Reja:
1. Xaritalar haqida tushuncha. Dastlabki xaritalarning paydo bo’lishi
2. Xaritalarning turlari va ularning vazifasi
3/ Xaritalarning tarixiy tadqiqotlardagi ahamiyati va roli
4. Xulosa
Karta – bu tarixiy manba bo`lib, voqealar davomiyligi haqida hikoya qiluvchi, vayron bo`lgan va yana tiklangan shaharlar, tabiiy ob`yektlarning vaqt o`tishi bilan o`zgarishini, unitilgan qadimgi sug`orish inshoatlari hamda xalqlar taqdirini hududlar bilan bog`lab o`rganadi. Shu jihatdan har bir tarixiy kartani tarixiy manba sifatida baholash mumkin.
Ilmiy adabiyotlarda qadimgi kartalar va kartografiyaning shakllangan davri haqida aniq javob yo`q. Ammo bizgacha yetib kelgan kartografik tasvirlar mil. avv. III-II ming yilliklarga oiddir. Ular orasida shimoliy Italiyaning Kamonika vodiysidan topilgan bronza davriga oid (mil.avv. II ming yillik o`rtalari) kartografik tasvirlarda dalalar, so`qmoqlar, irmoqlar va sug`orish kanallari aks ettirilgan. Qadimgi karta – tasvirlar gil taxtachalar, papirus va pergamentlarga chizilgan bo`lib, qadimgi tarixiy ma`lumotlarni o`ziga aks ettirgan. Kartalar yaratish an`anasi ilk bor qadimgi boy madaniyatli xalqlar – ossuriyaliklar, bobilliklar, misrlik va finikiyaliklarda eramizdan bir necha ming yil avval shakllangan. Tarixdan ma`lumki, miloddan avvalgi 2300 yillardanoq qadimgi bobilliklar ilk kartalarni chizib qoldirganlar. Mazkur kartada yerning ba`zi qismlari o`z aksini topgan edi.
Antik davrda kartalar uchun maxsus atama bo`lmagan. Qadimgi Rim imperiyasida kartografik tasvirlarni tabula (doska) deb atashgan. Karta so`zining qo`llanishi Uyg`onish davrida «charta» (varaq qog`oz), yunon tilida «xartes» (papirusdan yasalgan qog`oz) ma`nosi bilan bog`liqdir. Bu atama ilk bor XIV asrda Portugaliyada chizilgan kartalarda uchraydi. Demak karta so`zi «xartes» so`zidan olingan bo`lib, yozuv uchun mo`ljallangan papirus varag`i degan ma`noni bildiradi.
Kartografiya atamasi esa, ancha kengroq tushuncha bo`lib, u «tabiat va jamiyatdagi voqea - hodisalarning o`zaro bog`liqligini, ularning vaqt o`tishi bilan o`zgarishi kartografik tasvir, obrazli belgi – modellar vositasi bilan tasvirlashni va tadqiq qilishni o`rganuvchi fandir. Kartografiya qadimgi fanlardan sanaladi. Bu fan haqidagi dastlabki ta`rifni (kartografiya atamasisiz) milodiy II asrda yashagan yunon olimi Klavdiy Ptolemey bergan.
Eramizdan avvalgi II asrda astranom Gipparx kartani yer shari shaklida berib, 3600 bo`lgan karta yaratgan. Injil bo`yicha yaratilgan kartalar esa, yer aylana, disk shaklida va to`rtburchak tasavvurida berilgan. Albatta okean bilan chegaralangan. Osmon ikki qavat, yuqorida xudo va farishtalar tasviri tushurilgan. quyoshni xudo chiqaradi, keyin yashiradi tasavvurida berilgan. Yer markazida Iyerusalim (Quddus) bosh shahar joylashgan. Sharqda tog`lar va to`rt daryo Tigr, Yefrat, Geon, Fison tasviri tushurilgan. Hozirda 1100 ta monastirlik kartasi saqlanib qolgan. Shulardan 600 tasi XIII asrda yasalgan. Dengiz kartalari esa, svgavta deb atalgan. 1275 – 1339 – 1367-yilda yaratilgan dengiz kartalari bizgacha saqlanib qolgan. Ayniqsa 1367-yilda yaratilgan venesiyalik aka-ukalar Pasigano va Martin Bexayma kartlari shular jumlasidandir.
Arablarda karta aniq haqiqatga yaqin tarzda tasvirlangan. Masalan: XII asrda Al Idrisiy Sitsiliya qiroli Rodjer II buyrug`i bilan 1154-yili bir aylana, bir to`g`ri burchakli 70 – betli dunyo xaritasini chizgan. Arablarda kartalar Hind Okeani bilan o`ralgan. Shunday kartalar hozirda Sankt - Peterburgda saqlanmoqda.
Yevropa xalqlarining o`rta asrlar davri kartalari esa O`rta Yer dengizi bilan o`ralgan holda tasvirlangan. Ular kartani portplan deb atashgan. Mazkur portplanlardan ikkitasi Sankt-Peterburgda saqlanmoqda.
Kartalar tarixini o`rganish XI asrdan boshlangan. Fransuz muhandisi – geograf Barbey Bokans o`zi izlab topgan kartalarga tarixiy ta`rif bergan. Ayniqsa, monastr kartalari, yani 1200-1500 yillarda yaratilgan kartalar haqida o`z asarini yozib qoldirgan. Buyuk Britaniyada hozirda katola nomi bilan ataluvchi 15 tomlik kartalar Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Golland izlanuvchisi K. Kuma hisobida 680 ta atlas kartalar tadqiqot qilingan. Hozirda 1570 – 1880 yilgacha davr kartalari Niderlandiya muzeyida saqlanmoqda. Shularni ichida A.Nordenjeld va K.Millerni «Rim – Yo`l» kartalari (IX-XII asrlar) eng dastlabki qadimiy kartalar sifatida Portugaliyada saqlanmoqda.
Yevropada Uyg`onish davri, Buyuk Geografik kashfiyotlar va mustamlakalar uchun boshlangan harakatlar kartografiya fani taraqqiyoti uchun yangi sahifa ochdi. Endilikda karta tuzib uni sotish yo`lga qo`yiladi. O`rta asrlarda tovar almashinishi, savdoning jonlanishi, shaharlarni vujudga kelishini tezlashtirgan. Ayni paytda savdo maskanlari va ularga olib borish yo`llari ehtiyojlari kartalarning ko`plab yaratilishiga zamin hozirlagan. O`rta asrlarda ayniqsa Ispaniya, Italiya, Portugaliyada kartalar tuzish va sotish jonlangan. Masalan: Vasko de Gama Hindiston safarida 1497 – 1499 yillarda italyan, portugaliyalik kartalar bilan sayohat qilgan. Xristofor Kolumbning o`zi tuzgan kartasi ham saqlanib qolgan.
XVI asrda Yevropada tarixiy geografiya fani shakllanadi. Ushbu fan doirasida xuddi shu asrning o`zida tarixiy Kartografiya fani ham paydo bo`ldi. Bu fanning asoschisi flamand (belgiya) olimi Abraxam Ortelliy bo`lib, u 1570-yilda uchta kartadan iborat dunyo atlasini yaratgan. 1603-yilda Orteliy tomonidan antik dunyoning 53 ta tarixiy kartalardan iborat «Dunyo teatri» atlasi asarini e`lon qiladi. Tarixiy kartografiya tarixiy karta va atlaslar tuzish, ularni yaratish uslubiyatini ishlab chiqishdan iborat vazifalarga ega.
Tarixiy kartalarni haqqoniy yaratish, unga ko`proq yangi kashf etilgan yerlarni kiritish sari burilish yuz beradi. 1522-yilda ispaniyalik Nuno Garseya de Toreno Magelan sayohatini yo`lini va Filipin orollarini kartaga kiritadi. Nemis olimi Martin Vldzeyemyuller gulobus va dunyo kartasi avtori sifatida Atlantika okeanini kartaga kiritadi. Ayni paytda Amerika qit`asini Ameriko Vespuchi nomi bilan bog`laydi. 1538-yil Gerard Markator Amerikani ikkiga bo`ladi: Shimoliy va Janubiy Amerikaga. 1595-yilda xaritalarning to`plami uchun «Atlas» nomi Markator tomonidan taklif etilgan.
1503-yilda ispan qiroli tomonidan yangi dengiz kartalarini tuzishga farmon beriladi. Lekin, harbiy dengiz kartasi bizgacha yetib kelmagan. Sababi harbiy xarita sir saqlangan yoki ma`lum sabablarga ko`ra yo`qotib yuborilgan. Shunga qaramasdan Lukas Yans Vagenerning «Dengiz oynasi» nomini olgan dengiz kartasi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur kartaning qo`lyozma nusxasi Ispaniyada saqlanib kelinmoqda.
XVI asrning 40 yillarida portugaliyaliklar kartasini fransuzlar yanada takomillashtiradi. Shu davr kartalarining aksariyat qismi geograf Nikola Dyufin tomonidan yaratilgan. Uning tomonidan yaratilgan kartalarning ko`pchilik qismi davlatlar kartasini tashkil etadi. Ma`lumki, bu davr o`zaro davlatlar o`rtasidagi urushlar jarayonida kechgan. Davlatlar o`rtasidagi urushlar u yoki bu davlatning sir - asroridan ogoh bo`lishni talab etar edi. Shu davrdan boshlab quruqlikdagi davlatlar kartasini tuzish rivojlanib borgan.
Agar yuqridagi kartalarning yaratilishiga nazar tashlasak, albatta texnik jihatdan kamchiliklari ko`p bo`lgan. Karta tuzishda kompas, shunur, doira, o`lchov asboblari primitiv bo`lib, to`g`ri o`lchashga imkon bermagan. Faqatgina XVIII asrga kelib uglometr yaratiladi. Unga ko`ra kenglik va uzunlik o`lchangan.
XVIII asrning birinchi yarmiga kelib fan – texnikaning rivojlanishi, manufakturalarning paydo bo`lishi kartalar tuzish va sotish ishlarini ham tezlashtirgan. Bosma holatda u yoki bu davlatning kartalarini bosib chiqarish yo`lga qo`yiladi.
Bugunda tarixiy kartalar mazmuniga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
tarixiy – geografik
tarixiy – etnografik
tarixiy-siyosiy
tarixiy-iqtisodiy
tarixiy-harbiy
milliy-ozodlik harkatlari va inqilobiy kurashlar tarixi
madaniyat tarixi
tarixiy-demografik
tarixiy-arxeologik
geografik kashfiyotlar va tadqiqotlar tarixi kartalari
alohida shaxslar hayotini aks ettiruvchi tarixiy kartalari
tarixiy tibbiy kartalar
dinlar tarixi kartalari.
Ana shu bo`limlarning har biri fanning turli sohalariga xizmat qiluvchi manbalar sirasiga kiradi.
O`rta Osiyo xalqlarining tarixga nazar tashlasak, kartalar tuzish, globuslar yaratish, Yevropa mamlakatlaridan oldinroq boshlangan desak, xato qilmagan bo`lamiz. Ulug` bobokalonimiz, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1042) birinchi marta dunyo globusini yaratganligi to`g`risida tarixiy manbalar guvohlik beradi. Uning globusi Shimoliy yarimsharning globusi edi. Lekin g`arb olimlari buni tan olmaydi. Birinchi globus yunonistonlik Krates (eramizdan avvalgi II asr) tomonidan yasagan. 1492-yilda Marten Bexaym birinchi mukammalroq globus yasagan. Lekin unda Amerika, Avstraliya va Antarktida tasvirlanmagan. Bugunda mahalliy aholidan chiqqan Xoji Yusuf Hay`atiyning 1886-yilda ishlagan globusi Samarqanddagi madaniyat va san`at tarixi muzeyida saqlanmoqda. Zamonaviy o‘quv elektron nashrlarni tahlil etish ularning murakkab tuzilishga ega bo‘lib, kassifikatsiyaga muxtojligini ko‘rsatdi.
Xarita (yun. chartes – varaq yoki xat yoziladigan papirus), karta – Yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri. Qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obʼyektlar koʻrsatiladi
Xaritalarning turlari. Xaritalar masshtabiga, ularda tasvirlangan hududning ko‘lamiga, mazmuni, vazifasi va tuzilishiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. Xaritalar masshtabiga qarab quyidagi turlaiga bo‘linadi: yirik masshtabli – 1:10000 dan 1:200000 gacha, o‘rta masshtabli – 1:200000 dan 1:1000000 gacha, mayda masshtabli – 1:1000000 dan kichik. Turli masshtabli xaritalarda voqea va hodisalar turli xil aniqlikda tasvirlanadi.ularda nima tasvirlanganligi va hududning kolamiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: yulduzlar xaritasi, sayyoralar va Yer xaritasi, yarim sharlar xaritalari, materiklar va okeanlar xaritalari, tabiiy geografik o‘lkalar va dengizlar xaritalari, mamlakatlar xaritalari, ma’muriy birliklar xaritalari, maxsus hududlar (qo‘riqxonalar, sayohatbop joylar) xaritalari, shahar va viloyatlar. tumanlar xaritalari. Mazmuniga ko‘ra xaritalar ikkita yirik guruhga bolinadi: umumiy geografik xaritalar va mavzuli xaritalar.
Umumiy geografik xaritalarda joy geografik sharoitining asosiy tarkibiy qismlari bir xil aniqlikda tasvirlanadi: relyef, daryo, koʻl, muzliklar, tuproq va o‘simlik qoplami, aholi yashaydigan joylar, xo jalik tarmoqlarining tarkibi, aloqa yo‘llari, chegaralar va h. k.
Mavzuli xaritalar, o‘z navbatida, yana ikki guruhga – tabiiy va iqtisodiy xaritalarga bo‘linadi. "Tabiiy geografik xaritalar"ga Yer yuzasi va okean tagi relyefi, iqlim, tuproq, o‘simlik, hayvonlar. landshaft, tabiatni qo‘riqlash, foydali qazilmalar konlari xaritalari kiradi. "Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar" iqtisodiy, tarixiy, madaniy-siyosiy, siyosiy-ma’muriy xaritalardan iborat bo‘ladi. Vazifasiga ko‘ra, xaritalar yana "ilmiy", "madaniyat va targ’ibot", "texnik", "sayohat""xaritalari", "o‘quv xaritalari"ga bo‘linadi.
Geografik axborot tizimi – asosiy vazifalari fazoviy-geografik maʼlumotlarni toʻplash, saqlash, boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat boʻlgan mutaxassis tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan kompyuter tizimidir.
Sodda qilib aytganda, geografik axborot tizimi (GAT) oʻz ichiga xaritashunoslik, statistik tahlil hamda maʼlumotlar bazasini mujassamlashtiradi. GAT keng tarmoqli soha boʻlib, xaritashunoshlik, masofadan zondlash, yer tuzish, tabiiy resurslarni boshqarish, fotogrammetriya, geografiya, shaharsozlik, samoviy video hamda mahalliy qidiruv tizimlarida keng foydalanib kelinmoqda. Bu ma'lumotlarni boshqarish, kartagrafik tasvirlar va tahlil qilish uchun yaratilgan ichki pozitsiyalangan fazoviy axborot tizimidir. GAT bu inson faolligi va dasturiy apparatning geografik ma'lumotni saqlash, boshqarish va tasvirlashga mo'ljallangan kampyuter tizimidir. GAT ilk bora XX asrning 60-yillarida AQSH va KANADAda harbiy maqsadlarda foydalanishi natijasida vujudga kelgan. Keyinchalik bu tizim yordamida kadastr malumotlari sifatida keng foydalanilib kelmoqda.
GPS – Global Positioning System\
Bu AQSh tomonidan ishlab chiqilgan tizim bo`lib. Yer yo`ldoshlari (sputnik) yerga ma'lum vaqt oraligida ma'lumot uztib turadi. Yo`ldoshdan yergacha signal yetib kelishini hisobiga uning qanday masofada ekanini aniqlash mumkin.
GPS qabul qiluvchi qurilma esa, yo`ldoshlarning birnechtasidan ma'lumotlarni qabul qilib, o`zining qayerda joylashganini aniqlaydi. kamida 5-9 ta yo`ldosh orqali qurilma o`zining qayerda joylashganini 5-10 metr aniqlikda aniqlay oladi.
Google Earth (inglizchadan: Google Yer) virtual globus, xarita va geografik axborot dasturi boʻlib, Keyhole, Inc tomonidan EarthViewer 3D nomi ostida ishlab chiqarilgan. 2004-yili Google tomonidan sotib olingan. U sunʼiy yoʻldosh, aviafotografiya suratlaridan foydalanib uch oʻlchamli Yer xaritasini koʻrsatadi[1]
Google Earth sizning yuksalish ma'lumotlariga bepul Google Elevation API kaliti bilan kirish imkonini beradi. Fuqarolik Sayt Dizayni, yangi sun'iy yo'ldoshdan Surface funktsionalligi bilan ushbu potentsialdan foydalanadi. Bu funksiya siz tanlagan maydonni va panjara nuqtalari orasidagi masofani tanlashga imkon beradi, shu bilan integratsiya qilingan darajadagi egri chiziqli sirtni qaytaradi.
Hozirgi kunda biz bilamizki kundalik hayotda ko‘pchiligimizda zamonaviy android tizimida ishlaydigan mobil telefonlar mavjud. Ular GSM tarmog’ida ishlaydi. GPS qurilmalarining ishlashi uchun unga GSM tarmog’iga ulangan sim karta qo‘yish lozim. Mobil telefonlarda bunday sim kartalar mavjud. Ko‘pchilik android tizimida ishlaydigan mobil telefonlarda GPS qurilmasi ham mavjud.
GPS – bu AQSh tomonidan ishlab chiqilgan tizim bolib. Yer yoldoshlari (sputnik) yerga ma'lum vaqt oraligida ma'lumot uztib turadi. Yoldoshdan yergacha signal yetib kelishini hisobiga uning qanday masofada ekanini aniqlash mumkin.
GPS qabul qiluvchi qurilma esa, yoldoshlarning birnechtasidan ma'lumotlarni qabul qilib, ozining qayerda joylashganini aniqlaydi. kamida 5-9 ta yoldosh orqali qurilma o`zining qayerda joylashganini 5-10 metr aniqlikda aniqlay oladi.
GPS qurilmalari orqali ularning koordinatalarini oluvchi dasturni ishlab chiqilgan. Dastur Java dasturlash tilida yaratilgan. Ishlash prinsipi: GPS qurilma mobil telefonda mavjud bo‘lsa, dastur GPS qurilma orqali mobil telefonning x va y koordinatalarini oladi. Agar mobil telefonda GPS qurilmasi bo‘lmay turib u GSM tarmog’iga ulangan bo‘lsa, yaqin masofadagi antennaning x va y koordinatalarini oladi. Olingan koordinatalar haqidagi ma’lumot ko‘rsatilgan serverga yuboriladi. Serverda bu ma’lumotlarni qayta ishlash uchun dastur yaratilgan. Ma’lumotlarni tartiblab joylashtirish uchun foydalanuvchi o‘zi uchun id tartib raqamni kiritishi kerak. Aks holda ob’yektni kuzatishda muammo yuzaga kelishi mumkin. Buning uchun har bir foydalanuvchi uzining idsini kiritishi lozim. Agar id tartib raqamlari boshqa biror foydalanuvchi bilan bir xil bo‘lsa server tezda foydalanuvchiga xatolik ya’ni bu id raqam bandligi haqidagi xabarni yuboradi.
Bugungi kunga kelib bir necha GPS qurilmalari mavjud. Misol qilib quyidagilarni olishimiz mumkin:
Navitel navigator
GPS treker
Glonass/ GPS
Galileo
Sputniklar odatda quyidagilarni yerga yuboradi: Holati haqidagi xabarni (tuzalganlik yoki xatoliklar); Kundalik sanani;
Kundalik vaqtni;
Barcha yo‘ldoshlarning orbital ma’lumotlarini; Barcha yuborilgan xabarlarning aniq vaqtini;
Astronomic jadvallarni (yo‘ldoshning ayni paytdagi orbitada joylashgan koordinatalarini).
GPS – qabul qiluvchi yo‘ldoshdan ma’lumotlarni qabul qilgandan so‘ng, barcha yo‘ldoshlar orasidagi masofani aniqlash orqali o‘zining koordinatalarini geometriya qonunlariga asoslanib aniqlaydi. Bu holatda ikkita koordinatani aniqlash uchun(kenglik va uzunlik) uchta yo‘ldoshdan signalni qabul qilsa shuning o‘zi kifoya, yerga nisbatan balandlik koordinatasini aniqlash uchun to‘rtta yo‘ldoshdan signal qabul qilishiga to‘g’ri keladi.
Yo‘ldoshlar orasidagi masofani aniqlash uchun GPS – qabul qiluvchi tomonidan yuborilgan radiosignalning qaytish vaqtiga qarab aniqlanadi. Albatta, buning uchun yo‘ldoshdagi va GPS – qabul qiluvchi qurilmaning soatlari sinxron tarzda bo‘lishi kerak.
GPS tizimining kamchiliklaridan biri bu uning “cheklangan huquqi” da. Bu kamchilik ob’yeklarni 30 – 100 m gacha aniqlash imkoniyatini bor edi, 100 m dan oshadigan ob’yektlarni aniqlashning imkoniyati yo‘q edi. Lekin bu hol juda uzoqqa bormadi. 2000 – yilning birinchi mayidan boshlab bu cheklash bekor qilindi.
Endilikda bu tizimdan yer sharining turli nuqtasidan turli foydalanuvchi foydalanish imkoniyatiga ega. Yana bir kamchiligi bu yo‘ldoshlarning geometric jihatdan bir – biriga bog’liq tarzda joylashishi, radiosignallarning nurlanishi(radioto‘lqinning qayta akslanishi), ionosferaviy va atmosferavish tutilishlar(ushlanish, kechikish) va boshqalardir.
GPS tizimi quruqlikdagi, dengiz va yerga yaqin bo‘lgan turli nuqtadagi ob’yektning joylashgan o‘rnini aniqlash imkoniyatini beradi.
Oldingi bo‘limlarlarda aytib o‘tilganidek bu tizim harbiy maqsadlar uchun yaratilgan. Keyinchalik shu aniq bo‘ldiki, bu tizim odamlarga bir necha “fuqarolik” maqsadlarga erishishlariga yordam beradi.
Bugungi kunga kelib GPS tizimi navigatsion va kartografik maqsadlar uchun juda keng foydalaniladi.
Hozirgi kunda keng targalgan tizimlar Rossiyaning GLONASS va Yevropaning GALILEO yo‘ldoshlari.
Hech nimaga qaramasdan hozirda Rossiyaning GLONASS yo‘ldoshi to‘liq funksional holatda. Bu yo‘ldoshning signallarni qabul qilishi va qayta ishlashi orqali biz bugungi kunda geodeziya sohasidagi ko‘pgina muammolarni hal etamiz. Shuning uchun hozirgi kunda ko‘pchilik qurilmalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yo‘ldoshni qabul qiluvchi qurilmalarni ishlab chiqarishmoqda. Bunga misol qilib Topcon Position System kompaniyasini olishimiz mumkin. Bu qabul qiluvchilar, faqat Navstar signallarini qabul qiluvchi GPS qabul qiluvchi qurilmalaridan farqli ravishda GNSS qabul qiluvchi qurilmalari deb ataladi(Global Navigation Satellite System). Bu qurilma GNSS – texnologiyasining qayta ishlash usullaridan foydalanadi. GPS qurilmasi sun’iy yo‘ldoshga bog‘langan holda vaqt, kenglik va uzunlik, (longitude&latitude), dengiz sathidan balanligi va shunga o‘xshash ma’lumotlarni beradi.
2. Siz u ma’lumotlarni olib qayta ishlaysiz. Tahminan soniyasiga 10 marta ma’lumot olib, uni MO (baza)ga saqlaysiz.
3. Google Maps yoki OpenStreetMap orqali sun’iy yo‘ldoshdan tushirilgan rasm yoki oddiy xarita shaklidagi rasmlarni olasiz.
Misol qilib Android telefondagi GPS Navigatorni oladigan bo‘lsak, smartfonning GPS qurilmasi orqali qayerda joylashganini so‘rab turadi. Deylik har soniyada yoki 1 soniyada 10 marta. Qayerdaligi haqidagi javobni olavergach, avvalgi joylarga qarab, dasturning o‘zi hisoblaydi. Siz xaritadan qayerdaligini ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz eng ko‘p tarqalgan Google Maps yoki OpenStreetMap xaritalaridan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi. Google Maps’ning APIsi ma’lum bir so‘rovlardan keyin pullik bo‘ladi. Ushbu API tizimlari ko‘chalarni ham yo‘nalishini beradi. Siz GPS koordinatalarini ko‘rsatib yaqin ko‘chalarni hisoblab, navigator ishlab chiqishingiz mumkin.
Deyarli har bir zamonaviy asbob GPS-modul integratsiya qilingan. Bu antenna sun'iy yo'ldosh signali GPS manzilni aniqlash tizimi uchun sozlangan. Bu dastlab harbiy maqsadlarda Amerika Qo'shma Shtatlarida ishlab, lekin keyinchalik u bir signal har bir kishi uchun mumkin bo'ldi. GPS-modul asbob bir kuchaytirgichi bilan qabul qiluvchi antenna, lekin u emas, balki mumkin, uzatish. Sun'iy yo'ldoshlardan signal qabul, smartfon manzilingizni belgilaydi.
Deyarli har bir zamonaviy kamida bir marta siz smartfon yoki planshet ustida bir GPS-navigatsiya zavq. buning uchun ehtiyoj, turli kasblar va turli kasb egalari har qanday vaqtda yuz berishi mumkin. Bu haydovchilar, xat, ovchilar, baliqchilar va notanish shaharda o'zlarini topish ham oddiy piyoda uchun zarur. Thanks, bu saytda harakatlanish uchun, siz, xaritada kerakli ob'ektni topish uchun o'rnini aniqlash marshrutni qurish mumkin, va siz yo'l harakati murabbo to'gri Internetga kirish bor bo'lsa.
GPS uchun Offline-xaritalar
Google o'zining Android operatsion tizimi maxsus geo-joylashuv qo'llash uchun ishlab chiqilgan - Google Maps. Bu tez, yo'ldoshlarini topadi ob'ektlarga yo'nalishlarini ishlab chiqish va muqobil taklif etadi. Xaritalar bu yerda Internet orqali yuklanadi, chunki Afsuski, tarmoq qamrovi Google Maps yo'qligida, ishlamaydi.Eng yaxshi yechim,misol, Maps.me, Navitel va 2GIS uchun, oflayn xaritalarda uchun qo'llab-quvvatlash bilan ilovasini yuklab olish uchun bir tarmoq foydalanish holda harakat qilish. Google Maps uchun: "transport va navigatsiya Maps" Bundan tashqari, dastur o'rnatish mumkin.
1.Geoinformatsion tizimlar va ularning vazifasi. Hozirgi vaqtda yangi information texnologiyalar talablari asosida electron xaritalarda aks ettirish zaruriyati bilan bog`liq boshqaruv tizimlari yaratilgan va faoliyat ko`rsatmoqda:
A). Geoinformatsion tizimlar
B). Boshqaruv tizimlari
C). Loyihalash tizimlari
Ijtimoiy texnik muamolarni hal etishda turli hajmdagi topografik, gidrografik, infrastrukturaviy ob`ektlarni joylashtirish axborotlaridan foydalaniladi. U yoki bu holatni kompyuter ekranida ifodalash turli grafik obrazlarni aks ettirishni anglatadi. Geoinformatsion texnologiyalar elektron xaritalar tizimi va turli tabiatdagi ma`lumotlarni qayta ishlovchi muhitlar ko`rinishida ifodalanuvchi berilganlarni amalda qo`llashga qaratilgan. Geoinformatsion tizimlarning asosiy sinfinigeometric axborotni saqlovchi va fazoviy aspektni aks ettiruvchi koordinatalari berilganlar tashkil etadi.
Koordinatali berilganlarning asosiy turlari quyidagilardir:
Nuqta(tugunlar,chiziq,), poligon(soha), chiziq(ochiq), kontur (yopiq, chiziq ).
Amalda reak ob`ektlarni qurish uchun ham shu miqdordagi berilganlardan foydalaniladi.
Bular:osiluvchan nuqta, psevdotugun, normal tugun, qoplama, qatlam va boshqalar.
GIS texnologiyalaridan foydanishda berilganlarni visual taqdim etish asosini vektorli va rastorli modellar geometrik ax ni vektarlar yordamida ifodalshga asoslanadi.Rastrli modellarda ob`ekt (hudud)davriy to`rni tashkil etuvchi fazoviy yacheykalarga akslandi.
Rastrli GPS qurilmasi sun’iy yo‘ldoshga bog‘langan holda vaqt, kenglik va uzunlik, (longitude&latitude), dengiz sathidan balanligi va shunga o‘xshash ma’lumotlarni beradi.2. Siz u ma’lumotlarni olib qayta ishlaysiz. Tahminan soniyasiga 10 marta ma’lumot olib, uni MO (baza) ga saqlaysiz.
3. Google Maps yoki OpenStreetMap orqali sun’iy yo‘ldoshdan tushirilgan rasm yoki oddiy xarita shaklidagi rasmlarni olasiz.
Misol qilib Android telefondagi GPS Navigatorni oladigan bo‘lsak, smartfonning GPS qurilmasi orqali qayerda joylashganini so‘rab turadi. Deylik har soniyada yoki 1 soniyada 10 marta. Qayerdaligi haqidagi javobni olavergach, avvalgi joylarga qarab, dasturning o‘zi hisoblaydi. Siz xaritadan qayerdaligini ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz eng ko‘p tarqalgan Google Maps yoki OpenStreetMap xaritalaridan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi. Google Maps’ning APIsi ma’lum bir so‘rovlardan keyin pullik bo‘ladi. Ushbu API tizimlari ko‘chalarni ham yo‘nalishini beradi. Siz GPS koordinatalarini ko‘rsatib yaqin ko‘chalarni hisoblab, navigator ishlab chiqishingiz mumkin.izoh qoldirdi 23 mart, 17 Adham (310 bal) raxmat kottakon ovoz javob berdi 19 mart, 17 GENIUS (619 bal)GPS-Navigator - Yer yuzidagi qurilmaning joriy o'rnini aniqlash uchun bir global joylashishni aniqlash uchun qurulmalar orqali serverdagi ma'lumotlarni qabul qiluvchi qurilma.
GPS qurilmalar kenglik va uzunlik bo'yicha ma'lumot beradi, va ba'zi xisoblashlarni amalga oshirishi mumkin.QISMLARI:GPS Navigatorlar ba'zi asosiy kompanentlarni o'z ichiga oladi.- GPS-chipset - Chipset bo'lib, bu yerda protsessor - eng muhim qismi. Protsessor butun qurilmaning ishlashini, va GPS-modul hisoblash koordinatalarini dan sun'iy yo'ldosh signalini qabul qilib qayta ishlaydi.
- GPS-antenna ma'lumotlar navigatsiyasi sun'iy yo'ldoshdan uzatiladi...
-Display)- RAM navigatsiya tezligini beradi.
- BIOS xotira aloqa apparat va dasturiy ta'minot.
-Ajralmas Flash-xotiraga operatsion tizimi, dasturiy ta'minot va foydalanuvchi ma'lumotlarini saqlash uchun ishlatiladi. Navigator xususiyatlariga qarab boshqa ko'plab kompanentlar uchun slot yoki ular bilan birga yaratiladi.
Asosiy tarkibiy qismi shulardan iborat.Endi bizdagi GPS larga kelsak ular bilishim bo'yicha Google maps API asosida dasturiy taminot ishlab chiqiladi. Ya'ni bunda google suniy yo'ldoshlari va uning map ma'lumotlar ba'zasidan foydalaniladi. Google dan ko'ra HERE maps ancha kuchliroq ammo foydalanish va ruxsat berish hudui cheklangan shu sabab ko'pchilik GOOGLE maps api dan foydalanadi.Agarda alohida o'zingiz uchun gps maydon yaratmoqchi bo'lsangiz unda qaysidir Suniy yo'ldoshdan ruxsat yoki ijaraga olishingiz kerak (Daromad haddan tashqari ko'p talab qiladi min 1, 2 mln $).
Shu sabab tayyor apilardan foydalangan ma'qul buni ishlashiga kelsak sim karta uchun ancha ishlaysiz provayderlar bilan yoki o'zingiz provayder bo'lib, zamonaviy GPS-navigatsiya tizimlari insonni mobil telefon orqali kuzatib borish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi va bu murakkab vazifani hal qilish uchun ajoyib funksiyalarni taklif etadi.
GPS kuzatuv tizimi har qanday vaqtda shaxsning harakatini kuzatishga imkon beradi. shaxslar Sun'iy yo'ldosh kuzatish - Agar bolangiz ancha do'stlari yoki boshqa muhim manzilingiz haqida sizga yolg'on ko'ra, maktabdan uyga ketadi ishonch hosil bo'lmasa, siz noyob xususiyati foydalanishingiz mumkin. GPS kuzatuv tizimi ushbu muammoning echimi uchun ideal echim bo'ladi. Bolaga (boshqa kuzatuv obyekti), GPS-quvvatlashi bor telefonni taqdim eting va u yerda GPS kuzatuv tizimini o'rnating.
Agar ishonchli bola yoki bola siz o'rnatgan hudud chegaralarini tashlab qo'ysa, ogohlantirish dasturi ogohlantirishni boshlaydi va siz bu hodisa to'g'risida darhol xabar olasiz.Bundan tashqari, GPS kuzatuv tizimi chet elda ta'tilga chiqqan yaqinlaringizni kuzatishga imkon beradi.
Ekzotik mamlakatlarga sayohat qilishda eng qiziqqan sayyohlar guruhdan qaytishlari va begona joylarda yo'qolishlari mumkin. Bunday holatlarda GPS kuzatuv tizimi ham ularga yordam beradi.
2.Geoinformatsion texnologiyalar
Insonni kompyuter orqali kuzatib borish. Zamonaviy texnologiyalar mo''jizalar yaratadi. Siz oddiy shanba oqshomini tasavvur qiling, siz umumiy ishlar bilan shug'ullanasiz, ehtimol hatto kvartirada yalang'och yurasiz. Va sizning yangi veb-kamerangiz sizga qaraydi. Va hatto, kimdir sizni bu veb-kamera orqali birovga qarashini taxmin qilolmaysiz. Tasavvur qiling-a, bu mif emas, balki shafqatsiz haqiqat. Albatta, bu faqat Internet va maxsus dasturiy ta'minot yordamida amalga oshirilishi mumkin. Afsuski, bu kuzatuv usuli "oddiy odam" ning kuchidan tashqarida. Buning uchun maxsus uskunalar, kuchli server va "mohir qo'llar" talab qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Tarixiy geografiya. Z. Saidboboyev.
2. Raqamli tarix. Maqolalar to’plami
3. Aim.uz
4. Wikipediya.
5. Hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |