Reja: Yangilanayotgan yurtning yangicha taraqqiyot yo‘li



Download 39,61 Kb.
Sana03.03.2022
Hajmi39,61 Kb.
#481423
Bog'liq
Insho


Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash
Reja:
1. Yangilanayotgan yurtning yangicha taraqqiyot yo‘li.
2. Taraqqiyot yo‘lining yangi ufqlari – yoshlar nigohida.
3. Ajdodlarga munosib avlodlar e’tirofi.
Tarixi azaldan ma’lumki, har qanday yurtning istiqboli shu zamin bag‘rida kamol topgan, o‘z aql-u zakosi bilan olamni hayratga soladigan, o‘z ilmi bilan dunyoni zabt etadigan yoshlarning, vatanparvar kishilarning darajasi bilan belgilanadi. Ming shukurlar bo‘lsinki, mamlakatimiz shunday farzandlarga beshik bo‘lgan qutlug‘ zamin. Bu tuproqda islomning ulug‘laridan – fuzalolar-u ulamolardan tortib, ilm-fanning barcha sohalarida kamolot kasb etgan, Vatan uchun fidokorona mehnat qilgan, uning daxlsizligi yo‘lida shirin jondan kechgan zotlar qancha?! Bu shunchaki g‘urur-iftixor emas, bu – serquyosh zaminning oftobiday yuksalgan yelkalarga tushgan juda mas’uliyatli va og‘ir vazifa. Og‘ir deyish qanchalar erish tuyilmasin-u, lekin uni chin dildan his qilmoq va uning ado etilmog‘i yo‘lida chin yurakdan mehnat qilmoq kerak. Bu mehnatning hech bir iddaosiz bo‘lishi – haqiqiy vatanparvarlik, ayni paytda, asl saodatdir. Ovozni baland qo‘ygan bilan, buyuk ajdodlarning ulug‘ligidan ko‘ngilda g‘ururlangan bilan bu vazifalar ado bo‘lib qolmaydi. Bu faqat va faqat amalda bo‘lmog‘i ayni muddaodir.
Istiqlolning o‘ttiz yillik solnomasiga ramz solarkanmiz, uning so‘nggi besh yillikdagi sahifalari yanada yorqinroq tarix zarvarag‘iga aylandi desak yanglishmaymiz. Bu faqat bizninggina so‘zimiz emas, buni dunyo sahnida mamlakatimiz to‘g‘risida jarang sochayotgan e’tiroflar ham tasdiq etadi. Mamlakat taraqqiyining besh yillik yo‘l xaritasiga aylangan “2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning bu boradagi ahamiyati beqiyosdir. Mazkur strategiya qisqa muddatda mamlakat hayotining barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlarning omili o‘laroq taraqqiyotning bosh rejasidir. Buni tizimli siyosatning samarasi deb baholaymizki, ayni kunda mamlakatimiz tubdan yangicha qiyofaga kirdi. Buni bir so‘z bilan “Yangi O‘zbekiston” deb nomlash ham har jihatdan asosli, nazarimizda. Boisi barcha sohalarning tub islohotlar miqyosidagi jadal va barqaror o‘sishi yangilanayotgan yurtning qiyofasini ham o‘zgartiradi. Bu kabi o‘zgarishlarning ilm-fan va ta’lim tizimidagi o‘rni har tomonlama ahamiyatlidir. Ayniqsa, yoshlarni mamlakatning hal qiluvchi kuchlari sifatida har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning kelajagiga jiddiy e’tibor qaratish yangi O‘zbekistonning ilm-fan, ta’lim taraqqiyi yo‘lidagi dadil odimlaridir. Shaksiz, qilingan mehnat, berilgan e’tibor o‘z samarasini ko‘rsatmay qolmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, iste’dodni to‘g‘ri tarbiya qilolgan, o‘z zimmasidagi mas’uliyatni to‘la anglab yetgan yoshlar Vatanimiz kelajagi, nurafshon istiqbolining poydevoridir. Ularning ona yurtimiz rivoji yo‘lidagi sa’y-harakatlari va intilishlari doim e’tirofga munosibdir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash Ulug‘bek jamg‘armasi muassisligida chop etilgan “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy ishlar to‘plamining uch jildligi ana shunday izlanish va kelajak uchun bildirilgan muhim g‘oyalarning muxtasar majmuyidir. Mazkur uch jildlikning har bir qismi iste’dodli yoshlarning u yoki bu jabhaga doir ilmiy-nazariy qarashlari hamda sohalar rivoji yo‘lida turgan muammolarga ijobiy yechim bo‘la oladigan qarash, takliflaridan iborat. Jumladan, to‘plamning birinchi jildi, asosan, ta’lim, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, sanoat kabi soha va tarmoqlarga oid fikr-mulohazalardan, tadqiqot natijalaridan iborat. Akademik Oqil Salimovning “Ta’lim va fan mamlakat qudratini ta’minlash omili” nomli maqolasi ta’lim va fanning barcha sohalarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotganini, yoshlarning taraqqiyot yo‘lida qanchalar muhim ekanligini isbot qilishda muhim fikriy asosdir. Olimning ushbu so‘zlarida shunday asos bor: “Ta’lim va fan bugungi kunda nafaqat madaniy, siyosiy va iqtisodiy taraqqiyot omili, balki xalqaro munosabatlar vositasi hamdir”.
Yuksak intellektual salohiyatga ega, jamiyatda muhim o‘rin tutadigan bugungi kun yoshlari faqatgina jamiyatning bilimli a’zosigina bo‘lib qolmay, bu yuksalishlarning faol ishtirokchisi hamdir. Ular jamiyat hayotida yuz berayotgan hech bir o‘zgarishga yoxud yangilanishga shunchaki befarq bo‘lolmaydi, balki uni o‘z faoliyatlarida ham asosiy yetakchilikka aylantiradilar. Ilmga qiziqishi yuksak yoshlarning jamiyatimizda tobora ko‘payib borayotgani – fikrimiz isboti. Ilm-fanning biror sohasini mukammal bilishning o‘zigina kifoya qilmasligini anglab yetayotgan yoshlar ayni zamonda o‘zlari tanlagan fanning, sohaning yuksaltiruvchi kuchiga ham aylanib ulguryapti. Ana shunday izlanishlar yuqorida nomini zikr etganimiz to‘plamning ham muhim bir jihati o‘laroq ko‘zga tashlanadi. Xususan, “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy ishlar to‘plamining ikkinchi jildi, asosan, yosh izlanuvchilarning ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilgan fikr-mulohazalar bayonidan iborat maqolalardan tashkil topgan. To‘plamdagi “Bugungi kun yoshlari: yangicha dunyoqarash va yondashuvlar” (A. Sa’dullayev), Uchinchi Renessans – yoshlar imkoniyati” (M. Salixova), “Betakror va noyob ilmiy-ma’naviy merosimiz kuch-qudrat va ilhom manbayi” (A. Raxmatullayeva) kabi bir qator maqolalarda Yangi O‘zbekistonda poydevori qo‘yilayotgan Uchinchi Renessansni qurishda yoshlarning o‘rni masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Mamlakatimiz yoshlarining O‘zbekiston yoshlari birinchi forumi ishtirokchilarining mamlakatimiz yoshlariga murojaati ham kelajak egalarining qalbida yuksak marralarga intilishdek ishonchni bergani, har bir yoshni Uchinchi Renessansning bunyodkori bo‘lishga chorlagani ayni haqiqat. Murojaatdagi ushbu jumlalar doim jarang sochsa, ne ajab:
“Aziz Vatanimizning haqiqiy tayanchi va suyanchi bo‘lib, yurtimizda yangi O‘zbekistonni, yangi Renessansni yaratishga munosib hissa qo‘shaylik!
Dunyodagi eng ulug‘ baxt – el-yurt ishonchiga sazovor bo‘lish barchamizga nasib etsin!”
Bu kabi ulug‘vor chaqiriqlarga o‘z iste’dodi, ilmi, mehnati bilan “labbay” deb javob berayotgan yoshlar doim izlanishda. Ular jamiyatning barcha bo‘g‘inlarida, taraqqiyotning yangicha yo‘llarida dadil odim bosib borarkan, albatta, yuksak natijalarni, ulug‘ maqsadlarni ko‘zlaydi. FarPi tayanchi doktoranti Sevaraxon Abdullayeva mamlakatdagi ulkan imkoniyatlarni yangi qiyofadagi O‘zbekistonning tayanchi hisoblarkan, u barcha soha va tarmoqlarni aniq faktlarga tayangan holda umumiy miyqosda tahlil qiladi va xalq hayotiga yangicha nafas, yangicha ruh olib kirgan tub islohotlarning samarasini ko‘rsatadi. Izlanuvchi barcha o‘zgarishlarni tahlil etish asnosida bularning ko‘rsatayotgan natijasini dunyo miqyosidagi qator indekslar misolida yoritadi. Bu yosh olimaning taraqqiyotning yangi yo‘lida borayotgan Yangi O‘zbekistonning ayni kundagi qiyofasiga bergan xolis bahosidir. Shu bilan birga, mazkur to‘plamda til va adabiyot taqdiri masalasida tadqiqtchilar tomonidan xolisona fikr-munosabatlar qayd etilgan. Masalan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Lola Azimovaning “Til – milliy yuksalish, ma’rifiy takomil asosi” maqolasi xalqimizning ma’naviy mulki, o‘zligining ildizi bo‘lmish tilning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, mavqeyini yanada mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar samarasi so‘nggi yillarda qabul qilingan farmon va keng ko‘lamli islohotlar misolida tahlil etilgan bo‘lib, unda tilning sofligini saqlash masalasi jamiyatdagi muhim va dolzarb mavzulardan biri sifatida tahlil etiladi. Izlanuvchi bu borada muhim huquqiy mezonlar va ajdodlarimizning ona tili xususida bildirgan fikr-mulohazalari bilan o‘z so‘zini dalillaydi. Yoki TDPU magistranti Ma’ruf Eshpo‘latov to‘plamning ikkinchi jildidan o‘rin olgan maqolasida o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy barkamollik, odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalashda adabiyotning o‘rni asoslanib, ajdodlarimiz merosida adabiyot mavzusining yoritilishi masalasi tahlil qilinadi. Maqolada yoshlarning yetuk salohiyatli shaxs darajasiga erishish yo‘lida ularga adabiyot atalmish so‘z bo‘stonining ma’naviy ahamiyati nechog‘li muhim ekani ilmiy fikrlar bilan izohlanadi. Xulosada tadqiqotchi shunday fikrlarni bayon qiladi: “O‘zlarining sermazmun va barakali ijodlari bilan jahon madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan bu buyuk siymolarning asarlari hamisha hammamiz, ayniqsa o‘zlarini komil insonlar darajasiga yetkazishni istagan yoshlarimiz uchun hayot maktabi vazifasini o‘taydi”.
O‘zini mamlakatning ertasi, nurli kelajakning bunyodkori deb hisoblagan yoshlar ayni zamonda Uchinchi Renessans bunyodi uchun harakat qilarkan, ular oldida doim o‘tmishdan qarzdorlik, ajdodlar oldida burchlilik tuyg‘usi bo‘ladi. Buni to‘la-to‘kis anglab yetgan yoshlar esa ularning mehnatlarini hamma vaqt munosib e’tirof etadilar. “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” to‘plamiga kirgan asosiy maqolalarda buyuk ajdodlarning boy ilmiy-madaniy merosi, asarlari xususida fikr yuritilib, e’tirof qilinadi. Misol uchun, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tayanch doktoranti Nodir Karimov o‘zining “Ajdodlar merosi – bebaho xazina” nomli maqolasida markaziy osiyolik buyuk mutafakkir allomalarning matematika, tibbiyot, astronomiya, tarix, adabiyot, falsafa va boshqa diniy va dunyoviy fanlar rivojidagi beqiyos o‘rni yana bir bor ta’kidlanarkan, bu borada ularning merosini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan asosiy ishlar sarhisob qilinadi va eng muhimi, bu sohada yoshlar zimmasidagi vazifalar tahlil etiladi. Xususan, tadqiqotchi shunday fikrlarni bayon qiladi: “…bugun yoshlar ajdodlariga munosib ravishda Markaziy Osiyo hududida Uchinchi Renessans davrini yuzaga keltirish shart. Zero, xalqimizning uzoq o‘tmishi, tengsiz madaniyati, mard-jasur bobolari, bebaho ajdodlar merosi doimo yangi kashfiyotlar, yangi marralarni zabt etishga undab turadi”. Bu fikr asnosida ajdodlar merosining ma’naviy qimmatiga yuksak baho beriladi.
Yuqoridagi maqolada umumiy miqyosda tahlil qilingan ajdodlarimiz merosi O‘zMU tadqiqotchisi Jaloliddin Yusubovning “Abu Nasr Forobiyning ilmiy merosida jamiyat va shaxs masalalari” maqolasida birgina alloma asarlari misolida tadqiq qilinadi. Mutafakkirning jamiyatning kelib chiqishi, uning mohiyati va maqsad-vazifalari, adolatli jamiyat tuzishning tamoyillari xususidagi fikrlari “Fozil odamlar shahri” asari misolida yoritilib, bugunning yoshlarida Forobiy ijodiga yanada qiziqish uyg‘otishga sabab bo‘ladigan jihatlar ochib berilgan.
Xulosa qilib aytganda, yangilana borayotgan mamlakatning yoshlari ertaning egalari. Ular buyuk ajdodlarning munosib vorisi sifatida kelajakni o‘zlarining yuksak zakovatlari asosiga quradilar. Yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar, albatta, o‘z samarasini ko‘rsatib, Uchinchi Renessansning bunyodkoriga aylanadilar. Ularda faqat intilish, ilm, vatanparlik bo‘lsa kifoya. Muhtaram yurtboshimizning biz yoshlarga qarata “Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida yuksak qadrlayman” degan so‘zlari ko‘ngilga ulkan ishonch tuyg‘usini solishi bor gap. Prezidentimizning ushbu murojaatlari barchaga cheksiz imkon, kelajakka ishonchdir: “O‘z tajribamdan kelib chiqib, sizlarga aytadigan maslahatim shu: ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor o‘tmasin!
Yoshlik – umrning eng bebaho davri. Ilm va bilim – o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang!”
Download 39,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish