Reja: Xarakter shakllanishi


Xarakterning tarkib topishi



Download 46,81 Kb.
bet4/11
Sana06.02.2022
Hajmi46,81 Kb.
#432798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XARAKTER

5. Xarakterning tarkib topishi.


Psixologiyada irsiyat bilan xarakterning munosabati to‘g‘risida xilma-xil qarashlar mavjuddir (Krechmer, SHeldon va boshqalar). Aksariyat psixologlarning e’tirof etishlaricha, organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xislatlarining paydo bo‘lishidagi shartlaridan biri hisoblanadi, xolos. Ma’lumki, xarakter xususiyatlari irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan tavsiflanadi. Ushbu masalani irsiyatga bog‘lab tushuntirish gomozigot egizaklarni o‘rganish orqali inkor qilinadi, chunki ularning nasliy xususiyatlari aynan bir xildir. Ular temperament xususiyatlari bo‘yicha tubdan o‘xshash bo‘lsalar-da, lekin xarakter xislatlariga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladilar. SHuning uchun xarakterning shaxs turmush sharoitiga bog‘liqligini: a) uning fiziologik asosi ham, b) tashqi taassurotlar tizimi tufayli vujudga keladigan shartli reflektor funksional holati ham tasdiqlaydi.
Xarakter tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta’sirida amalga oshadi. Xarakterning har bir xislati shaxs munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa, ular o‘z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Nasliy xususiyatlari bir xil egizaklarda turlicha ijtimoiy muhitda har xil xarakter xislatlari shakllanadi. SHu sababdan ijtimoiy tuzimni tavsiflovchi keng ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy tipik xususiyatlarigina emas, balki xarakterning individual xususiyatlari (xislatlari) tarkib topishiga ham katta ta’sir o‘tkazadi. Ijtimoiy munosabatlarga bevosita yoki bilvosita bog‘liq tarzda, oilada, bolalar va mehnat jamoalarida xayrixohlik, o‘rtoqlik, o‘zaro yordamlashish, hamkorlik yoki, aksincha, johillik, zolimlik, badjahillik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topa boshlaydi. Oilaviy muhit, undagi shaxslararo munosabatlar, farzandlarning miqdori, yoshidagi farqi, nizoli vaziyatlar ko‘rinishi, ota-ona munosabatiga asoslangan holda xarakterning o‘ziga xos xususiyatlari shakllanadi. Bolalar bog‘chasidagi, maktabdagi shaxslararo munosabatlar ham xarakterning maxsus xislatlarini tarkib toptiradi. Mehnat jamoalarida, norasmiy guruhlarda ham xarakter xususiyatlarida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga keladi. Ilk yoshlik davrida shakllangan xarakter xislatlari nihoyat darajada barqaror bo‘lib, ularga ayrim o‘zgarishlar kiritish juda qiyin kechadi. SHaxsda mayllarning qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bog‘liq holda tarkib topgan munosabatlar o‘zining mustahkamligi bilan ajralib turadi. Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqarorligi, doimiyligi ko‘p jihatdan shaxs munosabatlarining onglilik darajasiga bog‘liq. Insonning haqqoniylik, mehnatsevarlik xislatlari tasodifiy tarkib topmagan bo‘lib, uning ongli qarashlariga, ishonch aqidalariga mos tushsa, u holda har qanday qiyin holatlarda ham namoyon bo‘laveradi. Mamlakatimiz fuqarolari xarakterining kuchi va mustahkamligi ularning istiqlol nashidasidadir va vatanparvarlik yuksak his-tuyg‘usidadir. SHunday qilib, psixikaning individual sifat xususiyatlari shaxsning ijtimoiy-tipik munosabatlari bilan qo‘shilgan taqdirdagina xarakter xislatlarini belgilash, tavsiflash imkoniyati vujudga keladi. Psixikaning individual xususiyatlari orasida temperament xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki xarakter bilan temperamentning o‘zaro munosabati ularning fiziologik asoslari bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi jihatdan namoyon bo‘lib aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida kechishi dinamik xususiyat deyiladi. Xarakter xislatlarining dinamik xususiyati temperament xususiyatlariga bog‘liqdir. Ana shu holatga muvofiq ravishda temperament xususiyatlari ham xarakterning ma’lum xislatlarining vaqt davomida tashqi namoyon bo‘lishi ham temperament tipiga bog‘liq.
Taraqqiyot va tarbiyaning ijtimoiy sharoitlari hamda ularning psixikaning irsiy individual xususiyatlari bilan o‘zaro munosabati xarakter xislatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tavsiflamaydi, balki shaxsning faoliyati orqali belgilaydi. Uning faoliyatiga taalluqli aynan bir xil ijtimoiy sharoitda ham xuddi shu bir xil irsiy xususiyatlaridan turli xarakter xislatlari shakllanadi. Xuddi shu boisdan xarakterning rivojlanishi shaxsning aktiv faoliyati jarayonida uning xatti-harakatlariga bog‘liq tarzda amalga oshadi. Xarakterning tarkib topishida faol faoliyatning roli shundaki, xuddi shu faol faoliyatiga xarakterning ifodalaydigan harakatning individual o‘ziga xos usullari tarkib topadi. Harakat usullarining avtomatlashuvi muayyan dinamik stereotip hosil qilinishi bilan bog‘liq shartli reflektor funksional holatning mahsulasidir. Avtomatlashuvning bir necha turdagi psixologik mexanizmlari mavjud bo‘lib, ulardan biri-bu odatlardir. Xarakter xislatlari tarkib topishining muhim shartlaridan biri - bu xislatlarni zaruriy xatti-harakatlarda chidam bilan mashq qilishdan iboratdir.
Xarakterning tarkib topishida taqlidchanlikning roli katta bo‘lib, harakat usullari avtomatlashuvining bosh manbai hisoblanadi. Tarkib topish jarayonida taqlidchanlikning ahamiyati ko‘p jihatdan ifodali xatti-harakatlarning shaxs emotsional (hissiy) kechinmalariga ta’siri bilan belgilanadi. Taqlidchanlik xatti-harakat namunasiga taqlid qilish uchun mo‘ljallangan shaxs munosabatlari tomonidan motivlashtirilgandagina xarakter xislatlari shakllantirishning shartiga aylanadi.
Xarakterning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit ob’ektiv va sub’ektiv moyillik tarzidagi ko‘rsatma berish (ustanovka) psixologik mexanizm negizida yuzaga kelgan avtomatlashish muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘rsatma (ustanovka) odatlardan farqli o‘laroq, muayyan harakatlarga tayyor turishgina bo‘lib qolmay, balki bilish jarayonlariga, hissiy va irodaviy reaksiyalarga ham tayyor turishlikdir.
Xarakterning hosil bo‘lishida nizoli vaziyatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Xarakter faqat murakkab va keskin vaziyatlarda (sharoitlarda) yorqin namoyon bo‘libgina qolmasdan, balki mazkur holatlarda u tarkib ham topadi. Odatda xarakter xislatlarining o‘zgarishidagi individual farqlar shaxsning nizoli vaziyatlardan chiqish uchun qanday yo‘l-yo‘riq topishiga bog‘liq, binobarin, inson sharoitdan kelib chiqib, qanday xatti-harakatni amalga oshirishga qaror qiladi. SHunday qilib, shaxs o‘zining butun hayoti va faoliyati davomida o‘z xatti-harakatlari, odatlari bilan o‘z xarakter xislatlarini o‘zi yaratadi va ularni boshqarishga odatlanadi.



Download 46,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish