Ferula ildizi - Radix Farulae
O‘simlikning nomi. Ferula thenusesta - bargi ingichka qirqilgan ferula.
Oilasi. Ariaseaye - Selderdoshlar.
Ferula bo‘yi 1-2 metrgacha yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Ildizi yirik bo‘lib, ba’zan 10-15 kg gacha yetadi. Poyasi yo‘g‘on, qovirg‘ali, sershox, ichi kovak. Barglari oddiy 2-3 marta patsimon qirqilgan bo‘lib uzun bandli, qini bilan poyaga ketma-ket joylashgan. Barg bo‘lakchalari mayda, lansetsimon, chiziqsimon. Bargni umumiy ko‘rinishi keng uch burchak-simon bo‘lib uzunligi 30-40 sm gacha, eni 10-30 sm gacha bo‘ladi. Gullari murakkab soyabonga to‘plangan. Soyabonlari birlashib supurgisimon gul to‘plamini xosil qiladi. Kosacha va tojbarglari 5 tadan. Mevaning uzunligi 5-10 mm gacha, eni esa 4-7 mm gacha bo‘ladi.
O‘simlik iyun-iyul oylarida gullab, mevasi avgust-sentyabrda yetiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |