Mahsulotni tayyorlash. Kavlab olinib o‘q ildizining yog‘ochlangan va mayda ildizlari qirqib tashlanadi, fakat yog‘ochlanmagan yumshoq qismi va yo‘g‘on yon ildizlari qoldiriladi, tuproqdan tozalanib, so‘litiladi, pichoq bilan kulrang probka qismi qirqib tashlanadi. Mahsulot qurituvchi moslamalarda 400 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Mahsulot silindirsimon, ustki tomoni oq, uzunligi 35 sm gacha, diametri 0,5 - 2 sm li ildiz bo‘laklaridan iborat. Ildiz sertolali o‘ziga xos hidi va shirin mazasi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |