Sikorin
Ishlatilishi. Sachratqi ildizi preparatlari ishtaha ochuvchi, ovqat hazm qilinishini yaxshilovchi, biroz ichni suruvchi va modda almashuvini yaxshilash xususiyatiga ega. Shu bilan birga jigar xastaligida, sariq kasalligida, o‘t pufagidagi tosh va buyrak kasalliklarida, hamda teri kasalliklarida qo‘llaniladi (toshlar, chipqon yaralar va h.o.). Qaynatmasi mikrobga qarshi va ichni qotirish xususiyatiga ega.
Sachratqi ildizi fruktoza olinishda hom - ashyo sifatida foydaliniladi.
Ibn Sino sachratqi sut shirasidan ko‘ngil ayniganda, istmada, ko‘z yalig‘langanda, ich ketishda, ko‘zga tushgan oqni ketkazishda foydalangan. Qurutilmagan ildizini yanchib, ilon, chayon va ari chaqqan yerga qo‘ygan, hamda podagra kasalligida og‘rigan bo‘g‘inlarga bog‘lagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |