Xudoyberdi To’xtaboyev hayoti va ijodi
Reja:
Xudoyberdi To’xtaboyev bolaligi va ilk faoliyati davri
Ijod yo’lini bolalar adabiyoti tomon burgan adib asarlari
“Sariq devni minib” va “Sariq devni o’limi” asarlari haqida
Ijod yoki mutolaa haqida ming bir adibdan gap so’rasangiz ming bitta fikrni eshitasiz. Adabiyoti bo’lmagan, adabiyotning taraqqiysiga intilmagan va adiblar yetishtirmagan millat oxiri bir kun hissiyotdan , o’ydan, fikrdan mahrum bo’lib, sekin-sekin inqirozga yuz tutadi.Istalgan ulug’ adibning tarjimai holi bilan tanishib chiqadigan bo’lsak bir nasani anglaymiz: ular o’zlarini jiddiy tarbiyalagan. O’qigan , yozgan, izlangan, o’chirgan, qayta-qayta yozavergan.Dunyoda shunday yozuvchilar borki, ularning asarlarini qayta-qayta o’qigimiz keladi. Ularning asarlari yeti yoshdan yetmish yoshgacha barchaga birday manzur bo’ladi.
O’zbek bolalar adabiyotining ko’zga ko’ringan iste’dodli vakillaridan biri Xudoyberdi To’xtaboyev 1932-yil 17-dekabr kuni Farg’oa viloyatining Katta Tagob qishlog’ida tavallud topan. Otasi To’xtavoy 21 yoshida quloq qilingan bo’lib, Tojikistonning Chorku degan joyida vafot etgan. Ikki yildan so’ng onasi Sorabibi xolasi Ashurbibi o’lib , besh bolasi yetim qolganligi sababli , uning eri Usta Qodirjonga turmushga chiqqan. Uning tarbiyasi bobosi Erkaboy va buvisi Robiyabibilarning ixtiyorida bo’lgan. Yozuvchi o’zi aytib o’tganidek “Ruhim , xulqi-axloqim va xarakterimda neki bo’lsa, bog’bon bobom, ertakchi enam tufayli shakllangan”. Boshqa bolalar qatori Xudoyberdi ham poda boqdi, yer chopdi, paxta terdi, xullas qishloqda bo’ladigan hamma sohalarda qo’lidan kelganicha mehnat qildi.Hayot nimadan iborat ekanligini yoshligidanoq bila boshladi.Bo’lajak adib ikkinchi jahon urushi yillarida o’qishni yig’ishtirib qo’yib , dalada ketmon chopdi, hisobchilik qildi, mashaqqatli mehnat bilan suyagi qotdi.
Xudoyberdi To’xtaboyev 1949-yil Qo’qon Davlat Pedagogika bilim yurtini, 1955- yil Toshkent Davlat Pedagogika universitetini bitirgan.Qo’qon Davlat Pedagogika bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlagandan so’ng u ona qishlog’ida muallimlik qilar ekan , unda ilmga nisbatan cheksiz ishtiyoq uyg’onadi. Shuning uchun ham o’qituvchilikni tashlab, Toshkent Davlat Dorilfununiga o’qishga kiradi va bu yerda Alisher Navoiy , Bobur, G’.G’ulom, Oybek, H.Olimjon, A.Qahhor asarlarini sevib o’qidi, o’rgandi.Universitetni tugatib, Bog’dod tumanida o’ituvchilik qildi. U 1958-yilda Toshkentga ko’chib keldi va “Toshkent haqiqati” gazetasiga ishga kirdi.
Xudoyberdi To’xtaboyev bolalikdan to’g’riso’z ,halol, pok va mehnatsevar bo’lib o’sdi.Gazetada ihlar ekan, ba’zi nopok odamlarni ko’rib, ularning qilmishlarini hazm qila olmadi. Bunday kishilarning sir-asrorlarini fosh etishga, el-yurt oldida munofiqlarning yaramas tomonlarini ochib tashlashga qaror qildi.Bu borada unga feleton janri qo’l keldi. 1962-yilda respublikamizning “otaxon gazeta”si- “O’zbekiston ovozi” ga feletonchi bo’lib ishga kirdi. Bu yerda 14 yil davomida 300dan ortiq feleton yozdi. Bu haida uning o’zi shunday yozadi: ”300dan ortiq feleton yozdim. Yo’q, baribir ,ulardan ko’nglim to’lmadi. Bostirib kelayotgan tankka qarshi rogatkaga kesak solib otganimiz bilan ta’sir qilmaganidek, jamiyatdagi illatlarga qaratilgan feletonlarimning ham hech ta’siri bo’lmayotgandek edi….. Ruhiy dunyosi pok bo’lgan, tarbiyaga quloq soladigan, savob va gunohni bilishga intilayotgan, ruhim go’zallikka talpinayotgan bolalar dunyosida ishlasam qanday bo’lar ekan,deb o’ylay boshladim va shunday qaror qabul qildim ”.
Uning ilk hikoyalar to’plami – “Shoshqaloq”(1961), “Feletondan keyin”(1962), “Sir ochildi”(1963), “Sehrli qalpoqcha”(1964) singari qissalari, “Muhabbat qo’shig’i” (1967), “Jonginam shartingni ayt”(1969), “Omonboy va Davronboy sarguzashti”(1974) va boshqa asarlar muallifidir. “Sariq devni minib”romani (1968) yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. Shundan so’ng “Sariq devni o’limi” (1973), “Besh bolali yigitcha” (1976), “Qasoskorning oltin boshi” (1981), “Yillar va yo’llar” (1983), “Shirin qovunlar mamlakati”(1986), “Mungli ko’zlar” (1988), “Jannati odamlar” (1996) romanlari nashr etildi.
Yozuvchining yumorga moyilligi, oddiy vaziyatlardan ham kulgu chiqara olish iste’dodi ilgarigi asarlariga nisbatan “Sariq devni minib” asarida yaqqol sezildi.”Sariq devni minib” da o’qish, ilm cho’qqilarini egallash uchun insonning o’z orzusi , ezgu niyatiga erishish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berilgan zamonamizda yashashiga qaramay, dangasalik, yalqovlik qilgan , hayotda yengil-yelpi yashashga yo’l axtargan va adashgan bolalar- Hoshimjonlar kulgi ostiga olinadi.
Hoshimjon sho’xligi olamni tutadigan, dehqon oilasidan chiqqan bola.U hayotdagi ko’p narsaga mehnatsiz , qiyinchiliklarsiz oson yo’l bilan erishgisi keladi. Shuning uchun u buvisi aytib bergan ertaklardagi sehrli qalpoqchani izlab topadi va shundan so’ng uning sarguzashtlarni boshidan kechiradi. Ko’plab joylarda bo’ladi , qalpoqchani yordamida yoshini, hujjatlarini o’zgartirib har xil sohada ishlab ko’radi. Lekin unda hech qanday bilimlarning yo’qligi, kitob o’qimaganligi tufayli hamma joyda pand yeydi va xatosini tushunib yetadi va o’qishga qaror qiladi va uyiga qaytadi.
Asarning davomi bo’lgan “Sariq devning o’limi“ asarida esa Hoshimjon ulg’ayib avval o’zini sartaroshlikda sinab ko’radi, lekin ishlari chappasiga ketadi. Keyinroq esa militsiya maktabini o’qib bitirib, militsiyaga ishga kiradi. U qalpoqchani o’zi tashlab kelgan joyidan olib keladi va qalpoqcha ikkisi boshidan ko’plab sarguzashtlarni kechiradi. Muttaham, qallob, yomonlik ramzi bo’lgan Odil battolning hamma qilmishlarini fosh qiladi.
Ushbu asarlar xalqimiz tomonidan juda yaxshi kutib olingan va bolalarning eng sevimli asariga aylanib ulgurgan. “Sariq devni minib” asari 24ta tilga tarjima qilingan va O’zbekfilm tomonidan kino qilib sahnalashtirilgan.
O’zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning eng sevimli bo’lgan yozuvchisi Xudoyberdi To’xtaboyev 2021-yili 21-mart kuni bu olamni tark etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |