Xakqaro konvensiya va shartnomalar Xalqaro konvensiya – bu xalqaro tashkilot yoki tashkilotga aʼzo bir gurux davlatlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va tashkilot sessiyasida qabul qilingan konkret masala boʼyicha xalqaro normativ xujjatdir. Konventsiyaga istalgan davlat qoʼshilishi (aʼzo boʼlib kirishi) uchun ochiq boʼladi. Konvensiyani ishlab chiqib, qabul qilgan xalqaro tashkilot ushbu konventsiyaning depozitariysi boʼladi va konventsiya talablarini unga aʼzo davlatlar tomonidan toʼlaqonlik va toʼgʼri ijro etilishini nazorat qilib boradi, zarur xollarda konvensiyaga oʼzgartirishlar va qoʼshimchalar kiritish boʼyicha takliflar kiritadi. xalqaro konventsiya xalqaro munosabatlarda yuzaga keladigan konkret masalalarni xal etish, soddalashtirish va qulayliklar yaratishga qaratilgan xalqaro xujjatdir. Har bir xalqaro tashkilot oʼz yoʼnalishi boʼyicha bir necha konventsiyalarni muvofiqlashtirib boradi. Oʼzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan buyon turli yoʼnalishlardagi 90 dan ortiq xalqaro konvensiyalarga aʼzo boʼlib kirdi. Shu jumladan, xozirgi kungacha bojxona soxasidagi 15 ta xalqaro konvensiyalarga ham aʼzo boʼldi. Misol uchun «Bojxona xamkorligi kengashini taʼsis etish toʼgʼrisidagi konvensiya», «Bojxona protseduralarini soddalashtirish va uygʼunlashtirish konvensiya», «Diplomatik aloqalar toʼgʼrisidagi konventsiya», «Giyoxvand vositalar va psixatron moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash toʼgʼrisidagi konvensiya ѐki «XYT» MDP kitobchalarini qoʼllagan xolda xalqaro yuk tashishlar toʼgʼrisidagi konvensiya» va bashqalar.
Ushbu xalqaro konvensiyalarda konkret yoʼnalish boʼyicha aʼzo davlatlar bojxona organlarining oʼzaro xamkorligi va bojxona rasmiyatchiliklari yagona printsip asosida muvofiqlashtirilgan boʼlib, barcha aʼzo davlatlar va ularning bojxona xizmatlari tomonidan bir xil talqin etilib, bir xil ijro etilishi shart. Har bir aʼzo davlat tashqi aloqalar bilan boshqa qabul qilinadigan qonun va qonunosti xujjatlarida xalqaro konvensiyalar prinsiplarini xisobga olishi lozim.
“Xalqaro shartnomalar”- davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subʼektlari tomonidan yozma shaklda tuziladigan xalqaro xuquk bilan tartibga solinadigan xujjat xisoblanadi. Xalqaro shartnomalar jaxon sivilizatsiyasining eng muxim yutuqlaridan xisoblanadi. Chunki ular har qanday nizolarni tinch yoʼl bilan xal etish imkonini beradi.
1969 yilda BMTning tashabbusi bilan ―Xalqaro shartnomalar huquqi to'g'risidagi‖ Vena konvenciyasi qabul qilindi. O'zbekiston ushbu konvenciyaga 1995 yilda a'zo bo'ldi.(24.02.95y) Ushbu konvenciya davlatlar o'rtasida tuziladigan xalqaro shartnomalarni ishlabchiqish, imzolash, ratifikaciya qilish qoidalarini belgilab berdi. Demak, konvenciyaga a'zo bo'lgan davlatlar biror soxada o'zaro shartnoma tuzaѐtganlarida ushbu konvenciya normalariga rioya etishlari shart. Ushbu konvenciyaning 27-moddasida shunday ѐzilgan: ―Ishtirokchi (xalqaro shartnomani imzolagan davlat) shartnomani bajarmaslik uchun o'z ichki xuquq talablariga suyanishi mumkin emas‖. Bu-xalqaro shartnoma davlatlarning ichki xuquqiy xujjatlaridan mavqeyi bo'yicha ustunligini e'tirof etilganligidir. 1969 yilgi Vena konvenciyasi xalqaro shartnomalarning uch turini belgilab berdi:
Bular:
1. Ikkitomonlama shartnomalar
2. Ko'ptomonlama shartnomalar
3. Cheklangan sonli ishtirokchilarga ega bo'lgan ko'ptomanlama
shartnomalardir.
Bundan tashqari xalqaro shartnomalar ochiq ѐki ѐpiq bo'lishi mumkin. Ochiq xalqaro shartnoma deb, har qanday davlat ishtirok eta olishi mumkin bo'lgan shartnomalarga aytiladi. Yopiq shartnomalar- ularda ishtirok etish uchun mazkur shartnoma ishtirokchilari roziligi talab qilinadigan shartnomalardir. Tartibga solish ob'ektiga ko'ra xalqaro shartnomalar siѐsiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa turlarga bo'linadi.