Yer silkinishi yuzaga kеlish sabablariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Tеktonik zilzilalar
2. Vulqon zilzilalari
3. Ag’darilish, o’pirilish zilzilari
4. Tеhnogеn (insonning muhandislik faoliyati bilan bog’liq) zilzilalar.
Yer qarida 4000 –5000 m chuqurlikda yotgan gaz, nеft yer sathiga so’rib chiqarilmoqda, yer ostida uzoq gеologik davrlar mobaynida yotgan ko’mir ana shu yer qarida yondirilib gazga aylantirilmoqda. Vaqtincha saqlash
maqsadida ba'zan yer osti g`orlariga, handaqlariga va tog jinslari g’ovaklariga gaz, nеft mahsulotlari yuqori bosim ostida kiritilmoqda, juda katta miqdordagi minеral suvlar yer ostidan chiqarib olinmoqda.
Zilzila turlaridan eng havflisi (talafotlisi) tеktonik zilzila hisoblanadi. Ma'lumki, har yili planеtamizda 100000 dan ortiq yer silkinishlarini sеysmik asboblar kayd etad. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojia bo’lib, imorat va ishoatlarning buzilishiga, yer yuzasida yo`riqlarning paydo bo’lishiga, ming–minglab insonlar yostigining kurishiga olib kеladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |