3. Triggerlar.
Trigger - bir razryadli ikkilik axborot (“0” yoki “1”) ni saqlaydigan xotira elementi. Mantiqiyelementlardan farqli ravishda trigger ichki holatga - xotiraga ega. Triggerlar ikkita chiqishga: 1) Q- toʻgʻri chiqish. 2) Q -inkorli chiqishga ega.
Triggerlarning «1» holatiga toʻgʻri chiqishdagi (Q) signalning yuqori holati «1», inkorli chiqishidagi (Q)signalning past holati «0» toʻgʻri keladi. Trigger qurilmasining kirishlari informasion va yordamchi (boshqaruvchi) kirishlarga boʻlinadi. Informatsion kirishlaridagi signallar trigger holatini boshqaradi, yordamchi kirishlardagi signallar esa tirggerni talab qilingan holatga oldindan oʻrnatish uchun, hamda ularni sinxrosignal bilan taʻminlash uchun hizmat qiladi. Trigger kirishlarining soni uning strukturasiga va boshqariladigan vazifalariga bogʻliq. Triggerning informasion kirishlari S, R, J, K, D, T simvollari orqali belgilanishi qabul qilingan, boshqaruvchi kirishlar esa C, V simvollar bilan belgilanadi.
Triggerning sxematik belgisi Bu erda S, R- informasion kirishlarni, Q va Q - chiqishlarni belgilaydi.
3-rasm
Triggerlarni informatsiyani qabul qilish usuli, qurilish prinsipi, hamda funksional imkoniyatlari boʻyicha sinflash mumkin. Informatsiyani qabul qilishi bo'yicha: asinxron va sinxron triggerlar mavjud. Asinxron triggerlar informatsion kirishlarida signallarning paydo bo'lish momentida oʻz reaksiyalarini koʻrsatadi. Sinxron triggerlar esa sinxron signal kirishi S dagi boshqaruvchi impuls signali mavjud boʻlgandagina informatsion kirishlardagi signallarga oʻz reaksiyalarini bildiradilar. Sinxron triggerlar oʻz navbatida S kirish orqali boshqariladigan statik va dinamik turlarga boʻlinadi. Statik boshqarishli triggerlar informatsion kirishlardagi signallarni S kirishiga «1» yoki «0» signallari berilgandagina qabul qila oladi. Dinamik boshqarishli triggerlar esa informatsion kirishlardagi signallarni S kirishdagi signal «0» dan «1» ga oʻzgarganda yoki «1» dan «0» ga oʻzgarganda qabul qila oladi. Statik triggerlar bir bosqichli va ikki bosqichli turlarga boʻlinadi. Bir bosqichli triggerlar informasiyani saqlashning bir bosqichi, ikki bosqichli triggerlar esa informasiyani saqlashning ikki bosqichi mavjudligi bilan xarakterlanadi. Dastlab informatsiya birinchi bosqichga yoziladi, keyin ikkinchi bosqichga koʻchirib oʻtkaziladi va iformatsiya trigger chiqishida paydo boʻladi. Funksional imkoniyatlarga koʻra triggerlar quyidagi turlarga boʻlinadi:
- «0» va «1» xolatlarga aloxida-aloxida oʻrnatiladigan triggerlar (RS-trigger);
- kirish boʻyicha informasiyani qabul qiluvchi triggerlar (D-trigger yoki kechiktirish triggeri);
- sanoqli kirishga ega triggerlar (T-trigger);
- J va K informasion kirishli universal triggerlar (JK-trigger).
Diskret elementlar asosida qurilgan simmetrik triggerning elektr sxemasi
4-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |