Reja: Xona interyeri hamda jihozlanish dizayni



Download 183,9 Kb.
bet13/13
Sana30.12.2021
Hajmi183,9 Kb.
#190939
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
amaliylar

Gigiyena (yun. hygieinos — sogʻlom) — tibbiyotning bir sohasi; kishilar sogʻligʻiga turmush va mehnat sharoitlari taʼsirini oʻrganadi hamda kasalliklarning oddini olish, yashash uchun eng qulay sharoit yaratish, sogʻliqni saqlash va umrni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. G.ning bir necha sohalari bor. Aviatsion G., harbiy G., mehnat G. si, bolalar va oʻsmirlar G.si (maktab G.si), shaxsiy G., ijtimoiy G., ovqatlanish G.si, radiatsion G. va h.k. G. fiziologiya, patofiziologiya, epidemiologiya, toksikologiya, fizika, kimyo, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bogʻlangan, chun-ki tabiiy omillar bilan birga jamiyatning iktisodiy ahvoli ham kishi sogʻligʻiga taʼsir etadi. Ehtiyot va kundalik sanitariya nazorati asoslarini ilmiy asosda ishlab chiqish, kishilarning yashash va ishlash sharoiti hamda dam olishini sogʻlomlashtirish boʻyicha sanitariya tadbirlarini asoslab berish, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini saqpash, sanitariya qonun-qoidalarini ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlari va uy-roʻzgʻor buyumlari sifatini sanitariya ekspertizasidan oʻtkazishda qatnashish G.ning vazifasidir. Sogʻliqni saqlash va kasalliklarning oldini olish, unumli ish qobiliyatini taʼminlash va umrni uzaytirish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida turar joylar va i. ch. korxonalari havosi, suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzallarning gigiyenik normativlarini ishlab chiqish zamonaviy G.ning eng muhim vazifalaridan biridir. G.ning amaliy tomonini maxsus boʻlim — sanitariya tashkil etadi. Gigiyenik tadqiqrtlarda tashqi muhit (havo, suv, tuproq), oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, kiyim-kechak va poyabzallarni fizik-kimyoviy jihatdan oʻrganish usullari, sanitariya statistikasidan foydalangan holda bakteriologik, biokimyoviy, klinik va demografik tekshirish usullari qoʻllaniladi.

G. eng qad. fanlardan. Kdd. Hindiston qonunlari majmuasida kiyim-kechakni almashtirish, teri va tishni parvarish qilish, oʻsimliklardan tayyorlangan ovqatlar yeyish zarur deb koʻrsatilar, ovqatga ruju qilish taqiqlanar edi. Misrda aholi yashaydigan joylarni sogʻlomlashtirish uchun sanitariya tadbirlari amalga oshirilgan. Qad. Xorazm atrofidagi yirik obod shaharlarda hammomlar, toza suv olinadigan inshootlar boʻlgan. Qad. yunonlar shaxsiy G.ga qatʼiy amal qilishgan. Gippokrat havo, iqlim va suvni odam sogʻligʻiga taʼsir etadigan muhim omillar deb atagan. Abu Ali ibn Sinoning gigiyenaga doir fikrlari, sogʻliqni saqdash qoidalari koʻp asrlar mobaynida amaliy qoʻllanma boʻlib keldi; u havo va suv orqali tarqalib, kasallikka sabab boʻladigan qandaydir jonivorlar bor, deb faraz qilgan, suvni qaynatish yoki filtrlash kerak, degan talab esa ana shu farazga asoslangan. G. fani oldiga qoʻyilgan vazifa va talablarning ortishi, gigiyenik tekshirish usullarining murakkablashishi G. sohalarining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga olib keldi. Ilmiy G. 19-asrning 2-yarmidan rivojlana boshladi. Dastlab maktab G.si (hoz. bolalar va oʻsmirlar G.si), kom-munal G., ovqatlanish G.si va ijtimoiy G. maydonga keddi. Ionlashtiruvchi nurlar (radiatsiya)dan ishlab chiqarish, q.h. va tibbiyotda keng foydalanish xizmatchilarni radiatsiyadan saqlash va aholini nurlanish xavfidan muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish muammosini vujudga keltirdi. Bu masalalar bilan radiatsion gigiyena shugʻullanadi.
Download 183,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish