29-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog`liq
korxonalarni loyihalashtirishga qo`yiladigan
asosiy talablar
Foydali qazilma qazib oluvchi va mineral xom ashyoni qayta ishlovchi korxonalarni qurish loyihalarida:
loyihalashtirilayotgan korxonalarning еkologik-iqtisodiy dalil-asoslari;
er qa’ridan asosiy foydali qazilma zaxiralari va ular bilan birga joylashgan foydali birikmalarni mumkin qadar to`liq, kompleks ravishda va iqtisodiy jihatdan maqbul tarzda chiqarib olishni, shuningdek xodimlar va aholining xavfsizligini ta’minlovchi foydali qazilma konlarini ochish usullari hamda bu konlarni ishga solish tizimlari;
foydali qazilma ustida joylashgan jinslardan oqilona foydalanish, shuningdek ularni jinslarning xususiyatlarini hamda yerlarni qayta tiklash talablarini hisobga olib joylash;
asosiy qazilma bilan birga qazib chiqariladigan, lekin vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilma va texnogen hosilalarni to`plash, hisobga olib borish va saqlash;
er osti inshootlarini qurish va ishlatish jarayonida ochiladigan yer qa’rini geologik o`rganish;
atrof tabiiy muhitga ko`rsatiladigan ta’sirni baholash;
qayta ishlash chiqindilaridan imkon qadar to`liq foydalanish;
zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilarni va ishlab chiqarish chiqitlarini, tarkibida zararli moddalar bo`lgan oqova suvlarni qayta ishlash, zararsizlantirish, foydali suratda ishlatish, ko`mish va vaqtincha to`plab qo`yishning atrof tabiiy muhit ifloslanishi oldini olishni ta’minlaydigan usullari;
zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqitlarini, oqova suvlarni qat’iy belgilangan joylarda to`plashning ular yer qa’ri qo`shni uchastkalariga, yer osti suvlariga, yer yuzasiga va atmosferaga tarqalib ketishining oldi olinishini ta’minlaydigan chora-tadbirlari ko`zda tutilishi lozim.
30-modda. Foydali qazilma konlarini ishlatish va mineral
xom ashyoni qayta ishlashga qo`yiladigan asosiy talablar
Foydali qazilma konlarini ishlatish foydali qazilma qazib oluvchi korxonalarning tasdiqlangan loyihalariga, konchilik ishlarini rivojlantirish rejalariga, neft, gaz konlari va yer osti suvlarini ishlatish loyiha va sxemalariga hamda texnikaviy foydalanishning konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Foydali qazilma konlarini ishlatishda va mineral xom ashyoni qayta ishlashda:
ishga solinayotgan foydali qazilma konlari va ularning yonidagi foydali qazilma konlari hamda yer qa’ri boshqa uchastkalarining konchilik ishlari olib borish natijasida buzilishiga yo`l qo`yilmasligi, shuningdek yer qa’rida konservatsiya qilib qo`yiladigan foydali qazilma zaxiralari saqlanishi;
tog` jinslarining siljish jarayonlari, yer yuzasi, binolar, inshootlarning mayishishlari, konlarning pog`onalari va chekka tomonlari mustahkamligi maxsus asboblar bilan kuzatib turilishi;
mineral xom ashyoni qayta ishlashning turli bosqichlarida foydali komponentlar taqsimoti va ularni ajratib olish darajasining hisobga olib hamda nazorat qilib borilishi;
ushbu Qonunning 18-moddasi ikkinchi qismida, 28 va 29-moddalarida bayon еtilgan qoidalarga rioya еtilishi ta’minlanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |