Bu usulning fizik asosi nurlanishning eksponensial kamayishi qonunidir. KTning ishlash prinspi rentgenografiya usuliga o'xshab, rentgen nurlarining qo'llanilishiga asoslangan. Bu esa uni MRT usulidan farqlanadigan asosiy yeridir. Rentgen nurlanishi inson organizmidan o'tayotganda uning turli to'qimalarida har xil yutiladi. Juda zich strukturalar rentgen nurini umuman o'tkazmaydi. Tekshiruvchi obyektdan o'tgan nurlar detektorlar qatoriga tushib, keyin komputerda qayta ishlanadi. Birgina surat olish imkoniga ega oddiy rentgenografiya usulidan farqli o'laroq, bu usulda barcha organlarni turli kesimlarda, uch o'lchamli va tasvirda ko'rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |