlarning bu dunyodagi xayotiga yarasha narigi dunyodagi takdiri xal bulajagi xakidagi goya ilgari surilgan. Zardushtiylik ta’limotining asosi olam karama-karshiliklar kurashi asosiga kurilgan, degan goyadan iborat. Bu karama-karshilik tabiatda xayot va ulim, yoruglik, ziyo va zulmat, ijtimoiy xayotda adolat va adolatsizlik, axlokiy xayotda yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik urtasidagi abadiy kurashda namoyon buladi, kurinadi.

Ezgulik, yaxshilikning ifodachisi Axura Mazda doim yovuzlik, yomonlik xomiysi Axrimanga karshi kurash olib boradi. Axura Mazda – «Axura» va «Mazda» suzlaridan iborat. Mazda suzi oldiga «uluglash» suzi Axura kushilib Axura Mazda nomi paydo bulgan. Mazda suzi esa butun borlikni yaratgan mutlok akl, dono, kudratli raxnamo demakdir. Shunday kilib Axura Mazda suzini «Xudo Mazda», «Dono Xudo», «Ulug, kudratli xudo» deb tushunsak buladi.

Axriman suzining ma’nosi esa – yomonlik, yovuzlik, olami demakdir. U yovuzlik timsoli bulib, barcha shaytoniy kuchlar: yovuz devlar, jodular, al-vasti, tamomila yomon kuchlar sardori deb karaladi.

Zardushtiylik ta’limotiga kura tabiat va jamiyat jarayonlari mana shu yoki karama-karshi kuch – yaxshilik, ezgulik va yomonlik, yovuzlikning kurashidan iborat bulib, pirovardida, 3000 ming yildan sung Yaxshilik – Axura Mazda yomonlik – Axriman ustidan golib chikib, xakikat, adolat davri keladi. Bu kurashdan omon kolgan odamlar abadiy baxtiyorlikda yashaydilar. Buning uchun esa inson ikkidan birini tanlashi lozim, shunga kura uning ulimidan keyingi xayoti kanday bulishi belgilanadi, deb kursatiladi. Kimki Axura Mazda tarafida tursa, yovuzlik va yomonlik kuchlariga karshi kurashsa u jannatga tushadi, agar Axriman tarafida turib ezgulikka, yaxshilikka karshi kurashsa duzoxga tushadi, deb aytiladi.

«Avesto» da mexnat nixoyatda uluglanadi. Mexnat yaxshilik, moddiy noz-ne’matlar manbai ekanligi ukdiriladi. Inson saxovatli bulishi uchun avvalo mexnat kilishi, uz kuli bilan noz-ne’matlar yaratishi zarurligi aytiladi. Unda: «Don ekkan kishi takvodorlik urugini ekadi, u Mazdaga ixlosmandlik e’tikodini olga suradi, imonni oziklantirib turadi…», deyiladi. Bunga amal kilish un ming marta ibodat kilish bilan barobar, yuzlab kurbonlik kilishga teng. Ekin ekish, mexnat kilish – yerdagi yovuzlikni yukotishdir, deb karaladi. «Galla yerdan unib chikkanda», - deyiladi. «Avesto» da, devlar larzaga keladi, galla urib olinayotganda devlar nola-faryod chekadi, galla yanchib un kilinayotganda ular maxv (yengiladi) buladi…» deb mexnat uluglanadi..

«Avesto» da inson axlok – odobi, ma’naviyati kuyidagi uchlikda: Gumata – yaxshi, ezgu fikr, Gugta – yaxshi, ezgu suz, Gvarshta – yaxshi, ezgu ishda ifodalanadi. «Men yaxshi fikr, yaxshi suz, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman», - deb ta’kidlaydi Axura Mazda.

Yaxshi fikr deganda yakin kishilarga mexribonlik, muxtojlik va xavf-xatar ostida kolganda yordam berishga shaylik, kishilar baxt-saodati uchun faol kurashishga doim tayyor turish, xamma bilan axil va totuv yashash va boshkalar tushuniladi.

Yaxshi suzlar deganda esa uz va’dasiga rioya kilish, suzining ustidan chikish, savdo-sotik ishlarida xalol bulish, karzini uz vaktida tulash, ugrilik va talonchilik kilmaslik, foxisha ishlardan uzini tiyish va xokazolar tushunilgan.

Yaxshi ishlar deganda insonning uz xatti-xarakatida yaxshi fikr va yaxshi suzlarda ilgari surilgan barcha ijobiy yul-yuriklarga ogishmay amal kilishi nazarda tutiladi. Shu uch koidaga xayotida ogishmay amal kilgan odam kaboxat, yovuzlik, yomonlik yuliga ogib ketmaydi, balkim ular ustidan galaba kilishga xissa kushgan buladi, deb kursatiladi.

Zardushtiylikda xayvonlarga nisbatan beshafkat bulish kat’iyan ma’n etiladi. Xayvonlarni kaltaklash, kiynash – gunox deb xisoblanadi. Kishilarni foydali xayvonlar xakida gamxurlik kilishga, ularga uz vaktida ovkat va suv berib turishga, yirtkich xayvonlardan kuriklashga da’vat etadi. «Avesto» da tozalik, poklikka aloxida e’tibor karatilgan. Xovuzdan yuvilmagan, iflos kuzada suv olgan kishi besh darra bilan jazolangan. Inson yashaydigan xonada yuvinish, poklanish koralangan.

Zardushtiylikda naslning pokligi, tozaligiga xam aloxida e’tibor berilgan, kattik nazorat kilingan, karindosh-urug, aka-uka, opa-singilning kuda-anda bulishi koralangan.

Xozirgi medisina fani aka-uka, yakin karindoshlar urtasidagi kudachilik munosabatlari kelajak avlodning soglom, tula-tukis bulib tugilishiga salbiy ta’sir kursatishini tulik aniklagan. Buni esa bizning ajdodlarimiz allakachon aniklaganlari xozirgi zamon kishisini lol koldiradi. Kolaversa, yakin kishilarning nikox masalalarida ma’naviy jixatlari xam borki, bunga inson kalbi yul bermasligi kerak.

«Avesto» da Navruz – Yangi kun, Yangi yilning boshlanishi, tabiatning uygonishi, xayotning boshlanishi, deb tasvirlanadi. Bundan kurinadiki Navruz xalkimiz tomonidan nishonlab kelinadigan kadimiy bayramlardan biri sanaladi.

Ma’lumotlarga karaganda bugungi kunda Zardushtiylik dini va ta’limotiga e’tikod kiluvchilar asosan Xindiston va Eronda mavjud. Chunonchi Eronning Yazd va Gilon viloyatlarida ularning soni 100 ming, Xindistonning Maxarashtra va Gujarot shtatlarida 115 mingdan ziyodni tashkil etadi.1

Xulosa kilib aytganda, Zardushtiylikda tabiat, yer, suv, daraxt, usimlik, jonivorlar e’zozlangan, yerni ishlab, sugorib bog-rog, ekinzor kilish, chorvani, ayniksa, yilkichilikni yulga kuyish, suvni mukaddas tutish shart xisoblangan.


  1. Zardushtiylikning Urta Osiyo xalklari ma’naviyati va madaniyatida tutgan urni.

Zardushtiylikning jaxon madaniyatida tutgan urni, avvalo uning boshka dinlarga ta’sirida namoyon bulganligida kuramiz. Chunonchi, Zardushtning narigi dunyo xakidagi ta’limoti avval yaxudiylar, sungra xristian va islom diniga utadi va bu dinlar ta’limotiga binoan kayta-kayta ishlanadi. Shuningdek Zardusht diniga binoan xar bir Zardusht kuniga besh marta yuvinib, poklanib, kuyoshga karab, uni olkishlab, siginishi shart bulgan. Bu an’ana besh vakt namoz shaklida islomga Zardushtiylikdan utgan va boshkalar.

Zardushtiylik dini insonlarga asrlar buyi ma’naviy madad, ruxiy ozik bulib xizmat kildi. «Avesto» dagi alkov kushiklar, sanolar bashariyat tomonidan uzok-uzok yillar mobaynida kiroat bilan kuylab kelindi. U insonlarda kelajakka umid, yaxshilik, ezgulik, mardlik, mexnatsevarlik, pokizalik, rostguylik, xalollik tuygularini tarbiyaladi. Yovuzlikka nisbatan esa nafrat xissini uygotishga xizmat kildi. Bu din kishilarni yovuz kuchlar bilan murosa kilishni emas, balki yovuzlikka karshi bor kuchini ishga solib keskin kurashmokni buyuradi.

«Avesto»ni urganishimizning kimmatli tomoni shundaki, u Vatanimiz xududida yashagan xalk tarixi, kadimgi, kudratli «Buyuk Xorazm» davlatining eng kuxna urf-odatlari, ma’naviyati, turmushi xakida kimmatli tarixiy ma’lumotlar beradi. Bu kitob buyuk madaniy utmishimizdan darak beruvchi asardir. «Avesto» ning jaxon madaniyati va dinlar tarixida tutgan urni va mavkei bekiyosdir. Buni butun jaxon xamjamiyati xam tan olib, BMTning maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugullanuvchi tashkiloti YuNESKO Bosh konferensiyasining 1999 yil noyabr oyida Parijda bulib utgan 30-sessiyasining karoriga binoan, 2001-yil 3-noyabrda Xorazm zaminida «Avesto» yaratilganligining 2700 yillik yubeleyi dunyo mikyosida keng va tantanali nishonlanganligida kurishimiz mumkin. Urganchda «Avesto yodgorlik majmuasi» bunyod etildi.

«Avesto» Uzbekistonda birinchi marta 2001 yilda 5000 nusxada chop etildi.

Nafakat ulkamizning, balki butun bashariyatning xam bekiyos mulkiga aylanib kolgan bu asarni xar bir inson ukib urgansa, xalkimizning eng kadimgi boy tarixi, davlatchilik asoslari, urf-odatlari, kadriyatlari bilan tanishadi, bu madaniyatning jaxon sivilizasiyasiga kushgan zalvarli xissasini anglab yetadi, uziga bekiyos ruxiy kuvvat va ma’naviy ozik oladi.

Biz uchun «Avesto» kitobi nafakat kadimiy tarixiy yodgorlik, balki millatimizning va unga xos bulgan kadriyatlar va madaniyatning tomiri ming-ming yillarga borib takalishini tasdiklaydigan tarixiy xujjat sifatida xam kadrlidir.

Bu xakda Islom Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yuk» risolasida bildirgan fikrlari ayniksa dikkatga sazovordir:

- «Eng mu’tabar, kadimgi kulyozmamiz «Avesto» ning yaratilganiga 3000 yil bulayapti. Bu nodir kitob 30 asr mukaddam ikki daryo oraligi – Movarounnaxrda, mana shu zaminda umrguzaronlik kilgan ajdodlarimizning bizga koldirgan ma’naviy tarixiy merosidir. «Avesto» Ayni zamonda bu kadim ulkamizda buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bulganidan guvoxlik beruvchi tarixiy xujjatdirki, uni xech kim inkor etaolmaydi».

Shunday kilib ezgulik va yovuzlik, nur va zulmat, xayot va ulim goyalari urtasidagi kurash goyalari xamda «Ezgu fikr, ezgu suz, ezgu amal» tamoyiliga asoslangan bu dinda tinchlik, bunyodkorlik, insonparvarlik, pokizalik, rostguylik, mexnatsevarlik, insof, adolat, xalollik, kiskasi yaxshilik – ezgulikning asosiy uringa kuyib tarannum etilishi, ajdodlarimizning buyuk ma’naviy merosi va kadriyatlari insoniyat tarixida benazir, olamshumul axamiyatga ega bulganligidan dalolat beradi.

Adabiyotlar:




  1. Download 36,01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish