Reja: Xalq qabulxonalarining o`rni



Download 19,96 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi19,96 Kb.
#498101
Bog'liq
strategiya mustaqil ish


Mavzu:Fuqarolar murojaatlarini hal etishda virtual qabulxonalarning o‘rni va ahamiyati.
Reja:

  1. Xalq qabulxonalarining o`rni.

  2. Virtual qabulxonalarning tashkil etilishi.

  3. Virtual qabulxonalarda mavjud bo`lgan qulayliklar.



Xozirgi kunda barcha viloyat va tumanlarda O‘zbekiston Prezidentining xalq qabulxonalari ochilmoqda. Bu esa o`z navbatida barcha davlat o`rganlari va idora tashkilotlarning ham fuqorolaring murojatlarini ko`rib chiqishiga sabab bo`ladi. 28-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi bunga ko`ra , O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmiga aylantirish maqsad qilib qo`yildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi faoliyati davlat organlarining murojaatlar bilan bog‘liq ishni tashkil etishda ularni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlariga, rasmiyatchilik, byurokratizm va sanksiyadorlik holatlariga doir qator tizimli kamchiliklarni aniqladi. 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi, hamda aholining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi ishi to‘g‘risidagi ko‘plab ijobiy fikrlarini e’tiborga olib, barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonalari tashkil qilinmoqda. Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyatini ta’minlash. fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratish. Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qat’iy amal qilgan holda, to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etish. Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda tegishliligi bo‘yicha davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish. Jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabullarini davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida, shu jumladan, videokonferensialaloqa orqali o‘tkazish. Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi, tizimlashtirilishi va ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat qilinishi bo‘yicha yagona elektron axborot tizimini joriy etish va yuritish yo‘li bilan murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish. Virtual qabulxonaga kelib tushgan, ariza va shikoyatlar qanday soxaga tegishliligiga ko‘ra davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlarni qabul qilish, qayta ishlash, ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, aybdor shaxslar javobgarligining muqarrarligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish, murojaatlarga asos bo‘lgan tizimli qonunbuzarliklarning sababi va shart-sharoitlarini aniqlash yuzasidan doimiy tahlillar o‘tkazish, murojaatlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish, aholining davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Xalq qabulxonalari kadrlar tarkibini aholi bilan bevosita ishlash uchun zarur bilimga, tashkilotchilik va tahlil qilish qobiliyatiga, shuningdek, ma’naviy-axloqiy va psixologik fazilatlarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan shakllantirish, to‘ldirish va mustahkamlab borish, davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam axborot berib borish, murojaatlar bilan ishlash natijalari ommaviy axborot vositalarida tizimli yoritib borilishini tashkil etishdan iborat. Virtual qabulxona yaratishda zamonaviy kampyuter texnologiyalaridan foydalanish xozirgi kunda fuqorolar murojatini qabul qilishda foydalanuvchiga qulay, ximoyalangan sifatli xizmat ko`rsatish uchun turli xil dasturlarda ishlay oladigan mexanizimini yaratish. Inson faoliyatining turli sohalarida axborot texnologiyalari va internet texnologiyalarini qo‘llash avtomotlashtirilgan tizimlarda boshqarish, qabul qilinadigan yechimlar va ma’lumotlarni qayta ishlash sifatini oshiradi. Boshqaruvni qulay, takomillashgan usulini yaratadi va jahon axborot tizimlari bilan integratsiyalashishiga zamin yaratadi. Bugungi kunda Respublikamiz barcha viloyatlarida xalq qabulxonalarning axborot tizimlarini yaratish va uni amalda qo‘llash ishlari keskin ravishda olib borilmoqda. Respublikamiz birinchi Prezidentining 2002 – yil 30 – maydagi ― “Kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoni, Vazirlar mahkamasining 2001 – yil 23 –maydagi ― “Internetning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta‘minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori, 2015-yil 9-dekabrdagi “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni va korxonalarni modernizatsiya qilish texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etishdan ko‘rinib turibdiki hozirgi kunda fuqarolarimizning internetdan keng ko‘lamda foydalanishiga imkon beradi. Prezidentimiz takidlaganidek “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni qaror toptirishda shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini sifat jihatidan yangi tizimni joriy etish maqsadida O’zbekistonning barcha idora tashkilotlarida bunday virtual qabulxonalarni tashkil etish va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng ko’lamda foydalanish maqsadga muofiqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-4904-son Farmoniga muvofiq murojaatlar bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi yaratildi. Mazkur tizimning asosi bo‘lgan Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari bevosita davlat rahbariga murojaat qilish, xalq bilan doimiy muloqot olib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishning ta’sirchan mexanizmiga aylandi. Prezident virtual qabulxonasiga o‘tgan qisqa davrda 1 million 600 mingdan ortiq murojaat kelib tushgani ham buning yaqqol tasdig‘idir.
Prezident virtual qabulxonasining yangi talqinida murojaatchi o‘z xohishiga ko‘ra, shaxsiy kabinet ochishi mumkin. Buning uchun jismoniy shaxs ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fuqarolik pasportida ko‘rsatilgan shaxsiy identifikatsiya raqamini ham kiritishi kerak. Bu – murojaat qiluvchi uchun identifikatsiyalash (elektron guvohnoma) imkoniyati bo‘lib, katta qulaylik yaratadi.
Virtual qabulxona tizimida fuqarolar kiritgan ma’lumotlarda (ism-familiya, tug‘ilgan yili, yashash manzili va hokazo) turli xatoliklar uchrab turardi. Natijada, deylik, ayni bir shaxs yuborgan bir nechta murojaatlar tarixini o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganishda qiyinchiliklarga duch kelinardi. Murojaatchi bilib-bilmay o‘zi haqidagi ma’lumotlarni kiritishda xatoga yo‘l qo‘ysa, tizimda buni aniqlash mexanizmi mavjud emas edi. Shu paytgacha har bir murojaatni topish uchun uning raqami, murojaatchining to‘liq ism-sharifi, manzili, mobil telefon raqamini bazaga kiritib, izlash kerak edi. Shaxsning barcha yozishmasini bir joyda ko‘rishning iloji yo‘q edi.
Virtual qabulxonaning yangi dasturiy tizimida fuqarolarga qulay bo‘lgan shaklda turli muammo va masalalar bo‘yicha malakali yuridik yordam berilishini ta’minlovchi «Onlayn maslahatchi» moduli yaratildi. Bu modul «Ko‘p beriladigan savollar» bo‘limi bilan hamohanglikda ishlaydi. Bunda turli tarmoqlar va faoliyat sohalari bo‘yicha maslahatchi sifatida jalb etilgan malakali mutaxassislar jismoniy va yuridik shaxslarga real vaqt rejimida maslahat berib borishi va mazkur xizmat shu yil 15-fevraldan boshlab test rejimida ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, murojaatlarning salmoqli qismini huquqiy axborot yoki ma’lumot olish maqsadida yuborilgan murojaatlar tashkil etadi. Fuqarolar hayotda uchraydigan turli-tuman masalalarda huquqiy maslahat olish uchun ham virtual qabulxonaga murojaat qilar va murojaat ko‘rib chiqilib, javobi murojaatchiga etib borgunicha anchagina vaqt talab qilinar edi.
Virtual qabulxonaning yangi talqinida davlat organlarining murojaatlar bilan ishlash sohasidagi faoliyati, ijobiy hal etilgan masalalar, virtual qabulxona va Xalq qabulxonalari to‘g‘risidagi yangiliklar bilan yanada kengroq tanishish imkoniyati yaratildi. Portalga kelib tushgan va ko‘rib chiqilgan murojaatlarning umumiy sonini, statistik ma’lumotlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati mavjud.
Bir so‘z bilan aytganda, virtual qabulxonaning yangi talqini jismoniy va yuridik shaxslarga samarali axborot, interaktiv xizmatlarni taqdim etish bilan birga, fuqarolarning davlat organlari bilan hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish imkoniyati va qulayligi darajasi oshishiga xizmat qiladi.
Test.

  1. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni qachon imzoladi?

a)28-yanvar b)28-fevral c)28-mart d)28-dekabr

  1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasining vazifasi nima?

a) aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beruvchi
b) , davlat hokimiyati va boshqaruvi
c) barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlik
d)barcha javoblar to`g`ri.

  1. 2017-yil nima deb nom olgan?

a)Barkamol avlod
b)Qariyalarni qadrlash
c) Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari
d)to`g`ri javob yo`q.

  1. Virtual qabulxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning ustidan nazorat qilish kimga yuklatilgan?

  1. yagona elektron axborot tizimi b)ichki ishlar c)oliy ta`lim d)Vazirlik

  1. Respublikamiz birinchi Prezidentining “Kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoni qachon imzolangan?

a) 2016-yil 28-dekabr
b) 2002 – yil 30 – may
c) 2001 – yil 23 –may
d) 2015-yil 9-dekabr
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yO‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi.
2. Aripov A.N. Davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Umumiy tushunchalar. Jahon tajribasi. O‘zbekistonda joriy etish istiqbollari. UNDP Digital Development Initiative Programme. –Toshkent, 2005. – 204 b.
3. Леон, Аткинсон. MySQL. Библеотека профессионала. – M.: Издательский дом «Вильям», 2002. – 624 с.
Download 19,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish