www.arxiv.uz
4-8 asrlarda Xorazmdagi ijtimoiy va shaxarlar xayoti.
Reja:
1.Xorazmdagi shaxarlar koldiklarining arxeologik tadkiki.
2. Asosiy siyosiy vokealar.
3.7-8 asrlarda Xorazm shaxarlari.
4.7-8 asrlarda Xorazm kishloklari.
Ilk urta asrlar davrida Xorazmda boshka Urta Osiyo viloyatlari singari uziga xos madaniyat va feodal jamiyatning kurtaklari yaratilgan edi. Bu davrda madaniyat jixatidan Urta Osiyo viloyatlari bir-biridan ancha fark kilgan bulsa xam, shaxarlar va uy me’morchiligida anchagina umumiy xususiyatlar mavjud edi.
Xorazmning kadimgi yodgorliklari 19 asrning oxirlaridan boshlab kuplab arxeolog va tarixchi olimlarning dikkatini uziga tortib kelmokda. Xorazm ilk urta asrlar yodgorliklarini arxeologik tadkik etishni shartli ravishda 2 davrga bulish mumkin:
1. Tadkikotlar 1937 yilda boshlangan edi. Shu yili S.P. Tolstov boshchiligidagi SSSR FA Etnografiya Institutining Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi tuzilgan edi. Bu davrda Etnografiya Institutining aspiranti bulgan A.I. Terenojkin Korakolpogiston ARsi Turtkul va Shabbaz rayonlarida Berkutkalin voxasi va bu erdagi bir necha yirik kal’alarni urganadi.
Keyingi davrlarda xam bu voxaning urganilishi davom etdi, ayniksa, statsionar ishlar jadallik bilan olib borildi. 4 va 36- kal’alar urganildi, voxa xududidagi Teshikkal’a kasrida xam arxeologik kazishmalar olib borildi. Umuman olganda, amalga oshirilgan ishlar okibatida Xorazmning arxeologik xaritasi tuziladi. Shuning bilan birgalikda amalga oshirilgan barcha ishlarni umumlashtiruvchi S.P. Tolstovning «Kadimgi Xorazm» kitobi chop etiladi. Bu kitobdagi arxeologik yodgorliklari klassifikatsiyasidagi 2ta davr : kushon-afrigiylar davri (4-6 asrlar); afrigiylar (7-8 asrlar) ilk urta asrlarga oiddir.
2.1953-1964 yillarda Berkutkalin va Yakka-Parasan voxasini urganish davom etadi. 10ga yakin kasr va kal’alarda arxeologik kazishmalar olib boriladi. 1958 yildan boshlab Uz.SSR FA Korakolpogiston bulimi xodimlari arab manbalari tilga olgan Kerder voxasida arxeologik tadkikot ishlarini olib bordilar. Bu xudud notugri ravishda Shimoliy Xorazm deb atalgan. Bu erda Tokkal’a, Kurgonchi, Kuyukkal’a va Xayvankal’a yodgorliklarining kazishmalari olib borilgan. Tokkal’ada olib borilgan kazishmalar natijasida ilk urta asrlarga oid kulyozma kitob va xujjatlarning yirik xazinasi topilgan (100dan ortik ossuariylardagi xorazm yozuvi namunalari). Shuningdek Gyaurkal’a yakinidagi Mizdaxkana nekropolida xam Xorazm yozuvi namunalari topilgan. Bu erda olib borilgan arxeologik kazishma ishlari natijasida ilk urta asrlar Xorazm tarixi, ijtimoiy xayoti va madaniyatiga oid kuplab yangi ma’lumot va dalillar topildi. Shuningdek Xorazm kalendari, jamiyatning sotsial tarkibi va etnik tarixiga oid yangi dalillar xam topildi.
1977 yilda Yakka-Parasan voxasini butunlay urganish boshlanadi. Buning natijasida bu voxadagi 6ta kal’a urganiladi. Ayozkal’a 2 yakinida 1985-1990 yillar davomida 5-6 asrga oid kuplab inshootlar va tulaligicha saklangan kasr koldiklari urganish amalga oshirilgan edi.
Kazishmalar natijasida kushon-afrigiylar madaniyatiga oid kimmatli ma’lumotlar topildi. Shu jixatdan Tuprokkal’ada olib borilgan kazishmalar ayniksa katta axamiyatga egadir (1965-1969 va 1972-1975 yillarda). Tuprokkal’a xududida 5000 kv.m. maydonga ega kup katlamli inshootlar koldiklari topilgan, 4-5 asrlarda shaxar tuzilishiga oid asosiy xususiyatlar aniklanadi. Yodgorlik xududida sopol, suyak va metalldan yasalgan kuplab ashyoviy dalillar topiladi.
Siyosiy jixatdan 4-8 asrlar davomida Beruniyning ma’lumotlariga karganda Xorazmda birta sulola vakillari xukmronlik kilganlar. Adabiyotlarda bu sulola uz asoschisi Afrig nomi bilan Afrigiylar sulolasi deb ataladi. Sulolaning asoschisi Afrig Beruniyning ma’lumotlariga karaganda 305 yilda Xorazm taxtiga utiradi. Beruniy shuningdek, sulolaning boshka vakillari nomlarini xam keltiradi, ba’zi nomlar Xorazm yodgorliklaridan topilgan tangalar orkali aniklandi. Ammo, tangalar va Xorazm ma’lumotlari orasida ancha fark mavjud (uxshashliklar fakatgina 8 asrga oiddir). Umuman olganda Beruniy keltirgan kupgina xukmdorlarning nomlari xaligacha tangalarda aniklanmagan. Xattoki, sulola asoschisi Afrig nomi bilan zarb kilingan biron-bir tanga topilmagan. S.P. Tolstovning fikricha bu xukmdor davrida mamlakatda detsentralizatsiya jarayoni bulib utib, turli tamgali mis tangalari zarb etilgan.
Xorazmning keyingi tarixi, eftalit-Xorazm, sosoniy-Xorazm, turklar-Xorazm munosabatlari unchalik yaxshi urganilmagan va bu davrga oid ma’lumotlar ancha kamdir. Fakatgina, Xorazmning 711-712 yillardagi tarixi ancha yaxshi urganilgan. Bu davrda Xorazm arab lashkarboshchisi Kutayba ibn Muslim kushinlari tomonidan bosib olinadi. Tabariy, xorazmshox chakirgan majlis xakida ma’lumot berib utadi. Bu majlisga turli xil xukmdorlar, dekxon-boy zodagonlar va axbar-olimlar katnashgan edi. Bu 7-8 asrlarda Xorazm ijtimoiy tuzumiga oid eng kimmatli ma’lumot sanaladi. Yozma yodgorliklar, numizmatik va arxeologik ma’lumotlarga karaganda bu davrda Xorazm bir necha mayda davlatchalardan iborat bulgan. Olimlarning taxminlaricha, bu Amudaryoning kuyi okimidagi Kerder viloyati, mamlakatning janubiy kismi- Amudaryoning ung kirgogi (markazi al-Fir) va Amudaryoning chap kirgogi viloyatlaridir.
Xoramzshox va uning ukasi Xurrazad urtasidagi kurash natijasida xorazmshox arablarni yordamga chakirishga majbur buladi. Beruniyning ma’lumotlariga karaganda Xorazmga etib kelgan Kutayba ibn Muslim Xurrazodani maglubiyatga uchratdi, Xorazm yozma yodgorliklarini yokib yubordi, olimlarini esa xaydab yuborishni buyuradi. Mamlakatga arab noibi kuyiladi va shu davrdan boshlab 995 yilgacha, ya’ni oxirgi Afrigiy xukmdori uldirilganigacha, Xorazmda xokimiyat Kyat- xorazmshoxlar poytaxti va Urganch-arab amir-noiblari urtasida bulingan. Ammo, xoramzliklar arab boskiniga karshi kurashganlar va bir necha bor kuzgolon kutarganlar. Masalan, 728 yilda arab boskiniga karshi Kerderda kuzgolon kutariladi. Keyingi davrlarda xam arablarga karshi kurash davom etadi. Fakatgina 8 asrning oxirlarida arablar Xorazmni tinchlantirishga va bu erda uz xukmronliklarini ancha mustaxkamlashga muvaffak buldilar. Bu davr tangalarida arabcha yozuvlar paydo buladi, xorazmshoxlarning ismi islomcha kuyila boshlanadi. Bu barcha siyosiy va etnik uzgarishlar Xorazm tarixida katta uringa egadir.
7-8 asrlarga oid kadimgi Xorazm davlati xududidagi yodgorliklar asosan kishlok xarobalaridan iboratdir. 7-8 asrlarda Xorazm shaxarlarining ichki tuzilishi va kurinishi deyarli aniklanmagan. Ma’lumki, bu davrda yirik savdo yullarida joylashgan kadimgi shaxarlar (Xazorasp, Xiva va xokazolar) uz xayotini davom etgan. Shuning bilan birgalikda yangi shaxarlar xam kurila boshlangan. Shunisi kizikki, bu shaxarlar asosan yirik kasrlar devorlari yakinida tashkil topgan (Berkutkal’a, Kumkal’a). Xorazmning kadimgi poytaxti Katni arxeologik urganish fakatgina 12-14 asrlarga oid madaniy katlamlarni urganish imkonini berdi. Katning 10 asrdagi kuxandizini bu davrda Xorazmga kelgan al-Istaxri kurgan. Ammo, bu davrda kuxandiz xarobalarga aylangan edi, shaxar esa Amudaryo toshkinlari natijasida vayron etilgan edi. Tabari, Belazuri va ibn al-Asama asarlarida Xorazmning ilk urta aslardagi poytaxti al-Fir yoki Xorazm xakida ma’lumotlar mavjud. Bu ma’lumotlarga karaganda, 7-8 asrlardagi shaxar 3 kismdan («uch shaxardan») iborat bulgan va bu kismlar umumiy mudofaa devori bilan urab olingan. Shaxarning eng mustaxkam kismi Madinat al-Fir bulgan. Shaxarning usib borishi natijasida uning eng kadimgi kismi kuxandizga aylangan, shaxarni esa 10 asr mualliflari Kat nomi bilan tilga oladilar.
Balamining ma’lumotlariga karaganda Xorazmning eng mustaxkam shaxarlaridan biri Xazorasp bulgan. Bu shaxar xarobalari xududida arxeologlar tomonidan mustaxkam mudofaa devorlari koldiklari. Shuningdek, olimlarning fikricha shaxar xududida 7-8 asrlarda paydo bulgan kuxandiz xam mavjuddir. Ammo bu madaniy katlamlar keyingi davrlardagi kurilmalar tufayli saklanib kolmagan. Olimlarning fikricha bu davrda shaxarning umumiy maydoni 10 ga bulgan.
7 asr oxirlari va 8 asr boshlarida paydo bulgan Berkutkal’a tugrisidagi ma’lumotlar boshkalarga karaganda ancha kengdir. Bu shaxar ilgari mavjud bulgan Berkutkal’a kasri yakinida vujudga kelgan. 6,2 gektar maydonga ega bulgan shaxar 2 usulda kurilgan. Kisman shaxar 4 asr boshlarida xarobaga aylangan kishlok urnida kurilgan. Shaxarning butun xududi mudofaa devorlari bilan urab olingan. Shaxarning urtasida keng maydon joylashgan. Shaxarning janubiy kismi 2 maxalladan iboratdir. Maxallani magistral kucha ajratib turibdi. Kuxandizda (100x100 m.) kupgina inshootlar kurilgan. Bu erda pandus, suv ombori va turli ma’muriy inshootlar joylashgan. Kuxandizning shimoli-garbiy burchagida joylashgan suv ombori kamal davrida ancha axamiyatli bulgan.
Xorazmning 7-8 asrlarda mavjud bulgan kishloklari boshka joylarga karaganda ancha yaxshi urganilgan. Bunday kishloklar asosan Amudaryoning ung kirgogida saklangan. Kishloklar Amudaryoning ung kirgogi buylab bir necha unlab kilometrga chuzilgan. Tipologik jixatdan bu kishloklar ilgari davrlardagi Xorazm kishloklardan kup fark kilmagan.
Adabiyotlar:
Karimov I.A. «Tarixiy xotirasiz kelajak yuk» T., 1998 y.
Gulomov Ya.G. «Xorazmning sugorilish tarixi» T., 1959 y.
Istoriya Uzbekistana v istochnikax. Tuzuvchi B. V. Lunin. T., 1984 y.
Jabborov I.M. «Uzbek xalki etnografiyasi». T., 1994 y.
Sa’dullaev A.S. «Kultura yuga Sredney Azii 7-4 vv. do n.e.» T., 1987 y.
Kabirov J., Sa’dullaev A. «Urta Osiyo arxeologiyasi» T., 1990 y.
Uzbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. 1997 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |